ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
1.81K subscribers
1.02K photos
219 videos
679 files
434 links
Kanalda oʻzbek tili darslari va shaxsiy mulohazalarni topishingiz mumkin.
Manfaat olishingiz uchun harakatdamiz.
Savollar boʻlsa:
@Abdunazarov_Abror

Shaxsiy kanal: @anglaganim_olam
Download Telegram
Yordamchi fe'llar haqida

Aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarida ko'pchilik talabgorlarni o'ylashga majbur qilgan, yechimi qiyindek tuyilgan, aslida juda oddiy narsa haqida fikr yuritamiz:

Yordamchi fe'llar - o'zida mavjud bo'lgan mustaqil atash ma'nosini yo'qotib, biror mustaqil (aksariyat hollarda ot) va oraliqdagi so'z turkumlariga oid bo'lgan so'z bilan birga qo'llanilib, kompozitsiya usulida yangi so'z yasashga xizmat qiluvchi fe'llardir.

Masalan :

a) Ot + qil, et, ayla, ber, sol, ko'r, ol, top, bo'l : hikoya qilmoq, himoya qilmoq, qayd etmoq, duo olmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, qo'nim topmoq, judo bo'lmoq, tush ko'rmoq, xalal bermoq... ;

b) Sifat + qil, bo'l, ayla, ko'r : abgor qilmoq, tayyor qilmoq, ado bo'lmoq, ogoh aylamoq, yaxshi ko'rmoq... ;

c) Undov so'z + ur, de, sol: oh urmoq, dod solmoq, dod demoq, oh demoq... ;

d) Taqlid so'z + qil, et, de : taq- taq qilmoq, qilt etmoq, qars etmoq, lip etmoq, vov - vov demoq

Bu so'zlar qo'shma fe'l hisoblanadi va yasama so'zlarga olinadi.
Forwarded from Til ta'limi
Til oʻrganishni eng tezlashtiradigan usul bu bilganlaringizni amaliyotda qoʻllash.


Bu toʻgʻrisida batafsil tavsiyalarimni yozaman keyinroq.
“Julqunboy” taxallusi bilan ijod qilgan yozuvchi kim?
Imlo!
Anonymous Quiz
70%
Lahad
30%
Laxad
ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
Asosiy fanlardan sertifikatlarni qatorlashtirib olganlar,endi majburiy fanlarni tezda oʻqib olaman deb oʻylayapsizmi? Tez uddalash mumkin,lekin bu sizdan asosiy fanlardan ham koʻproq kuch talab qiladi. Yana bir gap:majburiy fanlarni yaxshi oʻqing,sertifikatlar…
Abituriyentlar qaysi blok faniga necha balldan olishadi?

Kirish imtihonida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball — 189. Buning uchun abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🎯@ona_tili_tahsil
Attestatsiya ham oson boʻlmayapti.
Ustozlar,kelasi safar yangi darsliklarni suv qilib ichib yuborib kirish kerak,shekilli.


Attestatsiya savollari,ayniqsa adabiyot qismi xotira va yodlab qolishga asosan shakllantirilgan.


Oʻtganlarni tabriklayman.Oʻta olmaganlar kuzda yana-da qattiqroq kirishsangiz,eplaysiz.nasib.
Suxandononi in shirin hikoyat,
Chunin kardand az Shirin rivoyat

a) qofiya turini toping.

b)raviyni yozing.
ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
@kitobmakon1 Abulfayzxon dramasi.pdf
Kitobning elektron shakli abituriyentlarim uchun.
Imlo!
Anonymous Quiz
33%
Bronxid
67%
Bronxit
6-7-10-sinf adabiyot yangi nashr savolnoma.pdf
1.3 MB
Adabiyotdan yangi darsliklar qisqa savol-javobi.
☄️☄️ADABIYOT
5️⃣ADABIYOT.

1️⃣🔤🔤🔤🔤

☄️☄️LUG'ATLAR



✔️Ovul-kichik qishloq.
✔️Qashqir-boʻri.
✔️Noʻnoq-epsiz,noshud,uddaburon emas.
✔️Joʻn-oddiy,sodda.
✔️Mizoj-inson tabiati,xulq-atvori;
kishi organizmining o'ziga xos talabi.
✔️Brakonyer-noqonuniy ov bilan shug'ullanuvchilar.
✔️Picha-ozgina,biroz.
✔️Xivich-hoʻl,uzun novda,xipchin.
✔️Sas-ovoz,tovush.
✔️Chatnoq-darz ketgan,yorilgan.
✔️Lungi-bel va songa oʻraluvchi mato parchasi.
✔️Chetan-buta nomi.Uning novdalaridan maxsus toʻrli savat va qafaslar toʻqiladi.Daraxtning novdalaridan qilingan devor ham chetan deb yuritiladi.
✔️Burgan-murakkab gullilarga mansub bir yillik begona o't.
✔️Shoʻra-tashlandiq yerlarda, ekin maydonlarida gʻovlab oʻsadigan,barglarining usti yaltiroq,osti kulrang begona oʻt.
✔️Suvqogʻoz-polietilen yoki sellofandan tayyorlangan oʻrov materiali,xalta.("O'tamga nimadir boʻldi...")
✔️Taqir-giyoh oʻsmaydigan yaydoq yer.
✔️Qut-baxt,boylik,baraka.
✔️Oqquv-oqqush.
✔️Barqut-koʻchma ma'noda:yumshoq,mayin.
("Bulut" she'rida)
✔️Suqsur-bigizdum.Oʻrdaksimonlar oilasiga mansub qush.
✔️Lak-lak-koʻp,son-sanoqsiz,
behisob.
✔️Suyri-tashqi shakli baliq sirtiga o'xshash narsa,joy.
✔️Zogʻora-makkajoʻxori yoki oq joʻxori unidan yopilgan non.
✔️Soʻk,yovgʻon,umoch,yupqa,goʻja, noʻxatshoʻrva,kulchatoy-ovqat turlari.
✔️Koʻmoch-kepakdan tayyorlangan, issiq kulga pishiriladigan non.
✔️Qoʻgʻirmoch-qozonda qovurilgan bugʻdoy.
✔️Toʻqoch-katta boʻgʻirsoq yoki kulcha non.
☄️☄️5️⃣5️⃣9️⃣6️⃣
sahifalar asosida tayyorlandi.
Imlo!
Anonymous Quiz
3%
voqiya
7%
voqia
90%
voqea
Chek aynima ishq to‘tiyosin,
Ur qalbima ishq kimiyosin

a)raviyni toping.

b)qofiya turini yozing.

🎯@ona_tili_tahsil
Forwarded from Til ta'limi
Kitob oʻqishda har 30 daqiqa oraligʻida sovuq(juda emas)suv ichish ham oʻqish tiniqligini oshirishda yordam beradi.
Bugun oʻz hayotingni oʻzgartirish uchun harakat qilganingni hamma bilishi shart emas.



Gapni sintaktik tahlil qilib,gap boʻlaklariga ajrating.

🎯@ona_tili_tahsil
Ajratib ko‘rsatilgan har uchala so‘z bilan ma’nodoshlik hosil qila oluvchi so‘zni yozing.?

1.Eski usul
2.Bilimsiz o’quvchi
3.Rivojlanmagan davlat


Abdulla Niyozmatov
Imlo!
Anonymous Quiz
24%
Uzliksiz
76%
Uzluksiz