ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
1.79K subscribers
1.02K photos
219 videos
679 files
434 links
Kanalda oʻzbek tili darslari va shaxsiy mulohazalarni topishingiz mumkin.
Manfaat olishingiz uchun harakatdamiz.
Savollar boʻlsa:
@Abdunazarov_Abror

Shaxsiy kanal: @anglaganim_olam
Download Telegram
Kanalni tark etdi yozuvini "imtihoni oʻtib boʻldi" deb oʻqiyapman😁
🇺🇿IZOFALI BIRIKMA🇺🇿

Izofali birikma - qismlari bir-biriga -i,-yi yordamida bog'langan, tilimizga tojik va arab tillaridan o'zlashgan murakkab birikmalar.

Tolibi ilm, dardi bedavo, piri komil, oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar, kaminayi kamtarin, bandayi ojiz.
Es : izofali birikmalar doim ajratib yoziladi.
Izofali birikmalarning qaysidir qismi tilimizda ma'no ifodalamagani uchun qo'shib yoziladi : Ro'yirost, dardisar, ro'yixotir, ro'yixush
ba'zida izofa yozilmaydigan birliklar qo'shib yoziladi :
Guli beor - gulbeor (fonetik hodisa yo'q), gulsapsar, guldon, gulnor.
Eslatma : Izofa tushib qolgan so'z qo'shma so'zga aylanadi....
Izofali birikmalar tilimizda qaratqich qaralmish munosabatiga to'g'ri keladi.
Jilva orti (3-qism)

Davlat universiteti kadr yetishtirib chiqarishda ish beruvchilarni mijoz sifatida qarashi kerak, lekin bizda universitetlar mijoz sifatida abituriyentlarni koʻrishadi. Yaʼni abituriyent oʻqishga kirgach ish bitdi, 4 yil universitetning qoʻlida.

Agar universitet oʻz sifatini, mavqeyini, kuchini, talabalarni qoʻlini koʻksiga qoʻyib salom berishi, soch-soqoli, darslarga muntazam qatnashishi bilan emas balki ish beruvchilar talabiga qarab belgilasa oʻsish boʻladi..
Samarqandda bugun imtihoni borlar bormi kanalimizda?

Lokatsiya tashlab yuboringlar-chi qayerda ekan imtihon.
Oziq-ovqat maxsulotlarini cheklash bilan bogʻliq mavzu tushibdi.
Keldim.

Odaaaaaam koʻp ekan.
ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
Oziq-ovqat maxsulotlarini cheklash bilan bogʻliq mavzu tushibdi.
❇️ Esse uchun mavzu ❇️

Bugungi kunda biz iste'mol qilayotgan ayrim mahsulotlar, jumladan, fast-fudlarning sog'ligimizga zarar ekanligi barchamizga ma'lum. Ayrimlar ularga cheklovlar kiritish lozim, deb hisoblasa, boshqalar bu iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsatadi, deb ta'kidlamoqda.
ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
Keldim. Odaaaaaam koʻp ekan.
Kutish zerikarli doim.
Yukni kamaytirish uchun kitob ham olmagandim
ONA TILI TAHSIL🧠 ( Abdunazarov)
Keldim. Odaaaaaam koʻp ekan.
Navoiyda alohida xonalarda boʻlishiga oʻrganib qolgandim.

Bu yerda imtihon agentlikning bitta katta zalida ekan.
Esse:
Yosh kadrlarning koʻpayishi taraqqiyot omilimi yoki muammolar keltirib chiqaradimi?
Grammatika va gʻazal ancha oson.(Oʻqishda tezlashib chalgʻib ketmasangiz bas.)

Badiiy matn uzunligi charchatdi biroz.
Ilmiy matn: Atomlar haqida.
Gʻazal kutganimdan oson.
Yozmalar avvalgi shaklda.

4 savolda xato deganda ta'bir soʻzi xato berilgan.
Men uchun yangilik boʻldi: ishlab boʻlsangiz ham 30 daqiqa qolguncha chiqarishmayapti ekan.
Imtihonlar ham tugadi.

Imtihon topshirganlar fikrlaringizni yozib keting-chi.
Esse haqida endi zoʻr fikrlar kelyapti.
Bir varaq kam ekan bu mavzuga)
Lekin uzoq yoʻlga borib imtihon topshirsam,charchaydigan darajada qaribman😐
Hatto aylangim ham kelmay qaytdim🥱.


Agentlik binosi oldida kutadiganlar uchun yaxshi oshxona yoʻqligi eng katta minuslardan men uchun.

Tushlikda yegan qoʻlbola lavashdan oshqozonim qargʻaydi meni(.


Ozgina dam olsak,ertadan yangiliklar berib boshlaymiz yana kanalda.
Barcha topshirib boʻlganlarga yaxshi natija tilayman.

Endi ustozlar uchun attestatsiya, abituriyentlar uchun davlat imtihonlariga navbat.


Xayrli tun 🌃