Nurobod tumani hokimligi
14.2K subscribers
41.7K photos
3.65K videos
27 files
5.9K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
Bir tomorqa — ming imkoniyat: Sahobadagi ibratli tajriba

Nurobod tumanining eng chekka cho‘l hududlaridan biri hisoblangan Sahoba mahallasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, poliz va sabzavot ekinlarini yetishtirish hamda ichki bozorlarni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taxsinga sazovordir.

Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov Sahoba mahallasida istiqomat qiluvchi Zubaydullo bobo Egamnazarov xonadonida bo‘lib, tomorqadan unumli foydalanish tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Zubaydullo bobo o‘z tomorqasida tarvuz va qovunning unumdor, serhosil navlarini, shuningdek pomidor va bodringni ertapishar turlarini yetishtirib, nafaqat o‘z xonadoni ehtiyojini qondirib kelmoqda, balki ichki bozorlarni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xususan, o'z tomorqasida agrotexnik talablar asosida parvarish qilinayotgan ekinlar yuqori hosildorlik ko‘rsatkichlarini bermoqda. Eng muhimi, cho‘l hududida joylashgan mahallada ham to‘g‘ri yondashuv va mehnatsevarlik evaziga yuqori daromad olish mumkinligi amaliy misolda namoyon bo‘lmoqda.

Tuman hokimi tomonidan Zubaydullo boboning ilg‘or tajribasi alohida e’tirof etilib, ushbu tajribani butun mahalla bo‘ylab ommalashtirish, tomorqadan samarali foydalanish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, tomorqachilikni rivojlantirish nafaqat aholi bandligini ta’minlash, balki oilaviy daromadni oshirish, ichki bozorlarimizni sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Sahoba mahallasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar tumanda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, cho‘l hududlaridan samarali foydalanish hamda aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

Manzil: Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurdum MFY

1️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
2️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
3️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
4️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
5️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
6️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
7️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
8️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
9️⃣ 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈
🔟 🔰Lot batafsil ko‘rish 👈

⭕️ Izoh: Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!

🎞 Video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi halollik, ertangi farovonlik!

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari safarini, anʼanaga koʻra, Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Сурхандарьинскую область. По традиции, глава нашего государства начал свою поездку с посещения мавзолея Хакима ат-Термези.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ziyorat

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
E’tibor va g‘amxo‘rlik — ustuvor qadriyat

Bugun Nurobod tumanida insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy birdamlik ruhida tuman prokurori J.Abdixakimov tashabbusi bilan tumandagi 18-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida imkoniyati cheklangan hamda nogironligi mavjud yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan konsert dasturi tashkil etildi.

Mazkur tadbirning bosh maqsadi — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, san’at va ijod orqali ruhiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat e’tiborini bu qatlam muammolariga qaratishdan iborat bo‘ldi. Konsert davomida bolalar va yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar, shuningdek ko‘rgazmali sahna chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Sahna ko‘rinishlarida yosh ijodkorlarning iste’dodi, hayotga bo‘lgan ijobiy qarashi va san’atga muhabbati yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadbir nafaqat tomosha, balki tarbiyaviy va ruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, unda ishtirok etgan yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.

Yakunda tadbir ishtirokchilariga Nurobod tuman prokuraturasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu e’tibor yoshlar uchun katta rag‘bat bo‘lib, ularning kelgusida ijodiy faolligini yanada oshirishga xizmat qilishi tayin.

Mazkur tashabbus Nurobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish va “inson qadri — oliy qadriyat” tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🧡@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM