O'zbekistonda ob-havo
1.77K subscribers
4.6K photos
526 videos
1 file
4.69K links
погода в Узбекистане
Download Telegram
Aziz va qadrli yurtdoshlarimiz!

Mana shu unutilmas, shukuhli damlarda sizlarni va siz orqali oila a’zolaringizni qutlug‘ qadamlar bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimizdan tabriklab, samimiy tilaklarimimizni izhor etish O‘zgidromet jamoasi uchun katta baxt.

Ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni kirib kelayotgan yangi - 2024-yil bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, oilaviy baxtu saodat tilaymiz.

Barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!

🔴Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!!

#toshkent #uzgidromet #tabrik #yangilanish #yangi_yil #31dekabr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM