Orzular ushalgan onlar! 🏅 ✨
Mehnat, sabr va matonat o‘z mevasini berdi. O‘quvchilarimning xalqaro sahnada taqdirlanish marosimidan olingan lavhalari🇺🇿
Mehnat, sabr va matonat o‘z mevasini berdi. O‘quvchilarimning xalqaro sahnada taqdirlanish marosimidan olingan lavhalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥9👏3🏆3❤1
Biz shunchaki jamoa emas, biz o‘z maqsadiga erishgan katta oilamiz.
Shogirdlarimning har bir yutug‘i — mening shaxsiy g‘alabam.✨ 🏆
Shogirdlarimning har bir yutug‘i — mening shaxsiy g‘alabam.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍10❤6👏2
FIPhO — yosh iqtidorlarni aniqlash va ularning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Xalqaro Fizika Olimpiada hisoblanadi.
FIPhO 2026 da dunyoning 30 dan ortiq davlatidan eng iqtidorli yosh fiziklar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazish uchun aynan yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda. Mezbon mamlakat sifatida biz bu yil katta maqsadlar bilan maydonga chiqamiz. O‘zbekiston nomidan 3-4 ta alohida jamoa shakllantirilib, 15 nafardan ortiq o‘quvchilarimiz Vatanimiz sharafini xalqaro minbarda munosib himoya qilishadi.
Ishtirokchilar bilimlarini ikki bosqichda sinovdan o‘tkazishadi:
1) Nazariy bosqich (60 ball): 5 soat davomida fizikaning barcha asosiy yo‘nalishlari (mexanika, elektrodinamika, termodinamika, optika va zamonaviy fizika) bo‘yicha 3 ta murakkab masala yechiladi.
2) Eksperimental bosqich (40 ball): 5 soat davomida laboratoriya tajribalarini o‘tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish mahorati baholanadi.
@okphysics
Eslatma: FIPhO mintaqaviy olimpiada maqomida bo‘lib, unda sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ustozlari davlatimiz tomonidan quyidagicha rag‘batlantiriladilar:🏆 O‘quvchilarga beriladigan mukofotlar:
1-o‘rin (oltin medal): 5,280,000 so'm (12 baravar)
2-o‘rin (kumush medal): 3,520,000 so'm (8 baravar)
3-o‘rin (bronza medal): 2,640,000 so'm (6 baravar)🏆 O‘qituvchilarga beriladigan mukofotlar:
G‘olib o‘quvchini tayyorlagan ustozlar ham moddiy rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin: 22,000,000 so'm (50 baravar)
2-o‘rin: 15,400,000 so'm (35 baravar
3-o‘rin: 13,200,000 so'm (30 baravar)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤4🔥4🎉2👏1
Kanalimiz obunachilari, Sizlardan kelib tushgan ko'plab murojaatlar asosida fizika fanidan xalqaro va respublika olimpiadalariga tayyorlov uchun yangi guruhlarni ochmoqdamiz.
Bizning asosiy maqsadimiz — yashirin iqtidorlarni kashf etish, ularga chuqur bilim berish va xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘taradigan yoshlarni tarbiyalash!
O‘z bilim darajangiz va yoshingizga mos keladigan quyidagi guruhlardan birini tanlang:
Kimlar uchun: Fizika olamiga ilk qadamini qo‘yayotgan, fan asoslarini noldan boshlab mukammal o‘rganishni istagan yosh iqtidorlar uchun.
Maqsad: Fizikaga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va kelgusi olimpiadalarda qatnashish uchun mustahkam poydevor yaratish.
Kimlar uchun: Fizika va matematika fanlarini yaxshi o‘zlashtirgan, bilimi MS dan B+ va undan yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun.
Maqsad: O‘quvchilarni olimpiada masalalariga yo‘naltirish, mantiqiy fikrlash va murakkab masalalarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kimlar uchun: Fizika fanidan tuman, shahar bosqichlari hamda o‘tgan yilgi xalqaro olimpiada saralashlarida qatnashgan o'quvchilar uchun.
Maqsad: FIPhO, IZhO, APhO va IPhO kabi nufuzli xalqaro hamda respublika olimpiadalarida yuqori o‘rinlar uchun qattiq va tizimli tayyorgarlik ko‘rish.
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤3🏆2🔥1
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🏆3
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡6👍4🔥2
Aziz fizika ixlosmandlari, oldimizda turgan Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi (FIPhO 2026) uchun milliy terma jamoaga nomzodlarni saralash bosqichi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.
1️⃣ 2025–2026-o‘quv yilida o‘tkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasiga (IPhO) saralashning birinchi bosqichida yuqori natijalarni qayd etib, 1–25-o‘rinlarni egallagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8–10-sinf, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 1-bosqich o‘quvchilari.
2️⃣ 2025–2026-o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining hududiy bosqichida fizika fanidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 9–10-sinf o‘quvchilari.
3️⃣ 2025–2026-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan STEM olimpiadasining respublika bosqichida fizika fanidan 8–9–10-sinf o‘quvchilari orasida yuqori natija qayd etgan har bir sinfdan 10 nafardan o‘quvchilar.
Oldinda turgan saralash bosqichi — xalqaro maydonda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish yo‘lidagi ilk va muhim qadamdir. Har bir muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat va qat’iyat turishini unutmagan holda, bor salohiyatingizni to‘liq ko‘rsating. Barchaga saralashda omad va muvaffaqiyat tilayman!
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡7❤2👍2🔥2
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi | Rasmiy kanal
#Saralash_1
FIPhO 2026: SARALASH SINOVLARI OʻTKAZILMOQDA!
⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan FIPhO 2026 olimpiadasida ishtirok etuvchi Terma jamoaga nomzodlarni saralashning I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Jarayonlarni Fan olimpiadalari markazining rasmiy
📺 YouTUBE sahifasi orqali real vaqt rejimida kuzatishgiz mumkin.
➡️ Ishtirokchilarga jarayonda 3 ta masalani bajarish uchun 4 soat vaqt ajratilgan.
📌 Eslatib o‘tamiz,
Saralashda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
FIPhO 2026: SARALASH SINOVLARI OʻTKAZILMOQDA!
Saralashda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2❤1👌1
Xabaringiz bor, joriy yilning 10–17-oktyabr kunlari qadimiy Samarqand shahrida Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi (FIPhO 2026) bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqaning milliy terma jamoasiga nomzodlarni saralash bosqichi yakuniy natijalari e'lon qilindi.
Ushbu saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha yosh fiziklarimizni tabriklayman! Ammo bu hali yakun emas.
Bu — yanada katta marralar sari navbatdagi qadam.
Mehnat davom etadi. Maqsad esa bitta — O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilish!
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17🏆4❤3👍2
Fiztex olimpiadasiga ro’yxatdan o’tish boshlandi!
📣 Olimpiada gʻoliblari MIPT da oʻqish uchun 100 foiz grantni qoʻlga kiritishadi.
🔝 MIPT universiteti dunyoda Matematika va Fizika bo’yicha Top 100 talikda turadi.
⌛ Olimpiada Matematika va Fizika fanlaridan boʻladi va qatnashish mutlaqo bepul!
▶️ Saralash bosqichi 1-tur 11-oktabr Moskva vaqti bilan 10:00 da boshlanadi.
🔄 Olimpiada 9-11 sinf oʻquvchilari uchun.
Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish:
➡️ https://olymp-online.mipt.ru/
Ma’lumot uchun: o'zim ham shu olimpiada orqali MIPT universitetiga o'qishga kirib, 4 yil davomida tahsil olganman. Bu yo'lni o'zim bosib o'tganim uchun ishonch bilan ayta olamanki, barchasining imkoni bor. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, balki keyingi yili siz ham dunyoning ushbu nufuzli oliygohida talaba bo'larsiz. Hoziroq ro'yxatdan o'ting va o'z kuchingizni sinang!
@okphysics
Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish:
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🔥2💯1