Nurobod tumani hokimligi
10.2K subscribers
34.8K photos
2.68K videos
22 files
4.56K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Nurobod tumani hokimligida tuman prokurori J.Abdihakimov rahbarligida ta'lim sohasida korrupsion holatlarning oldini olish mavzusida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Unda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, umumta'lim maktablari direktorlari, bog'cha mudiralari va boshqa pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

Tuman prokurori korrupsiyaning sohada uchraydigan turlari, uning salbiy oqibatlari va jamiyat hayotiga soladigan xavfi to'grisida batafsil ma'lumotlar berib, korrupsiyadan qutulish uchun faqat davlat organlarining sa'y-harakati yetarli emasligini ta'kidladi.

Unutmang, korrupsiya — taraqqiyot kushandasi! Har birimizning yuksak mas'uliyatimiz va faol ishtirokimiz orqaligina bu illatni yengishimiz mumkin.

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tumani 6-DMTT jamoasidan milliy liboslar chellenji doirasida o'ziga xos videorolik

©️ @nur_press
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish сhora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-103-sonli qarori ijrosi amalda

Nurobod tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni islohotlar jarayoniga faol jalb etish maqsadida "Nurobod ayollari — islohotlar yetakchisi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Z.Saidova, tuman hokimi o‘rinbosari I.Haqqulova, xotin-qizlar faollari, keng jamoatchilik vakillari va o‘quvchi qizlar ishtirok etdilar.​

Tadbir davomida Z.Saidova mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda faol ishtirok etishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, tuman xotin-qizlarining erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi munosib e'tirof etildi.​

Bu kabi tadbirlar xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash, ularni islohotlar yetakchisiga aylantirishga xizmat qilmoqda. Nurobod tumanida xotin-qizlarning faolligini oshirishga qaratilgan bunday tashabbuslar davom etmoqda.

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy libos — milliy iftixor

Nurobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi jamoasi milliy liboslarimiz, milliy qadriyatlarimizni ulug'lashga qaratilgan chellenjda faol ishtirok etishmoqda.

©️ @nur_press
Milliy libos — millat qiyofasi

Nurobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli TIM OSHP xodimlari milliy liboslar chellenji rivojiga munosib hissa qo'shib kelishmoqda.


©️ @nur_press
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliy libos – qadriyatlar bezagi

Nurobod tumanida o'tkazilayotgan milliy liboslar targ'iboti qizg'in va yuqori ruhda davom etmoqda.

Nurobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchi qizlari ham ushbu o'ziga xos chellenjda faol ishtirok etib, ular egnidagi atlas, boshlaridagi do'ppilar milliy qadriyatlarimiz jozibasi, betakrorligini o'zida namoyon etmoqda.

©️ @nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-aprel sanasida ro'y bergan muhim voqealar

#bayramlar
🇺🇳BMT – Butunjahon intellektual mulk kuni.
🇺🇳Xalqaro Chernobil fojiasini xotirlash kuni.
🌏Xalqaro uchuvchilar kuni.
🌏Xalqaro kotibalar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1755 – Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
🔹1966 – Toshkentda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi.
🔹1996 – “Amir Temur” ordeni taʼsis etildi.
🔹1996 – “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni taʼsis etildi.
🔹2019 – Tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlardan biri bo‘lgan “Qasoskorlar: Endgame” AQSHda 2,8 milliard dollar yig‘ib keng prokatga chiqdi.

#tavalludlar
🔹1660 – Daniel Defo – ingliz yozuvchisi, publisist, realistik nasr asoschilaridan biri.
🔹1886 – Abdulla To‘qay – tatar shoiri, adabiyotshunos, publitsist va tarjimon.
🔹1896 – Lutfixonim Sarimsoqova – o‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi.
🔹1936 – Botir Zokirov – O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1938 – Jamol Kamol – O‘zbekiston xalq shoiri
🔹1954 – Muhammad Yusuf – O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi.
🔹1974 – Ilhom Farmonov – xonanda, O‘zbekiston Respublkasida xizmat ko‘rsatgan artist.

©️ @nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun (1954–2001)

Bor bisotim

Bor bisotim oldi yoshligim,
Yurak shunga ko‘ndi-yu ketdi.
Yodda shunday qoldi yoshligim: 
Qush daraxtga qo‘ndi-yu ketdi.

Demak, dunyo chindan tor ekan,
Demak, vido kuni bor ekan,
Tushib keldim oyning oldidan,
O‘t bir yonib so‘ndi-yu ketdi.

Dunyoda eng katta boy edim,
Gijinglagan asov toy edim, 
Sharqiragan toshqin soy edim,
Suvim sovib so‘ndi-yu ketdi.

Yetishmaydi menga ne jihat? 
Allaqayerlarimdur diqqat.
O‘sha qomat, o‘sha bo‘y, faqat 
Yurak chil-chil sindi-yu ketdi.

Do‘stlarim ko‘p edi, do‘slarim.
Keskir-keskir edi so‘zlarim,
 Xira tortib qoldi ko‘zlarim, 
Sochga qirov indi-yu ketdi.

Daraxtga qush qo‘ndi-yu ketdi...


©️ @nur_press