Orena.uz – biznes va texnologiyalar
32.6K subscribers
45 photos
6 videos
51 links
Orena.uz – IT yangiliklari hamda biznesga oid xabarlarni ulashib boruvchi nashr.

Sahifalarimiz:
instagr.am/orenauz
twitter.com/orenauz
fb.me/orenauz

Biz bilan bog‘lanish uchun:
@OrenaAds
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔼HarmonyOS foydalanuvchilari soni 600 milliondan oshdi

Huawei Technologies asoschi va ijrochi direktori Ren Chjenfeyning ma’lum qilishicha, Xitoyda HarmonyOS asosida 30 dan ortiq operatsion tizim yaratilgan.

Ushbu operatsion tizimlarning umumiy foydalanuvchi bazasi 600 million kishini tashkil etadi. Bundan tashqari, Ren Huawei ekotizimiga yangi hamkorlarni jalb qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Huawei kompaniyasi 2019-yilda AQShning qora ro‘yxatiga kiritilgach, o‘z dasturiy ta’minoti bo‘lmish HarmonyOS ni ishlab chiqqan.

📊 Orena.uz – biznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Google hatto o‘chirilgan smartfonni ham topish imkoniyatini taqdim etdi

Google kompaniyasi asosiy kamchiliklardan birini bartaraf etish orqali o‘zining “Qurilmani topish” xizmatini jiddiy ravishda yangilamoqchi. Xizmat yordamida siz smartfoningizni, hatto o‘chirilgan bo‘lsa ham topishingiz mumkin.

Avvalroq, kompaniya Android qurilmalari Bluetooth orqali bir-biri bilan bog‘lab, butun sayyora bo‘ylab gigant tarmoq yaratishini, bu esa ularga internetga ulanmasdan ham o‘z gadjetlarini topish imkonini berishi haqida ma’lum qilgan edi.

📊 Orena.uz – biznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎤OpenAI o‘zining ChatGPT ilovasi uchun qiziqarli xususiyatni taqdim etdi

OpenAI sun’iy intellekt modellari imkoniyatlarini oshirishda davom etmoqda. Endi ChatGPT bilan ovozli xabar orqali muloqot qilish mumkin.

Kompaniya foydalanuvchilarga tanlash uchun besh xil ovoz taqdim etdi. Shuningdek, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google Assistant, Siri va Alexa bilan raqobatlashishni ko‘zlagan.

🗣️ Eslatib o‘tamiz, yangilanish xizmatning faqatgina pullik tarifi uchun amal qiladi.

📊 Orena.uz – biznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 Sony kompaniyasi xakerlar hujumiga uchradi

Ransomed xakerlar guruhi Sony Group’ning barcha kompyuter tarmoqlarini buzib kirganini e’lon qildi. Xakerlar kompaniyadan pul talab qilishgan, ammo kompaniya to‘lashdan bosh tortgan.

Ransomed o‘g‘irlangan ma’lumotlarni ommaga tarqatish bilan tahdid qilmoqda. Tasdiq sifatida ular darknet tarmog‘ida 28-sentabrgacha barcha sotib olishi mumkin bo‘lgan turli xil qimmatli ma’lumotlarni joylashdi.

📊 Orena.uz – biznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 ChatGPT endi javoblarni internetdan oladi

Bungacha chatbot 2021-yilning sentabrigacha to‘plangan ma’lumotlar bazasi bilan cheklangan edi. Hozir u so‘nggi ma’lumotlarga asoslanib javob berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Funksiya faqat premium obunachilar uchun mavjud. Kompaniya tez orada buni barcha uchun taqdim etishini e’lon qildi. Xizmatning oylik narxi 20$.

📊 Orena.uz – biznes va texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Microsoft Bing’ni Apple kompaniyasiga sotishi mumkin

Bloombergning ta’kidlashicha, qidiruv tizimini sotish bilan bog‘liq muzokaralar taxminan 2020-yilda boshlangan.

Yaqinda ikki kompaniya vakillari yana savdo muzokaralari bilan uchrashdi, ammo hech qanday kelishuvga erishilmadi.

2020-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi standart qidiruv tizimi sifatida Google’dan foydalangani uchun, Google yiliga 4-7 milliard dollar to‘laydi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😉 Mimo – dasturlashni smartfoningizda o‘rganing

Dasturlashni o‘rganish uchun kompyuter sotib olishingiz shart emas. Ushbu mobil ilova orqali dasturlashni tez va oson o‘rganish mumkin.

Turli xil mashqlar, tekzor fikrlashga mo‘ljallangan ushbu ilovada: kod yozishingiz, ishga tushirishingiz, testlardan o'tishingiz mumkin.

Mimo orqali, Swift, HTML, CSS, JavaScript, Python, SQL va boshqa dasturlash tillarini o‘rganish mumkin.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yonilg‘isiz yuradigan drijabl dunyo bo‘ylab sayohatga tayyorlanmoqda

Solar Airship One uzunligi taxminan 40 000 km bo‘lgan masofaga ekvator bo‘ylab hech qanday yonilg‘isiz sayohat qila oladigan drijabl ishlab chiqdi. Drijablning uzunligi 151 metr, umumiy maydoni 4800 kvadrat metrli quyosh panellari bilan qoplangan.

Kunduzi quyosh panellari drijablning elektr tizimlarini quvvat bilan ta’minlaydi va suvni vodorodga aylantirish orqali tun uchun energiya yig‘adi. Kechasi vodorod orqali drijabl harakati amalga oshiriladi.

Havo kemasining o‘rtacha tezligi 83 km/soat. Uni uch kishi boshqaradi. Airship jamoasi birinchi parvozni 2026-yilda taxminan 6000 metr balandlikda boshlashni rejalashtirmoqda.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 iPhone smartfonlarida maxfiy QR kod yashiringan, u nima uchun kerak?

2020-yildan boshlab, Apple iPhone ekranlariga ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilishga yordam beruvchi mikroskopik QR kodlarni joylashtira boshladi.

QR kod ekranning old tomonida joylashgan. Uni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Maxsus kod kattaligi qum donasidek keladi, shuning uchun uni faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin.

QR kodlar yordamida Apple xitoylik Lens Technology va Biel Crystal kompaniyalari qancha shisha panellari ishlab chiqarayotgani va qanchasi yaroqsiz nosoz panellar ekanini aniq kuzatishi mumkin.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yaponlar ish vaqtida uxlash uchun ajoyib yostiq yaratishdi

Qurilma bo‘yin qayrilishisiz va qo‘llarni bukilishisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish stolingizda uxlashingizga yordam beradi.

Qurilmaga o‘rnatilgan taymer sizni yoqimli tebranish bilan uyg‘otadi (maksimal uyqu muddati 60 minut).

Savdolar 15-oktabrdan boshlanadi, hozirda oldindan buyurtmalar qabuli boshlangan. Gadjet narxi 60 dollarni tashkil qiladi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎶 TikTok ilovaning pullik versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

TikTok kichik miqdordagi foydalanuvchilar orasida ilovaning reklamasiz pullik versiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Reklama qatnashgan videolarni oyiga 4,99$ evaziga o‘chirib qo‘yish mumkin.

Pulli obunalar yordamida TikTok daromad manbalarini oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu yangilik haqida rasman izoh bermadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎶 O‘zbekistonda bloklangan “TikTok” soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Unga ko‘ra, “TikTok PTE LTD” mamlakatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida joriy yilning 5-oktabr kuni ro‘yxatga olingan. Endilikda xizmatlar uchun “Tiktok”ga 12% QQS hisoblanadi.

2021-yilning yozida “Twitter”, “Skype”, “WeChat” va “VKontakte” tarmoqlari qatorida “TikTok”ga ham cheklov qo‘yilgandi. O‘tgan yili ayrimlari blokdan chiqarildi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖼 OpenAI ChatGPT rasmlar bilan ishlay boshlaganini e’lon qildi

Amerikaning OpenAI kompaniyasi o‘zining sun’iy intellekt tizimi bo‘lgam ChatGPT uchun katta yangilanish chiqarilishini e’lon qildi.

Rasmiy blogda xabar qilinishicha, ChatGPT yangi ovozli va grafik imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Endi foydalanuvchilar kerakli rasmni chatbotga yuborib, rasm haqida ma’lumot olishi mumkin.

Uning ajoyib imkoniyatlaridan biri, agar muzlatgich ichidagi mahsulotlarni rasmga olib yuborsangiz, chatbot sizga qanday ovqat tayyorlash mumkinligini aytib beradi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤫 Xiaomi MIUI brendidan voz kechishi mumkin

Xiaomi kompaniyasi Android uchun ishlab chiqarilgan MIUI operatsion tizimidan voz kechib, yangi MiOS deb nomlangan operatsion tizimni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Yangi operatsion tizim taqdimoti Xiaomi 14 flagmanlari taqdimoti kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. 14-seriyali smartfonlar 2024-yil oxirigacha taqdim etilishi kerak.

MIUI-ni miOS-ga almashtirish bo‘yicha ilk muhokamalar 2022-yil noyabr oyida boshlangan va Xiaomi mios.cn domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 ChatGPT yiliga deyarli 1,3 milliard dollar daromad keltirmoqda

OpenAI kompaniyasi o‘zining mashhur AI chatboti orqali yiliga 1,3 milliard dollar ishlab topdi. Bu kompaniyaning oylik daromadi 100 million dollardan oshganini bildiradi.

O‘tgan yilga nisbatan OpenAI daromadi 30 foizga oshgan. Yil avvalida bu ko‘rsatkich atigi 1 milliard dollarni tashkil qilgan. Daromadning bunday keskin o‘sishi kompaniyaning doimiy yangilanish chiqarishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda kompaniya o‘zining sun’iy intellektga asoslangan DALL-E 3 tizimini pullik ChatGPT+ obunasiga kiritgan edi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✖️ X (Twitter) barcha foydalanuvchilar uchun pullik bo‘ladi

Ilon Maskga tegishli X kompaniyasi yangi foydalanuvchilarni tweet qoldirishi, yoqtirish, repost qilish kabi funksiyalar uchun yiliga 1 dollardan pul olmoqchi.

Kompaniya blogidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu chora spam bilan kurashish uchun zarur hisoblanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖Ilon Mask Wikipedia nomini o‘zgartirish uchun milliard dollar bermoqchi

Ilon Mask agar nomi o‘zgarsa, “Wikipedia” onlayn ensiklopediyasiga xayriya qilishni taklif qildi. Bu haqda u “X"dagi sahifasida yozgan.

“Agar ular nomni Dickipedia deb o‘zgartirsalar, men ularga bir milliard dollar beraman”, — deb yozgan Mask.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 O‘zbekistonliklarga “ChatGPT”ga kirish huquqi berildi

Kompaniya neyron tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar va hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shgan.

Endilikda neyron tarmoqdan O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish orqali foydalanish mumkin.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✈️ Telegram 📷 Instagram  ✖️ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM