Nutriciolog.Shahlo
7K subscribers
1.67K photos
204 videos
12 files
117 links
Salomatlikka doir bilimlar
Sog’lom taomlanish, vitaminlar haqida batafsil bilib olasiz 🥦

Menejer: @menejer_nutrishahlo
Download Telegram
Dugonamni taxlillarida o’tkir yallig’lanish yo’q.
CRB, revmofaktor ham normada chiqdi. Faqatgina SOE surunkali yallig’lanish borligini, limfotsit ozgina virus yuklamasi borligini ko’rsatdi.

Shishlarni oʻziga tugunli eritema tashxisi qoʻyildi. Va qiziq fakt — bunaqa shishlar immunitet juda kuchli ishlaganidan paydo boʻlishi haqida oʻqidim. Ularni paydo boʻlishiga aniq nima sabab boʻlishi haligacha toʻliq oʻrganilmagan va mavhum.

Eritema — qon tomir va teri osti yogʻ qatlami yalligʻlanishi. Unga preventiv shifokor sxema yozgan va vaskulitga podozreniya qilib, autoimmun kasalliklar tahlilini buyurgan.

Eng birinchi analizlar shu, ularni sanasini eslab qoling, keyinroq eslataman shu sanani 🌱
🔥92
Shifokor autoimmun xolatni keyingi analiz orqali tasdiqladi. Normada 1:160. Dugonamda 1:640 chiqgan. Simptomga vaqtida e’tibor berilgani uchun erta tashxis qoʻyildi.

Dugonamning anamnezi:
— surunkli stress;
— soʻnggi oylarda kuchli PMS;
— quvvatsizlik;
— oxirgi 2 oyda ko’p uxlash.

Bolalikdan ko’p shamollamagan, xozir ham deyarli shamollamaydi. Bir kunda o’tib ketadi. Bu jiddiy signal.
1 yilda bir zo’rg’a shamollab, 1-2 kunda tuzalish norma emas. Bu immunitetni haddan tashqari agressiv ishlayotganini, surunkali yallig’lanish, autoimmun ataka borligini bildiradi.
Normada sog’lom inson yilda 4-6 marta shamollaydi.

Dugonamda bolalikdan surunkali yallig’lanish mavjud bo’lgan. Keyinchalik virus yuklamasi, ichak disbiozi, ayollik davrida qin disbiozi qoʻshilgan. Hech qaysisi oʻtkir holatda namoyon boʻlmagan, bezovta qilmagan ham.

Dugonamga integrativ surunkali yallig’lanishning bazaviy sxemasi berildi. Hali tashxisga mos autoimmun dorilar, gormonlar va hkzlar buyirilmagan. Bu jarayon har oy tahlillar, holatni kuzatib doimiy davom etadi.

Baza yalligʻlanish sxemasi, BADlardan keyingi dugonamdagi natija sizga qiziqmi?
22👏7
Yana, aytaman dugonamdagi aksar holatlar va simptomlar surunkali yalligʻlanishniki. Shish chiqgani bu autoimmun jarayon belgisi. Nima demoqchiman, surunkali yalligʻlanish shu holatga olib keladi.

Demak, birinchi analiz sanasidan kechagi kungacha muddatni hisoblab koʻring — dugonam bu xabarni kecha yozdi. 1 oydan sal oshiqroq vaqtda surunkali yalligʻlanish bilan ishlanganda shunday natija boʻlgan.

Bu aynan integrativ umumiy yalligʻlanish sxemasining natijasi deb bemalol ayta olaman, chunki gormonal dorilar hali buyurilmagan.

Surunkali yalligʻlanishning eng yomon tomoni siz uni sezmaysiz. Organizm esa oʻta oddiy narsalar bilan signal beradi. Va juda koʻpchilik dugonamga oʻxshab bu signallarini ignor qilib, yaxshiman deb yuraveradi.

Aslida esa kelib chiqadigan kasalliklarning deyarli hammasida oʻchoq — yalligʻlanish.
👍154
Surunkali yallig‘lanish bilan ishlaganda salomatligimizda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi?

— Bo‘g‘imlar og‘rig‘i va shishlar kamayadi.
— Saraton rivojlanish xavfi kamayadi. Onkologiya — surunkali yallig‘lanishning asoratlaridan biri, qizlar!
— Yurak-qon tomir kasalliklari, xususan, blyashkalar hosil bo‘lishi sekinlashadi.
— 2-tip diabet va insulinrezistentlik pasayadi. Yallig‘lanish bilan ishlanganda, sitokinlar miqdori kamayishi natijasida hujayra retseptorlari insulinni yaxshiroq seza boshlaydi.
— Ichak mikrobiotasi va hazm qilish jarayoni yaxshilanadi.
— Bachadon, qin va tuxumdonlardagi yallig‘lanishlar kamayadi.
— Xotira va diqqat bilan bog‘liq muammolar kamayadi.
— Immunitet tizimi tinchlanib, autoimmun agressiya pasayadi.
— Altsgeymer kasalligi va demensiya rivojlanish xavfi kamayadi.
— Surunkali charchoq kamayadi, quvvat oshadi.
— Uyqu yaxshilanadi.
— Teri holati yaxshilanadi, yuz tiniqlashadi, shishlar kamayadi.
— Teridagi husnbuzarlar kamayadi.

Dugonamda ham aksariyat shu muammolar ketganini yuqorida yozgan xabaridan koʻrsangiz boʻladi. Yalligʻlanish bilan ishlash kattalarda ham, bolalarda ham koʻp holatda ijobiy natijalarni koʻrsatadi. Ignor qilingan yalligʻlanish esa organizmni “error” bervorishiga sabab boʻladi.
5🔥5🥰3
Yakshanbadan hamma sogʻ-omon chiqdimi? Hech boʻlmasa, bogʻcha bolalarni joʻnatdik, maktabgayam azgina qoldi — finish yaqin, gʻalaba bizniki 🤣

Endi gapni indallosiga oʻtamiz: Boʻgʻimlaringizda ogʻriq bezovta qiladimi? Qachonda beri? Ogʻriq qanchalik kuchli? Ogʻriqni yengillatish uchun nimalar qilasiz?
😁238
Xondrotin glyukazamin bo’g’imni tiklash uchun juda yaxshi vosita. Kurslab ichib yurganingiz juda yaxshi.

Bunga qo’shimcha metillanishni quvvatlab turish, yallig’lanishni kamaytirish, oqsil, uglevod kaloriya yetarlicha yeyishni ham qilsangiz Inshaalloh bo’g’im bezovta qilmaydi 🌱
8
Tonzillit aksar odamda bo’g’im va yurak klapanlarini yallig’lantiradi.
Tomoqdan bakposev topshirib, natijaga ko’ra shifokor bilan davolanish zarur. Bo’g’imdagi og’riqlardan esa surunkali yallig’lanish va immumitetni quvvatlash orqali qutulish mumkin.
3
Surunkali yallig‘lanishda doimo bo‘g‘imlar og‘rishi va simillashi bezovta qiladi. Bo‘g‘imlarimiz — immunitet tizimi va qon aylanishidagi yallig‘lanish o‘zgarishlariga juda ta’sirchan. Sizda ham shamollashdan keyingi qolgan yalligʻlanish sababli boʻgʻimlaringizda ogʻriq bor.

Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

1️⃣ Surunkali yallig‘lanishda immunitet tizimi uzluksiz ravishda maxsus oqsillar — sitokinlar hamda yallig‘lanish mediatorlarini chiqaradi. Bu moddalar qon orqali bo‘g‘im xaltasiga yetib boradi, va ogʻriqni keltirib chiqaradi.

2️⃣ Yallig‘lanish jarayonida ajralib chiqadigan fermentlar bo‘g‘imdagi silliq tog‘ay to‘qimasini asta-sekin yemirib boradi. Tog‘ay yemirilgani sari suyakka koʻproq ishqalanib, doimiy og‘riq beradi.

3️⃣ Yallig‘lanish mediatorlari bo‘g‘im atrofidagi og‘riq retseptorlarini doimiy ta’sirlantirib turadi. Oqibatda ilgari sezilmaydigan oddiy harakat yoki yengil bosim ham miyaga kuchli og‘riq signali bo‘lib yetib boradi.

4️⃣ Surunkali yallig‘lanish bo‘g‘im atrofidagi mayda kapillyarlar tomirlarini toraytiradi va qon aylanishini qiyinlashtiradi. To‘qimalarga yetarlicha kislorod va oziq moddalar bormasligi sababli moddalar almashinuvi maxsulotlari yig‘ilib qoladi, bu esa og‘riqni yanada kuchaytiradi.

Bo’g’imlar yallig’lanishi artrit, osteoartrit deyiladi. Surunkali yallig’lanish pasaytirilmaguncha bo’g’im tiklanmaydi, yemirilishda, og’rishda davom etaveradi.
Isbotlangan tibbiyot ogʻriq qoldiruvchilar va NPVS berish orqali simptomni yopadi.

Bu taktika o’tkir og’riqda haqiqatda o’rinli. Lekin, og’riq qoldiruvchini doim va uzluksiz icha olmaymizku.
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boʻgimdagi togʻay yemirilib borishi va suyaklarni bir-biriga ishqalanishi. Avval ogʻriqlar, keyin esa suyak ham yemirilib boradi.
7
Rosa koʻpchilik aynan qirsillash haqida yozibdi((

Surunkali yallig’lanish bo’gimlarda mo’rtlashishga olib keladi. Agar sizda DST bo’sa qirsillash yana ham kuchayadi.
Oqsil normasini iste’mol qiling, kalsiy va magniy defitsitini yopish, doimo norma kaloriyasini yeyish va surunkali yallig’lanishni korrektsiya etib yurishingiz lozim.
8
Bogim orasidagi suyuqlik kamayganda ukol olishni tavsiya qilishadi. Bu suyuqlikni oldin tiklashga harakat qilib koʻrish va man buni tarafdoriman.

Metillanish va transulfatatsiyani tiklash, oqsil, kalsiy, magniy, defitsitini yopish, yallig’lanishni kamaytirish, agar ayol
menopauzada bo’lsa, gormon terapiya qabul qilish — og’riq qolgach silavie trenirovki boshlash. Silavoy trenirovkasiz bo’g’im tez yemirilb ketaveradi.

Ukol qildirish yaxshi yechim, ammo yechim sizda natija berishi uchun qolgan jarayonlarni ham qilishingiz kerak. Shunda inshaAlloh shifoli boʻladi.
17👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥11😢6👌5🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun hamma gapirishga uyaladigan mavzu haqida gaplashamiz 🥹

Kulgu va kayfiyat mandan, keyslar sizdan — kimni uyida shunaqa orkestr bor 😂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣71😁74🔥2
Bir sirni ochaman — aksar ayollarni qiynaydigan ertalab silliqqina takoy boʻlib, kechki 6 oylik ikkiqatdek kabi ko’rinadigan qorinning asl sababi ham shu gazlar 💨

Uni yotvolib, press qisezam ketqizomiysiz — ichkaridigi hovo tabiiy yoʻl bilan chiqadi, ertalab yana 90/60/90 boʻlib uygʻonasiz 💃
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯23🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aynan shu gazlar ertalab figurez malikanikidek, kechka borib esa qorinboy Fiona boʻlishingizga asl sababchi 💔

Har ovqat tanovul qilganizdan keyin qorningiz koptok kabi ishib qolishi, orkestr kabi gaz chiqarishimiz, gazdan keyin “ichinda it o’lganmi” kabi gaplarga mos ifor taratishingiz ichagingizda oʻzgacha protses ketayotganidan xabar beradi 📡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁37🔥10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu atrof-muhitni zaharlab, gugurt chaqsa yongʻin chiqish havfi borligini bildirib, oʻlim hidini uylarimizga taratadigan erkaklarimiz. Baliqni koʻrdilami 🤣

Endi ilmiy-amaliy qismga oʻtamiz. Klassifikatsiya boʻyicha gazlar turli guruhlarga boʻlinadi. Namoyon boʻlishi boʻyicha turlari:

1️⃣ Ovozi yoʻq, xidi ham yo’q
2️⃣ Ovozi bor, xidi yo’q
3️⃣ Ovozi yo’q, lekin atrofdagilarni ko’zini qorong’ulashtirib, birdan hayotini qayta ko’rib chiqishiga majbur qiluvchi gaz (shunisi eng xavflisi, uyizda protivagaz maska saqlen shu turdigi bilan koʻp toʻqnash keladigan boʻsez).

Davom etvuriymi, hamma tirikmi 🤣
🤣81😁20🤯4🐳32👏2
Xullas, asoslangan dalillarga koʻra ichizdagi gazlar boʻronini sababchisi SIBR. SIBR — bu ingichka ichakda bakteriyalarning ortiqcha oʻsishi sindromi.

Agar SIBR juda kuchayib ketgan bo’lsa, ayniqsa ma’lum bir ovqatlardan keyin siz insoniyatga qarshi biologik xavfli gazlar chiqara boshlaysiz 🤢

Amaliyot qizlar 😂
Gazni hidiga qarab ichingizda qaysi bakteriya ko’payib ketganini taxmin qilish mumkin:

— oltingugurt bakteriyalari ko’p bo’lsa, sasigan tuxum va tuxum hidli;

— Ammiak, metan ishlab chiqaruvchi bakterialar ko’paygan bo’lsa, Metan xidli. Xuddi metan zapravkada ko’zingiz achishgani kabi, gazdan ko’ziz yoshlanib ketsa, bu Metanli o’siriq. Metanli gazni eng yaqqol sifati JAAAAART etib ovoz chiqishi;

— Achchiqqina, nordon xidli, orqani qizdiruvchi gaz — kislotali gaz. Vizt qilib bir qaynab oladi orqa tomoningiz.

Shaxsiy mavzu db yozmasdan faqat reaksiya bosib oʻtirishilani qarela, hech kim oʻqib qomasin divossilami 😂
🤣158😁35🥴154🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joni borni, yeli bor deb, aybdorni qidirmasdan bu holatga opkeladigan sabablani koʻrib chiqish kerak 😅

SIBR’ning kelib chiqish sabablari:

— Oshqozon kislota pastligi
— O’t dimlanishi
— Xazm fermentlari yetishmovchiligi
— Iliosekal kanal bo’shligi
— Ovqatni chaynamay yutish
— Katta miqdorda va tez-tez yeyish
— Surunkali stress
— Ratsionda rafinatsiyalangan uglevodlarning ko’pligi.

Simptomlar va sabablar ustida ishlash bilan birga barobar SIBR’da antibiotik terapiya ham qilinadi. Bittasini qilib, ikkinchisini qimasez, bakteriya titri kamayadi, lekin yana tez koʻpayib oladi.
27💯4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xoʻsh, endi qachongacha shunaqa yuramiz? 😂

SIBR va gaz bu shunchaki noqulaylik xissinigina emas, salomatlikka zarari anchagina:

— B12 tanqisligi
— Temir tanqisligi
— A,D,E,K so’rilishi pasayishi
— Ichakni yallig’lanishi
— Intoksikatsiya — masalan Ammiakni ko’paytiradi. Bu jigarga yuklama
— Autoimmun kasalliklarni qo’zishi
— Diareya — “pryamaya kishka”, ovqat yediyu, orqa eshikka yugirdi
— Oksidativ stressni kuchaytiradi
— Hayot sifatini buzishi. Qorinni ozdirishim kere deb yurasiz. Aslida u esa gaz bo’ladi)

Xullas, organizm o’sirish tili orqali sizga nimadir deyayotgan bo’ladi, uni eshitish va korreksiya qilish kerak.

“Yalligʻlanish” kursida bu mavzu bor, va uni chuqur oʻrganamiz — holat, yechim, sxemalar. Faqat bitta yomon tomoni bor, ertaga kursga qabul yopiladi, siz esa oʻsiroq boʻlib qolib ketishingiz mumkin 🥲😅

Menejerga yozib qoʻshilishga ulguring: @menejer_nutrishahlo
🤣8611😁9🥴3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2013
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍9❤‍🔥2👏2