ОЛТИАРИҚ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ
2.4K subscribers
22.9K photos
2.78K videos
42 files
6.34K links
Олтиариқ тумани ҳокимлиги расмий канали
Мурожаат юбориш учун: @oltiariq_tumani_hokimligi_bot

Веб:сайт: www.oltiariq.uz
Download Telegram
#Barkamollik_festivali
#Oltiariq_tumani

💥Tuman markaziy Madaniyat saroyida yoshlarning iste'dodlarini namoyon etishga ko'maklashish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish  maqsadida  Barkamol avlod bolalar maktabi tashabbusi bilan "Barkamollik festivali" bo'lib o'tdi.

   Festivalda tuman hokimligi,  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman Madaniyat bo'limi va bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman Barkamol avlod markazi to‘garagi vakillarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar 2023-2024-o‘quv yili mobaynida to‘garaklarda o‘rgangan ijodiy va qo‘l mehnati asarlarini namoyish etdilar.
https://t.me/oltiariqtumanihokimligi
#Barkamollik_festivali
#Madaniy_dastur

"Barkamollik festivali" chin ma'noda barkamol va iste'dodli yoshlarni kashf qildi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Tadbirni tuman hokimi o'rinbosari A. Islomov ochib berdi. Shundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Barkamol avlod maktabi ustozlari va o'quvchilari tomonidan tayyorlangan gòzal raqslar, baxtli bolalikni eslatuvchi kuy-qo'shiqlar, Vatanni madh etuvchi she'rlar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

https://t.me/oltiariqtumanihokimligi
#Barkamollik_festivali
#Taqdirlash

"Barkamollik festivali" davomida tuman Barkamol avlod bolalar maktabi ma'muriyati tomonidan o'tkazilgan tadbirlardagi faolligi, samarali hamkorlik uchun tumandagi hamkor tashkilotlar vakillariga Tashakkurnoma va maxsus statuetkalar topshirildi.

Shuningdek, Barkamol avlod bolalar maktabida faoliyat ko'rsatgan o'z kasbining ustasi bo'lgan to'garak rahbarlari va faol o'quvchilarga ham Tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbir davomida "Omadli ishtirokchi" oyinlari ham tashkillandi va yutuqqa erishgan yoshlarga sovg'alar ulashildi.
https://t.me/oltiariqtumanihokimligi