Manguberdi Lapasov | blog
115 subscribers
118 photos
11 videos
1 file
109 links
Moliya instrumentlari, PM va texnologiya yordamida iqtisodiy muammolarni yechishni maqsad qilganman.

Shaxsiy fikrlarim, turli sohalarda o'rganganlarimni va ba'zan mavzudan tashqari yozib turaman.
Download Telegram
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Ilgari mahsulot ishlab chiqishda eng katta tor joy kod yozish edi, hozir esa u product management’ga - feedback yig‘ish va foydalanuvchi/mijozlar bilan ishlashga ko‘chmoqda.


Bayram Annakovning kanalidan qiziq post olib keldim.

Menimcha, yaqin 3–5 yil ichida AI ko‘plab PMlarning odatiy, rutina ishlarini, ayniqsa product delivery bosqichidagi jarayonlarni bemalol bajara oladi.

Ammo product discovery bosqichi baribir sun’iy intellekt uchun eng murakkab qism bo‘lib qoladi. Chunki odamlarni faqat odamlar chuqur tushunadi: non-verbal signalalar, yashirin kontekstlar, kayfiyat va motivatsiyalarni anglash ko‘pincha hatto bazi odamlarni o’ziga qiyin. AI uchun esa juda katta challenge bo‘lsa kerak.

Yana bilmadim… Sizlarda qanday prognoz?

@latipovasamira
Samarkand challenge, Boqiy shahar, 2025
Manguberdi Lapasov | blog
Photo
Challenge ni bu safar oxirigacha yetkazmadim. Suzishda masofadan tashqari suv harorati ham muhimligini hisobga olmabman.

Motivatsion gaplar qòshmayman. Harakatda davom etamiz.
Qarz - 1/2

Ehtiyoji bor odamga qarz berish juda xayrli ish, va insonlar o'rtasida bir-biriga ko'mak berishning muhim bir yo'li.

Shubhasiz, qarz yordam beradigan ko'plab holatlar bor. Lekin, chindan ham qarz olish mumkin deb hisoblaydigan holatlarim 2 ta:

1. Shoshilinch muammo chiqqanda. Bu yerda hammasi tushunarli.

2. Qarz ko'proq foyda olib kelish mumkin bo'lgan holatda. Bu, aynan, iqtisodiy jihatdan o'zi bilan ko'proq foyda olish imkoniyatini ochadigan qarz haqida. Ya'ni, agar qarz olib, uni biror ishga tiksangiz, foyda olish imkoniyatini yaratasiz yoki qo'ldan boy bermaysiz.

Ko'plab bizneslar, rivojlanayotgan davlatlar bunday yo'ldan o'tadi. Yoki, qarzga noutbuk sotib oldingiz va shu noutbuk ish qurolingizga aylanib, daromad topishingizda muhim instrumentga aylanadi. (o'sadigan qarz - ribo/bank kreditlari hech qanday holatda yaxshilikka olib kelmasligini ham eslatib o'taman)
Manguberdi Lapasov | blog
Qarz - 1/2 Ehtiyoji bor odamga qarz berish juda xayrli ish, va insonlar o'rtasida bir-biriga ko'mak berishning muhim bir yo'li. Shubhasiz, qarz yordam beradigan ko'plab holatlar bor. Lekin, chindan ham qarz olish mumkin deb hisoblaydigan holatlarim 2 ta:…
Qarz - 2/2

Bu holatlardan tashqarida qarz olish to'g'ri bo'ladi deb o'ylamayman. Ayniqsa, jismoniy yuzi yo'q tashkilotlardan (bank, lombard va nasiya tashkilotlaridan).

Sababi - qarz bu faqatgina imkoniyat emas, balki qo'shimcha majburiyat ham. Bu imkoniyat yo'qdan paydo bo'lmaydi, hozir uni yopishga imkoning yo'q ekan, demak u kelajagingdan olinadi. Bir muddatga shu qarz asosiy maqsadingga aylanadi, undan tashqarini o'ylashga imkoning yopiladi.

Insonda tabiiy chegaralar mavjud bo'ladi, hammada har xil bo'lishi mumkin. Menda, masalan, hozir mashina olishga ortiqcha mablag'im yo'q - bu mening tabiiy chegaram - demak, hozircha mashina olmasligim kerak. Qachonki, o'zimda shunga yetarli mablag' paydo bo'lsa, men mashinani bemalol olishim mumkin bo'ladi.

Qarz - mana shu chegaralarni sezdirmay buzishga yordam beradigan vosita, lekin bu romantik "chegaralarni buz" degan qolip emas, uning oqibatlari hech qayerga ketmaydi. (Agar u senga foyda keltirmagan bo'lsa) Faqatgina ortiqcha iste'mol qilganing qoladi xolos.
Sam Altman (ChatGPT direktori) ning sun'iy intellekt bilan so'nggi 5 yilda bosib o'tilgan yo'l va keyingi 5 yillik haqidagi fikrlari.

AI rivojlanishi va kengayishiga kattaroq masshtabda qarash va chuqurroq tushunish mumkin.

Sam keyingi 5 yilda, o'zi va jamoasi uchun eng muhim muammo AI (superintellekt) ni arzon va hech kimga bog'liq qilib qo'ymaslik deb aytib o'tgan.
Bu yilgi ta'tilda qishlog'imga keldim. "Qishloq maazza, sookin" deydi-ku).

Yo'llar ancha tekislanibdi, ayniqsa Jomboydan kelishda sezildi. Bir hafta davomida svet deyarli o'chmadi, internet yaxshi ishladi, suvni kachalkadan olish ham shart emas endi. Moshinada 10 minutlik yo'lda Registon o'quv markazi ochilibdi, mahalliy taksi xizmatlari juda tez va avvalgidan arzonroq narxlarda yo'llarni yaqinlashtiryapti.

Muhitni almashtirish ishdan chiqib olishga yaxshi ta'sir qilar ekan, 1 hafta emas, 1 oylar o'tganday tuyulyapti.

Zarafshon mahallasi (eski "Lenin" qishlog'i), Bulung'ur tumani
Pul bilan bog'liq ish beradigan har narsa sabr va o'zini nazorat qilishga borib taqaladi.

Ish bermaydigan va zararlilari esa tezkor rag'bat va o'tkazib yuborishdan qo'rqish (FOMO) hissiga.

M. Housel
-------------------
Boylik orttirishda "zo'r shans"dan ko'ra intizom ko'proq foyda beradi. Ayniqsa, bugun - marketing va singdirilayotgan ortiqcha iste'mol nihoyatda rivojlangan vaqtda.

Atrofga qarang, hamma joyda aksiya, yana uning tugash vaqti ham bor. Ko'rib, yaxshi taklifni o'tkazib yubormaslik uchun aslida kerak bo'lmagan narsalarni xarid qilib qo'yamiz.

Tezkor rag'bat ortidan quvgan ko'plab achinarli holatlarni o'zingiz ham eshitgan bo'lsangiz kerak - tez daromad topish, yutib olish - odamlar eng ko'p laqqa tushadigan holatlar shular. Yana ko'plab boshqa holatlar, tezkor rag'bat taklif qilinyaptimi, undan qoching - sog'lig'ingiz va pulingizni himoya qilgan bo'lasiz.
...Har kimsa uchun o'z erki, mehnatining mevasi-mulki, milllatining haqiqiy onasi - Vatani va muqaddas dini bo'lishi qadrli va sharaflidir.
Bularga ega bo'lmoq uchun esa uning huquqlari o'z qo'lida bo'lishi shartdir...


© Alixonto'ra Sog'uniy
----------------------
Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo'lsin, mustaqilligimiz abadiy, erkimiz va huquqlarimiz o'z qo'limizda bo'lsin.
Ishda ma'lumot tahlili (analiz) bilan tez-tez shug'ullanamiz. Mana shu tahlil agar biror real amalga olib bormasa, qilinmagani yoki bo'sh vaqtlar uchun qoldirilgani afzalroq. Ayniqsa, u ko'p vaqt olsa.

Busiz tahlil va unga ketadigan vaqt (ya'ni, pul ham) bekor ketadi. Balki qiziq bo'lar, lekin hech qanday real foyda olib kelmaydi.
Optimizm – sotuv gapidek eshitiladi,
Pessimizm – yordam bermoqchi bo‘layotganning so‘zidek.

© Psychology of Money
--------------------
Pessimizm aqlliroq va ishonarliroq tuyuladi, lekin ehtiyot bo‘l - unga ergashib, oxir-oqibat faqat harakatsizlikka tushib qolishing mumkin.