Nurobod tumani hokimligi
10.2K subscribers
34.8K photos
2.68K videos
22 files
4.56K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod ayollari — islohotlar yetakchisi

Nurobod tumanida "Nurobod ayollari — islohotlar yetakchisi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Z.Saidova, tuman hokimi o'rinbosari I.Haqqulova, xotin-qizlar faollari, keng jamoatchilik vakillari va o'quvchi qizlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Z.Saidova yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, bir so'z bilan aytganda, jamiyatning faol a'zolariga aylanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligini ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, tumanimiz xotin-qizlarining erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi munosib e'tirof etildi.

©️ @nur_press
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish tartibi qanday?

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matonatli yo'l: Roza Abdurashitovaning ibratli hayoti

Hayotning turfa qiyinchiliklari, sinovlarini mardonavor yengib, baxtini mehnatdan qidirgan va xalq duosini olib kelayotgan qahramonlar yurtimizda bisyor.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan ana shunday ibratli, oʻz hayot yoʻli bilan boshqalarga o'rnak bo'la oladigan yurtdoshlarimiz haqida "Matonatli yo'l" loyihasi taqdim etib kelinmoqda.

Loyihaning bu galgi qahramoni Nurobod tumani "Sharq yulduzi" MFY da istiqomat qiluvchi, Zirabuloq geologiya qidiruv ekspeditsiyasida 27 yil ishlab, ayni damda nafaqada gulchilik bilan shug'ullanib kelayotgan mehnatkash inson Roza Abdurashitovadir.

©️ @nur_press
Milliy libos — millat ko'zgusi

Nurobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Qizilquyosh OSHP jamoasi milliy liboslar chellenjida faol ishtirok etishmoqda.


©️ @nur_press
Milliy liboslar targ'ibotida barcha birdek faol!

Nurobod tumanida "Dunyoga tanitgan – milliy libosim!" shiori ostida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Tadbirlarda tumandagi tashkilot va idoralar xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Tumandagi bank sohasi xodimlari ish faoliyatlarini milliy liboslarimizda olib borib, milliyligimiz rivojiga o'z hissalarini qo'shishdi.

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tumanining Oqsoy qishlog'ida turizm va tadbirkorlik imkoniyatlari

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy libos — bebaho meros

Nurobod tumani MMTB ga qarashli 2-DMTT da "Dunyoga tanitgan milliy libosim" shiori ostida o'tkazilayotgan madaniy-ma'rifiy tadbirlardan lavhalar...


©️ @nur_press
O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Nurobod tumani hokimligida tuman prokurori J.Abdihakimov rahbarligida ta'lim sohasida korrupsion holatlarning oldini olish mavzusida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Unda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, umumta'lim maktablari direktorlari, bog'cha mudiralari va boshqa pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

Tuman prokurori korrupsiyaning sohada uchraydigan turlari, uning salbiy oqibatlari va jamiyat hayotiga soladigan xavfi to'grisida batafsil ma'lumotlar berib, korrupsiyadan qutulish uchun faqat davlat organlarining sa'y-harakati yetarli emasligini ta'kidladi.

Unutmang, korrupsiya — taraqqiyot kushandasi! Har birimizning yuksak mas'uliyatimiz va faol ishtirokimiz orqaligina bu illatni yengishimiz mumkin.

©️ @nur_press
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tumani 6-DMTT jamoasidan milliy liboslar chellenji doirasida o'ziga xos videorolik

©️ @nur_press