Nurobod tumani hokimligi
13.4K subscribers
42.3K photos
3.7K videos
27 files
6K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
Nurobodda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi musobaqasiga start berildi

Bugun Nurobod tumanida sportsevarlar uchun unutilmas kunlardan biri — futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqasiga tantanali ravishda start berildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadi — aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlab, katta sport sari yo‘naltirishdan iborat.

Tantanali ochilish marosimida Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman DXX rahbari E.Oripov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, nuroniylar, soha mas’ullari hamda ko‘plab sportsevar yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida maydonda hukm surgan iliq muhit, muxlislarning olqishlari va yoshlarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi barchaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

So‘zga chiqqan rahbarlar ushbu musobaqani yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoni sifatida e’tirof etib, ularni sportga yanada faol jalb etish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida bunday tashabbuslarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Nurobod yoshlari viloyat va respublika bosqichlarida ham munosib ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritishlariga qat’iy ishonch bildirildi.

Marosimning muhim qismi sifatida rahbarlar ishtirokida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilib, musobaqada qatnashayotgan barcha jamoalar o‘z raqiblarini aniqlab oldi. Bu jarayon jamoalarda yanada katta ishtiyoq va raqobat ruhini kuchaytirdi.

Barchaning intiqlik bilan kutgan lahzasi yetib keldi — hakamning hushtagi yangradi va Nurobod tumanida DXX raisi kubogining joriy yilgi bahslariga rasman start berildi.

Endilikda maydonlarda haqiqiy kurash, shijoat, mahorat va g‘alabaga intilish hukm suradi. Ushbu musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlaydi, balki kelajakda yurtimiz futbolining yangi yulduzlarini kashf etishiga ham xizmat qiladi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tumani prokurori Jamshid Abdixakimovning tuman aholisiga profilaktik-ogohlantiruv murojaati

Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!

Bugun sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha profilaktik ogohlantiruv murojaatimni yo‘llamoqdaman.

Batafsil: https://gov.uz/oz/nurobod/news/view/151908

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar kelajagi – e’tibor markazida: Nurobodda “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida muhim uchrashuv

Bugun Nurobod tumanida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida tuman hokimi M.Buranov tuman markazida faoliyat yuritayotgan “Intellect” o‘quv markazida bo'lib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur o'rganish davomida hokim o‘quv markazining ichki muhitini, zamonaviy o‘quv xonalari, qulay infratuzilma va ta’lim jarayonining sifatini alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirdi. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, ularning kelajak sari qat’iy maqsad bilan harakat qilayotgani tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Markazda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar — zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar, malakali ustozlar jamoasi hamda innovatsion o‘qitish uslublari yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularni raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Tashrif davomida o‘quvchi yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularning orzu-intilishlari, kelajakdagi rejalari tinglandi. Yoshlar tomonidan berilgan fikr va takliflar hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida o‘quv markazining kelgusidagi rivojlanish rejalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, yangi yo‘nalishlar ochish, xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, IT va zamonaviy kasblarga ixtisoslashgan kurslarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu esa Nurobod yoshlari uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochishi qayd etildi.

Tuman hokimi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishiga zarur shart-sharoitlar yaratish bundan buyon ham ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪙 Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan maxsus esdalik oltin va kumush tangalar sotuvga chiqarildi.

Yangi numizmatik namunalar 31,1 gramm og’irlikda va 999,9 asillik bilan, 2 xil dizaynda zarb qilingan.

Tangalarda Sohibqiron siymosi va «Temur tuzuklari»dan hikmatlar aks etgan.

🟡 oltin tanga narxi: 61 mln 426 ming so‘m (qayta sotib olish: 57 mln 331 ming so’m);

⚪️ kumush tanga narxi: 1 mln 875 ming so‘m (qayta sotib olish: 919 ming so‘m).

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Amir Temurning so‘nmas xotirasiga hurmat-ehtirom xalqimizning bu ulug‘ zotga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifodalaydi, barchamizni yangi-yangi yutuqlarga ruhlantiradi.

Почтение к немеркнущей памяти великого Амира Темура выражает глубокую любовь и уважение нашего народа к этой выдающейся личности, вдохновляя всех нас на новые свершения.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nurobod tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i S.Sharipovning tuman aholisiga MUROJAATI

Batafsil: https://gov.uz/oz/nurobod/news/view/152433

🧡 @nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hokim qabuli – muammolar yechim topadigan manzil

Har bir murojaat – bu oddiy so‘z emas, balki insonning dardi, umidi va ishonchidir. Bugun Nurobod tumanida o‘tkazilgan navbatdagi hokim qabuli aynan shu ishonchni oqlash, fuqarolar muammolariga yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tuman hokimi M.Buranov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu qabulda tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, shuningdek, murojaat bilan kelgan fuqarolar va yoshlar faol ishtirok etdilar.

Qabul jarayoni ochiq va samimiy tashkil etilib, har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi borligi chuqur anglangan holda yondashildi.

Fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlar sifati, bandlik va ish o‘rinlari yaratish, kadastr va mulk masalalari, gaz, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash
va boshqa hayotiy muhim masalalar ko‘tarildi.

Eng muhimi, har bir murojaat shunchaki tinglanib qolmadi — mas’ullar ishtirokida joyida muhokama qilinib, aniq yechimlar, muddatlar va ijrochilar belgilab berildi. Ayrim muammolar shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, fuqarolarning yuzida mamnuniyat ifodasi paydo bo‘ldi.

Qabul davomida nafaqat mavjud muammolar, balki kelajak rivojiga qaratilgan taklif va tashabbuslar ham ilgari surildi. Xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, “Yashil makon” dasturi doirasida hududda yangi bog‘lar barpo etish, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar alohida e’tibor bilan tinglandi. Bu borada mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM