OK Physics
388 subscribers
33 photos
4 videos
4 links
🚀 Maqsad: Iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro olimpiadalarga (IPhO, APhO, IZhO) professional tayyorlash.

👨‍🏫 Kanal asoschisi: Otabek Khasanov — MIPT (QS Top 50 in Physics) bitiruvchisi, xalqaro olimpiadalar sovrindori.

Murojaat uchun: @khasanov_ou
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💥 Assalomu alaykum, aziz bilimdonlar va fizika ishqibozlari!

Avvalambor, ilm olishga befarq bo‘lmay, ushbu kanalga qiziqish bildirganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman.

Kanalim a’zolari uchun nufuzli xalqaro fizika olimpiadalari (IPhO, APhO, IZhO), ularga tayyorgarlik ko‘rish sirlari, murakkab masalalar tahlili hamda O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi yutuqlari haqidagi eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlarni ulashib borishni maqsad qildim.

Shu maqsaddan kelib chiqib, iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga professional darajada tayyorlash uchun OK Physics kanalini ochishga qaror qildim.

🏆 Asosiy maqsadim:
Xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarga tizimli tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish, yurtimiz yoshlarining fizika fanidagi salohiyatini yuksaltirish va xalqaro olimpiadalarda faxrli o‘rinlarni, eng asosiysi esa IPhOda oltin 🥇 medalni qo‘lga kiritish!

🚀 Rejalarim:
1️⃣ Nufuzli xalqaro olimpiadalar (IPhO, APhO, IZhO) uchun maxsus intensiv tayyorgarlik kurslarini yo‘lga qo‘yish;
2️⃣ Fizikaning har bir bo‘limi bo‘yicha fundamental va tushunarli masalalar tahlilini berib borish;
3️⃣ Iqtidorli o‘quvchilarni xalqaro tanlovlar va olimpiadalarga yo‘naltirish.

Siz kabi bilimdon, intiluvchan va iste’dodli yoshlar bilan birgalikda ko‘zlagan barcha maqsadlarimga erishaman va yurtimiz bayrog‘ini xalqaro fan olimpiadalari shohsupalarida baland ko‘taramiz deb umid qilaman!

Kanalni kuzatishda davom eting, fizikadagi cho‘qqilarni birga zabt etamiz! ⚡️

Hurmat bilan,
Otabek Khasanov,
Fizika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi rahbari,
MIPT (QS Top 50 in Physics) bitiruvchisi, respublika va xalqaro olimpiadalar sovrindori.
1🏆11🔥6👍31
Shogirdlarimning xalqaro maydondagi natijalari

Ilm yo‘li — bu mashaqqatli, ammo nihoyatda sharafli yo‘l.

Fizika fanini chuqur o‘rganish va xalqaro cho‘qqilarni zabt etish — bu tizimli mehnat va tinimsiz izlanish mahsulidir.
Shogirdlarimning shu kungacha erishgan yutuqlari bilan faxrlanaman:

🏆 IZhO 2023
🥉 Sultonov Javohir — Bronza medal

🏆 IPhO 2023 (Yaponiya)
🥉 Sultonov Javohir — Bronza medal

🏆 APhO 2025 (Saudi Arabia)
🏅 Abdumalikov Muhammad — Honorable Mention

🏆 IPhO 2025 (France)
🥉 Uroqov Elbek — Bronza medal
🏅 Abdumalikov Muhammad — Honorable Mention

🏆 IZhO 2026 — Tarixiy natija!
🥇 Uroqov Elbek — Oltin medal
🥈 Abdumalikov Muhammad — Kumush medal
🥉 Jumanazarov Asilbek — Bronza medal

🏆 APhO 2026 (South Korea)
🥉 Jumanazarov Asilbek — Bronza medal
🏅 Uroqov Elbek — Honorable Mention
🏅 Abdumalikov Muhammad — Honorable Mention

🚀 IPhO 2026 (Kolumbiya) — Oldinda!
.....

Bu yilgi IPhO olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 5 nafar o‘quvchining barchasi mening shogirdlarim. Bu biz uchun katta mas'uliyat va ayni vaqtda ulkan imkoniyat.

In shaa Alloh, maqsadimiz — Kolumbiyada O‘zbekiston fizika maktabining yangi tarixini yaratish!


Bizni kuzatib boring, cho‘qqilarni birga zabt etamiz! ⚡️
1🔥23👏5🏆531👍1🎉1
OK Physics pinned «💥 Assalomu alaykum, aziz bilimdonlar va fizika ishqibozlari! Avvalambor, ilm olishga befarq bo‘lmay, ushbu kanalga qiziqish bildirganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. Kanalim a’zolari uchun nufuzli xalqaro fizika olimpiadalari (IPhO, APhO…»
OK Physics pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IPhO_2026
#Intensiv_oʻquv

IPhO 2026: INTENSIV O‘QUVLAR QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA!

⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda fizika fanidan saralashda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar uchun intensiv o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘quv mashg‘ulotlari qanday o‘tmoqda?

Mashg‘ulotlarda aynan qaysi mavzular chuqur o‘rgatilmoqda?

Xalqaro olimpiadalar talab qiladigan standart va mezonlar nimalardan iborat?

BATAFSIL VIDEOLAVHADA.

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93👏2👍1🤯1


ISPhO 2026: Online tarzda Xalqaro Ilmiy Fizika olimpiadasi oʻtkazilmoqda!

⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan joriy yilgi Xalqaro Ilmiy Fizika olimpiadasi (ISPhO) boʻlib oʻtmoqda.

👤Olimpiadada 20 ga yaqin mamlakatlardan eng yaxshi yosh fiziklar ishtirok etadi.

🔰Olimpiada ishtirokchilariga quyidagi 2 yo‘nalish bo‘yicha murakkab masalalarni jamlagan topshiriqlar taqdim etildi:
Nazariy bosqich,
Modellash bosqichi
.

⚡️Ayni paytda Terma jamoa a’zolari nazariy bosqich boʻyicha 5 soat davomida bellashmoqda.

Olimpiadaning maqsadi:
Yosh fiziklar bilimini chuqurlashtirish va rag‘batlantirish,
Ilmiy-ijodiy fikrlashni rivojlantirish va texnik tafakkurni mustahkamlash.

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92👍2