Rahimboy Jumaniyozov - Notiqlik san'ati akademiyasi
3.24K subscribers
2.49K photos
709 videos
115 files
3.58K links
Notiq - Rahimboy Jumaniyozovning rasmiy kanali

Kurslarga ro'yxatdan o'tish uchun:
@Notiqlik_akademiyasi_menejeri
+998505204520

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
taplink.cc/rahimboyjumaniyozov
Download Telegram
Odamzotning bolalik chog‘larida nekbinlikning, qartaya boshlaganida esa badbinlikning foizi yuqori bo‘ladi.

Rahim Jumaniyoz

“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
Audio
#Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar

O’tkir Hoshimov

Yoqimli dushman

Umrbod ortingdan ergashib yuradigan yoqimli dushman – nafs!


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
#Kitob_olami

Nutqning tozaligi

Qanday minbarda nutq irod etishdan qat’i nazar, o‘sha tilning sofligi, boyligi boshlovchi nutqida aks etadi. Bir tilga xos xususiyatlarni yoki so‘zlarni ikkinchi tilga qo‘shib so‘zlash yoki adabiy til me’yorlariga mone bo‘lmagan so‘z va iboralarni qo‘llash nutqning tozaligiga zid.
Demak, nutqning tozaligi, ya’ni sofligi uning adabiy til mezonlariga mos kelish-kelmasligi, g‘ayriadabiy til unsurlaridan xoli bo‘lishidir.
Anglashilayaptiki, deyarli barcha tillarda bor bo‘lgan sheva, varvarizm, kanselyarizm, professionalizm, akademizm, vulgar kabi so‘z va iboralarni adabiy tilga aralashtirib qo‘llashdan qochgan ma’qul.

Badiiy adabiyotda bularni qo‘llash holatlari mavjud. Unda milliy koloritni berish, qahramonning qalb-qiyofasini ochish uchun xizmat qiladi. O‘zbek tili lahja va shevalarga boy. Shu bois adabiy til normasida fikrlash lozim bo‘ladi.

Ana shu nuqtai nazardan yondoshilsa, har birimizning nutqimiz maqtovga sazovor emas. Turli tizimlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar kelib chiqishi nuqtai nazaridan respublikamizning turli hududlaridan. Shu sababli, adabiy tilda so‘zlashga harakat qilinsa ham, shevada fikrlash g‘ayriixtiyoriy tarzda dialektlarga xos so‘z va atamalarni qo‘llab yuborishga olib keladi. Nutqdagi sheva unsurlari, ayniqsa, nutq tovushlarining talaffuzida yaqqol seziladi.

Bu unli tovushlarning cho‘ziq yoki qisqaligini, lablangan yoki lablanmaganligini farqlay olmaslikda ko‘rinadi.

«O» unlisini tojikcha «o‘» ga yaqinroq qilib talaffuz ztish. Masalan: bor-bo‘r.

«I» qisqa unlisini cho‘ziq variant bilan almash qo‘llash. Misol: qыz - qiz.

«Q» undoshi o‘rniga «g‘» ni («chiqmoq-chig‘moq»), «h» undoshi o‘rniga «x»ni (bahor — baxor, hamroh – xamrox, hamma – xamma) qo‘llash kabi fonetik sheva unsurlari quzatiladi.

RAHIMBOY JUMANIYOZOV

"SIZ NOTIQ BO‘LISHNI ISTAYSIZMI?" kitobidan olindi


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
#Kitob_olami

“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar

Jaloliddin Rumiy

Adolat mushti

Xasta bo‘lgan bir odam shifokorga:
— Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi. Hech umid yo‘q. O’limi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, ko‘ngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yo‘q, dedi.

Bemor xursand, ko‘ngli xohishiga ko‘ra daryo bo‘yiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz qo‘lini yuvyapti. Taqir boshini ko‘rishi bilan bir tarsaki urgisi keldi. Aslida shifokor ham: "Ko‘ngling nima xohlasa shuni qil", degan edi. Shunday qilmasa, dardi og‘irlashadi. Qo‘lini ko‘tarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan sakrab turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi bo‘ldi. So‘ngra e’tibor bersa, eti suyagiga yopishgan bir jasad... Ursa yiqilib o‘ladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining huzuriga olib bordi.

Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni so‘rayman. Qozi bir darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yo‘q... Ichi achidi. shikoyatchiga:
— Ko‘rmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar o‘lik hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu da’voyingdan, dedi.
Darvesh da’vosida qatiy turdi:
— Mening hech bir gunohim yo‘q ammo urgani aniq, o‘lik bo‘lsin, tirik bo‘lsin, men adolat istayman, dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday bo‘lsa deb, bemor odamdan so‘radi:
— Oz bo‘lsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yo‘q. Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami o‘zingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham yo‘qsul.

Qozining bu hukmiga bemor g‘azablandi. Aslida qozining ham tumshug‘iga bir musht tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan, qolgan uch dirhamni ham qoziga beraman deb o‘yladi va o‘rnidan turib qozining tumshug‘iga bir musht tushirdi.

Qozi g‘azab bilan sapchib o‘rnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblary, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. O’zingiz uchun ravo ko‘rmagan hukmni birovga qanday ravo ko‘rasiz? Shu olti dirhamni oling, ikkingiz bo‘lishing, deya mahkamadan chiqib ketdi.


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fariduddin Attor

“TAZKIRAT UL-AVLIYO”

AHMAD XAZRAVIYA


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI”
rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
Audio
#Audio_kitob

Fariduddin Attor

“TAZKIRAT UL-AVLIYO”

AHMAD XAZRAVIYA


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI”
rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
#Kun_tarixi

Bugun 17 avgust, dushanba

1771 - yil — Jozef Pristli fotosintezni kashf qildi

1933 - yil — suyuq yoqilg‘ida uchadigan ilk raketa sinovdan o‘tkazildi

1945 - yil — Indoneziya mustaqillikka erishdi

2018 - yil — Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyurdi

1939 - yil — O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom tug’ilgan

1942 - yil — mashhur qo‘shiqchi Muslim Magomaev tug’ilgan

1943 - yil — mashhur aktyor Robert De Niro tug’ilgan


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
#Kitob_olami

Nutqning tozaligi

Chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarni qorishtirib ifodalash mavjud. «Mentalitet», «immunitet» kabi so‘zlarning muqobili bo‘lgani holda, omma anglashi mushkul bo‘lgan atamalarni keltirish nojoizdir. Shu o‘rinda ushbu fikr e’tiborlidir. «Turmushga oid turli xil narsa va hodisalar borki, hayotga singib ketgan. Tilda uni nomlovchi so‘z bo‘lmasa, shunday so‘zni qo‘shni tildan olish mumkin. Lekin tilda mavjud so‘zlar o‘rnida boshqa so‘zni qo‘llash zararlidir».

Nutqda kanselyarizm (idoraviy atamalar), akademizm (ilmiy uslub) imkon qadar qo‘llanilmagani, ommaviylik yetakchi o‘rin tutgani durust. Keng jamoatchilikka tushunarli termin va atamalarni ishlatish maqsadning, nutq mohiyatining tez anglanishini ta’minlaydi. Ba’zi hollarda muloqot mavzuini chuqur his etmasdan, fikr ifodalashda qiynaladilar va odatga aylangan ushbu so‘zlarni ishlatadilar. Ms: «Xo‘sh, haligi, anaqa, o‘sha, nimaydi, deylik, demakkim» va h.k.

Bular tilshunosliqda «parazit so‘zlar» deyiladi. Nutqning tozaligiga putur yetkazuvchi bunday so‘zlarni qo‘llamaslik uchun mavzuni sinchiklab o‘rganish va nutqiy mashqlar qilish lozim. Nutq tozaligiga salbiy ta’sir etuvchi holatlardan biri vulgar(qo‘pol) so‘zlarni istifoda etishdir.

Bu esa bir jihatdan, nutqning soddaligi va qisqaligini ham anglatadi. Allomalardan biri «tilning tozaligi, ma’no aniqligi va o‘tkirligi uchun kurash madaniyat quroli uchun kurashishdir. Bu qurol qanchalik o‘tkir, qanchalik aniq yunaltirilgan bo‘lsa, shunchalik g‘olib bo‘ladi», - degan.

RAHIMBOY JUMANIYOZOV

"SIZ NOTIQ BO‘LISHNI ISTAYSIZMI?" kitobidan olindi

“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
Muhabbat bir tomonlama bo‘lsa kuchli emas, u qo‘sh qalbning iztirobli iddaosidir.

Rahim Jumaniyoz


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
Audio
#Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar

O’tkir Hoshimov

Otalar va bolalar

U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. To’rt qiz, uch o’g’ilni oyoqqa turg’azdi. O’g’illarini uylantirdi. Qizlarini chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi.
Ko’z yumayotganida “hammalaringdan mingdan-ming roziman”, dedi...
Qarashsa, kafanligi yo’q ekan…


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI” rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Motivatsiya

Robin Sharma - Hayotni o'zgartiruvchi 5 odat!


“NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI”
rasmiy sahifalari
👇
Veb sayt|Telegram|Facebook|YouTube