Nurobod tumani hokimligi
13.3K subscribers
42.3K photos
3.7K videos
27 files
6K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
Nurobod tumanidagi 1-son Politexnikumida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlanmoqda

Nurobod tuman hokimligida tumanidagi 1-son Politexnikumida tashkil etilayotgan “Quyosh fotoelektr qurilmalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursiga tayyorgarlik yuzasidan yakuniy muhokamalar o‘tkazildi.

Muhokama yig‘ilishida tuman hokimligi mutasaddilari, Hindistonning “Larsen & Toubro” kompaniyasi vakillari hamda 1-son Politexnikum rahbariyati va mas’ullari ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi — malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda tuman aholisi bandligini ta’minlashdan iborat.

Loyiha doirasida Hindistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ilg‘or tajribalar va amaliy ko‘nikmalarga asoslangan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Bu esa yoshlarning zamonaviy energiya texnologiyalari, xususan, quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatish, boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun muhim zamin yaratadi.

@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

В преддверии седьмой Консультативной встречи глав государств Центральной Азии в Ташкенте опубликована статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Центральная Азия на пороге новой эпохи".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⛔️ EHTIYOT BO‘LING – FIRIBGARLAR

🔴 Diqqat! Hududlarda ayrim nopok shaxslar tomonidan “Pensiyangiz miqdorini oshirib beramiz” degan yolg‘on va’dalar bilan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini olib, ulardan pul talab qilish holatlari kuzatilmoqda.

❗️ Eslatib o‘tamiz:

Pensiya miqdorini oshirish faqat Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda, fuqarolarda pensiyasini qayta hisoblash uchun asoslar paydo bo‘lganda faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Pensiya jamg‘armasining hech bir xodimi fuqarolarga ko‘chada pensiya miqdorini oshirib berishni taklif qilmaydi.

Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon taqdim qilmang.

Agar shu kabi shubhali holatlarga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga xabar bering:

📞 1271 —Pensiya jamg‘armasining ishonch telefoni
📞 102 — Ichki ishlar organlari.

⚠️ O‘zingizni va yaqinlaringizni firibgarlarga aldanishdan ehtiyot qiling!


📞 12-71

@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi — fuqarolar osoyishtaligi posboni

Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan tuman hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning mol-mulkini himoya qilish yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda.

Hozirda bo‘lim shaxsiy tarkibi tomonidan 9 ta obekt va 184 ta xonadon doimiy qo‘riq ostiga olingan. Shuningdek, aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida 306 ta tashvish tugmasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tezkor xabarlar qabul qilinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qo‘riqlash xodimlarining ogohligi va fidokorligi tufayli 56 ta turli huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldi olingan.

Bo‘lim faoliyatida zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Xususan, “aqlli” kuzatuv kameralar, signalizatsiya tizimlari va mobil kuzatuv qurilmalari qo‘riqlash samaradorligini yanada oshirmoqda. Shu bilan birga, xizmatdagi “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi yordamida savdo do‘konlari va xonadonlardan kelib tushgan signal chaqiriqlariga tezkor yetib borish imkoniyati yaratilgan.

Xodimlardan I.Tirkashov, D.Qodirov va Sh.Jo‘rayevlar har bir tashvish signaliga o‘z vaqtida yetib borib, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashda namunali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bugun Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari davlat va xususiy obektlarni ishonchli qo‘riqlashda, fuqarolarning tinch hayoti uchun kecha-yu kunduz xizmatda.
Ularning mehnati natijasida tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida ijobiy natijalar kuzatilmoqda.


S.Xolikov
Nurobod tuman Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i, mayor

@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi arafasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” nomli dasturiy maqolasi chop etildi.

Maqolada so‘nggi yillarda mintaqani tubdan o‘zgartirgan jarayonlar va uni yangi bosqichga – ishonch, ochiqlik va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik davriga olib kelgan omillar atroflicha yoritiladi.

Tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barqaror va mustahkam o‘zaro anglashuv muhiti shakllandi. Chegaralarning huquqiy jihatdan to‘liq rasmiylashtirilishi, suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar, o‘zaro savdo hajmining o‘sishi, transport yo‘laklarining faollashuvi va qo‘shma investitsiya loyihalarining kengayishi mintaqaviy jipslashuv uchun mustahkam asos yaratib bermoqda.

Maqolada Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlarning to‘liq subyekti sifatida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab borayotganiga alohida ahamiyat berib o‘tilgan. Xususan, “Markaziy Osiyo plyus” formatlari jahon hamkorlari mintaqani yagona barqarorlik, muloqot va mas’uliyat makoni sifatida qabul qilayotganini ko‘rsatmoqda.

Mintaqaviy hamkorlik tabiiy yo‘l bilan – suverenitet, teng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari asosida rivojlanishi kerakligi alohida qayd etib o‘tilgan.

Davlatimiz rahbari mintaqamiz oldida turgan eng muhim masalalarni ham sanab o‘tdi. Mavjud mexanizmlarga barqaror tus berish, xavfsizlikni birgalikda ta’minlash, mintaqaviy savdo, ekologiya, gumanitar aloqalar va tashqi siyosatda kelishib harakat qilish borasida umumiy vazifalarimiz qanday bo‘lishi kerakligi yuzasidan nuqtayi nazar bayon qilingan.

Umuman, maqola mintaqamizda kechayotgan jarayonlarning asl mazmun-mohiyatini ochib beradi, bu ongli va ortga qaytmas tanlov ekanini aniq misollar asosida tushuntiradi, nafaqat O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-­harakatlari va sadoqatini tasdiqlaydi, balki qardosh hamkorlarimizni mintaqaning umumiy kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lishga chaqiradi.

Maqolaning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida, “Yangi O‘zbekiston” va “Xalq so‘zi” gazetalarida tanishishingiz mumkin.

Facebook|Instagram|X
Nurobod tumanida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” ko‘rik-tanloviga start berildi

Xonadoningiz, ko‘changiz, mahallangizni obod qilib — avtomobil yuting!

Nurobod tumanidagi barcha mahallarda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” Respublika ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichiga rasman start berildi.

Tanlov doirasida tumandagi mahallalarda dastlabki saralash ishlari boshlandi.
Baholash jarayonlarida mahalla yettiligi, faollar ishtirok etib, belgilangan mezonlar asosida xonadonlar, ko‘chalar hamda mahallaning umumiy obodonligi, tozaligi va yashash muhitining namunaviyligi sinchiklab o‘rganilmoqda.

Mazkur ko‘rik-tanlov nafaqat hududlarni ko‘rkamlashtirish, balki fuqarolarda jamoaviy tashabbus, oilaviy bag‘rikenglik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, eng namunali xonadonlar, ko‘chalar va mahallalar tanlovning tuman, viloyat hamda Respublika bosqichlariga yo‘llanma oladi.
Yakunda esa g‘oliblar avtomobil va boshqa qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi

Поздравление Президента Республики Узбекистан участникам международного конгресса «Центральная Азия: общее духовно-просветительское наследие – общее будущее»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AntiKorrupsiya #HalollikYolida
#TozaKelajak #NurobodKelajagi

⛔️ Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir fuqaroning burchi!

Biz Nurbod tumani hokimligi jamoasi — korrupsiyaga qarshimiz!

@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj: Nurobodga Mo‘g‘ulistondan “Bayat” zotli qo‘ylar olib kelindi

@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurobod tuman hokimligida ijro intizomi masalalari muhokama qilindi

Bugun Nurobod tuman hokimligida ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Ibragimov rahbarlik qildi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek, tuman hududidagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Majlis davomida tuman hokimining sayyor qabullarida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosi, tuman hokimligi va tashkilotlarda ijro intizomi, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda hujjatlar bilan ishlash tartibi batafsil tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish holati tahlil etilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida R.Ibragimov barcha rahbarlardan ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlashda fuqarolarga e’tiborli bo‘lish, har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini ta’kidladi.

@nur_press
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM