Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
ISPhO 2026: Online tarzda Xalqaro Ilmiy Fizika olimpiadasi oʻtkazilmoqda!
Nazariy bosqich,
Modellash bosqichi.
⚡️Ayni paytda Terma jamoa a’zolari nazariy bosqich boʻyicha 5 soat davomida bellashmoqda.
Olimpiadaning maqsadi:
Bizni kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤2👍2
Aziz "OK Physics" obunachilari! Fizika olamidagi muhim olimpiadalardan biri bo‘lgan ISPhO (International Science Physics Olympiad) haqida batafsil ma’lumot beraman.
Xalqaro Ilmiy Fizika Olimpiadasi — bu fizika fanidan har yili tashkil etiladigan xalqaro olimpiada bo‘lib, u 2023-yildan buyon Rossiyaning MIPT instituti (QS reytingi bo‘yicha fizika yo‘nalishida dunyoning top-50 taligiga kiradi) tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
Nazariy imtihon: 3 ta masaladan iborat; ulardan biri kompyuter modellash elementlarini o‘z ichiga oladi (maxsus dasturlash ko‘nikmasi talab qilinmaydi).
Eksperimental imtihon: Maxsus dastur yordamida ilmiy asbob-uskunalar simulyatsiyasi va tajriba ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonini qamrab oladi.
Syllabus: Olimpiada dasturi Osiyo Fizika Olimpiadasi (APhO) talablariga moslashtirilgan.
Tarkib: Har bir davlatdan 5 nafar ishtirokchi qatnashadi.
O‘zbekiston jamoasi: O‘zbekistondan odatda rasmiy IPhO ga yo‘llanma olgan jamoa qatnashadi.
Indikator: ISPhO darajasi ko‘pincha IPhO dan qiyinroq hisoblanadi, shuning uchun bu olimpiada o‘quvchilarning darajasini ko‘rsatuvchi muhim indikator sanaladi. Uning natijalariga qarab, IPhO dagi natijalarni oldindan taxmin qilish mumkin.
Yosh chegarasi: 20 yoshdan kichik bo‘lishi kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👌4👍2🏆2🔥1
💬 Sizningcha, bu yil medal ballari qaysi chegaralarda bo‘ladi? O‘z taxminlaringizni izohlarda yozib qoldiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14❤3👏3🤯3👍2🏆2
ISPhO 2026 xalqaro olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bu yilgi olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi!
Bronza — 18.56 ball
Kumush — 27.65 ball
Oltin — 36.72 ball
Jamoamizning ushbu muvaffaqiyati bilan barcha o‘quvchilarni chin dildan tabriklayman!
Sizlar bilan bir yarim yil davomida olib borgan tinimsiz, tizimli va mashaqqatli mehnatlarimiz o‘zining munosib samarasini ko‘rsatmoqda. Bu muvaffaqiyat — shunchaki raqamlar emas, balki kechalari uxlamay yechilgan masalalar, murakkab nazariyalar ustidagi izlanishlar va har birimizning umumiy maqsad sari qo‘ygan qadamlarimizning natijasidir.
Oldinda bizni nufuzli IPhO 2026 olimpiadasi kutib turibdi. Ishonchim komilki, yigitlarimiz u yerda ham yuqori marralarni zabt etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishadi!
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18🎉3🏆3👏2⚡1❤1👍1🥰1
Dunyo fizika olamining eng nufuzli musobaqasi — Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO 2026) boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🏆5❤4👍3🤩1
O‘zbekiston fizika terma jamoasi Kolumbiyadagi Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO 2026) sari parvozni boshladi!
Bu safar shunchaki musobaqaga emas, balki butun yillik mashaqqatli mehnatimiz, minglab yechilgan murakkab masalalar va sarflangan ulkan energiyamizning natijasini ko‘rsatish uchun ketmoqdamiz. Yigitlarimizning ko‘zlarida esa olovli ishtiyoq yonmoqda
Bizning maqsad — shunchaki ishtirok etish emas, tarix yaratish!
Olimpiada jarayonlari va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun kanalni kuzatishda davom eting. Bizni qo‘llab-quvvatlab turing!
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18👍8❤5🏆4
🌎
Ushbu nufuzli musobaqada 90 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 450 dan ortiq yosh fiziklar qatori, O‘zbekiston terma jamoasi ham katta maqsadlar bilan bellashuvga tayyor!
Ochilish marosimidan olingan ushbu videolavhalar orqali siz ham bayramona ruh va xalqaro olimpiada muhitidan bahramand bo‘ling.
Jamoamizga omad tilaymiz! Jarayonni OK Physics bilan kuzatishda davom eting!
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍6👏5🎉2❤1
IPhO 2026 xalqaro fizika olimpiadasida o‘quvchilarim haqiqatan ham super natijalarni qayd etib, O‘zbekiston fizika maktabi tarixida yangi sahifa ochishdi!
Bizdan uzoqlashmang, eng muhim va quvonchli xabarlarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15🔥10👍4🏆4
Bu yilgi Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO) terma jamoamiz uchun mutlaqo yangi darajani ochib berdi. Biz nafaqat tarixiy rekordimizni yangiladik, balki eng muhimi — IPhO sahnasida ilk bor nafaqat bitta, balki ikkita Kumush medalni qo‘lga kiritib, fizika olamidagi o‘rnimizni yangi bosqichga olib chiqdik!
Jamoamizning ushbu muvaffaqiyati bilan barcha o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini chin dildan tabriklayman! Har bir o‘quvchimning erishgan natijasi — men uchun katta faxr.
Eslatma: Ushbu nufuzli xalqaro olimpiada sovrindorlari uchun belgilangan davlat mukofotlari quyidagicha:
1-oʻrin uchun:🥇
➖ oʻquvchilarga — 1 mlrd 100 mln soʻm (2 ming 500 baravar);
2-oʻrin uchun:🥈
➖ oʻquvchilarga — 660 mln soʻm (1 ming 500 baravar);
3-oʻrin uchun:🥉
➖ oʻquvchilarga — 440 mln soʻm (1 ming baravar).
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17❤8🏆2👏1
Tarixiy, ammo biroz "alamli" g‘alaba... 💔
Bu yilgi IPhO 2026 natijalarimiz shubhasiz tarixiy bo‘ldi. Ammo, tan olish kerak, bu muvaffaqiyatning o‘ziga xos "alamli" lahzalari ham bo'ldi.
Yaqin-yaqingacha biz hakamlar hay’ati (jury meeting) yakunini katta hayajon bilan kutardik. U paytlar biz uchun eng katta maqsad bronza medal bo‘lgan, kumush yoki oltin haqida orzu qilishga ham jur’atimiz yetmasdi... 🥹
Ammo bu safar hammasi boshqacha edi.
Bu gal bizga bronza chegarasi qiziq emasdi. Hatto kumushning oxiri ham nazarimizga tushmadi. Bizning butun diqqat-e’tiborimiz va intilishimiz faqat Oltin medal chegarasida edi.
Afsuski, o‘quvchim Jumanazarov Asilbekka o‘sha oltin medal uchun atigi 0.5 ball yetmay qoldi. Bu juda kichik raqam, lekin uning ortida qancha mehnat va umid yotganini faqat biz bilamiz.
Lekin, bu mag‘lubiyat emas — bu bizning yangi bosqichga ko‘tarilganimizdan dalolat!
Eng muhimi: Kumush medal sohibi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarim hali 10-sinf. Bizdagi bu shijoat, bu ishtiyoq va mehnatkashlik hech qayerga ketmaydi.
In Shaa Alloh, IPhO 2027 da biz o‘sha Oltinni baribir olamiz! Birgalikda, yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz!🥇 🚀
Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Tarixni birgalikda yozishda davom etamiz!
@okphysics
Bu yilgi IPhO 2026 natijalarimiz shubhasiz tarixiy bo‘ldi. Ammo, tan olish kerak, bu muvaffaqiyatning o‘ziga xos "alamli" lahzalari ham bo'ldi.
Yaqin-yaqingacha biz hakamlar hay’ati (jury meeting) yakunini katta hayajon bilan kutardik. U paytlar biz uchun eng katta maqsad bronza medal bo‘lgan, kumush yoki oltin haqida orzu qilishga ham jur’atimiz yetmasdi... 🥹
Ammo bu safar hammasi boshqacha edi.
Bu gal bizga bronza chegarasi qiziq emasdi. Hatto kumushning oxiri ham nazarimizga tushmadi. Bizning butun diqqat-e’tiborimiz va intilishimiz faqat Oltin medal chegarasida edi.
Afsuski, o‘quvchim Jumanazarov Asilbekka o‘sha oltin medal uchun atigi 0.5 ball yetmay qoldi. Bu juda kichik raqam, lekin uning ortida qancha mehnat va umid yotganini faqat biz bilamiz.
Lekin, bu mag‘lubiyat emas — bu bizning yangi bosqichga ko‘tarilganimizdan dalolat!
Eng muhimi: Kumush medal sohibi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarim hali 10-sinf. Bizdagi bu shijoat, bu ishtiyoq va mehnatkashlik hech qayerga ketmaydi.
In Shaa Alloh, IPhO 2027 da biz o‘sha Oltinni baribir olamiz! Birgalikda, yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz!
Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Tarixni birgalikda yozishda davom etamiz!
@okphysics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥14❤9🕊3👏1🎉1
Orzular ushalgan onlar! 🏅 ✨
Mehnat, sabr va matonat o‘z mevasini berdi. O‘quvchilarimning xalqaro sahnada taqdirlanish marosimidan olingan lavhalari🇺🇿
Mehnat, sabr va matonat o‘z mevasini berdi. O‘quvchilarimning xalqaro sahnada taqdirlanish marosimidan olingan lavhalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥8👏3🏆3❤1