Nurobod tumani hokimligi
13.5K subscribers
42.2K photos
3.7K videos
27 files
5.98K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
#AmirTemur690

Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil toʻldi

🖋 Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, iqtidorli me’mor va notiq — Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi. Ismi tilga olinganda iroda, matonat, vatanparvarlik timsoli sifatida namoyon boʻluvchi buyuk bobokalonimiz 1336-yil, 9-aprelda Kesh(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinida, Amir Tarag‘ay oilasida dunyoga kelgan.



📌 Davlat arbobining ibratli hayot yoʻli, adolat tamoyili asosidagi boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib, ularda faxr hissini uygʻotadi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓 15-aprel – muhim sana!

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni yaqinlashmoqda!

📲 Siz “Soliq” mobil ilovasi orqali:
✔️ 2026-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma’lumot olishingiz
✔️ To‘lovlarni tez, qulay va ortiqcha navbatlarsiz amalga oshirishingiz mumkin

👉 Yer va mol-mulk soliqlarini onlayn to‘lash

To‘lovni oxirgi kunga qoldirmang!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi va Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев по случаю 690-летия со дня рождения Сахибкирана Амира Темура посетит сквер Амира Темура и ознакомится с ходом реконструкции Государственного музея истории Темуридов.

Facebook|
Instagram|X
☄️ OneID mobile ilovasi: xavfsiz, tezkor va ishonchli identifikatsiya!

📱Endi raqamli hukumat tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlaringizni boshqarish yanada tezkor va xavfsiz boʻldi.

🔐 Buning uchun quyidagi oddiy qadamlarni bajaring:

🗄1-qadam: Mobil qurilmangiz turiga qarab, ilovani yuklab oling:
⬇️ GooglePlay (Android uchun)
⬇️ AppStore (iOS uchun)

🗄2-qadam: Agar roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, albatta bir marta roʻyxatdan oʻtib qoʻying. Tizimga tezkor kirish uchun MyID yoki Mobile-ID orqali avtorizatsiyadan oʻting.

🗄3-qadam: MyID orqali kirish uchun:
biometrik pasport/ID karta seriyasi, raqami va tugʻilgan sanani kiriting.
"Davom etish" tugmasini bosing.
Selfiga yuzingizni toʻgʻrilab, shaxsingizni tasdiqlang.
Xavfsizlik uchun 4 ta raqamli PIN-kod oʻrnating.

🗄4-qadam: Tizimga kirgach, asosiy menyudagi "boshqarish" boʻlimiga oʻtib, ogohlantirish maʼlumotlari bilan tanishganingizni tasdiqlang va xizmatni faollashtiring.

🗄5-qadam: Roʻyxatdan kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini bosib, maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat bering.

🛡 Xizmatdan foydalanib boʻlgach, xavfsizlik yuzasidan qulfni qayta yopib qoʻyishingiz mumkin!

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=V1jWm9K-6EM

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Nurobodda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Sharipov boshchiligidagi tuman idoralararo shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi
PQ-1-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda PQ-2-sonli “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli o‘rganishlar olib borildi.

Xususan, tumanning “Qilichli” mahallasida giyohvandlik va ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududda istiqomat qiluvchi, sog‘lig‘ida muammolar mavjud bo‘lgan, spirtli ichimliklar va giyohvandlik vositalariga qaram shaxslarni aniqlash, ularni davolashga yo‘naltirish, sog‘lom turmush tarziga qaytarish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish, profilaktik choralarni manzilli va tizimli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurobodda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi musobaqasiga start berildi

Bugun Nurobod tumanida sportsevarlar uchun unutilmas kunlardan biri — futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqasiga tantanali ravishda start berildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahallalar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadi — aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlab, katta sport sari yo‘naltirishdan iborat.

Tantanali ochilish marosimida Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman DXX rahbari E.Oripov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, nuroniylar, soha mas’ullari hamda ko‘plab sportsevar yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida maydonda hukm surgan iliq muhit, muxlislarning olqishlari va yoshlarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi barchaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

So‘zga chiqqan rahbarlar ushbu musobaqani yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoni sifatida e’tirof etib, ularni sportga yanada faol jalb etish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida bunday tashabbuslarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Nurobod yoshlari viloyat va respublika bosqichlarida ham munosib ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritishlariga qat’iy ishonch bildirildi.

Marosimning muhim qismi sifatida rahbarlar ishtirokida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilib, musobaqada qatnashayotgan barcha jamoalar o‘z raqiblarini aniqlab oldi. Bu jarayon jamoalarda yanada katta ishtiyoq va raqobat ruhini kuchaytirdi.

Barchaning intiqlik bilan kutgan lahzasi yetib keldi — hakamning hushtagi yangradi va Nurobod tumanida DXX raisi kubogining joriy yilgi bahslariga rasman start berildi.

Endilikda maydonlarda haqiqiy kurash, shijoat, mahorat va g‘alabaga intilish hukm suradi. Ushbu musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlaydi, balki kelajakda yurtimiz futbolining yangi yulduzlarini kashf etishiga ham xizmat qiladi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tumani prokurori Jamshid Abdixakimovning tuman aholisiga profilaktik-ogohlantiruv murojaati

Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!

Bugun sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha profilaktik ogohlantiruv murojaatimni yo‘llamoqdaman.

Batafsil: https://gov.uz/oz/nurobod/news/view/151908

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM