Nurobod tumani hokimligi
13.8K subscribers
41.9K photos
3.68K videos
27 files
5.94K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
#Tezkor_axborot

Samarqandda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 14-17-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

❗️Shu o‘rinda Samarqand viloyati FVB tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi.

Viloyat hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eskrou — endi "Agrobank Mobile" ilovasida

📗 Yana bir muhim bank xizmatini Agrobank birinchilardan bo'lib onlayn shaklda taqdim etishni boshladi — endi eskrou hisobvarag'ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Agrobank Mobile" orqali ochish mumkin.

🏡🚗 Bu ko‘chmas mulk yoki avtomobil oldi-sotdisini rasmiylashtirayotgan va jarayonni tez, qulay hamda bankka ortiqcha qatnovsiz boshlashni istaganlar uchun ayni muddao.

Ilova orqali siz:
— eskrou hisob ochishingiz;
— ariza topshirishingiz;
— rasmiylashtirish jarayonini qulay shaklda boshlashingiz mumkin.

💼 Eskrou hisobi bitim bo‘yicha hisob-kitoblarni xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi: mablag‘lar maxsus hisobda saqlanadi va faqat shartnoma tasdiqlangandan keyin o‘tkaziladi.

📱 “Agrobank Mobile” ilovasini yuklab oling.
📱 IOS | 📱 Android

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda o‘rganishlar: muammo joyida aniqlanib, yechimlar joyida belgilanmoqda

Nurobod tumanida jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa uning ildiziga qarshi kurashish maqsadida mas’ullar tomonidan bevosita hududlarga chiqib ishlash tizimi izchil davom etmoqda. Bu gal ham tuman prokurori J.Abdixakimov hamda tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov boshchiligida jinoyatchilik ahvoli joyiga chiqqan holda, bevosita o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish tizimini kuchaytirishga qaratilgan.

O‘rganishlar davomida mas’ullar hududning real ahvoli bilan yaqindan tanishib, muammolarni kabinetdan turib emas, balki aholi orasiga kirib, holatni joyida ko‘rib chiqish asosida baholadilar. Ayniqsa, giyohvandlik va ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan bog‘liq vaziyat alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Anyrim shaxslarning nosog‘lom turmush tarziga berilib ketishi jinoyatchilikka zamin yaratmoqda. Shu bois, bu toifadagi fuqarolarni aniqlash, ularni davolashga yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan aniq choralar belgilandi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nuroniylar qadami – qalblarni yoritgan, duolarga burkangan safar

Nurobod tumanining Tepaqul mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar uchun tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy sayohat chin ma’noda qalblarni yoritgan, duolarga yo‘g‘rilgan unutilmas safarga aylandi. Bu safar ular uchun nafaqat tarixiy maskanlarni ko‘rish, balki ruhiy poklanish, o‘tgan ajdodlar izidan yurish va hayot mazmunini yana bir bor teran his etish imkonini berdi.

Safar davomida nuroniylar qadimiy obidalar, ulug‘ ajdodlarimiz izlari saqlanib qolgan muqaddas maskanlarda bo‘lib, u yerda samimiy duolar, ezgu tilaklar bilan qalblarini boyitdilar. Har bir qadam, har bir nigoh – tarix bilan yuzma-yuz uchrashuvdek bo'ldi.

Ayniqsa, nuroniylarning Imom al-Buxoriy xotirasi abadiylashtirilgan muqaddas maskanga tashrifi safarning eng ta’sirli lahzalaridan biri bo‘ldi. Bu yerda nuroniylar chuqur ehtirom bilan Qur’on tilovat qilib, yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajak avlodning baxtli hayoti uchun duolar qildilar. Ularning yuz-ko‘zlarida aks etgan sokinlik, qalblarida sezilgan yengillik bu safarning naqadar mazmunli va ta’sirli o‘tganidan dalolat edi.

Bu sayohat davomida nuroniylar nafaqat o‘zlari uchun ma’naviy oziqa oldilar, balki yoshlarga ibrat bo‘larli hayotiy saboqlarni yana bir bor namoyon etdilar. Ularning dono so‘zlari, hayotiy tajribasi va samimiy duolari — jamiyatimizda mehr-oqibat, hurmat va qadriyatlar mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Shubhasiz, bunday safarlar inson qalbini poklaydi, ruhini boyitadi va hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi. Eng muhimi, bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik nuroniylarimizning hayotiga quvonch, jamiyatimizga esa baraka olib kiradi.

Zero, nuroniylar bor joyda — duolar bor, baraka bor, hayotga nur baxsh etuvchi ezgulik bor!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda

Nurobod tumanida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida amaliy o‘rganishlar tashkil etildi. Xususan, tuman prokurori J.Abdixakimov tomonidan hududlarga chiqilgan holda, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bevosita joyida ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-392-son hamda “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida olib borildi. Ushbu qarorlar asosida hududlarda keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgani, ularning har biri aholi farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘rganishlar davomida qurilish obyektlarida bajarilayotgan ishlarning holati, sifati, texnik talablarga muvofiqligi, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda ish jarayonining tashkiliy jihatlari atroflicha tahlil qilindi. Eng muhimi, mas’ullar jarayonni masofadan turib emas, balki obyektlarning o‘ziga borib, real holatni baholash orqali nazorat olib bordilar.

Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan pudratchi tashkilotlar rahbarlariga qurilish ishlarini belgilangan standartlar asosida sifatli amalga oshirish, ishlarni jadallashtirish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, har bir obyekt bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytirish, nazorat tizimini yanada takomillashtirish va ishlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, hududlarga chiqib, qurilish jarayonlarini joyida o‘rganish orqali amalga oshirilayotgan bunday tizimli nazorat ishlari nafaqat kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, balki ularni tezkor bartaraf etish imkonini ham yaratmoqda.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Nurobod markazi — yashillik va go‘zallik sari yangi qadam

Nurobod tumani markazini yanada obod, ko‘rkam va yashil maskanga aylantirish yo‘lida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bugun ushbu ezgu tashabbus doirasida markaziy hududlarda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari keng quloch yozib, tumanning qiyofasini tubdan o‘zgartirish sari muhim qadamlar tashlanmoqda.

Xususan, bahorning nafosatini o‘zida mujassam etgan yapon sakurasi, tez o‘sishi va ekologik ahamiyati bilan ajralib turuvchi pavloniya hamda turli xil manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududga o‘zgacha joziba bag‘ishlanmoqda. Bu nafaqat estetik go‘zallikni oshiradi, balki atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, toza havo muhitini yaratish, kelajak avlod uchun yashil makon barpo etishga xizmat qiladi.

E’tiborlisi, ushbu xayrli ishlar faqatgina mas’ul tashkilotlar bilan cheklanib qolmayapti. Tumanning tadbirkorlari, homiylari, nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Har bir ekilgan nihol — bu nafaqat daraxt, balki xalqimizning birdamligi, kelajakka bo‘lgan ishonchi va tabiatga bo‘lgan mehrining yorqin ifodasidir.

Nuroniylar duosi, tadbirkorlar tashabbusi va yoshlarning shijoati birlashgan bu jarayonda har bir fuqaro o‘zini katta o‘zgarishlarning faol ishtirokchisi sifatida his qilmoqda. Ayniqsa, kelajakda ushbu nihollar gullab-yashnab, Nurobod markazini rang-barang, so‘lim va jozibador maskanga aylantirishi barchaga ilhom bag‘ishlamoqda.

Bugun ekilayotgan har bir daraxt — ertangi kunning soyasi, farovon hayotning ramzi va tabiatga bo‘lgan ehtirom timsolidir. Yashil makonlar kengayib borar ekan, Nurobod tobora obod, fayzli va yashash uchun qulay hududga aylanmoqda.

🌿 Zero, daraxt ekilgan joyda — hayot bor, baraka bor, kelajakka umid bor!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM