Nurmuhammad - Magistratura, IT, Startaplar
507 subscribers
459 photos
92 videos
2 files
210 links
Buyerda IT, sun'iy intellekt, tibbiyot, chet-elga o'qishga topshirish haqida yozaman va o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashaman.

Aloqa uchun: @nurmukhitdin
Download Telegram
Nevadadan keyin Nyu-Yorkka uchdim. U yerda J.P. Morgan'ning yillik Multinational Global Passport simpoziumida qatnashdim. Bu simpozium men uchun chinakam kashfiyot bo'ldi. Sog'liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan immigrant startapchilar bilan tanishdim va ularning tibbiyotdagi muammolarga topayotgan yechimlari meni hayratga soldi. Har bir suhbatdan yangi bir narsa o'rgandim, soha qanday rivojlanayotgani va kelajakda qanday imkoniyatlar ochilishi haqida tasavvurim kengaydi. Bundan tashqari, J.P. Morgan'ning yuqori lavozimdagi mutaxassislari bilan muloqot qilish, ularning tajribasi va qarashlaridan bahramand ham bo'ldim.
❤4🔥1
Undan nari Texasga keldim. Bu yerda 7–11-kunlari American Medical Informatics Association simpoziumi bo'lib o'tmoqda. Kirish qabuli qimmat edi, ammo xorijiy talaba ekanligimni aytib, biror volontyorlik yoki arzonlashtirilgan variant yo'qmi deb so'raganimda, 50% chegirma qilib berishdi. Dastur nihoyatda boy: ko'plab workshoplar, uchrashuvlar va soha mutaxassislari jamlangan. Bu yerda sun'iy intellektning sog'liqni saqlashdagi o'rni, bemor xavfsizligi, katta til modellari (LLM) va klinik bilimlarni birlashtirish hamda o'z kasbiy yo'limni qurish va o'rganyatkan materiallarimni qanday qilib O'zbekiston sharoitida tadbiq qilish kabi masalalarni mulozaha qilyabman. Dastur rahbarim bu yerga borishimni qat'iy tavsiya qilgandi va nega bunday qilganini endi tushindim.

Ma'lumot o'rnida aytib o'taman, bularning ichidan faqat simpoziumning o'zini EYUF'dan olgan pulimdan (uni ham xatto chegirmada) xarid qildim. Xalq pulini qo'limdan kelganicha eng kerakli narsaga sarflashga intilyapman. Qolgan hamma narsa, ya'ni mehmonxona, yo'l xarajatlari, parvozlar va ijara, barchasi oilaviy jamg'arma hisobidan bo'ldi. Davlat bergan pulga qo'limdan kelganicha ehtiyot bo'lishga harakat qilyapman
🔥7❤1
What tf on earth is this front page

Source: Telegraph, UK
Texnik nosozlik sabab Qo'shma Shtatlarda 5000 dan ortiq parvozlar bekor qilindi. Butun davlat bo'ylab samolyotlar havoga ko'tarilishi to'xtatildi. 9/11 dan beri eng uzoq samolyotlar havoga ko'tarilishi ruxsat berilmayatkan xolat ekan.

Manba
🤔5
Qiziquvchanlik - insoniyligimizning bir qirrasidir.

Jasorat ham shundaydir. Qadim zamonlarda boshimizni ko'kka ko'tarib, Oy-u yulduzlarga hayrat bilan termulardik. Zamonlar o'tib esa, ilmu texnika, matonat va ijodkorlik bilan qurollanib, ona zaminimizning qulaylik-u panohidan kechib, koinotning ulug'vor sir-sinoati qa'riga qadam qo'ymoqdamiz.

📍Griffin Museum of Science and Industries. Chicago. Illinois.
Haftaning ish kunlari odatda kunlar davomida uydan chiqmaydigan darajada band bo'lanan. Shanba-yakshanbada qo'ldan kelgancha AQShdalik vaqtimdan unumli foydalanishga harakat qilyabman. Muzeylarga qiziqmaydigan odam edim. Ammo shu haftaning o'zida ikkita muzeyga bordim.

Bugun borgan Chicagodagi Fan va Sanoat Muzeyi (Museum of Science and Industry) qoyil qoldirmasdan qo'ymadi.

Bir tomonda samolyotlar osilib turadi, boshqa tomonda avtomobillar tarixi (qisman) yoritilgan. Ilm-fan bo'limida prizma va optika mavzusiga oid yorug'likning sirlari, nur qanday ranglarga bo'linishi ko'z o'ngingizda namoyon bo'ladi. Kamalaklarni sun'iy yasab, ular bilan "interaction" qilish imkoniyati bor. Tabiat bo'limida esa koinot va yer hayotining jonli tasviri. 12 metrlik sun'iy tornado aylanib turadi, sun'iy chaqmoqlar, sun'iy to'lqinlar bor va siz tabiatning kuch-qudratini chinakamiga his qilasiz. Inson tanasi va a'zolari qanday ishlashi bilan ham yaqindan tanishish mumkin.

Lekin eng ko'proq hayratga solgani, chinakam urush davrida qo'lga olingan nemis suv osti kemasi (U-505) bo'ldi. Haqiqiy tarixning bir bo'lagi ko'zingiz oldida, qo'lingiz yetadigan masofada turibdi. 76 metr uzunligi, 1200 tonna og'irligi. Urush vaqtida qo'lga olingan. Birinchi kemani olib kelib, keyin uning atrofiga muzey binosini qurishgan ekan.

Shu yerda bir narsani tushundim: Qo'shma Shtatlar ilm-fan bo'yicha nega oldinda ekanligining sabablaridan biri aynan shu. Ular ilm-fanga bo'lgan mehrni bolalikdan, yoshlikdan singdiradi. Bola bu yerga kirib hamma narsani o'zi sinab ko'radi, samolyot ichiga chiqadi, suv osti kemasini o'z ko'zi bilan ko'radi, qanday chaqmoq cholishi, to'lqin paydo bo'lishini o'yin o'ynab tushinadi va ilm uning uchun quruq darslik emas, balki bir quvnoq mo'jizaga aylanadi. Eng muhimi, u doimo "Nega?" va "Qanday qilib?" degan savolni bera oladi va unga javob oladi.

Bizda ham bolalar yoshlikdan qiziquvchan, lekin kuzatamanki 7-sinfdan so'ng negadir bu qiziquvchalik yo'q bo'lib ketadi. 4- va 7-sinf oralig'ida biz negadir bolani yo'qotamiz...
❤5