Oltinsoyda Bugun | Oltinsoy Yangiliklari
3.54K subscribers
754 photos
290 videos
11 files
743 links
— Mamlakatimiz va tumanimizdagi eng so‘nggi xabarlar, qiziqarli videolar va dolzarb yangiliklarni ulashib boramiz

❗️Tezkor video, murojaat va yangiliklar boʻlsa 👉🏼 @oltinsoydabugunbot ga yuboring!

— Reklama uchun @oltinsoydabugunbot
Download Telegram
❗️Alisher Qodirov Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni zudlik bilan qaytishga chaqirdi

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi va deputat Alisher Qodirov Rossiyada antimigrant reydlar ortidan O‘zbekiston fuqarosining halok bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng munosabat berdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyadagi vaziyat oy sayin yomonlashib bormoqda, rus maxsus xizmatlari Markaziy Osiyoliklarni kelgusidagi notinchliklarda ehtimoliy ishtirokchi sifatida ko‘rayotgani sabab ulardan keladigan foydadan voz kechilgan.

«Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting. Hech qanday daromad ota-ona va farzandlaringizning ko‘z yoshiga arzimaydi», — dedi Qodirov.


Telegram | Instagram | Youtube
1
❗️Oq uy AQSH Venesuelaga havo hujumlari uyushtirayotganini tasdiqladi - Fox News

Telegram | Instagram | Youtube
Venesuela Prezidenti Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketildi – Tramp

Telegram | Instagram | Youtube
Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi 75,4 mlrd dollarga yetdi

2025-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, davlat tashqi qarzi 37,4 mlrd dollarni, xususiy va davlat korxonalari (korporativ) tashqi qarzi 38 mlrd dollarni tashkil etgan. Toʻqqiz oy davomida umumiy qarzlar miqdori 11,3 mlrd dollarga koʻpaygan.

Telegram | Instagram | Youtube
🤯2🔥1
🌙33 yillik ramazon sikli.

Nasib qilsa, Joriy 2026-yilgi Mohi Ramazon 18 fevraldan kirib kelishi kutilmoqda

Ramazonni sog‘inganlarga tashlab qo‘ying

Telegram | Instagram | Youtube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NEFT SIZIB CHIQQANI AYTILMOQDA

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi M25 koniga yaqin hududda neft sizib chiqqan.

Telegram | Instagram | Youtube
👍4
Telegram endi postlarni qisqacha mazmunini chiqarib beroladi

Ilovaning 2026-yildagi birinchi yangilanishi chiqdi. Asosiy yangilik — neyrotarmoq yordamida postlarni qisqartirish: endi uzun matnlar va maqolalarni to‘liq o‘qish shart emas, Cocoon neyron tarmog‘i o‘zi qisqacha mazmunini tayyorlab beradi. Funksiya hozircha Premium foydalanuvchilar uchun mavjud.

iOS'da ilova dizayni takomillashtirildi: «suyuq shisha» endi shaffof elementlarga va yorug‘likning yumshoq sinish effektiga ega.

Telegram | Instagram | Youtube
❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!

Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Ertaga — 5 yanvar (dushanba) ishga.

Telegram | Instagram | Youtube
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️O‘zbekistonda hayvonlar tug‘ilganidan so‘ng 14 kun ichida ularni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.

Ushbu qonun 2026-yil 7-avgustdan kuchga kiradi.
Batafsil ma’lumotni videoni ko‘rib bilib oling.

Telegram | Instagram | Youtube
👏2👎1🤔1
#rasmiy_xabar

2025-yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida Boysun tumanidagi “M-25” koni hududida tarkibida neft saqlovchi suyuqlikning (neft suyuqligi) yer yuzasiga chiqishi holati qayd etilgan.

Mazkur neft suyuqligi tarqalishining oldini olish maqsadida hudud atrofida hamda soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari barpo etilgan.

Yig‘ib olingan neft suyuqligi uzluksiz ravishda maxsus maydonga olib chiqilmoqda. U yerda hajmi 5 000 kub metr bo‘lgan, maxsus izolyatsiyalangan 2 ta shlam hovuzi mavjud bo‘lib, u neft suyuqligini xavfsiz saqlash hamda keyinchalik undan samarali foydalanish imkonini beradi.

Barcha ishlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Hozirgi kunda holat doimiy monitoringda bo‘lib, neft suyuqligi jilovlangan. Dastlabki kunlarda chiqib kanalga oqqan neft suyuqliklarini tozalash ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Telegram | Instagram | Youtube
Yangiqurilish mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazorat ostida

Prezidentimiz qaroriga muvofiq “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni shakllantirish maqsadida belgilangan hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oltinsoy tumanidagi “Yangiqurilish” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun tuman hokimi Otabek Mavlyanov mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Telegram | Instagram | Youtube
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uy-joy masalasida yangi imtiyoz

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimining ipoteka asosida oladigan uyi uchun dastlabki badalning 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Ushbu imtiyoz 2026 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi.

Telegram | Instagram | Youtube
🤯1
Forwarded from Dono_sayohatchi
https://www.instagram.com/reel/DTIK47-jXEn/?igsh=MXB1aGhoZ3duZmNk

,, Shuhrat ‘’ medali sohibi

Tog’ay Murod sinfdoshi

Biz bilan sayohat qiling!
Telegram | Instagram | Youtube
1👍1