Novqa.uz | Kuch birlikda
959 subscribers
140 photos
21 videos
3 files
74 links
Video kursimiz haqida: @novqaKursbot

😎 Botlarda reklama: @novqaAds

Blog: @Jamshidbek_Qayumov
Download Telegram
Yana bir yangi loyihani boshladik

Aslida bu loyihani yangi deb aytolmaymiz, sababi avvaldan faoliyat yuritayotgan loyihani endi biz davom ettiradigan bo'ldik nasib qilsa.

@universal_it kanali orqali IT sohasiga oid foydali bilimlarni ulashib borishga harakat qilamiz nasib qilsa

πŸ‘‰ @novqauz
πŸ₯³ Bolajonlar va kattajonlar uchun multfimlar joylandi

πŸ’‘ Bazan yosh bolalar multfilm ko'rishgandan so'ng aytganimizni qilishmaydi, erkaligi yanada oshganini taltayganini va ko'rgan multfilmi unga salbiy tasir ko'rsatayotganini sezamiz, bu albatta yomon. Ammo biz botimizga joylab kelayotgan multfimlarni siz har tongda yoki kechgi vaqtda oilaingiz bilan birgalikda ko'rib, o'rnak olishingiz va foydali bilimlarga ega bo'lishingiz mumkin va farzandlaringiz yoki jiyanlaringiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkazingiz mumkin.

✨ Multfim nomi: Qur'onda kelgan oyat-belgilar haqida qissalar | ko'p serialli multfilm

πŸ“ Multfimlar joylashgan manzil: @NovqaMultfilmBot - "Qur'onda kelgan oyat-belgilar haqida qissalar" tugmasi ichida

P.S: Ko'rishni shaxsan maslahat beraman, "Qur'onda zikri kelgan insonlar qissasi" dan boshlasangiz juda qiziqib qolasiz

πŸ‘‰ @novqauz
Git texnologiyasi video darslari

πŸ’‘ Git texnologiyasi nimaligi haqida ushbu postimiz orqali ma'lumot olishingiz mumkin

✨ Video kurs nomi: GIT texnikasi

πŸ“ Video kurs joylashgan manzil: @NovqaBot - "Dasturlash" bo’limidagi - "Git texnologiyasi” bo’limi

🀲 Video kurs muallifiga o'z minnaddorchiligmizni bildiramiz, baraka topsin.

πŸ‘‰ @novqauz
Figma video darslari

πŸ’‘Veb dizaynerlarning eng asosiy qurollaridan biri bo'lgan Figma video darslari botga joyladik. Figma haqida batafsil ma'lumotni ushbu link orqali o'zbek tilida o'qishingiz mumkin.

✨ Video kurs nomi: Figma darslari

πŸ“ Video kurs joylashgan manzil: @NovqaBot - "Dasturlash" bo’limidagi - "Figma darslari” bo’limi

🫑 Video kurs muallifi Sardor Qodirovga o'z minnaddorchiligmizni bildiramiz, baraka topsin.

πŸ‘‰ @novqauz
Tushda kechgan umrlar, O'tkir Hoshimov

Shu kichkina kitobda shuncha taqdirlar, shunchaki taqdirlar emas bir biriga bog'liq taqdirlar...

Afg'on urushi, "O'zbek ishi" paytlari...

Kitob oxirida kimni ayblashni ham bilmaysan kishi, lekin baribir u ... qilmasligi kerak edi

Aslini olganda bu yerda ayblash uchun odamlar ko'p, kimningdir sabriga esa shunchaki lol qolasan.

"Donolar hayotni kuzaturlar jim..."

Kitobni o'qib ko'rishni maslahat beraman

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
πŸ” Men ovqatlanib bo'lgandim, endi boshqa narsa yemasligim aniq, chunki qornim to'ygandi.
Shu payti ammam qaynagan suvni olib kelib choy damlashimni aydi, ammam bilan ancha yaqinmiz, hazil-huzul qilib turamiz.

πŸ•Ί Shartta she'r bilan javob qaytarib qo'ya qoldim:

Qornim to'ydi g'amim yo'q
Choy bilan umuman ishim yo'q.

πŸ‘΅Amamning javobini qofiyaga keltirib aytaman:

Qorning ochsa bir mahal,
Kelarsan oldimga tanbal.

P.S: O'tkir Hoshimovning kitoblarini o'qisam she'rga qofiya kelaveradi, aytgancha bu javobdan keyin choyni baribir damlashga majbur bo'ldim 🀣

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
50 ming so'm yutib oling

Ta'lim soxasi bo'yicha ISH E'LONLARI joylanadigan kanal uchun o'zbekcha qisqa va oldindan username'si band qilinmagan nom toping va 50 ming so'mni qo'lga kiriting.

Username nomlarini @novqaAdmini ga yuboring, xohlagancha nom yuborishingiz mumkin.

Hammaga omad 😊

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
πŸ€— Username uchun tanlov o'z nihoyasiga yetdi

Xabaringiz bor ta'lim sohasi bo'yicha ish e'lonlari joylab boriladigan kanal username'si uchun tanlov e'lon qilgan edik.

Tanlovda juda ko'pchilik ishtirok etdi va biz bundan juda xursand bo'lldik.

πŸ₯³ Tanlovimiz g'olibi Zuxrididin aka bo'ldilar, tajriba o'z so'zi aytdi deganlari shu bo'lsa kerak.

πŸ˜‡ Tanlangan username: @edu_hh

Barchangizga kattakon rahmat.

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Peshonamdagi Nur. Mehmet Olaqosh
#kitob 13

β€” Shifokorlar bir boy insonning boshidagi o'simta sabab tahminan 6 oylik umri qolganini aytishadi, tabiiyki u boshida juda tushkunlikka tushib qoladi. Oradan vaqt o'tib yaxshi insonlar bilan tanishadi va hayotida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Islomni, Ilohni, Dinni yaxshiroq anglaydi, doim o'limga tayyor turish kerakligini tushunadi, buni anglash jarayoni esa kitobda juda chiroyli tarzda tushuntirilgan.

β€” Kichikroq kitob bo'lishiga qaramasdan uni tugatish ancha vaqt talab qildi, o'ylashga majbur qiladigan, o'zlikni yanada anglashga undaydigan joylari bor ekan.

β€” Siz ham o'qib ko'rishingiz mumkin yoki quyidagi havola orqali shirali ovozda audio formatda tinglashingiz mumkin

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Birinchi muallim. Chingiz Aytmatov
#kitob 14

Ochig'i rosa harakat qildim kitob haqida yozishga lekin bu safar hech bo'lmadi, qayta-qayta yozdim, yana o'chirdim, yana yozdim...

Qiziq haqiqiy ustoz kim? Ko'p narsani biladiganmi yoki bilganini tomchisigacha bo'lsa ham o'rgatishga harakat qiladiganmi?

Birinchi muallim, ushbu kitob menda o'zgacha hislar qoldirdi...

Kitobni o'qib ko'rishingizni istardim. Ushbu link orqali pdf holatida o'qishingiz mumkin.

Kitob qisqagina, endi kitob o'qib boshlaganlar uchun ham ayni muddao.

P.S: Kitob: rasmda, bolani opishlab olgan, qahraton qishda, sovuq otxonada dars o'tish uchun bolalarni suvdan yalang oyoq olib o'tayotgan inson va uning o'quvchilari haqida...

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Bir vijdon uyg'onur. Ahmad Lutfiy Qozonchi.
#kitob 15

Bu postni yozarkanman hayolimga turli maqollar kela boshladi masalan:
β€” Har kim ekkanini o'radi
β€” Qanday yashasang shunday o'lasan

Ba'zilar yoshligidan qaysidir yomon yo'lga kirib qoladi, u vaqti ular bu ish yaxshi emasligini ham balki anglamas, bu esa juda yomon. Chunki u o'zini o'zgartirishi kerakligini ham bilmaydi, qilayotgan ishlari unga go'yoki to'g'ridek tuyuladi.

Kitobda shu kabi yo'lga o'z otasi sabab kirib qolgan bir yigit va uning oilasi haqida so'z boradi. Kitob unchalik katta emas, juda tushunarli ya'ni tushunish qiyin bo'lgan joylari yo'q.

Siz ham kitobni o'qib ko'ring, balki o'z vijdoningizni yanada uyg'otish sari bir qadam olg'a tashlashingizga sabachi bo'lar.

Kitobning pdf varianti ichidan bironta ham yaxshini topa olmadim, shu sabab kitobni kutubxona yoki kitob do'konlaridan xarid qilib o'qishingiz yoki ushbu link orqali audio shaklda tinglashingiz mumkin.

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
πŸ₯³ @edu_hh uchun bugun bayram nasib qilsa

2 oy va 5 kun ichida @edu_hh kanalida safimiz 10.000 obunachiga yetdi. Bu loyihani 1 ta obunachidan boshlab ko'targan edik. Alhamdulillah yaxshi natijalarga chiqayabdi kanal.

Bundan ham tezroq chiqish mumkin edi albatta, ammo brend tanilishi va boshqa ba'zi tomonlarini o'ylab o'rtacha tezlikda ko'tardik.

Bizni qo'llab quvvatlagan barchaga katta rahmat)

🫑 Powered by Novqa

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Ta'lim sohasidagi ish e'lonlari chiqariluvchi eng katta kanal

β€” Kanal orqali siz bo'sh ish o'rinlarini ko'rishingiz
β€” O'z rezyumeingizni chiqarishingiz
β€” Kursingiz uchun o'quvchilar to'plashingiz mumkin

Kanalimizga tashrif buyuring va barchasiga o'zingiz guvoh bo'ling

Tekshirib ko'rish πŸ‘‰ @edu_hh
Forwarded from My posts
Konstruktor orqali kodlarsiz bot tuzish kursini o'rgangan shogirdlarimizdan biri Muhammadi Eshonqulovning Muvaffaqqiyatli 101 kun loyihasi uchun ajoyib bot tuzib berishibdi.

Bot Muhammadali akaga ham maqul kelganini yuqoridagi audio orqali bilib olishingiz mumkin.

Shogirdimizni ham ishlariga rivoj tilaymiz, shunaqa manfaatli loyihalar ko'paysin. Yaxshi ishlardan biriga sababchi bo'lganimizdan xursandmiz.

Bot manzili: @Muvaffaqiyatli_101_kunbot

Bot tuzish kursi haqida batafsil ma'lumot: @novqaKursbot

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Bo'lib to'lashga uy yoki mashina olish uchun ajoyib usul

uzaro.uz sayti orqali bo'lib to'lashga halol yo'l bilan uy yoki mashina olishingiz mumkin. Pulingizni jamg'arib borsangiz ham bo'ladi, boshlang'ich to'lovni qanchalik ko'proq to'lasangiz navbatingiz shunchalik tez kelarkan.

Uy asosan ikkilamchi bozordan, mashina esa ikkilamchi va birlamchi bozordan olinishi mumkin.

β€” Mashina uchun yillik 20%
β€” Uy uchun yillik 15%

* Eng muhimi halol yo'l bilan

Sayt manzili: uzaro.uz

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Novqa.uz | Kuch birlikda
https://openbudget.uz/boards-list/1/a5ef3fa4-e43b-4816-b67d-f38e4d6aa613
Novqa qishlog'imizning katta yo'lini tamirlash uchun link, ovoz berib biz qo'llab yuborsangiz xursand bo'lamiz.
πŸ“– Shum bola. G'afur G'ulom
#kitob 20

Ko'pchilik singari men ham "Qoravoy" ning sho'xliklarini yoshligimda o'qigandim, lekin qayta mutolaa qilish istagi bu kitobni yana qayta qo'limga olishga majbur qildi.
Bu safar oldingiga nisbatan o'zgacharoq hislar va tushunchalar paydo bo'ldi, masalan:
β€” Qoravoy'da tanqidiy firklash yaxshi rivojlangan ekan (tomdan tandirga tushib ketgan vaqtini eslang: "sen kimsang, o'zing kimsan" 😁);
β€” Fikrlash qobiliyatiga ham tan bermay iloj yo'q; (Boyni uyga olib kelish uchun to'qigan yolg'onlarni eslang, garchi bu yolg'on bo'lsada, unda fikr uyg'unligi bor)
β€” Yosh bo'lishiga qaramay, ishlagan pullarini yirikroq tanga qilib kiyimiga tikib qo'yadi, ya'ni pulini yig'a oladi, borini sovurib yubormaydi;
β€” Vaqti kelganida to'g'ri gapni ham ayta oladi;
β€” Sodda emas, kim nima desa ishonib ketavermasligi ham uning o'ziga xos xislatlaridan biri.

Albatta kamchiliklari ham bisyor, ulardan ham o'zimiz uchun xulosa chiqarsak bo'ladi.

Asarda muallif iste'dodi yaqqol namoyon bo'lgan, tan bermay iloj yo'q.

P.S: Faqat kinosini ko'rgan bo'lsangiz, kitobini ham bir o'qib ko'rishni maslahat beraman. Ishonchim komilki, bir-biridan qiziq sarguzashtlar guvohi bo'lasiz.

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
βœ… Rasman

πŸ˜€Ramazon xayitining birinchi kuni 21-aprel deb belgilandi.

Manba

πŸ‘‰ @Jamshidbek_Qayumov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM