NUKUS INNOVATSION INSTITUTI
3.21K subscribers
5.06K photos
305 videos
10 files
1.23K links
Nukus innovatsion institutining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
πŸ“· #Milliy_liboslar_haftaligi, #Fotolavha, #NII

Nukus innovatsion institutida "Milliy liboslar" haftaligiga start berildi

Joriy yilning 16β€”21-sentabr kunlari institutimizda milliy qadriyatlarimizni yanada kengroq targβ€˜ib etish maqsadida "Milliy liboslar" haftaligi bo'lib o'tmoqda. Shu munosabat bilan Nukus innovatsion institutida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni Nukus innovatsion instituti rektori A'zamov Anvar Muzaffarovich kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng tadbirning badiiy qismlari o'tkazilib, institutimiz talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan milliy ko'rgazma hamda milliy liboslar taqdimoti o'tkazildi.

Yakunda "Milliy liboslar" haftaligida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o'tamiz, Nukus innovatsion institutida "Milliy liboslar" haftaligi joriy hafta yakuniga qadar davom etadi.

πŸ“ƒ Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
πŸ•ŠTelegram πŸ“±Instagram πŸ“±Facebook πŸ“ΊYouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM