Nuriddin Rasulov
97 subscribers
350 photos
198 videos
1 file
48 links
Bu mening hayotim
Download Telegram
Haqiqatdan ham qarashlarimizni aniqlashtirib olishimiz kerak. Bu esa albatta yetti o'lchab bir kesishni talab etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ruhingizga orom bering, har bir daqiqa — g‘animat.
👍1
Ey, girgittoni zamon, oshuftayi dardi pul,
O'tru havas birla to'latma qalbni nuqul.
Borida o'ng'aylagil, yo'g'ida sabr aylagil,
Ildizingdan bo'ylagil, ahdingga ahkoma bo'l.

Ko'tar iymon piligin, yorishsin qibla'i ko'ngil,
Boqki, me'zon yetildi suv, olov, havo-yu, gil.
Demakim bundoq nasihat uqtirar ko'plar menga,
Fe'lga fe'l botmish qachonki sayozlab qolganda dil.

NR 2026-yil ayni shu lahza
👍2
Ehe-he-heey😘, manashu 21-avgustda "SO'Z" ni maxsus namoyishi ekan. Menga ham taklifnoma keldi biir maqtanay dedimda.😂 Barchangizni kutib qolamiz. Vaqti borlar kelinglareeey!
1👍1👏1
Bilmayman, negadir sovudim,
Ishonchim, umidim susaydi.
Hadiklar toʻldirdi hovuchim,
Jim yashash muhlatim uzaydi.

​Asramoq dardida kursisin,
Ming hiyla topganday amaldor -
Yonolmas shamlar-u kul isi,
Atrofim qopladi, men muztar.

​Yetar deb dunyoning oʻz dardi,
Bir xolis duoga ichikdim.
Juda koʻp mezonlar oʻzgardi,
Kechikdim, nahotki kechikdim?!.

​Isyonim bosmoqqa urinib,
Rizqdan ayrilishdan qo'rqib yo
oqimda oqdim men, bilindi,
Boʻgʻildi ichimda bir dunyo.

Shu onda boshlandi zidlanish:
kun va tun, suv-olov, hokazo,
Diydani qotirar bir xil ish,
Yo, tezkor almashgan taqazo.

Qay birin tanlama bilmaysan
bu jisming yaralmish kimyosin,
Balki sen kitobsan bir paysa
to'lmagan, yetmagan paydar-pay.

Va shundan zerikkan o'quvchi
der: -Nega bitmaydi bu sodir,
Shoirning bizdanmi bor o'chi?!,
Oh, buncha tug'yoni to'xtovsiz?!.

-Ne topar yozg'irib she'rin, bas!
"Tavrot", "Injil", "Qur'on" bor begard.
-Haqqi rost, lek, inson hukm emas,
Tuyumlar, hislarga ham ega.

Axir, u ruh bilan tug'ilar,
Va mendek xoriydi, soviydi.
Goh nekbin hislarga tutilar,
Goh yomg'ir ostida iviydi.

Muhabbat, ishq nima, qayg'u ne?!,
Inson muhtoj tushunilishga.
Zotan, qalbda kechgan tuyg'uni
Menda bir urindim bilishga!

N.R. 21-25.08.2026-yil ayni dam
2👏2👍1
RASHK yomon yomon dema mani 😍
TrendUz Videos
Shu kunlarda tinmay eshitayotganim.