Nurobod tumani hokimligi
13.5K subscribers
42.1K photos
3.69K videos
27 files
5.97K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
Mahalla xavfsizligi — jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam poydevori

Nurobod tumanida mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shuningdek, manzilli ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda “2026-yilda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash, ularning hududlardagi ijrosi maqsadida tashkil etildi.

Yig‘ilishda tuman hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Sharipov, shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari, mahalla faollari va tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashishda yangi yondashuv — ya’ni huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etish emas, balki ularni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilib, ildizidan yo‘qotish zarurligi alohida ta’kidlandi. Bu borada har bir mahallada aniq tizim asosida ishlash, muammolarni erta bosqichda aniqlash va manzilli choralar ko‘rish muhim ekani qayd etildi.

Shuningdek, profilaktika ishlari faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasidagi vazifa emasligi, balki mahalla yettiligi, jamoatchilik, ta’lim muassasalari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilgandagina kutilgan natijaga erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda mahallalar kesimida xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha jinoyatchilikka olib kelayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq profilaktik rejalar ishlab chiqish, muammoli xonadonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda nazorat talab etiladigan shaxslar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish, “Xavfsiz ko‘cha” va “Xavfsiz hovli” tamoyillarini keng joriy etish, videokuzatuv vositalari va tungi yoritish tizimlarini rivojlantirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, har bir sodir etilgan huquqbuzarlik holatini chuqur tahlil qilish hamda mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

Muhokama jarayonida ishtirokchilar tomonidan qator taklif va mulohazalar bildirilib, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash — bu har bir fuqaroning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi, farzandlar kelajagi va jamiyat barqarorligining eng muhim omili ekani alohida qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida 2026-yilda mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, huquq-tartibotni mustahkamlash hamda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 IXTIYORIY-QONUNIY-MUKOFOTLI

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining-179-son Qarori, 25.03.2025-yil.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (U.S. International Development Finance Corporation) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va istiqbolda rejalashtirilayotgan yirik investitsiya loyihalari portfelini muhokama qildilar.

“DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi hamda investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, joriy yil davomida qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish rejalari ham muhokama qilindi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkalarini "E-auksion" platformasidan sotib oling!

🟢 Oqdaryo tumanidan 17 ta (ko'rish)
🟢 Bulung`ur tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 82 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 204 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 210 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 18 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 101 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 8 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 270 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 72 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 34 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on shahridan 89 ta (ko'rish)

🎞 e-auksion.uz video

🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish — ustuvor vazifa

Nurobod tuman prokurori J.Abdixakimov boshchiligidagi tuman idoralararo shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli (“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”) hamda PQ-2-sonli (“2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”) qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Nurobod tumani “Chortut” mahallasi hududida giyohvandlik va ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi, sog‘lig‘ida salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslarni aniqlash, ularni davolash muassasalariga yo‘naltirish, sog‘lom turmush tarziga qaytarish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berilib, manzilli ishlash tizimini kuchaytirish, profilaktik choralarni tizimli ravishda olib borish hamda har bir holat yuzasidan individual yondashuvni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JUMA — HOKIM QABULI KUNI!

Hurmatli Nurobod tumani aholisi!

Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni joyida hal etish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish maqsadida muhim o‘zgarish joriy etildi.

Endilikda, ilgari haftaning payshanba kunlari o‘tkazib kelinayotgan Nurobod tumani hokimi M.Buranovning fuqarolar qabuli, “Payshanba — yoshlar kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan:

har hafta JUMA kuni, soat 09:00 da o‘tkaziladi.

Bu — har bir fuqaroning muammosi e’tiborsiz qolmasligi, har bir murojaat o‘z yechimini topishi yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir!

Sizni qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslaringiz bilan bevosita hokim qabuliga kelishingiz mumkin.

Manzilga keling, muammoingiz yechim topadi!


📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 93 724 74 70

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AmirTemur690

Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil toʻldi

🖋 Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, iqtidorli me’mor va notiq — Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi. Ismi tilga olinganda iroda, matonat, vatanparvarlik timsoli sifatida namoyon boʻluvchi buyuk bobokalonimiz 1336-yil, 9-aprelda Kesh(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinida, Amir Tarag‘ay oilasida dunyoga kelgan.



📌 Davlat arbobining ibratli hayot yoʻli, adolat tamoyili asosidagi boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib, ularda faxr hissini uygʻotadi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓 15-aprel – muhim sana!

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni yaqinlashmoqda!

📲 Siz “Soliq” mobil ilovasi orqali:
✔️ 2026-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma’lumot olishingiz
✔️ To‘lovlarni tez, qulay va ortiqcha navbatlarsiz amalga oshirishingiz mumkin

👉 Yer va mol-mulk soliqlarini onlayn to‘lash

To‘lovni oxirgi kunga qoldirmang!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi va Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев по случаю 690-летия со дня рождения Сахибкирана Амира Темура посетит сквер Амира Темура и ознакомится с ходом реконструкции Государственного музея истории Темуридов.

Facebook|
Instagram|X
☄️ OneID mobile ilovasi: xavfsiz, tezkor va ishonchli identifikatsiya!

📱Endi raqamli hukumat tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlaringizni boshqarish yanada tezkor va xavfsiz boʻldi.

🔐 Buning uchun quyidagi oddiy qadamlarni bajaring:

🗄1-qadam: Mobil qurilmangiz turiga qarab, ilovani yuklab oling:
⬇️ GooglePlay (Android uchun)
⬇️ AppStore (iOS uchun)

🗄2-qadam: Agar roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, albatta bir marta roʻyxatdan oʻtib qoʻying. Tizimga tezkor kirish uchun MyID yoki Mobile-ID orqali avtorizatsiyadan oʻting.

🗄3-qadam: MyID orqali kirish uchun:
biometrik pasport/ID karta seriyasi, raqami va tugʻilgan sanani kiriting.
"Davom etish" tugmasini bosing.
Selfiga yuzingizni toʻgʻrilab, shaxsingizni tasdiqlang.
Xavfsizlik uchun 4 ta raqamli PIN-kod oʻrnating.

🗄4-qadam: Tizimga kirgach, asosiy menyudagi "boshqarish" boʻlimiga oʻtib, ogohlantirish maʼlumotlari bilan tanishganingizni tasdiqlang va xizmatni faollashtiring.

🗄5-qadam: Roʻyxatdan kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini bosib, maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat bering.

🛡 Xizmatdan foydalanib boʻlgach, xavfsizlik yuzasidan qulfni qayta yopib qoʻyishingiz mumkin!

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=V1jWm9K-6EM

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Nurobodda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Sharipov boshchiligidagi tuman idoralararo shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi
PQ-1-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda PQ-2-sonli “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli o‘rganishlar olib borildi.

Xususan, tumanning “Qilichli” mahallasida giyohvandlik va ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududda istiqomat qiluvchi, sog‘lig‘ida muammolar mavjud bo‘lgan, spirtli ichimliklar va giyohvandlik vositalariga qaram shaxslarni aniqlash, ularni davolashga yo‘naltirish, sog‘lom turmush tarziga qaytarish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish, profilaktik choralarni manzilli va tizimli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM