Hammasi yurakdan
4 links
Yuredan yuregacha boredgan soʻzlar !Hisob 🙌
Download Telegram
Channel created
#anglashsaydi...

Koshki, insonlar bu dunyoga nega kelganligini anglashsaydi... Bularning barchasi sinov ekanligini tushunib yetishsaydi...

Sizga bir gap aytaman...

Bugun juda ko‘plab yigit-qizlarni kuzatar ekanman xayolimdan quyidagilar o‘tadi:

Qizlar turmushga chiqadigan yigitini nazarimda shunday tasavvur qiladi. Ya‘ni: xohlaganimda istaklarimni bajo keltira olsa... Bu orada yigitlar bir qizning ko‘nglidan joy olish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Qanchadan-qancha pul sarf etadi. Tengsiz bo‘lgan vaqtlarini sarf etadi. Qiz nimani xohlasa, bajo keltiradi.

Singlim, opam, dugonam hech o‘ylab ko‘rganmisiz shu yigit sizga ketkazgan puli va vaqtining biroz qismini uyidagi onasiga bag‘ishlarmikan...?! Siz bilan soatlab gaplashadigan yigit onasining so‘zlarini qancha vaqt tinglashga qurbi yetar ekan...?! Bir paytlar onasi farzandining zaboni chiqishini, ravon gapirishini orziqib kutgan-u, ammo endi farzandi shirin so‘zlarini onasiga emas, Siz qizlarning ko‘nglidan joy olish uchun aytayotganini... shular haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Nega turmushga chiqmoqchi bo‘lgan insoningizni, avvalo, onasiga qanday munosabatda bo‘lishi haqida so‘rab, surishtirib ko‘rmaysiz...?! Yo‘q! Sizni bular qiziqtirmaydi. O‘sha yigitning qancha oylik olishi-yu, qanday mashinada yurishi, uyining qanday ekanligi-yu, qayerlarga sayohatga olib borishi haqida qiziqasiz...(achinaman!)

Men avvalo, oilasiga qanday munosabatda bo‘lishini, ota-onasiga qanchalik mehr-muhabbat ko‘rsata olishini, oilasiga qanchalik vaqt ajrata bilishini, aka-ukasi, opa-singlisiga qanaqa munosabatda ekanligini surishtirishingizni xohlardim. Sizga (qimmat "эгрушка", qimmatbaho taqinchoqlar-u, kiyim-kechaklar, quchog‘ingiz to‘lguncha bo‘y-bastingiz bilan baravar olib keladigan gullar yoki kitobxo‘r qizlar xohlagandek qimmatbaho kitob olib kelishini xohlashdan oldin uyiga, onasiga bir dona gul olib borganmikan...? Onasi xohlagan bitta ro‘mol yoki ko‘ylak olib berdimikan...? Onasidan nima yegisi kelayotganligini bir bora so‘radimikan...? Onasidan ahvoli qanday ekanligini bir bora so‘radimikan...? ) olib berguncha... vaqtini sizga baxshida etguncha... o‘ylab ko‘rganmisiz, qizlarjonlar...?! Nahotki, onasiga shularni qilib berolmagan yigitdan ertaga sizga shularni qilib berishini kutsangiz...?! Xo‘p, sizga bularni qilib berar. Biroq, vaqtincha... Negaki, yo‘qdan bor qilgan, oq yuvib, oq taragan, unga butun borlig‘ini bergan onasiga men sanab o‘tgan, arzimagan narsalarni qilib berolmagan ekan vaqti kelib, siz ham boringizni fido qilganingizda sizga ham shunday munosabatda bo‘lmasligiga kim kafolat beradi...?! Onasining qadrini bilmagan sizning qadringizni bilarmidi...?!

Yigitlarga ham bir gap:

Sizga onangizdan ko‘ra, o‘ziga ko‘proq vaqt ajratishingizni so‘ragan qizdan nimani kutyapsiz?!
Aka-ukangiz, opa-singlingizga vaqt ajratishingizni emas, o‘ziga ko‘proq e‘tibor berishingizni so‘ragan qiz jigaringizdan a‘lo bo‘lyaptimi?

Qizlarimizga yoki yigitlarimizga nima yetishmayapti o‘zi? Nega nima uchun hayotda yashayotganligi haqida o‘ylashmaydi? Nega yengil-yelpi hayot kechirishni o‘zlariga ep ko‘rishadi? Nega bunchalik tarbiyada xatoliklar bor...?!

To‘g‘risi, o‘ylayverib yonib ketyapman!
Bu UMMAT qachon uyg‘onadi...?!
Solihlar Gulshani
Hamkor kanalimiz :👇🏼👇🏼👇🏼👇🏼

@omar_halilhikoyalari🌿🌿

☝️🪐
1
#Zino 👁

Bugungi kunda, Ko'z zinosidan saqlanish tobora qiyinlashib bormoqda. Ko'chaga chiqsangiz, tor-tarang qomatni koʻrsatib turadigan yoki ochiq-sochiq kiyingan nomahramlar qadamda uchraydi. Internetga kirganda ijtimoiy tarmoqlarda yoki turli saytlardagi reklamalarda ham shu holat. Nomahramga nazar tushaversa, qalb uni istaydi, oyoq yurib boradi, qo'l tutadi, aql tasdiqlaydi...
Bunday vaziyatda nima yechim bo'lishi mumkin?

Menimcha: Erkaklar ham, ayollar ham zaruratsiz ko'chaga chiqish, zaruratsiz internetga kirishdan saqlanishi kerak. Erkaklar ish yuzasidan bunga ko'pincha majbur bo'ladi, ayollar ishlamasa, uyda o'tirib, ilm o'rganish, bola tarbiyasi va boshqa foydali ishlar bilan mashg'ul bo'lishi lozim. Dinimizda ham ayollarga faqat hojat yuzasidan ko'chaga chiqishga ruxsat berilgan.
Modomiki erkaklar ko'chaga chiqishga majbur ekan, ko'zi to'ygan holda chiqishga harakat qilsin. Ayollar, buni tog'ri tushuning, o'zingiz istamasangiz ham, xohishingiz bo'lmasa, oilani ko'paytirishiga qo'yib bering yoki qondirib qo'ying.
Bo'ydoqlar ro'za tutib tursinlar va tezroq oila qurishga harakat qilsinlar.
Doimiy tahoratda yurishga harakat qiling. Nomahramga nazar tushadigan bo'lsa, jismimni pok saqlaganim kabi qalbimni ham gunohlardan pok saqlashim kerak degan o'yda nazarga nazarni ergashtirmaslikka harakat qiling. Buni uddalaysiz!
(Ayrimlar koʻzimni nomahramlarga qarshdan tiyilolmayapman) unday-bunday qilsamam, foydasi yoʻq deyishadi...
Aslida: qarang! hamma gap oʻzingizda, "Iymoningiz butunligini sinab koʻramiz. Oʻsha ochiq-sochiq kiyinadigan, Ayol-qizlarga qaraganda, nafratlanib yuzingizni boshqa yerga burib yurgan boʻlsangiz! iymoningiz bor, iymoningiz butun ekan.
Agarda, oʻshalarga qaraganda koʻzingiz quvnayotgan boʻlsa iymoningiz komil boʻlmabdi.

Qaramaslik uchun sabab kerak! Qani oʻsha sabab👉 [Nafrat, Jirkanish]

Inson zoti shunday, yomon koʻrgan (buyum, hayvon, inson) lariga qarashni hohlamagandek, nomahramlarga ham qaramasligi kerak.



Yana: Ota-onalarga:
Voyaga yetgan o'g'il-qizi bor ota-onalar farzandlarni tezroq oilali bo'lishiga harakat qilsin. Siz uni hali yosh deb o'ylarsiz, uning ham bu boradagi fikrini bilasizmi? U ham oila qurishga hali ehtiyojim yo'q deydimi? Agar qo'lida kasb-hunari yo'q yoki boshqa sabab bo'lsa, o'sha sababni yechimini tezroq topish kerak. Ayni shu band bo'yicha hali alohida yozaman, in shaa Alloh...






Omar Halil hikoyalari


Solihlar Gulshani
#Dolzarb
Bir diniy kanalni koʻrib, Broz jahlim chiqdi!
Negaki: diniy postlar!
Rivoyat, hadis, oyatlar joylanarkan Alloh rozi boʻlsin ulardan🤲

Keyin, bir qarasam sevgi muhabbat haqida poʻst joylashibdi.
(Sevgan odamingiz tashlab, ketishiga, nima sabab boʻladi.!?)
deb savol tashlabdilar!

Shu payt chatni ham ochishdi. Qiyomat shu joyidan boshlandi. Hamma obunachilar! shu mavzu tagiga:
Sevgan insonim Rossiyada, maktab /kollej/institutda oʻqiydi. Boshqasi bilan gaplashyapti, hiyonat qildi. va hakazo soʻzlar!
Dardlarini, Nomahram boʻlgan insonlarga aytyaptilar Astagʻfirulloh. Boshqa diniy postlar tagiga oʻzini holatini, nima qilish kerakligini yozib qoldirmaganlari meni jahlimni chiqardi

Rosa oʻyladim! bu diniy kanalda, sevgi mavzusi nega tashlandi?? deya...

Oxiri kanal adminiga yuzlandim. Aytadilarki: kanalimiz obunachilarini sinash uchun!
Islomga, dinimizga qiziqishlari, dunyoga hirs qoʻyganlarmi yoki oxirat uchun, bir hadis tagiga tushunmaganini soʻraydigan insonlar juda kamligini aytib oʻtdilar. Obunachilarimning psixologiyasini bilish uchun sevgi haqida poʻst joylashni lozim topdim dedilar.

Mana endi, oʻzimizga nazar solaylik. Biz ham shundaymizmi??? Hozir sevgan insoningiz bormi deb so'roq qoʻysam qiyomat boʻlsa kerak!

Bu tashalayotgan po'stlarga amal qilmay, faqat oʻqib, Reaksiya bildiruvchi, oʻzi bilganidan qolmaydigan insonlardanmizmi?
Kanal admini aytganidek-aa???

Bas yetar bu gaplar hammaga tegishli!
Sevgan qizingiz bilan taqdir yo‘llaringiz birlashmagan bo‘lsa, ajralishga majbur bo‘lyapsizmi?

Hozir shunday unga xabar yozib, baxt tilayman va hammasi tugaydi, keyin qayta gaplashmayman deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, yaxshisi, uchrashishga nima deysiz? Oxirgi bor uning ko‘zlariga boqib, "Jannatda seni Allohdan so‘rayman" dersiz balki...
To‘xtang! Nafsingizga aldanmang! Oxirgi marta gaplashaman, oxirgi marta ko‘rishaman degan xomxayollar tugamaydi! Gaplashganda, ko‘rishganda kechib keta olmaysiz! Taqdir qo‘shilmaganmi darhol to‘xtating! Baxtni o‘ziga aytmay tilasangiz ham bo‘ladi. Harom munosabatlarga chek qo‘ying!
Ha, biroz toshbag‘ir bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Aks holda bunday munosabatlar yoqilg‘isi odamlar-u toshdan bo‘lgan do‘zax o‘tiga olib boradi. Alloh asrasin!
Undan koʻra, sabr qiling!
Onangiz opa-singlingiz, boʻlajak zurriyodlaringizni oʻylang, oxiratni oʻylang, Bu qaytar dunyo.
Siz bugun, bittasi bilan gaplashib yuribsizmi bu amal daftaringizga yozildi. Ertaga! balkim 20-30yildan keyindir! Farzandingiz ham gaplashadi. Qizingiz esa aldanadi.
Nega?
Chunki siz ham gaplashdingizda...
Amal daftaringiz 30yildan keyin, farzandlaringiz ustiga qoʻyiladi. Buni qaytar dunyo deydilar Alloh asrasin. Buni hayotda ham koʻrib turibsizku brodarlar!
Kech boʻlmasidan bu yoʻldan qayting.!

@omar_halilhikoyalari

Aka-ukalar sabrli boʻling! uylanadigan payti kelganda sovchi qoʻying. #Nikohlaning

Sevishib yurganlarga yuboring! Shoyadki toʻgʻri yoʻlga kirsalar

Allohim tavbangizni kutyapti!
🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀
Qoriyam bo‘lishini orzu qilaman.


Qo'llari Qur'onga to'lib halolim
Bomdodga uyg'otsa kelib hilolim
Qo'limga suv tutsa kelib zilolim
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Tillari Allohning zikriga to'lgan
Muhabbati avvalo Allohga bo‘lgan
Nafsi ham iymon yo‘lida o‘lgan
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Solih soliha farzandlar ko'rsak
Hidoyatning yo‘lida doimo yursak
Sinovli kunlarda sabr la tursak
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Eshtib uyg‘onsam qiroatidan
Iqtidola ortimdan ibodatidan
Ham ajr la siylasin itoatidan
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Tahajjud namozda ko'zin yoshlagan
Iymoni Sobit qadam tashlagan
Ohiratda jannat tomon boshlagan
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Allohim avvalo solih et o'zim
Zinodan asrayin doimo ko'zim
Gunohkor bu tanim o'zim bilaman lek
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman.
Omar Halil
Manba:👇👇👇
@omar_halilhikoyalari🫀
Man sizlarga bir ibratli voqea haqida aytib bermoqchiman.Bu mening real hayotimda yuz berdi.😊

Men hayotim davomida juda katta tavakkalchiliklarga yo‘l qo‘yganman va bu tavakkalchilikning natijasini ollohning taqdiri deb bilganman.Bundan to'rt yil muqaddam menga ollohdan bir sinov keldi va men imtihondan yiqildim(Temurbeklar maktabi), aslini olganda yiqitildim , nima bo'lganda ham o'ta olmadim.O'sha paytlari men azgina ranjidim va yana "Ollohning bir yaxshiligi","Bunda ham bir yaxshilik bor" deya o'zimni ovutdim .Huddi o'sha paytda menga juda ham kutilmagan yo'l ochildi.(Buni men to'liqligicha aytib berolmayman lekin qisqacha tushunib olasiz).Men uchun u dam faqat va faqat o'sha harbiy forma kiyib o'qitadigan maktabdan boshqasi kerak emas edi hammasini qabul qildim azgina qiynaldim ,uyaldim lekin vaqt o'tdi, ayb menda emasligini , u yerda o'qish uchun bilimdan,kuch-g'ayratdan boshqa narsalar ham kerakligini tushundim.Mahzun paytlarim men ollohdan boshqa bir yo'l, ohirida murod va maqsadga yetaklaydigan yo'l so'radim (lekin shuni unutmang men noshukurlik qilib shirk keltirmadim) va olloh bu yo'lni bir bandasi orqali menga ko'rsatdi(yuqorida ham aytdim to'liq sizlarga tushuntira olmayman) men ollohdan boshqa bir yo'l so'radim men maqsadimni emas unga yetaklaydigan yo'lni izladim, va bu yo'l menga o'zi juda go'zal bo'lgan zot tomonidan go'zallik bilan ko'rsatildi.



Bir yaqin insonimdan kelgan hikoya😊😁
T.me/hammas1_yurakdan
Men bu yo'lni o'zidan o'zi uchragan yoki bo'lmasa so'nggi variant sifatida tanlangan emas...Aksincha qiynalgan, boshi berk ko'chaga kirgan paytimda mening hayotimga go'yoki yuborilgan vaksina singari qabul qildim.Va shu yo'ldan ildamlik bilan yura yoki boshqacha qilib aytganda yugura boshladim.Men bu yo'ldan ketar ekanman ajoyib insonlarni uchratdim, ajoyib ustozlar qo'lida tarbiya ko'rdim.Hayotda qattiqqo'l deb bilgan insonlarim aslida bir go'zal qalbga ega insonlar ekanligini,ular bilan yaqin bo'lgach tushunib yetdim.Hayotda inson birinchi ko'rinishga qarab fikr yuritmaslik kerak.Hamma narsa ham ko'ringani kabi bo'lmas ekan.Shunday qilib bu tanlagan yo'limni men olloh ko'rsatgan yo'l deb nomladim(o'zim uchun).Bu yo'lda oz muncha mashaqqat bosib o'tdimmiyaaa.
Lekin bu yo'l menga juda katta tarbiya maskani vazifasini o'tadi,hattoki bu yo'lda bardavom turib yutuqlarga ham erishdim.Asosiy qismga keldik diqqat qiling .Odamzodning eng katta dushmani bo'lgan shaytonning gaplariga quloq soladigan odat chiqardim.Gunoxga qarab yura boshladim (lekin o'sha olloh ko'rsatgan yo'lda edim).Bir fikr yuritsam qanchalik namozga befarqlik qilib, ma'siyatga botib, ollohni buyruqlaridan chetda bo'lsam ham omad menga kulib boqishni boshladi ketma-ket kelgan yutuq,zafarlar bunga misol bo'la oladi.Lekin o'sha paytda ham men ma'siyatdan uzoqlashmadim. Mana yaqin kunlarda ya'ni kecha desam ham bo'laveradi.Bir guruh do'stlarim va akalarim bilan bir yig'ilishda birga bo'ldim.Vaholanki bu menga juda qiziq edi lekin bu yig'ilishga borish uchun dadamni oldida 1 oylab yalinganimni, dadam esa ruxsat bermaganini eslasam afsus qilib ketaman.O'sha yig'ilish kechasida mening hurmatim baland bo'lgan bir akamiz bilan (ustozimiz desam ham xato bo'lmaydi) suhbat qurib qoldim u bilan uzoq gaplashdim va u menga bosib o'tgan umr yo'lidan, boshidan o'tkazganlaridan kelib chiqib o'z maslahatlarini bera boshladi (Ustozimiz ham 46 yil yashab qo'ygan axir,gaplaridan nimadir olishim kerakdek tuyuldi).Ustozim aytishlari bo'yicha men shu kunga qadar olloh ko'rsatgan yo'l deb ildamlayotgan yo'lim noto'g'ri yo'l ekan .Juda chuqur o'ylandim hech nima ko'nglimga sig'madi buni birovga sezdirmagan bo'lsam ham, lekin butun tana a'zolarim bir bo'lib miyyamga o'ylashga yordam bergandek tuyuldi.Va shuni tushunib yetdim biz bandalar barchamiz sinov, imtihon dunyoda yashayapmiz.Ollohni berganiga shukur qilib,ollohni chaqiriqlariga labbay deya javob berib yashashimiz kerak ekan olloh taolo esa o'zi sizga natijasi ila foydalik yo'lni o'zi ko'rsatar ekan.Menga olloh o'zi ko'rsatgan yo'lidan voz kechmadim.Ustozimni gaplaridan ham bir bo'lak oldim ......Men bu bir voqea bilan sizga nima demoqchiman siz namozga befarq bo'lmang! Ollohning chaqiriqlarini javobsiz qoldirmang, uni o'zi sizga nima foydali ekanligini yaxshi biladi.Siz unga befarqlik qilsangiz u ham sizni o'z holingizga qo'yib qo'yadi.


Yana bir masala "Daraxt ham bir joyda ko'karadi"-degan naql bor maqsadingiz yo'lidan hech kim sizni qaytara olmasin!

Men bu yo'ldan qaytishim ham mumkin edi unda holim ne kechardiii 😔🫤
Ayshu ishratlarga berilib ,haq yo'lni yo'qotib qo'ymang 📖

Insonlar sizga "Qilma!" "Buni foydasi yo'q" deb aytayotgan bo'lsa bilingki ular ikkita narsadan qo'rqishadi.Birinchisi o'zlari uddalay olmasligidan.Ikkinchisi sizni uddalashingizdan 😊😉🔪
#kayfiyat
Teng tengi bilan - tezak qopi bilan
Tengimi topsam maqolga amal qilingan bo'ladimi😂😂🥱
🤣2
#ertaga Juma😃🍀🍀🍀
3
Juma muborak
Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad ﷺ
Jumaning hayr-u barokoti sizga bo'lsin!!!
1
Kanalimiz admini iltimos aktivni koʻtarishda yordam bering!!!
Uning soʻnggi so'zlari!
Dadasi sigaret 🚬 so'raganda
Menda🙋bor degani boʻldi🤦‍♂
😂😂
🤣2