@$NURSULTON TUXTAYEV$@ Ijod na'munalari.
29 subscribers
7 photos
1 video
3 links
Download Telegram
****


Kimga qasr kerak! Kimga mol-dunyo,
Ortidan quvamiz,tinim bilmayin.
Dunyo bizniki deb o'ylaymiz go'yo,
Alloh bergan rizqqa,kanda qilmayin.

Erkak qasam ichib,qasamdan tonsa
Barini yolgʻonga,sarobga yo'ydik.
Mol-dunyo ishqida,nafsidan qonsa
Bir so'z deyolmadik,yurakka tuydik!

Ona o'z jigarin,pulga sotmoqda,
Aqchalar changali,domiga tortib
Pul uchun vijdonni,chetga otmoqda.
Toza vijdonidan,nafslari ortib.

Ayting bu qandayin,nadomat axir,
Aka o'z jigarin,uyidan quvsa
Kelmaydimi? Bizga,Allohdan qahir.
Inson vijdonnimas,nafsini suysa.

Ey inson taraddud qil qiyomatga
Gunohing ketdiku,savobdan oshib
Qanoat qil Alloh bergan ne'matga.
Cho'ntaging pul ko'rib,ketmagin toshib.

Har bir amalingning bordir so'rog'i
Hech biri javobsiz,qolmaydi bilgin.
Senga kerak axir,savob ko'prog'i
Keyin kech bo'lmasdan,tavbangni qilgin!

31.07.2022
🔥3🥰1
Yolg'onchi qiz

Chidolmasam netay? jonim,
Uzoqlarga ketay jonim,
Axir bo'lmoqchi eding
Dunyodagi erka xonim.

Sarson qoldim izlaringda,
Aksim ko'rib yuzlaringda,
Jonim deya aytar eding
Aytar har so'zlaringda!

Qizg'onardim, o'zimdan
Qilardim rashk ko'zimdan
Endi ranjima gulim,
Aytgan so'nggi so'zimdan.

Armon endi orzular,
Yuzingdagi yog'dular,
Endi senga atalgan
Sarson qoldi tuyg'ular.

Sevgim sarob bo'ldida,
Ko'zyoshlarim to'ldida,
Ikkimizni mensimay
Bu shum taqdir kuldida.

Yetmay qoldi bardoshim,
Endi tunlar sirdoshim,
Amuga joy bo'lmaydi
Bitta to'kkan ko'zyoshim.

Yolg'onchi qiz iltimos?
Boshqa qalbni aldamang.
Yetar shuncha ehtiros
Boshqa meni qiynamang!

Onamga so'z berdim men
Qaytib sevmayman endi.
Shunchasiga ko'ndim men
Qaytib kuymayman endi!

02.08.2022.
Kursdoshlarim

Bir-birin aybini yashirmoqqa shay
Qoʻlida konspekt,tashvish bir talay
Sizning boringizga,quvonib yashay
Baxtimga bor boʻling,KURSDOSHLARIM!

Hazil-huzullarni kanda qilmaymiz
Dars boshlanguncha tinim bilmaymiz,
Sessiyada birdam, hech yiqilmaymiz.
Baxtimga bor boʻling KURSDOSHLARIM!

Talabalik baxtin birga his qildik
Ishlarni doimo birga besh qildik
Kimdir siqilganda,birga siqildik,
Baxtimga bor boʻling KURSDOSHLARIM!

Yillar ogʻushi-la oʻtmoqda umr
Zarhal harflar-la bitmoqda muhr
Borliq yuzingizda,etdiku zuhur,
Baxtimga bor boʻling KURSDOSHLARIM!

Butun olamlarni rohatbaxshligi
Butun borliqlarning sof qarashligi
Tanho chiroylarning eng yarashligi
Sizlarga tiladim,KURSDOSHLARIM!
👍4👏2
👍5
Ey,inson, qirq yoshinggacha kattalar bilan yur, hayotni oʻrganasan,
Qirq yoshingdan soʻng oʻzingdan kichiklar bilan yur, yosharib yurasan.

N.Tuxtayev
👍9
Ustozlar davrasida boʻlmoq,
Dunyo oʻgitlarini olmoqdir.
👍8
Muhabbat

Koʻzim ochib yumguncha,
Keldi, ketdi muhabbat
Ulgurmadim his etmoqqa.
Juda ekan betoqat!

Na koʻnglimga qaradi,
Na dilimni soʻroqlab,
Na qalbimni soʻradi?
Ketdi,bordi yiroqlab!

Alamimdan koʻzim qon,
Halqumimga, keldi jon
Meni sinab muhabbat,
Boʻldi koʻnglimga, xoqon.

Ishq bozori avjida
Toʻlqinlanar mavjida.
Xaridori oʻzimman,
Savdosi qizgʻin juda.

Muhabbat oliy maqom,
Hisobi yoʻq bir raqam,
Unda biror gʻolib yoʻq,
Xullas,dunyo biri kam!

N.Tuxtayev
23.01.2023
👍5
Dadam

Davringizda yuribmanda qaddim kerib,
Alloh sochgan rizqlarimni bir-bir terib,
Mening davr-u davronlarni surishimga,
Qaddingizni eggandingiz, ming bukilib!
Baxtimizsiz,borimizsiz borim Dadam.
Yuragimda urib turgan,jonim Dadam!

Ellikkacha halovatni bilmadingiz!
Bizlar uchun bir soniya tinmadingiz,
Yirtiq chopon egningizda,yangi deya
Yoʻqchilikda menda yoʻq deb,sinmadingiz.
Dunyodagi eng tabarruk borim Dadam.
Yuragimda urib turgan,jonim Dadam!

Yurtda obroʻ-eʼtiborni qozondingiz,
Kelajakning mevasi-chun siz yondingiz.
Oʻzgalarga yomonlikni koʻrmay ravo,
Yolgʻonlardan chekindingiz, chin tondingiz.
El-yurt uchun sadoqati borim Dadam.
Qon-qonimga singib ketgan jonim Dadam!

Qarang, bugun sochingizda oq kezibdi,
Dard sezmagan tanangiz ham dard sezibdi,
Farzandlarim baxti-kamol koʻrsin degan,
Oʻy-xayollar bugun sizni,xoʻp ezibdi.
Tashvishlarga bardoshlari borim Dadam.
Elda yurgan ham gʻururim,orim Dadam!

Mevasini koʻrgay bugun mehnatingiz,
Doim boʻlsin yuksaklarda hurmatingiz,
Quvonch ila chiqsin bir kun yodingizdan,
El oldida chekkan shuncha zahmatingiz.
Yuraklarda urib turgan, jonim Dadam
Qon-qonimga singib ketgan,qonim Dadam!

Vaʼda beray, sizga bugun yigit soʻzim,
Ochiq tursa, Ilohim shu nurli koʻzim.
Onam bilan birga olib ikkingizni,
Alloh uyi - Kaʼbalarga eltay oʻzim.
Kulib yuring, koʻzimdagi nurim Dadam.
Dunyodagi, ishonganim zoʻrim Dadam!

N.Tuxtayev
Nurobod tuman 30-maktab targʻibotchisi
👍92🔥1
Baxtimizga ota-onalarimiz doimo bor boʻlishsin!
👍4
Qardoshlarga!

( Yoxud,zilzila talafotidan jabr chekayotgan turk birodarlarimizga bagʻishlandi )

Toʻrt devorning orasinda joni qolgan,
Vayronaga sachrab tushgan qoni qolgan,
Ich-ichidan eng oxir darmoni qolgan,
Sizga sabr tilagaymiz Allohimdan!

Ming-mingtalab qardoshlarim olib ketsa,
Farzandlari tul yetimdek qolib ketsa,
Yosh umrini, kuchli ofat olib ketsa
Kuyinamiz qardoshlarga,Musulmonmiz.

Koʻz oʻngimiz qoplanadi-zimistonlar.
Dil izhorin koʻrmay oʻtgan- dilistonlar!
Xunuk shahar, qabrlarsiz-qabristonlar,
Kuyinamiz qardoshlarga,Musulmonmiz!

Kuzatib men toʻlib ketdi,koʻzyoshlarim.
Tilimiz bir,dinimiz bir,dindoshlarim!
Haq yoʻlida yoʻlga chiqqan,yoʻldoshlarim.
Robbim sabr bersin sizga,qondoshlarim!

N.Tuxtayev
08.02.2023
👍8
Insoniylik


Endi tark etaylik, kibrni doʻstlar!
Mol-dunyo maqtanish uchun berilmas,
Barchamiz bandamiz birdek,Allohga
Oʻzligin bilganlar zoye kerilmas!

Barchasi oʻtginchi,sinovli dunyo!
Birdek tatimaydi, hech birimizga
Anglamay qolamiz,tushmi yo roʻyo!
Gina yuklamaylik, bu koʻnglimizga.

Yaxshi-yu, yomon soʻz bir tildan chiqar
Mehmonmiz barchamiz,ketmoqlik tayin,
Insonni dilini riyozat ezar,
Boʻlaylik barchamiz muloyim, mayin!

Kapalak umricha yoʻqdir kafolat,
Hazrati insonlar boqiy umriga,
Bizga hamroh boʻlsin,lutf-iltifot
Jonni baxsh etaylik,taqvo yoʻliga!

N.Tuxtayev
14.02.2023
👍3
Kambagʻal deb kamsitmang

( Sevgisiga yetolmagan bir qadrdon ukamiz buyurtmasiga yozildi! )


Kambagʻal deb kamsitmang,
Shukur, ota-onam bor!
Xoʻp,siz haqsiz,indamang
Gʻarib koʻnglim,begʻubor.

Ozor cheksa bu jonim,
Onajonim zorlanur,
Zir qaqshaydi, jon tanim
Xasta dilim,xoʻrlanur.

Kambagʻallik ayb emas,
Bu shunchaki qismatdir,
Men gʻaribman deb emas!
Yashamoqlik himmatdir.

Muhabbatim hurmati,
Bir qizga sovchi qoʻydim
Oshib tushdi minnati;
Hayosizlikka yoʻydim!

Qaytib keldi sovchilar,
Oshin qoʻldan oldirib,
Bu omadsiz ovchilar
Qoʻydi, oʻyga toldirib.

Onam kirdi eshikdan,
Xomushdir,dili vayron
Bolam xafa boʻlmagin,
Javobiga men hayron.

Shunday dedi: bobosi,
Tengi emas ekanmiz,
Koʻrpamizga oyoqni,
Qarab uzatarkanmiz.

Men kulib, dedim ona!
Dunyoda kammi qizlar,
Yoʻlimda uchrar, yana
Barno koʻzli oy yuzlar.

Mayli desin kambagʻal,
Uyalmayman holimdan,
Shukur ota-onam bor!
Boy bormi ortiq mendan.

Tuganmas chin boyligim,
Tanho mehri hayosi!
Bor boyligim, borligʼim
Ota-onam duosi!


N.Tuxtayev
17.02.2023
02:30
👏11👍1🤨1
#Мулоҳаза

Зилзилагача 17 сония қолганда бу одамнинг 3 та уйи бор эди, 17 сониядан сўнг эса 3 дона нони ҳам йўқ эди. У қўлида бошқалар берган нон билан турибди. Шундай экан кибрга берилмайлик. Ҳамма нарса нисбий. Аллоҳ истаса 1 сониянинг ўзида барчасини ўзгартиради.

Батафсил 👉🏽 Дунё🌐Уз
Begona haqiqat


Insonlar aktyor,boʻlib tugʻilmas,
Rollarni oʻzlari, tanlab olishar!
Bu taqdir barchaga,birdayin kulmas,
Kimdir shukr aytar,kimdir nolishar!

Asil yuz boshqa-yu,tashqi qiyofa!
Tili boshqa olam,dili boshqalar
Tabiating oʻrganib,oʻzdan ziyoda,
Intiho ortingdan,rosa tosh qalar.

Xordiqqa aylanar,sening gʻiybating
Bosilgan qadaming,suhbat qilishar.
Salbiy baholashib,sin-u siyrating
Uydirma boʻhton-u, tuhmat ilishar.

Tor dunyoda, keng fel bilan yuribmiz
Andishaning otin, qoʻrqoq qoʻyishib,
Ming shukur, hali ham dadil turibmiz!
Safdor qadamlarda,magʻrur turishib!
👍7
Bugun, muhtaram padari buzrukvorimning tugʻilgan kunlari munosabati bilan "Nurobod" gazetasiga kichkina ijod naʼmunamizdan taqdim qilgan edik. Gazetaning bugungi sonida chop etishibdi,shu fursatdan foydalanib men gazeta jamoasiga hamda Nodira Botirova ustozimizga oʻz minnatdorchiligimni izhor etaman!
👏6👍4🔥3
Onangizni oyogʻidan oʻpganmisiz?

Gohi kechib, foniy dunyo tashvishidan.
Yiroq yurib gap sotarlar mish-mishidan!
Xayolingiz bitta joyga yiqqanmisiz?
Onangizni oyogʻidan oʻpganmisiz?

Mana shuncha jon rohatin xushladingiz,
Dunyo quvib, oʻzingizcha yashnadingiz!
Tandirida kuyib nonlar yopganmisiz?
Onangizni oyogʻidan oʻpganmisiz?

Kecha-kunduz joni azob chekkanda ham
Tashvishlardan boshi toshga tegganda ham!
Dalda berib suyib jondan quchganmisiz?
Onangizni oyogʻidan oʻpganmisiz?

Tunlar bedor beshigingiz quchganini,
Bir siz uchun jonidan ming kechganini.
Bir soniya his qilib hech koʻrganmisiz?
Onangizni oyogʻidan oʻpganmisiz?

Bu tuganmas tashvishlardan kechsangiz ham
Qutulmoqqa ming qasamlar ichsangiz ham!
Tashvishlarga qoʻl siltab yer tepganmisiz?
Onangizni oyogʻidan oʻpganmisiz?
👍17
Shoirlik kasb emas,ammo ta'lantdir.
Ilhom kelganida qalam olmasang
Senga rahmat emas,albat laʼnatdir.
👍8👏1
***

Sevgi balki shudir jonim,
Talpinasan yetolmaysan.
Qalbimdagi erka xonim
Endi mendan ketolmaysan!

Qoʻling tutdim,ishqim bilan
Qalbim senga etib tortiq .
Azob beray, rashkim bilan
Nima kerak bundan ortiq.

Bahor boʻlib hayotimda
Yashnab yurgin guldek boʻlib,
Alqab yuray bayotimda!
Hech qolmagin, yeldek soʻlib.

Koʻrkam bogʻim malikasi!
Bogʻboningman yolgʻizgina,
Sen qalbimning shoʻx erkasi,
Yigʻlama koʻp sen qizgina!
👍14🔥4🥰32
👍6👌3
👍81