Study only 📗📗📕📚
4 subscribers
23 photos
6 videos
9 links
Ingliz tili o'rganuvchilar uchun 📗📉🇵🇬
https://t.me/mock_ishlaymiz
Download Telegram
🌟 Siz uchun eng kuchli texnika: “Main Idea + Key Word Change”

1. Har bir savolni diqqat bilan o‘qib, savol aynan nimani so‘rayotganini tushunib oling (sababmi, fikrmi, joymi?).

2. Audio davomida faqat asosiy g‘oyaga e’tibor qarating, keraksiz detallarni tashlang.

3. Savolda kelgan so‘zlar bilan audio har doim so‘zma-so‘z mos kelmaydi, siz sinonimni tanishingiz kerak (cheap = not expensive, happy = pleased).

4. Gap oxirigacha tinglang chunki javob oxirida keb qolishi ham mumkin

Audio boshlanishidan oldin siz javob turini taxmin qilib o‘tirishingiz kerak, shunda miyangiz tayyor bo‘ladi.

Hoziroq o’rganib oling va birozdan so’ng bitta ajoyib practice qilamiz

For part 2
2👍2
Ortingizga qaramay yuguring!

It quvlaganda yoki ortingizda xavf paydo bo'lsa, "orqaga qaramay yugur" degan qoidaga amal qilish foyda beradi. Sababi, u holatda har soniya muhim bo'lib, orqaga qarab olishga ketadigan kichik vaqt ham zararingizga ishlashi mumkin.

Bu qoida kundalik hayotimizda ham muhim hisoblanadi. O'tmish xuddi quturgan it kabi bizni ta'qib qilaveradi. Unga (o'tmishga) hadeb e'tibor beraverish maqsadimizga yetishishdagi masofani uzoqlashtiradi.

Shuning uchun kechagi kuningizdan xulosa oling va uni qo'yib yuboring. Doim oldingga qarab harakat qiling!

𝗙𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗶 | 𝗣𝗼𝗱𝗰𝗮𝘀𝘁🎙
3👍3
Forwarded from Speaking for IELTS | Lifestyle (Khusan Abdumuminov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez IELTS olish siri

🙆‍♂️🙆‍♂️
🥰2🔥1
Zerikarli ish

Ba’zan ishlab turamiz, boshqa ish bo’lmagani uchun.
Ba’zan ishlab turamiz, yaxshi to’lashgani uchun.
“Boshqa nima ham qilardim?” yupatib qo’yamiz o’zimizni.

Bilmaymizki, ishimiz zerikarli bo’lsa hayotimiz ham yoqmaydi.
Ishimiz zerikarli bo’lsa infarkt ehtimoli ortadi.
Yoqmaydigan har qanday ish zerikarli bo'laveradi.
Davo ikkita. Yoqtirgan ishini qilish bu bitta usul. Qilayotgan ishini yoqtirish yaxshiroq usul.

Berayotgan foydangizni biling. Ish ongli hayotimizning yarmi. Zerikmang. Ishda zerikish - o’ldiradi.
1
🎯 QANDAY QILIB DIQQATLI BO‘LISH MUMKIN?

Diqqat — bu tug‘ma qobiliyat emas, uni mashq qilish mumkin bo‘lgan KO‘NIKMA 💡

📌 1. “Hozir”ni anglash uchun pauza qiling
Ishlayotganingizda bir zum to‘xtab:
— Nima qilyapman?
— Nega buni qilyapman?
— Bu hozir eng muhim ishmi?
deb o‘zingizga savol bering. Bu hozirgi vazifaga diqqatni qaytaradi 🔁
📌 2. E’tiborni chalg‘itadigan ishlarni yo‘q qiling
— Katta ahamiyatga ega bo‘lmagan vazifalarni boshqalarga yuklang
— Texnologiya yordamida avtomatlashtiring
— Shovqinlardan uzoqlashing 🧘
📌 3. Maxsus vaqt ajrating
Haftaning boshida barcha rejalaringizni yozib chiqing ✍️
Shundan so‘ng har kuni “nima qilish kerakligini” emas, qanday qilish kerakligini hal qilasiz.

Diqqatli inson — samarali inson.
Bugun e’tiboringizni to‘g‘ri yo‘naltiring
3
🆕 ⚡️ Hech kim sizni qutqarmaydi — o‘zingizdan boshqa! ⚡️

O‘zingizni o‘zgartirmasangiz, hech narsa o‘zgarmaydi.
Har kuni telefonni qo‘lga olganingizda, o‘ylang:
📱 “Men vaqtni o‘ldiryapmanmi yoki kelajagimni qurayapmanmi?”

Harakat qiling, hatto kayfiyat bo‘lmasa ham.
Motivatsiya kelishini kutmang — intizom bilan uni yarating! 💥

Sizda ham vaqt bor, imkoniyat bor, faqat bir qaror yetishmaydi:

> “Boshlayman. Bugun.”



Shu qaror hayotingizni butunlay o‘zgartiradi.
🔥6
Tashvishlanish ertangi muammoingizni hal qilmaydi, aksincha bugungi tinchlikingizni buzadi.
👍3
discipline

🔥 a Discipline is choosing between what you want now and what you want most.
Tartib — bu hozir xohlaganing bilan eng ko‘p xohlaganing orasidan tanlashdir 🎯

💎 What you want now gives comfort, but what you want most gives success.
Hozir xohlaganing qulaylik beradi, ammo eng ko‘p xohlaganing muvaffaqiyat olib keladi

✈️ Discipline is doing what needs to be done, even when you don’t feel like it.
Tartib — bu xohlamasang ham qilinishi kerak bo‘lgan narsani bajarishdir 💪

🚀Stay focused, stay disciplined — your future self will be proud of you.
E’tiborli va tartibli bo‘l — kelajakdagi o‘zing sendan faxrlanadi

Do you agree ?

Yes — ❤️

      
2
🇬🇧 Start your day with purpose and end it with peace.
🤲 Pray, nourish your body, grow your mind, strengthen your soul, rest well — then do it all again 💪

🇺🇿 Kuningizni maqsad bilan boshlang, tinchlik bilan yakunlang.
🤲 Duo qiling, tanangizni oziqlang, ongingizni o‘stiring, ruhingizni mustahkamlang, tinchgina uxlаng — va yana davom eting 🧡

Do you agree?
Qo’shilasizmi?

Yes — 💸
Ha — 💸

       𝕊𝕋𝕌𝔻𝕐 𝕋𝕀ℙ𝕊 ⭐️
❤‍🔥11
do the hard things.
LuxSaverBot
Do the hard things”

The greater the
success, the greater the hardship!

Listen
& Enjoy!

Don’t forget to share with your friends!

https://t.me/english_motivational_speeches
2
Forwarded from MULTILEVEL ZONE
🌟 Start living now dears!

Juda ham ajoyib article ekan tavsiya qilaman

O'zi shunaqa mazza qilib article o'qimaysizlarmiey Reading uchun juda foydali

Har kuni shunday tashlab tursammikan yoki?


🔸Telegram | 🔸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshqalarga qarab yurib, o‘z yo‘lingni yo‘qotma

Ko‘p odamlar boshqalar erishgan natijalarni kuzatib, o‘zini solishtirish bilan band. Natijada esa, o‘z maqsadidan tobora uzoqlashadi.

“Lider shaxsiyati” kitobida shunday fikr bor: “Liderlik – bu boshqalarning yo‘lini emas, o‘zingning yo‘lingni ko‘ra bilish san’atidir.”
Forwarded from STUDY TIPS | MOTIVATION (Bekhruzbek K.)
#motivation

⭐️ Every mistake teaches us something new.
What matters is how we move next.
❗️

💭 Har bir xato bizga yangi narsa o‘rgatadi.
Muhimi — keyingi yurishimiz qanday bo‘lishi
🔥


Do you agree ?

Yes —
🍓

       𝕊𝕋𝕌𝔻𝕐 𝕋𝕀ℙ𝕊 ⭐️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📌Nega Xitoy o‘quvchilari bilimli?

👈 Intizom – milliy qadriyat sifatida.
🖊Xitoyda maktabda tartib va reja juda muhim.
✔️ Ular vaqtni behuda sarflamaydi: dars, uy vazifasi, mashq — barchasi jadval asosida.
Intizom = barqarorlik = muvaffaqiyat.

👈 Katta mehnatsevarlik madaniyati.
🖊Xitoyda “iqtidor”dan ko‘ra “mehnat” qadrlanadi.
✔️ Ular “ko‘p ishlasa – albatta o‘rganadi” degan fikrda.
Shuning uchun ular soatlab o‘qishdan charchamaydi.

👈“Gaokao” tizimi – hayotni o‘zgartiruvchi imtihon.
🖊 Bu imtihon Xitoyda universitet va kelajakni hal qiladi.
✔️O‘quvchilar bu imtihon uchun 2–3 yil davomida muntazam tayyorlanadi.
Bu tizim ularni mas’uliyatli va chidamli qiladi.

👈 O‘zaro raqobat sog‘lom darajada.
🖊Sinfdoshlar bir-birini rag‘batlantiradi, kimdir yutuqqa erishsa, boshqalar ham harakat qiladi.
✔️ Sog‘lom raqobat — o‘sishga turtki


💡 Xitoy o‘quvchilari iqtidorli emas — ular intizomli, sabrli va qat’iyatli.Muvaffaqiyat ularning kundalik odatidir, mo‘jiza emas.

⏰️ 111 ta 😇

📚 Study time
❤‍🔥2🥰1
#Productivity

🎁 Ertalabgi dars — kechqurungidan 1.5 barobar samaraliroq!

📚Uyqudan keyin miya eng faol holatga kiradi. 🧠 Chunki u tun bo‘yi dam oladi va ertalab yangi maʼlumotlarni tezroq qabul qilishga tayyor bo‘ladi📚

Tadqiqotlarga ko‘ra, ertalab o‘qigan insonlar maʼlumotni 1.5 barobar tezroq eslab qoladi📚

📌 Ertalabgi darsning afzalliklari
💡Miya tetik bo‘ladi
💡Diqqat jamlangani uchun chalg‘ituvchi fikrlar kamayadi
💡O‘qigan maʼlumot uzoq vaqt xotirada saqlanadi
💡Motivatsiya yuqori bo‘ladi — “bugun hammasini uddalayman” degan kayfiyat paydo bo‘ladi


Shuning uchun odatingizga kichik o‘zgarish kiriting: kechasi majburan o‘tirib o‘qish o‘rniga, ertaroq uxlab, ertalab dars qiling. Farqini o‘zingiz his qilasiz! 😉

💡Siz asosan qaysi payt dars qilasiz?
Ertalab - ❤️‍🔥
Kechqurun - 💯
💯2❤‍🔥1👍1
Mustaqil dars qila olish.

Hozirgi o'quvchilar, hatto o'qituvchilar ham nazoratli kurs so'rab ko'p yozishadi.

O'zlari biladi qattiq o'qisa va uy vazifalarini bajarsa albatta o'sish bo'lishini, lekin baribir ularga nazorat kerak - kimdir shoxiga urib turish kerak.

Shaxsiy kuzatuvlarim bo'yicha, IELTS 7.0-9.0 ball olganlarni ko'pchiligi mustaqil dars qilgan, qila olgan.

Mustaqil dars qila olish - bu ilm muvaffaqqiyatining kalitidir.

Siz qachon kimnidir deb dars qilishni to'xtatasiz, va o'zingiz uchun chin yurakdan harakat qilishni boshlar ekansiz, ana o'shanda sizdan High-Achiever chiqadi.

Agar siz doimo kimdingdur nazorati ostida yurishni tanlasangiz, hatto o'zingizni-o'zingiz boshqarishga aqlingiz yetmasa, unda butun umr mana shunday boshqalar qo'lida 'nazoratda' yurishga tayyor turing
3
🔄Qulay vaqt degan narsa yo‘q

Hamma “bir kuni” degan afsonaga ishonadi, “Qulay vaqt kelsa boshlayman”, “Sharoitim bo‘lsa o‘qiyman”, “Pul topgach, o‘zimni o‘zgartiraman” deydi. Lekin qulay vaqt hech qachon kelmaydi.

Psixologiyada bu holatga “illusion of timing” deyiladi.

Bu inson miyasi o‘zini himoya qilish uchun to‘qib chiqargan illuziya. Harakat qilish miyangiz uchun qo‘rqinchli va noaniq ish, shuning uchun eng qulay yechim “hali emas” deb o‘zini ovutish.

Kaliforniya universitetida (UCLA) o‘tkazilgan tadqiqotda shunday xulosa chiqarilgan:

“Odatda o‘qishni boshlash, yangilik o’rganish, hayotini o’zgartirish niyatida bo’lgan va “hozir emas, hali tayyor emasman” deb ortga suradigan insonlarning 85%’i keyinchalik ham o‘sha ishni hech qachon boshlamaydi”.

💡Ya’ni, “hozir emas” degan his vaqtinchalik holat emas, balki ongdagi doimiy bahona.

Masalan siz suzishni o‘rganmoqchisiz va “suvga tushishga tayyor emasman” deb o‘ylaysiz. Lekin suvga tushib ko’rmaguningizcha hech qachon bunga tayyor bo‘la olmaysiz. Chunki tayyorlikning o‘zi amaliyot natijasida keladi. Shu sababli qulay vaqtni kutish – suvga tushmasdan suzishni orzu qilishga o‘xshaydi.

Xulosa:

“Bir kuni” degan vaqt yo‘q. Hayotda faqat “bugun” degan 24 soatlik imkon bor. Uni ishlatgan odam yashaydi, kutgan odam esa faqat “ertangi orzular”da qoladi.
👍5🔥1
Lekn bugun meni kunim ertalabdan yomon bugungi kun menga hush kelmadi mayli nmasi bolsa ham hammasiga kulib qoydim...😞😊
😢6🔥2
1. Hech kimdan yordam kutmaslik

Odamlar ko‘pincha “kimdir kelib meni tushunsin, menga yordam bersin” degan umid bilan yashashadi. Bu aslida zaiflikning manbai. Chunki sening dardingni hech kim to‘liq his qila olmaydi, hatto eng yaqin insoning ham.

Sen og‘riq his qilyapsan — ular esa faqat tasavvur qilishadi. Sen ichkarida yonayapsan — ular tashqaridan qarab turishadi.

Demak, yordam kutish – bu hayotni boshqa qo‘lga topshirish degani. O‘zingning kuchingni begonalarga berib qo‘yish.


> Haqqiqat: odam faqat o‘zi bilan birga qoladi. Hech kim seni 100% qutqara olmaydi.




---

2. Nega hech kimga kerak emasmiz?

Odamlar hayotini o‘ylab ko‘r: hamma o‘z tashvishi, o‘z foydasi, o‘z og‘rig‘i bilan band. Sen yiqilsang, ko‘pi bilan bir zumda achinishadi, lekin keyin o‘z hayotiga qaytib ketishadi.

Dunyoda asosiy markaz – o‘zing. Sen uchun sen eng muhim bo‘lsang, boshqalar uchun esa ular o‘zlarini eng muhim deb biladi.

Shu sababli, sening og‘riqlaring, orzularing, umidlaring – boshqalar uchun ikkinchi darajali. Ularning dunyosida sen faqat epizodsan.


Bu haqiqat og‘ir eshitiladi, lekin ozodlik ham beradi. Chunki:

Agar sen hech kimga kerak bo‘lmasang, demak odamlarning kutganini bajarishga majbur emassan.

Agar sen hech kimning markazi bo‘lmasang, demak o‘zingni markaz qilishing kerak.



---

3. Chin mustaqillik nimada?

Mustaqillik bu yolg‘izlikdan qochish emas, balki uni quchoqlash.

Sen o‘zingni boshqalardan ajratganingda emas, balki boshqalardan ichki jihatdan erkin bo‘lganingda haqiqiy mustaqillikka erishasan.

Hech kimga kerak emasligingni tushungan odam — insonlardan norozi emas, balki ularning tabiati shunday ekanini anglab, o‘zini qurbon qilmaydi.



---

4. Natija

Hech kim kelib seni qutqarmaydi. Hech kim senga abadiy suyanchiq bo‘lolmaydi.

Lekin bu qo‘rqinchli emas — bu eng katta kuch. Chunki sen shundan keyin hayotni o‘z qo‘lingga olasan.

Odamlardan ko‘ngil kutmagan odam – erkin odam. O‘zini topgan odam.



---

📌 Qisqa qilib aytsam:

Hech kimdan yordam kutma – sening yagona najoting o‘zingda.

Hech kimga kerak emassan – demak, maskasiz, majbursiz, o‘zing bo‘lib yashash huquqiga egasan.

Shu haqiqatni qabul qilgan odam — endi haqiqiy hayotini boshlaydi.

𝗙𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗶 | 𝗣𝗼𝗱𝗰𝗮𝘀𝘁🎙
2