°°°°
1 subscriber
519 photos
225 videos
5 files
47 links
Download Telegram
Mashi rasm mashetta qosin😁
Forwarded from Davronbek Abduvaxobov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁1
Tushunishni istagan inson,
suhbatini ham,
sukutini ham tushunadi.
Forwarded from Buvisining qizi😍❤️ (Navbahor Turg'unboyeva)
Kimgadir nimadir yetishmaydi, ba’zan esa kimlargadir nimagadir kimdir...
#motiv
bugun bir ayol kishi telefon qilib sizni yaxshi programmist deb eshitdim,nomerizni bir yaqin tanishimdan olgan edim , meni programmamda xatolik bor shuni koʻrib berolesizmi boshqa bir nechta programmist koʻrib toʻgʻirlay olmadi deb qoldi. Oʻylanib qoldim (yaxshi programmist😇) .
Xa albatta dedimda , programmasidagi xatolikni naq 2 soat deganda toʻgirlab berdim. Qilgan ishim yoqib qoldi shekili darrovda birga xamkorlik qilishni taklif qildi, men xam oʻylab oʻtirmasdan taklifni qabul qildim (qoʻshimcha daromad boʻlsa yaxshida😁) . Shundan soʻng kaspimga boʻlgan muhabbatim yanada ortdi. Moliyaviy jihatdan qoʻshimcha daromad kelishidan emas balki "yaxshi programmist" degan jumla meni yanada ilhomlantirdi. Aytmoqchi boʻlganim oʻz kaspinggizni eng zoʻr mutaxasisi boʻling!!!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davom etamiz)
Америкада Колумбия университети талабаси математика лекциясида уйқуга кетиб қолди.
Уйғониб, дарс тугагандан кейинги гувулдаб турган овозларни эшитиб, доскада икки масала ёзилганини кўрди.

«Уйда ечаман», — деб ўйлади у. Аммо ишга ўтиргач, масалалар жуда қийин эканини англаб етди.
Шунга қарамай, ортга чекинмади — кутубхонага борди, адабиётлар топди, бутун вақт ва кучини шу ишга бағишлади.

Кейинги лекцияда у ҳайрат билан кўрдики: профессор ўтган сафарги топшириқларни текширишга шошилмаяпти. Шунда талаба қўлини кўтариб сўради:

— Профессор, нима учун ўтган сафар берган масалаларни текширмаяпсиз? Улар мажбурий эмасми?

Профессор кулумсираб жавоб берди:
— Азизим, улар ҳеч қандай вазифа эмас эди. Мен сизларга фақат шу вақтгача ҳеч ким ҳал қила олмаган математик муаммолар намунасини кўрсатгандим.

Талаба ҳаяжонланиб қолди ва қийналибгина пичирлади:
— Лекин мен уларни ечдим…

Ростдан ҳам, унинг ечимлари тан олинди. Бу масалалар бўйича ёзилган тўртта илмий иш ҳали ҳам университетда сақланади — инсон руҳининг ҳайратланарли кучи исботи сифатида.

Ҳаммаси шунинг учун бўлдики, у лекцияда уйқуга кетгани учун «Бу масалалар ечилмайди» деган сўзларни эшитмади.
У «имконсиз» деган сўзни билмасди — ва шу сабабли уни мумкин қилди.

Ҳақиқат эса шундаки:
Сизга «қодир эмассиз» дейдиганларга ишонманг. Бошқаларнинг чегараларини ўзингизникига айлантирманг. Инсон ўзини ишонса, ҳаммасини қила олади.
Энг муҳими — олға интилиш, яна-янадан уриниш ва ҳеч қачон таслим бўлмасликдир.
#davom etamiz)
Bir marta ko'zimiz bo'ldi ro'baro' -
Fasllar chalkashib, aqldan ozdi.
Go'yoki hayitlik olgan boladek
Bulutlar o'zini yo'qotayozdi.

Nogahon tiriklik isini tuydim,
Umrim – lahzalarning qo'lida qarta.
Yulduzlar suyunchi oladi Arshdan,
Meni o'ylasangiz agar bir marta.

Tog'lar termuladi chordana qurib,
Ularning taqdiri bog'liqdir sizga.
Ming yilga uzaydi dunyoning umri,
Bir marta sevaman deganingizga.

Ummonlar chayqalib o'qiydi takbir,
Ming yilda tangrining bir ko'ngli to'ldi.
Oling, shu dunyoni men sizga berdim,
Labingiz bir marta entiksa bo'ldi...

#Shuhrat Orif

@alamiy_uz
Bilasizmii, men his-tuyg‘ularni aytishdan uncha usta emasman.
Lekin har safar siz bilan gaplashsam, o‘zimni boshqacharoq his qilaman.
Bu hisni yashirish endi qiyin bo‘lyapti.
Men sizni juda hurmat qilaman va shunchaki bilishinggizni istadim — siz menga yoqasiz !!!
Qolganini vaqt ko‘rsatadi. 🙂

p/s #........
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilmadim, nega senga yozolmayapman, nega qo‘ng‘iroq qilmayapman — o‘zim ham hayronman.Lekin bitta narsani aniq bilaman: men seni hali ham yaxshi ko‘raman.Seni birinchi ko‘rganimda, o‘zimda nimadir o‘zgarganini sezganman.Oradan qancha vaqt o‘tmasin, o‘sha tuyg‘u o‘chmadi — u hanuz yuragimda, men bilan bir nafasda yashayapti.Bu hisni so‘z bilan ifoda etish qiyin, shuning uchun uni jim yuragimda asrayman.
Men hech kimni majburlamoqchi emasman, hech kimdan narsa kutmayman.Faqat bilgin — bu hislar haqiqiy.
Qolganini Alloh biladi…


p/s #........
Sendan boyroq oiladan kutmoqda ular sovchi, Lek buni aytolmay , Qog'ozga o'rab, deydilar qizim o'qimoqchi....)
😁1🥴1💯1