OK Physics
387 subscribers
33 photos
4 videos
4 links
🚀 Maqsad: Iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro olimpiadalarga (IPhO, APhO, IZhO) professional tayyorlash.

👨‍🏫 Kanal asoschisi: Otabek Khasanov — MIPT (QS Top 50 in Physics) bitiruvchisi, xalqaro olimpiadalar sovrindori.

Murojaat uchun: @khasanov_ou
Download Telegram
📣 IPhO 2026: Intivensiv tayyorgarlik avjida! ☢️🚀

Dunyo fizika olamining eng nufuzli musobaqasi — Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO 2026) boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. ⌛️

⚡️ Ayni damda jamoamiz bilan ushbu tarixiy musobaqaga qizg‘in va intensiv tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Har bir masala, har bir formula va har bir tahlil bizni asosiy maqsad sari yaqinlashtirmoqda!

✍️ IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasi 4-12 iyul kunlari Kolumbiyaning Bukaramanga shahrida bo‘lib o‘tadi va unda 90 dan ortiq davlatdan tashrif buyuradigan 450 dan ziyod eng kuchli yosh fiziklar o‘zaro bellashishadi.

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🏆54👍3🤩1
🚀 Orzular sari!

O‘zbekiston fizika terma jamoasi Kolumbiyadagi Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO 2026) sari parvozni boshladi! 🛫

✍️ IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasi 4-12 iyul kunlari Kolumbiyaning Bukaramanga shahrida bo‘lib o‘tadi va unda 90 dan ortiq davlatdan tashrif buyuradigan 450 dan ziyod eng kuchli yosh fiziklar o‘zaro bellashishadi.

Bu safar shunchaki musobaqaga emas, balki butun yillik mashaqqatli mehnatimiz, minglab yechilgan murakkab masalalar va sarflangan ulkan energiyamizning natijasini ko‘rsatish uchun ketmoqdamiz. Yigitlarimizning ko‘zlarida esa olovli ishtiyoq yonmoqda 🔥

Bizning maqsad — shunchaki ishtirok etish emas, tarix yaratish! 🥇

Olimpiada jarayonlari va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun kanalni kuzatishda davom eting. Bizni qo‘llab-quvvatlab turing! 🤝

🇺🇿 O‘zbekiston fizikasi yangi bosqich sari!

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18👍85🏆4
📣 IPhO 2026: Tarixiy lahzalar – Ochilish marosimidan kadrlar!

🌎 Kolumbiyaning Bukaramanga shahri bugun dunyoning eng yorqin va iqtidorli yosh fiziklarini o‘z bag‘riga oldi! 4-12-iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasi o‘zining tantanali ochilish marosimi bilan start oldi.

Ushbu nufuzli musobaqada 90 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 450 dan ortiq yosh fiziklar qatori, O‘zbekiston terma jamoasi ham katta maqsadlar bilan bellashuvga tayyor! 🇺🇿

Ochilish marosimidan olingan ushbu videolavhalar orqali siz ham bayramona ruh va xalqaro olimpiada muhitidan bahramand bo‘ling.

Jamoamizga omad tilaymiz! Jarayonni OK Physics bilan kuzatishda davom eting!

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍6👏5🎉21
📣 IPhO 2026: Tarixiy natija! ⚛️🇺🇿

IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasida o‘quvchilarim haqiqatan ham super natijalarni qayd etib, O‘zbekiston fizika maktabi tarixida yangi sahifa ochishdi! 🚀

📊 Rasmiy natijalar yaqin soatlar ichida kanalda e’lon qilinadi.

Bizdan uzoqlashmang, eng muhim va quvonchli xabarlarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring! 🔔

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15🔥10👍4🏆4
📣 IPhO 2026: O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi! 🚀

Bu yilgi Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO) terma jamoamiz uchun mutlaqo yangi darajani ochib berdi. Biz nafaqat tarixiy rekordimizni yangiladik, balki eng muhimi — IPhO sahnasida ilk bor nafaqat bitta, balki ikkita Kumush medalni qo‘lga kiritib, fizika olamidagi o‘rnimizni yangi bosqichga olib chiqdik! 🥈

🏆 Bizning natijalar:
🥈 2 ta kumush
🥉 2 ta bronza
🤩 1 ta HM

Jamoamizning ushbu muvaffaqiyati bilan barcha o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini chin dildan tabriklayman! Har bir o‘quvchimning erishgan natijasi — men uchun katta faxr.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi 2025-yilgi Xalqaro Fizika Olimpiadasida (IPhO 2025) jami 2 ta bronza 🥉 va 3 ta HM 🤩 ni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatma: Ushbu nufuzli xalqaro olimpiada sovrindorlari uchun belgilangan davlat mukofotlari quyidagicha:

1-oʻrin uchun: 🥇
oʻquvchilarga — 1 mlrd 100 mln soʻm (2 ming 500 baravar);

2-oʻrin uchun: 🥈
oʻquvchilarga — 660 mln soʻm (1 ming 500 baravar);

3-oʻrin uchun: 🥉
oʻquvchilarga — 440 mln soʻm (1 ming baravar).


@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥178🏆2👏1
Tarixiy, ammo biroz "alamli" g‘alaba... 💔

Bu yilgi IPhO 2026 natijalarimiz shubhasiz tarixiy bo‘ldi. Ammo, tan olish kerak, bu muvaffaqiyatning o‘ziga xos "alamli" lahzalari ham bo'ldi.

Yaqin-yaqingacha biz hakamlar hay’ati (jury meeting) yakunini katta hayajon bilan kutardik. U paytlar biz uchun eng katta maqsad bronza medal bo‘lgan, kumush yoki oltin haqida orzu qilishga ham jur’atimiz yetmasdi... 🥹

Ammo bu safar hammasi boshqacha edi.
Bu gal bizga bronza chegarasi qiziq emasdi. Hatto kumushning oxiri ham nazarimizga tushmadi. Bizning butun diqqat-e’tiborimiz va intilishimiz faqat Oltin medal chegarasida edi.

Afsuski, o‘quvchim Jumanazarov Asilbekka o‘sha oltin medal uchun atigi 0.5 ball yetmay qoldi. Bu juda kichik raqam, lekin uning ortida qancha mehnat va umid yotganini faqat biz bilamiz.

Lekin, bu mag‘lubiyat emas — bu bizning yangi bosqichga ko‘tarilganimizdan dalolat!

Eng muhimi: Kumush medal sohibi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarim hali 10-sinf. Bizdagi bu shijoat, bu ishtiyoq va mehnatkashlik hech qayerga ketmaydi.

In Shaa Alloh, IPhO 2027 da biz o‘sha Oltinni baribir olamiz! Birgalikda, yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz! 🥇🚀

Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Tarixni birgalikda yozishda davom etamiz!

@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥149🕊3👏1🎉1
Orzular ushalgan onlar! 🏅

Mehnat, sabr va matonat o‘z mevasini berdi. O‘quvchilarimning xalqaro sahnada taqdirlanish marosimidan olingan lavhalari 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥8👏3🏆31
Biz shunchaki jamoa emas, biz o‘z maqsadiga erishgan katta oilamiz.

Shogirdlarimning har bir yutug‘i — mening shaxsiy g‘alabam.
🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍95👏2