Psixologiya siz uchun/ PSYCHOLOGY is for you
164 subscribers
1.6K photos
513 videos
12 files
363 links
Download Telegram
"Ba'zida o'zingizni bo'laklarga bo'lingandek his qilasiz... Ammo hayotni kaleydoskop deb tasavvur qilsangiz, eng ajoyib suratlar parchalar orasidan chiqadi".
Men insonning yolg‘iz o‘zi qolishini hayotdagi eng katta yomonlik deb bilar edim. Biroq, endi bilsam, hayotdagi eng katta yomonlik insonning o‘zini yolg‘iz his etadigan qilib qo‘yadigan kishilar bilan birga yashashi ekan.

«Hikmatlar – saodatga yetaklar» kitobidan
👍21
O'ylab ko'rib keyin qaror qiling, qaror qildingizmi - o'ylamang.

Yapon maqoli
🔥31👍1
"Darhaqiqat, ba'zida insonning «hayvoniy» shafqatsizligi haqida gapirishadi, ammo bu hayvonlarga nisbatan g'irt adolatsizlik va haqoratdir: hayvon hech qachon insonchalik shafqatsiz, uchalik san'atkorona, bunchalik ijodkorona shafqatsiz bo'la olmaydi."

"Aka-uka Karamazovlar"
18-bet sindromi: Nega ko‘pchilik mutolaani yarmida tashlab ketadi?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat kitobxonlar kitobning aynan 18-betiga kelganda qiziqishni yo‘qotib, mutolaani to‘xtatishar ekan. Nega aynan boshlanishida?

Buning bir nechta sababi bor:
“Isinish” jarayoni: Har qanday kitobning dastlabki sahifalari – bu muallif dunyosiga kirish. Ko‘pchilik bu bosqichdagi sekinlikka sabr qilolmaydi.
Noto‘g‘ri tanlov: Biz ko‘pincha kitobni muqovasi yoki trendda bo‘lgani uchun tanlaymiz, lekin u bizning dunyoqarashimizga mos kelmasligi mumkin.
Diqqat tarqoqligi: Zamonaviy texnologiyalar bizni qisqa va tezkor ma’lumotlarga o‘rgatib qo‘ydi. Uzun hikoyalar biz uchun "zerikarli" tuyula boshladi.

Maslahat: Agar kitob 20-30 betdan keyin ham sizni o‘ziga tortmasa, uni majburlab o‘qimang. Lekin 18-betdagi “to‘siq”dan o‘tib olsangiz, sizni butunlay boshqa bir dunyo kutib turgan bo‘lishi mumkin!

Sizda ham shunday bo‘ladimi? Kitobni oxirigacha o‘qishga nima majbur qiladi (yoki nima to‘sqinlik qiladi)?
4
“Insonning insonga nisbatan holati — hammaning hammaga qarshi urushidir.”
(Lotincha: Bellum omnium contra omnes)
Tomas Gobbs
1
#Qadr

Hayotga ozgina boshqacha nazar tashlashga yordam beradigan oddiygina savollar 😊

1. Dunyoning 5 ta eng boy kishilarini
2. "Dunyo go‘zali" tanlovining so‘nggi 5 ta g‘olibasini
3. "Teffi" mukofotining 5 lauretani
4. Nobel mukofotining 5 lauretini sanang.

Eslolmadingizmi? Hechqisi yo‘q - buni ko‘pchilik eslamaydi.
Qarsaklar bir kun to‘xtaydi. G‘oliblarni unutib yuborishadi.

Endi esa boshqa savollar:

1. Og‘ir damlaringizda yoningizda bo‘lgan uchta do‘stingizni eslang.
2. Hozir ham minnatdorlik bilan yodga oladigan 3 ta muallimingizni esga oling.
3. Sizda iliq tuyg‘ular uyg‘ota olgan uch kishini yodga oling.
4. Sizni yaxshi ko‘radigan insonlarni eslang.

Bunisi osonroq kechdi, to‘g‘rimi?

Bu insonlar milliy reytinglardan o‘rin olmagan, xalqaro sovrinlar va mukofotlarga ega emas va dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida ham yo‘q.

Lekin ular sizni qadrlashadi, yaxshi ko‘rishadi va siz uchun qayg‘urishadi.

Shunday ekan, yonimizdagilarni qadrlab yashash eng muhimi emasmi?
6
Kun maslahati

Bitta yomon kayfiyat sabab butun hayotingiz haqida xulosa chiqarmang.
Kayfiyat vaqtinchalik, ammo kayfiyat va qarorlar o’zgarishi mumkin.
🧠 Nozira
8
«Bu dunyoni chuqur tushunganing sari o‘zingni yakson qilaverasan. Shuning uchun tentaklar doim baxtli, aqllilar esa yolg‘izlikka mahkum».

✍️ Dostoyevskiy
👍82🔥1
Maya Angelou shunday degan edi: "Sizda muvaffaqiyatsizliklar bo'lishi mumkin, lekin siz mag'lub bo'lmasligingiz kerak."

Hayotda qiyinchiliklar hech kimni ayamaydi. Ular kelaveradi — kutilmaganda, noqulay paytda, ba'zan bir-biriga ulanib. Lekin muhimi — qiyinchilikning kelishi emas, balki sening unga qanday javob berishing.

Angelou o'zi og'ir bolalik, kambag'allik va ko'plab to'siqlarni boshidan kechirgan inson edi. Shunga qaramay, u dunyoga umid va kuch haqida gapirdi. Chunki u bilardi: har bir qiyinchilik — bu yakun emas, balki yo'lning bir qismi.

Qachonki ish yurishmasa, reja amalga oshmasa yoki kuch qolmagandek tuyulsa — shuni eslang: bu vaqtinchalik holat. Muvaffaqiyatsizlik — yakuniy hukm emas, u faqat bir bosqich. Muhimi, tik turishda davom etish.

Kichik bir qadam ham — oldinga siljish. Bugun charchagan bo'lsangiz ham, ertaga yana urinib ko'ring. Chunki mag'lubiyat — faqat to'xtaganingizda haqiqiy bo'ladi.

Siz uchun eng katta qiyinchilik deb o’ylagan vaziyatdan qanday chiqqansiz? Fikringiz bilan bo’shing.
2
36 yoshimda bugun anglagan
haqiqatlarim.

Meni hech qachon tashlab ketmaydigan va men uning oldida o’zimni ming kuyga solmay, asl holimcha bo’la oladigan inson- bu mening o’zim ekanligimni anglab yetdim.
Men o’z o’zimga ishonishim va suyanishim mumkin.
Hech kim hech qachon bizni biz istaganchalik sevmaydi, qanday xohlasalar, shunday sevadilar.
Ammo boshqa insonlarga bog’lanib qolish va ularning o’zgaruvchan kayfiyati bizni aslo baxtli qilolmaydi- bu bizni qulay insonga aylantiradi xolos.
Biz ko’nikishga, o’zimizni to’g’rilashga, ichki g’alayonlarimizni bosishga va noroziligimizni sukutga aylantirishga shunchalik o’rganib qolamizki, oxir oqibat portlashimiz muqarrardir….
👍43🔥1🥰1
Men o’z-o’zimni xursand qiladigan bu dunyoda, endi kimningdir menga g’amxo’rlik qilishini kutib o’tirmayman, aksincha, o’zim baxt sari intilaman.
Men o’z-o’zimni qo’limdan tutib, o’zim istagan tuyg’ularni his eta oladigan, eng yaqin insonlarimga ishona oladigan joy tomon boraman.
Shuningdek, men o’z o’zimdan mamnun bo’ladigan dunyoda o’zimga shunday deya olaman: bu ishni keyinroq qilaman, bunisini bir necha oydan so’ng, bunisini esa hech qachon…
Chunki ba’zi narsalar uchun munosib vaxt hech qachondir….
3🥰1
O’zingizni tinglang, Siz bilan qanday munosabatda bo’lish mumkin-u, qanday munosabatda bo’lish mumkin emas, nimaga chidashingiz mumkin-u, nimaga yo’l qo’ymasligingizni, nimalar Sizni xursand qiladi, nima ilhomlantiradi, ajablantiradi, zavqlantiradi va aksincha nima Sizni g’azablantirishini aniqlab, tushunib oling.
O’zingizni tinglang va bu narsani hech kimga buzishga yoki uni qadrsizlantirishga yo’l qo’ymang…
4🕊1
Siz cheksiz emassiz, Siz haqiqatdan ham cheksiz emassiz.
2🕊1
Bu mening sharafimga deng🌿
Ertadan qanday yoqimli narsa sodir bo’lmasin, xayolan o’zingizga “Bu mening sharafimga” deb ayting.
Nimadir yaxshi so’z eshitasizmi, ko’chada salyut otiladimi, siz yoqtirgan musiqami nimayiki ezgulik topsangiz ertadan boshlab bu mening sharafimga deb o’z o’zingizga quvonch ulashing. Shunchaki, Siz borligingiz uchun butun borliq Sizga salom bermoqda deb qabul qiling.


Sinab ko’rishga arzugulik ish, nima deysiz.
8🕊1
Onajonim
Dilnoz
Бугун ой чиқди хорғин,
Онажоним соғиндим.
Оймомо айтгин ростин,
Уни кўрасан доим,
Омонми чиройлигим....
2
Ba'zan biz haqiqatni ko'rgandan ko'ra, o'zimiz to'qigan qulay yolg'onni tanlaymiz — chunki u kamroq og'riq beradi. "Hali vaqt bor", "Men bunga tayyor emasman", "Sharoit noqulay" — bu gaplar aslida himoya mexanizmi, xolos. Miya noaniqlikdan qochish uchun soxta qulaylik yaratadi va biz shu illyuziyaga ishonib, real qadam tashlashni kechiktiraveramiz.

Psixologiyada bunga "o'z-o'zini aldash" (self-deception) deyiladi — u vaqtinchalik tinchlik beradi, lekin uzoq muddatda o'sishga to'sqinlik qiladi. Haqiqatni tan olish qiyin, ammo faqat shu orqali o'zgarish boshlanadi. O'ziga rost gapira olgan inson — kuchli inson.

Qaysi yolg'onni o'zingizga aytishni to'xtatish vaqti keldi deb o'ylaysiz?