Planet🤍
32 subscribers
120 photos
98 videos
30 files
116 links
Eng go'zali emas, eng hayrlisi bo'lsin. O'sha hayrlisiga Alloh qalbimizni rozi qilsin!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevgi bu haqiqiy va insoniy tilaklar o’xshashligi, asosiy maqsad birligi, va uning yaratuvchisi batamom birlikda taslim bo’lishi, o’zini topshirishi demakdir…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Zelandiya shunchaki orzularimi orzusida yashaydigan davlat😅.

InShaaAlloh bir kun kelib uchrashaman bu davlat bilan ham.
Qayta qayta aytaveraman.
🇩🇪Germaniyada o’rtacha umr ko’rish yoshi juda baland.

90ga kirgan odamlarni ham bemalol o’zlari sayohat qilib yurganini ko’rasiz. Yoshlari 80-90 yoshlar atrofidagi juftliklar bor. Ularda kamida 60-70 yillik muhabbat.

Hali ham 18yoshli sevishganlardek poyezdlarda qo’llarini ushlab, yelkalariga boshini qo’yib ketishadi😁

Ana muhabbat!
Forwarded from Florensiya...
That's way, ... kimgadir achinish kerak bo'lsa, faqat o'z iymonimga achindim... Tilida bor-u, amalda yo'q jasadimga achindim...)
Inson qiziqishlari bu uning hayotidagi eng ahamiyatli narsa, eng muhumi insonlar o’zidagi bor qiziqishlari va iqtidorini birlashtira olishi kerak.

Ko’ngildagi kasb esa ana shu ikki narsa birlashgan joyda vujudga kelishi kerak. Bo’lmasam do’zaxdek tuyuladigan o’sha ishiga ‘budilnik’ qo’yib, har kuni borib kelishga majbur bo’ladi.

Milionlab (kim bilsin balki milliardlab) insonlar ishga borib kelayapman deb shunchaki tentirab yuribdilar holos.
Here is rainy 🇩🇪
Rain is Baraka 🌧️ ☔️
Germaniyaga magistraturani tamomlab yana hammasini boshidan boshlash uchun o’qishga kelganman. Ba’zilar kulimsirab so’rashadi. Lekin ayb o’zimda. Chunki, paytida nimaga qiziqishim va iqtidorim borligini bilmaganman va to’g’ri yo’nalish tanlamaganman.

Hechdan ko’ra kech, o’zingga yoqmagan kasbda butun umr ishlagandan ko’ra, 2-3yil qiziqishing bo’lgan sohani yaxshiroq o’rganib, o’zing zavq oladigan kasbda va muhitda yasha…

Boshlash uchun esa hech qachon kech emas. Sen bugun nimanidir boshlash uchun shu qadar yoshsanki, boshqa hechqachon uni boshlash uchun bugungidek yosh bo’lmaysan. Asosiysi boshla…
The best path is the one that leads you home.🏠
Amallarim orzularimdan yiroqda…
BUGUN, O‘RTOQLAR, JUDA DOLZARB MAVZUDA GAPLASHAМIZ.

Bu post ayrimlaringizning qarashlaringizni tom ma’noda supurib tashlashi mumkin.

Bugun “G‘arb yaxshi, biz yomonmiz” yoki “biz yaxshimiz, G‘arb yomon” degan primitiv qarashlardan voz kechamiz.

Gap “axlat” haqida.

Lekin faqat ko‘chadagi axlat haqida emas.

Jamiyatdagi axlat haqida ham.

🇪🇺 G‘arbning “axlat”lari

Yevropada ko‘plab narsalarni o‘rganishimiz kerak: qonun ustuvorligi, insonning shaxsiy hududi, vaqtga hurmat, mehnat madaniyati, ekologik mas’uliyat va hokazo.

Ammo G‘arb jamiyatida ham muammolar yo‘q emas.

Oila institutining zaiflashib borishi, yolg‘izlikning kuchayishi, nikoh va uzoq muddatli oilaviy mas’uliyatga munosabatning o‘zgarishi, haddan tashqari individualizm — bular jiddiy muhokama qilinishi kerak bo‘lgan masalalar.

Jinsiy orientatsiya yoki insonning shaxsiy tanlovi masalasida ham jamiyatlar turlicha qarashlarga ega. Lekin insonni shaxs sifatida hurmat qilish boshqa, har qanday ijtimoiy tendensiyani tanqid qilib bo‘lmaydi degan fikr boshqa.

Muammo odamlarning mavjudligida emas.

Muammo — jamiyat qanday qadriyatlarni kelajak avlodga uzatayotganida.

G‘arbni ko‘r-ko‘rona idealizatsiya qilish ham xato.

🇺🇿 Endi o‘zimizga qaraylik.

Bizda-chi?

Ko‘chaga chiqib, bir qarang.

Axlat qutisi ikki metr narida turibdi — odam qo‘lidagi idishni yerga tashlaydi.

Mashina oynasidan chiqindi uloqtiriladi.

Ko‘cha tozalanadi — bir necha soatdan keyin yana axlat.

Keyin esa:

“Hokimiyat nega ko‘chalarni tozalamaydi?”

deymiz.

Savol boshqa:

Nega biz o‘zimiz kir qilgan joyni yana birov tozalashi kerak?

Davlat ko‘chani tozalashi mumkin.

Lekin fuqarolik madaniyatini davlat sizning o‘rningizga shakllantirib bera olmaydi.

Bizdagi yana bir “axlat” — shaxsiy chegaralarning yo‘qligi.

Birovning uyiga ogohlantirmasdan kirish.

Birovning shaxsiy hayotini muhokama qilish.

“Qachon uylanasan?”

“Qachon farzand ko‘rasan?”

“Maoshing qancha?”

“Xotining nega bunday kiyinadi?”

“Farzandingizni nega bunaqa tarbiyalayapsiz?”

Bularning hammasini “qiziqish” yoki “g‘amxo‘rlik” deb oqlaymiz.

Aslida esa ko‘pincha bu — shaxsiy chegara tushunchasining yetishmasligi.

Yana bir fenomen:

Boshliqni ko‘rsak, yetti bukilib salom beramiz.

Lavozimga hurmat — yaxshi.

Ammo insonning lavozimiga sig‘inish — boshqa masala.

Oddiy xodimga qo‘pol muomala qiladigan, lekin rahbar oldida ovozini ham pasaytirib yuboradigan jamiyatda muammo bor.

Bizga mansabga emas, insonga hurmat qilish madaniyati kerak.

Farrosh ham inson.

Ofitsiant ham inson.

Kassir ham inson.

Haydovchi ham inson.

Professor ham inson.

Vazir ham inson.

Lavozim insonning qadrini oshirmaydi.

Demak, masala G‘arb yoki Sharqda emas.

Har bir jamiyatning o‘z “axlatlari” bor.

Kimdadir — haddan tashqari individualizm.

Kimdadir — oilaviy qadriyatlarning zaiflashuvi.

Kimdadir — iste’molchilik.

Kimdadir — ekologik mas’uliyatsizlik.

Bizda esa ko‘pincha:

— ko‘chaga axlat tashlash;
— navbatga rioya qilmaslik;
— shaxsiy chegarani bilmaslik;
— tanish-bilishchilik;
— mansab oldida haddan tashqari egilish;
— “odamlar nima deydi?” degan bosim;
— umumiy mulkka o‘z mulkimizdek munosabat qilmaslik.

Jamiyatni o‘zgartirish ko‘chadan boshlanadi.

Bugun yerga tashlamagan bitta plastik idishingiz — ertangi madaniyatning bir qismi.

Birovning shaxsiy hayotiga aralashmagan bir daqiqangiz — hurmatning bir ko‘rinishi.

Lavozimidan qat’i nazar insonga teng munosabat qilishingiz — fuqarolik madaniyatidir.

Shuning uchun men G‘arbga qarab:

“Ularning kamchiliklari bor ekan”

deyishdan ko‘ra,

“Bizning kamchiliklarimiz qayerda?”

deb so‘rashni afzal ko‘raman.

Chunki taraqqiyot — boshqa jamiyatning “axlat”ini sanashdan emas,

o‘z hovlingizni tozalashdan boshlanadi.

G‘arbning yaxshisini olaylik.
Yomonini tahlil qilaylik.
O‘zimizning yaxshimizni asraylik.
Kamchiligimizni esa tan olishdan qo‘rqmaylik.

Ana shunda haqiqiy madaniyat paydo bo‘ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Who doesn’t want that kind ofJackpot?
Allohim, meni gunoh va ma’siyat lazzatidan mahrum qil. Allohim, toating lazzatidan totishni nasb qil. Amiyn…