Nurobod 24 | Расмий канал
74 subscribers
283 photos
197 videos
59 links
Samarqand viloyati Nurobod tumani xabar va yangiliklarini Telegram orqali yetkazib beruvchi, Yagona va tezkor kanaldasiz

Voqea yoki hodisani guvohi bo‘ldingizmi 👀
bizga yuboring : @Nurobod_ads

Reklama va Hamkorlik uchun : @Nurobod_ads
Download Telegram
#Live

Bugungi tadbirlarimizdan kitobxonlik yarmarkasi, kasb va hunar ko'rgazmasi, kibersport musobaqasi, sanʼatning boshqa turlari bo‘yicha ko‘rgazmali ko‘rinishlar ham o‘rin olgan bo‘lib, hozirda ularning namoyishi o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, moda va dizaynerlarning milliylik hamda zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan liboslar bilan qilgan chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etmoqda.
#Jarayon

🇺🇿Pastdarg‘om tumanida “Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati!” shiori ostida o'tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda, "Tafakkur", "Afrosiyob", "Yangi O'zbekiston" va "Bunyodkor" jamoalari o‘zaro bellashishdi.

🏆Qizg‘in davom etgan bellashuv natijalariga ko'ra, “Tafakkur” jamoasi g‘alaba qozondi.

Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan g'olib jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Bola kitob o'qishi uchun avval uning ota-enasi kitob o'qishi kerak"

📚Tuman hokimi va Qoramang'it mahallasi fuqarolari bilan o'tkazilgan uchrashuvda, bir vaqtning o’zida uch farzandini oliy ta’lim muassasalarida o’qitayotgan mahalla faoli Jonibek Jo'rayev farzand ta'lim-tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish va kitob o'qishning bu boradagi o'rni haqida mahalladoshlariga “yuragidagi borini aytdi”.