‼️⚠️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kelasi hafta boshida sovuq bo‘lishi haqidagi xabarlarga
Rasmiy munosabat!
✔️Mazkur haftaning birinchi yarmida qorli va ayozli ob-havoni olib kelgan sovuq antisiklon
O‘zbekiston hududidan tezlik bilan chekinmoqda.
17-dekabr, dushanba kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarilib, kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, bu dekabr oyining shu kunlari uchun iqlim me’yoriga yaqin.
➡️18-dekabr kuni salqin va nam havo massasi respublikaning shimoliy hududlariga,
19-dekabrdan esa qolgan hududlarga o‘ta boshlaydi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shimolda choʻl zonasi va togʻli hududlarda qor koʻrinishida yog‘ingarchilik bo‘ladi.
💬Havo harorati:
⚡️18-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; respublika shimolida kechasi 0-5 sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
⚡️ 19-dekabrda kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliq;
shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
⚡️20-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; shimolda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha bo‘ladi,
bu ham qish mavsumi uchun iqlimiy me’yor hisoblanadi.#uzgidromet #prognoz #harorat #dekabr #shamol #iliq #yomgir #qor #sovuq #rasmiy_munosabat🔍 http://www.hydromet.uzTelegram ✅|
Facebook✅|
Instagram 🌐 Youtube 📹