Nurobod tumani hokimligi
10.2K subscribers
34.7K photos
2.66K videos
22 files
4.55K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Nurobod tuman bosqichi yakunlandi

Nurobod tumani bolalar sport maktabida adaptiv sport turlari bo'yicha “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqasi tuman bosqichi o'tkazildi.

Musoboqaning tantanali o'tgan ochilish marosimida tuman hokimligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Nurobod tuman bo'limi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman bolalar sport maktabi hamda sportsevar yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olganlar o'tkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari jamiyatimizda mehr-oqibat va birdamlik tuyg'ularini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini oshirish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda reabilitatsiya qilishda muhim o'rin tutishini alohida ta'kidlashdi.

Ushbu musobaqada sportning 6 turi: para stol tennisi, para armrestling, para yengil atletika, para badminton, para shaxmat va para shashka bo'yicha tumanimiz mahallalarida yashovchi 200 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan fuqarolar o'zaro raqobatga kirishishdi.

Qizg'in va yuqori ruhda o'tgan musobaqa yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi hamda musobaqaning keyingi – viloyat bosqichi yo'llanmalariga ega bo'lishdi.

©️ @nur_press
Nurobod tumanida tadbirkorlar muammolari o‘rganilib, amaliy yechimlar belgilandi

Bugun Nurobod tumani hokimligida haftaning har chorshanba kuni muntazam o‘tkaziladigan tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimi M.Buranov tadbirkorlarning faoliyati davomida uchrayotgan muammo va to‘siqlar, shuningdek, ularning yangi tashabbus va takliflarini tingladi.

Tadbirkorlar tomonidan yer ajratish, kredit olish, infratuzilma muammolari, soliq va boshqa masalalar yuzasidan jami 30 ga yaqin murojaat va takliflar bildirildi.

— Tadbirkorlarimiz tuman iqtisodiyotining tayanchi, — dedi M.Buranov. — Ularning faoliyati uchun qulay sharoit yaratish, to‘siqlarni bartaraf etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — bizning ustuvor vazifamiz.

Mazkur tadbirkorlar bilan muloqotlar, ularning ishonchini oshirish hamda amaliy yordam ko‘rsatishda muhim qadam bo‘lmoqda.

©️ @nur_press
“Shaxmat festivali”ning viloyat bosqichida Nurobodlik bolajonlar muvaffaqiyat qozondi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "Shaxmat festivali"ning Samarqand viloyati bosqichi yakunlandi.

Quvonarlisi, unda biryo'la 2 nafar yosh shaxmatchilarimiz musobaqa g'olib va sovrindorlari safidan joy olishdi.

Qizlar yo'nalishida tumanimizdagi 28-DMTT tarbiyalanuvchisi Afruza Xotamova faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, o'g'il bolalar toifasida 1-DMTT tarbiyalanuvchisi Quvonchbek Raxmatov faxrli 3-o'rin sohibiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Afruza mahoratli shaxmat murabbiysi Xotam Davirovning shogirdi bo'lsa, Quvonchbek tumanimizdagi ko'plab yosh shaxmatchilar ustozi, bir qator Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar g'oliblarini tarbiyalab bergan murabbiy Yunus Ismoilovning shogirdi hisoblanadi.

Yosh shaxmatchilarimiz va ularning fidoyi murabbiylariga kelgusidagi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab, bundanda yuksak marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!

©️ @nur_press