ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
1.71K subscribers
1.04K photos
222 videos
682 files
446 links
Kanalda oʻzbek tili darslari va shaxsiy mulohazalarni topishingiz mumkin.
Manfaat olishingiz uchun harakatdamiz.
Savollar boʻlsa:
@Abdunazarov_Abror

Shaxsiy kanal: @anglaganim_olam
Download Telegram
Bizning yoshlar aqlli: sun'iy idrokni ishlatishni bilishadi.


Lekin dangasa:tabiiy idrokini ishlatmaydi😉
Bu safar ham yigitlarga ishonib uxlayversammi?😉
Imlo!
Anonymous Quiz
61%
Payhon
39%
Payxon
Paronimlar boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ⚡️⚡️⚡️


✔️ Koʻchatlarni oʻtqazamiz, bayramni esa oʻtkazamiz;
✔️Qulogʻi ogʻir kar boʻladi, sochi yoʻqlar kal boʻladi;
✔️Oʻgʻrilar odamlarni toʻnaydi, kechasi yotib qolib tunaydi;
✔️Taxtga oʻtirsa shoh deyiladi, daraxtdan sinsa shox deyiladi;
✔️Divandan tushamiz, dovondan esa oshamiz;
✔️Ustoz oʻtsa dars oʻtadi, oyogʻi sinsa darz ketadi;
✔️Tarsaki yesa qars boʻladi, ming soʻm olsa ham qarz boʻladi;
✔️Charchagan odam uxlaydi, zerikkan odam uhlaydi;
✔️Kitobdagi narsa sheʼr boʻladi, zooparkdagi hayvon sher boʻladi;
✔️Yoqilgʻini yoqamiz, yonilgʻini quyamiz;
✔️Devorga rasm solsang pul olasan, yaxshilab razm solsang kulasan;
✔️Folbin fol ochadi, usta esa pol ochadi;
✔️Qushlarni oʻstirishadi qushxonada, hayvonlarni oʻldirishadi kushxonada;

Muallif haqiga duo qilib qo'yinglar

⚡️Muallif: Muhammadrizo Jabborov
Muhim!
Layli zotidan esamda ,dilda Majnuncha havo ,
Togʻu tosh kezgum kelur ,lekin yoʻlim toʻsgay hayo ..

Zebuniso qalamiga mansub ushbu baytda qofiya turi va raviyni toping.
Aka-singil, opa-ukalar kuni ekan.

sizlar bilan shu paytgacha eng ko'p vaqt, bundan keyin eng kam vaqtni birga o'tkazadigan, sizni asl basharingizni ko'rgan, hamma qiliqlaringizga chidagan, urib-urushib-tepib katta bo'lgan, bitta ko'rpani talashib uxlagan, o'zicha sizni yashirin yaxshi ko'rib, qizg'onadigan, beminnat sevadigan yagona odamlaringiz shular.

muzqaymoqqa pul tashlab qo'yinglar bir-biringizga)
Bugun oʻqing,sizda hali vaqt bor!
⚡️Rasman: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

🇺🇿 Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi);

tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak);

oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan https://xotin-qizlar.uz/ sayti orqali yoki doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
 mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma;
 oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.

▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.
🎯@ona_tili_tahsil
⚡️ OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 1 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?

Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.

1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.

Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

🎯@ona_tili_tahsil
Forwarded from MILLIY SERTIFIKAT
#natija_chet_tili

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat