OK Physics
388 subscribers
33 photos
4 videos
4 links
🚀 Maqsad: Iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro olimpiadalarga (IPhO, APhO, IZhO) professional tayyorlash.

👨‍🏫 Kanal asoschisi: Otabek Khasanov — MIPT (QS Top 50 in Physics) bitiruvchisi, xalqaro olimpiadalar sovrindori.

Murojaat uchun: @khasanov_ou
Download Telegram
📣 IPhO 2026: Tarixiy lahzalar – Ochilish marosimidan kadrlar!

🌎 Kolumbiyaning Bukaramanga shahri bugun dunyoning eng yorqin va iqtidorli yosh fiziklarini o‘z bag‘riga oldi! 4-12-iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasi o‘zining tantanali ochilish marosimi bilan start oldi.

Ushbu nufuzli musobaqada 90 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 450 dan ortiq yosh fiziklar qatori, O‘zbekiston terma jamoasi ham katta maqsadlar bilan bellashuvga tayyor! 🇺🇿

Ochilish marosimidan olingan ushbu videolavhalar orqali siz ham bayramona ruh va xalqaro olimpiada muhitidan bahramand bo‘ling.

Jamoamizga omad tilaymiz! Jarayonni OK Physics bilan kuzatishda davom eting!

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍6👏5🎉21
📣 IPhO 2026: Tarixiy natija! ⚛️🇺🇿

IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasida o‘quvchilarim haqiqatan ham super natijalarni qayd etib, O‘zbekiston fizika maktabi tarixida yangi sahifa ochishdi! 🚀

📊 Rasmiy natijalar yaqin soatlar ichida kanalda e’lon qilinadi.

Bizdan uzoqlashmang, eng muhim va quvonchli xabarlarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring! 🔔

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15🔥10👍4🏆4
📣 IPhO 2026: O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi! 🚀

Bu yilgi Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO) terma jamoamiz uchun mutlaqo yangi darajani ochib berdi. Biz nafaqat tarixiy rekordimizni yangiladik, balki eng muhimi — IPhO sahnasida ilk bor nafaqat bitta, balki ikkita Kumush medalni qo‘lga kiritib, fizika olamidagi o‘rnimizni yangi bosqichga olib chiqdik! 🥈

🏆 Bizning natijalar:
🥈 2 ta kumush
🥉 2 ta bronza
🤩 1 ta HM

Jamoamizning ushbu muvaffaqiyati bilan barcha o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini chin dildan tabriklayman! Har bir o‘quvchimning erishgan natijasi — men uchun katta faxr.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi 2025-yilgi Xalqaro Fizika Olimpiadasida (IPhO 2025) jami 2 ta bronza 🥉 va 3 ta HM 🤩 ni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatma: Ushbu nufuzli xalqaro olimpiada sovrindorlari uchun belgilangan davlat mukofotlari quyidagicha:

1-oʻrin uchun: 🥇
oʻquvchilarga — 1 mlrd 100 mln soʻm (2 ming 500 baravar);

2-oʻrin uchun: 🥈
oʻquvchilarga — 660 mln soʻm (1 ming 500 baravar);

3-oʻrin uchun: 🥉
oʻquvchilarga — 440 mln soʻm (1 ming baravar).


@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥178🏆2👏1
Tarixiy, ammo biroz "alamli" g‘alaba... 💔

Bu yilgi IPhO 2026 natijalarimiz shubhasiz tarixiy bo‘ldi. Ammo, tan olish kerak, bu muvaffaqiyatning o‘ziga xos "alamli" lahzalari ham bo'ldi.

Yaqin-yaqingacha biz hakamlar hay’ati (jury meeting) yakunini katta hayajon bilan kutardik. U paytlar biz uchun eng katta maqsad bronza medal bo‘lgan, kumush yoki oltin haqida orzu qilishga ham jur’atimiz yetmasdi... 🥹

Ammo bu safar hammasi boshqacha edi.
Bu gal bizga bronza chegarasi qiziq emasdi. Hatto kumushning oxiri ham nazarimizga tushmadi. Bizning butun diqqat-e’tiborimiz va intilishimiz faqat Oltin medal chegarasida edi.

Afsuski, o‘quvchim Jumanazarov Asilbekka o‘sha oltin medal uchun atigi 0.5 ball yetmay qoldi. Bu juda kichik raqam, lekin uning ortida qancha mehnat va umid yotganini faqat biz bilamiz.

Lekin, bu mag‘lubiyat emas — bu bizning yangi bosqichga ko‘tarilganimizdan dalolat!

Eng muhimi: Kumush medal sohibi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarim hali 10-sinf. Bizdagi bu shijoat, bu ishtiyoq va mehnatkashlik hech qayerga ketmaydi.

In Shaa Alloh, IPhO 2027 da biz o‘sha Oltinni baribir olamiz! Birgalikda, yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz! 🥇🚀

Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Tarixni birgalikda yozishda davom etamiz!

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥149🕊3👏1🎉1
Orzular ushalgan onlar! 🏅

Mehnat, sabr va matonat o‘z mevasini berdi. O‘quvchilarimning xalqaro sahnada taqdirlanish marosimidan olingan lavhalari 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥8👏3🏆31
Biz shunchaki jamoa emas, biz o‘z maqsadiga erishgan katta oilamiz.

Shogirdlarimning har bir yutug‘i — mening shaxsiy g‘alabam.
🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍95👏2
📣 FIPhO 2026: Dunyo fiziklari Samarqandda jam bo‘ladi! ⚛️

🇺🇿 Ilm-fan olamida navbatdagi katta voqea yaqinlashmoqda. O‘zbekiston yosh fiziklar uchun tarixiy voqeaga mezbonlik qiladi. Joriy yilning 10-17-oktyabr kunlari qadimiy Samarqand shahrida Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi (FIPhO 2026) bo‘lib o‘tadi.

⁉️ Olimpiada haqida qisqacha
FIPhO
— yosh iqtidorlarni aniqlash va ularning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Xalqaro Fizika Olimpiada hisoblanadi.

FIPhO 2026 da dunyoning 30 dan ortiq davlatidan eng iqtidorli yosh fiziklar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazish uchun aynan yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda. Mezbon mamlakat sifatida biz bu yil katta maqsadlar bilan maydonga chiqamiz. O‘zbekiston nomidan 3-4 ta alohida jamoa shakllantirilib, 15 nafardan ortiq o‘quvchilarimiz Vatanimiz sharafini xalqaro minbarda munosib himoya qilishadi.

✍️ Olimpiada formati:
Ishtirokchilar bilimlarini ikki bosqichda sinovdan o‘tkazishadi:

1) Nazariy bosqich (60 ball): 5 soat davomida fizikaning barcha asosiy yo‘nalishlari (mexanika, elektrodinamika, termodinamika, optika va zamonaviy fizika) bo‘yicha 3 ta murakkab masala yechiladi.

2) Eksperimental bosqich (40 ball): 5 soat davomida laboratoriya tajribalarini o‘tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish mahorati baholanadi.

🔗 Batafsil ma’lumot: https://fipho.uz

@okphysics

Eslatma: FIPhO mintaqaviy olimpiada maqomida bo‘lib, unda sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ustozlari davlatimiz tomonidan quyidagicha rag‘batlantiriladilar:

🏆 O‘quvchilarga beriladigan mukofotlar:
1-o‘rin (oltin medal): 5,280,000 so'm (12 baravar)
2-o‘rin (kumush medal): 3,520,000 so'm (8 baravar)
3-o‘rin (bronza medal): 2,640,000 so'm (6 baravar)

🏆 O‘qituvchilarga beriladigan mukofotlar:
G‘olib o‘quvchini tayyorlagan ustozlar ham moddiy rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin: 22,000,000 so'm (50 baravar)
2-o‘rin: 15,400,000 so'm (35 baravar
3-o‘rin: 13,200,000 so'm (30 baravar)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍154🔥4🎉2👏1
📣 Xalqaro fizika olimpiadalarga tayyorgarlik guruhlariga qabul boshlandi!

Kanalimiz obunachilari, Sizlardan kelib tushgan ko'plab murojaatlar asosida fizika fanidan xalqaro va respublika olimpiadalariga tayyorlov uchun yangi guruhlarni ochmoqdamiz.

Bizning asosiy maqsadimiz — yashirin iqtidorlarni kashf etish, ularga chuqur bilim berish va xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘taradigan yoshlarni tarbiyalash!🥇

O‘z bilim darajangiz va yoshingizga mos keladigan quyidagi guruhlardan birini tanlang:

🌱 "Fundamental" guruhi (6-7-8-sinflar):
Kimlar uchun: Fizika olamiga ilk qadamini qo‘yayotgan, fan asoslarini noldan boshlab mukammal o‘rganishni istagan yosh iqtidorlar uchun.
Maqsad: Fizikaga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va kelgusi olimpiadalarda qatnashish uchun mustahkam poydevor yaratish.

↗️ "Progress" guruhi (8-9-sinflar):
Kimlar uchun: Fizika va matematika fanlarini yaxshi o‘zlashtirgan, bilimi MS dan B+ va undan yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun.
Maqsad: O‘quvchilarni olimpiada masalalariga yo‘naltirish, mantiqiy fikrlash va murakkab masalalarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirish.

🏆 "Elite" professional olimpiada guruhi (9-10-11-sinflar):
Kimlar uchun: Fizika fanidan tuman, shahar bosqichlari hamda o‘tgan yilgi xalqaro olimpiada saralashlarida qatnashgan o'quvchilar uchun.
Maqsad: FIPhO, IZhO, APhO va IPhO kabi nufuzli xalqaro hamda respublika olimpiadalarida yuqori o‘rinlar uchun qattiq va tizimli tayyorgarlik ko‘rish.

💡 Ta’lim formati va manzili: Darslarimiz ham offline, ham online tarzda olib boriladi (Eslatma: Online guruh uchun yetarli miqdorda o‘quvchi yig‘ilishi talab etiladi).
📍 Offline darslar manzili: Toshkent shahri, Olmazor ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etiladi.

⚠️ Shoshiling, joylar soni cheklangan! Darslarimiz avgust oyidan boshlanadi!

📞 Murojaat uchun: @khasanov_ou

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍163🏆2🔥1