Manguberdi Lapasov | blog
114 subscribers
118 photos
11 videos
1 file
109 links
Moliya instrumentlari, PM va texnologiya yordamida iqtisodiy muammolarni yechishni maqsad qilganman.

Shaxsiy fikrlarim, turli sohalarda o'rganganlarimni va ba'zan mavzudan tashqari yozib turaman.
Download Telegram
Manguberdi Lapasov | blog
Faollashtirish Telefoningizda nechta ilova bor? Nechtasidan faol foydalanasiz? Men 56 ilova ichidan 30 tasidan oyda bir foydalanar ekanman. Qolgan 26 tasi telefonimdan o'chirilmagan, lekin unutilgan. O'zim o'rnatganman, lekin ishlatish uchun yetarlicha…
Qisqa qilib aytganda, shular asosida faollashtirishni yangi darajaga olib chiqish mumkin. E'tibor bering, birdan foydalanuvchi yo'liga sho'ng'ilmayapti. Hatto ikkinchi qilinadigan ish ham emas bu. Birinchi qadam o'zi nima uchun bizdan foydalanishadi degan savol bilan boshlanyapti.

1 - qadam: Mahsulotimiz qadr-qiymati nimadaligini anglash.

2 - qadam: Foydalanuvchilar mahsulotimiz qiymatini nimada va qanday ko'radi? Effektiv mexanizmlarni aniqlaymiz.

3 - qadam: Mahsulotda faollashtirish bloklarini aniqlash. Mana endi foydalanuvchi yo'lini (voronka, cjm) chuqurroq o'rganamiz.

4 - qadam: Aktivatsiyaning yangi mexanizmini tayyorlash

5 - qadam: Faollashtirishnin yangi mexanizmini, yo'lini optimallashtirish. Endi bu mexanizmni har xil darajalarda yaxshilash kerak bo'ladi:

Demak, kursning oxirida mahsulotimiz uchun faollashtirishning yangicha mexanizmi bilan chiqishim kerak.
Manguberdi Lapasov | blog
Qisqa qilib aytganda, shular asosida faollashtirishni yangi darajaga olib chiqish mumkin. E'tibor bering, birdan foydalanuvchi yo'liga sho'ng'ilmayapti. Hatto ikkinchi qilinadigan ish ham emas bu. Birinchi qadam o'zi nima uchun bizdan foydalanishadi degan…
Biz berayotgan yechim (mahsulot) bozorning biror qismida o'rnini topmaguncha faollashtirish haqida o'ylashga hali juda erta.

Sababi - onboarding va faollashtirish qancha zo'r bo'lmasin, ko'pi bilan faqatgina asosdagi qiymatning 100%ini foydalanuvchiga yetkazib berishga yordam beradi xolos. Agar berayotgan yechimingizda qiymat bo'lmasa, faollashtirishning o'zi uni yaratib qo'yolmaydi.

Shuning uchun ham, birinchi savol - biz berayotgan yechim foydalanuvchilar uchun yetarlicha qiymat beryaptimi? Tekshirish yo'li - foydalanuvchilar o'z ishini sizning yechim bilan hal qilyaptimi yoki yo'q, qarash kerak. Misol, men qarashim kerak - foydalanuvchilar o'qish kontraktini Alif bilan to'layaptimi yo'qmi.

#gopractice #activation
Manguberdi Lapasov | blog
Biz berayotgan yechim (mahsulot) bozorning biror qismida o'rnini topmaguncha faollashtirish haqida o'ylashga hali juda erta. Sababi - onboarding va faollashtirish qancha zo'r bo'lmasin, ko'pi bilan faqatgina asosdagi qiymatning 100%ini foydalanuvchiga yetkazib…
Berayotgan yechimimiz bozorning biror qismida (hozircha, u juda kichik bo'lsa ham) o'z o'rnini topganida faollashtirish eng muhim ishimizga aylanadi chunki faollashtirish qolgan hamma ko'rsatkichlarga ta'sir nuqtasi. Berayotgan qiymatingiz aslida juda zo'r bo'lsa ham, faollashtirish jarayonida uni qanday ko'rsata olishingizga qarab oxir oqibatda u

"foydalansa bo'ladi"
"ha, yaxshi ekan"
yoki
"vau, nimaga hozirgacha buni bilmadim"

ko'rinishida qabul qilinadi. Va, albatta, shunga qarab ertaga bu foydalanuvchi yechimingizdan yana foydalanadi yoki unutadi.

#gopractice #activation
Muz yorarlar bo'lishgan ma'lumotga ko'ra, bugun marketing kanallari ko'lami:

TV - 31 mln
TG - 25 mln
Digital - 20 mln
Youtube - 16 mln
IG - 14 mln

Iqtisodiy faol aholimiz esa 20 mln atrofida.
😁😅 (internetdan olindi)
Manguberdi Lapasov | blog
😁😅 (internetdan olindi)
AI bilan ishlash prinsiplarim

GPT-5 ni muhokama qilayotgandik, do'stim yaxshi savol so'rab qoldi, o'zi AI ga qanchalar ishonsa bo'ladi, javoblari to'g'ri yoki noto'g'riligini qanday baholaymiz?

Chindan ham bugun sun'iy intellekt deyarli har qanday savolga professor darajasida javob bera oladi. Lekin ba'zan erinishi va analizni chala qilishi mumkin. Buning ustiga, har doim ham u sizni to'liq tushunmaydi. To'liq tushunmasa, javobni ham shunga qarab noto'g'ri beradi.

Ya'ni, sun'iy intellektga to'liq ishonib bo'lmaydi, aslo.

O'zim AI bilan ishlashda quyidagicha ish tutaman:
1. Faqat umumiy faktlarni yoki ko'rsatmalarni olaman. Masalan, mushuklar qancha yashaydi. Samaradorlik bo'yicha maslahatlar.

2. Javoblarni variantlardan biri sifatida qabul qilaman. Eng to'g'ri variant deb emas.

3. O'zim tayinliroq fikr bildira oladigan masalalarda AI bilan bemalol va ancha keng harakat qilaman, chunki adashayotgan vaqtda gallyutsinatsiya boshlanganini birdan aniqlay olaman.

4. Meni to'liq tushunganini aniqlash uchun - kerak bo'lsa, savol berishini aytaman.


Umuman olganda, internetda bo'lgan ma'lumotlar ko'lamini tahmin qilishdan boshlarkanman. Ish tamoyillari, tabiat ma'lumotlari haqida ma'lumotlar ko'p, shuning uchun bular haqidagi javoblariga ishonaman. Lekin, masalan, Akfa haqida ma'lumoti kamroq deb o'ylab, bu masalada unga ishonmayman va source ko'rsatishini so'rayman.
Yirik kompaniyalarda ishlashni xohlaysizmi?

Universitet reklamasida shunday "hook" qulog'imga chalindi. Ha, katta kompaniyalar jozibali ko'rinadi, lekin...

3-kursligimda Alifga ishga kirdim - ajoyib vaqtlar edi. Alif'ni hali hech kim bilmas, 2 xonada 20 atrofida odam ishlar edik. Shaharda yurganimizda bo'lajak hamkor do'konlarni rasmga olib, bir-birimizga yuborardik. Ya'ni, "yirik kompaniya" emas edik umuman. Lekin maqsadlar katta, qilishga ish ko'p, shu bilan mas'uliyat ham qo'rqmay berilardi.

Hozir birinchi ishlarini qidirayotgan yoshlarga aytgan bo'lardim-ki - yirik kompaniyaga shoshilmang. Birinchi yillarda eng muhimi katta tajriba orttirish, risklar qilib ko'rish, mas'uliyatni olish, aslida.

Katta kompaniyada yosh kadrga bularni ishonib topshirish kamdan-kam bo'ladi. Tajriba orttirasiz, lekin katta mexanizmning bir detalchasi bo'lib, barqaror ish bo'ladi, lekin risk ololmaysiz. Tajribasiz bo'lganingiz uchun katta mas'uliyat ham berishmaydi.

Yaxshisi, yosh va o'z ustida ishlayotgan jamoaga qo'shiling. Mayli, hozir ular katta pullar topmasin, mayli ularni hech kim bilmasin. Lekin o'sadigan kompaniya bilan siz ham tez o'sasiz. Birga ishlaganim ko'plab hamkasblarim bunga yaqqol misol.
5 yildan keyin o'zimni qayerda ko'raman?

Bilmayman. Tushundimki, 5 yillik rejalarim tez amaldan tushib qolarkan. O'rniga 1 yillik maqsad qo'yishga o'tdim, maqsadga yetkazadigan rejalarimni esa 3 oylik diapazonda boshqarish foyda beryapti. Choraklarga sho'ng'iganda ularni oxirigacha yetkazib boryapman, shunda rejalar bajarilyapti.

Demak, hamma uchun ham birdan 5-10-15 yillik rejalarga sho'ng'ib ketish to'g'ri emas ekan. Kompaniyalarni kuzatib, bu yondashuv ular uchun ham to'g'ri deb hisoblayman.

Katta muddatli rejalaringiz tez amaldan tushib qolyaptimi, uyalmay, kichikroq muddat bilan ishlab ko'ring. Ularni zo'r qilib olsangiz, rejalash diapazoningiz ham kengayib boradi. Axir oqibatda, rejalarning muhim jihati ularning bajarilishi-ku.
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Ilgari mahsulot ishlab chiqishda eng katta tor joy kod yozish edi, hozir esa u product management’ga - feedback yig‘ish va foydalanuvchi/mijozlar bilan ishlashga ko‘chmoqda.


Bayram Annakovning kanalidan qiziq post olib keldim.

Menimcha, yaqin 3–5 yil ichida AI ko‘plab PMlarning odatiy, rutina ishlarini, ayniqsa product delivery bosqichidagi jarayonlarni bemalol bajara oladi.

Ammo product discovery bosqichi baribir sun’iy intellekt uchun eng murakkab qism bo‘lib qoladi. Chunki odamlarni faqat odamlar chuqur tushunadi: non-verbal signalalar, yashirin kontekstlar, kayfiyat va motivatsiyalarni anglash ko‘pincha hatto bazi odamlarni o’ziga qiyin. AI uchun esa juda katta challenge bo‘lsa kerak.

Yana bilmadim… Sizlarda qanday prognoz?

@latipovasamira
Samarkand challenge, Boqiy shahar, 2025
Manguberdi Lapasov | blog
Photo
Challenge ni bu safar oxirigacha yetkazmadim. Suzishda masofadan tashqari suv harorati ham muhimligini hisobga olmabman.

Motivatsion gaplar qòshmayman. Harakatda davom etamiz.
Qarz - 1/2

Ehtiyoji bor odamga qarz berish juda xayrli ish, va insonlar o'rtasida bir-biriga ko'mak berishning muhim bir yo'li.

Shubhasiz, qarz yordam beradigan ko'plab holatlar bor. Lekin, chindan ham qarz olish mumkin deb hisoblaydigan holatlarim 2 ta:

1. Shoshilinch muammo chiqqanda. Bu yerda hammasi tushunarli.

2. Qarz ko'proq foyda olib kelish mumkin bo'lgan holatda. Bu, aynan, iqtisodiy jihatdan o'zi bilan ko'proq foyda olish imkoniyatini ochadigan qarz haqida. Ya'ni, agar qarz olib, uni biror ishga tiksangiz, foyda olish imkoniyatini yaratasiz yoki qo'ldan boy bermaysiz.

Ko'plab bizneslar, rivojlanayotgan davlatlar bunday yo'ldan o'tadi. Yoki, qarzga noutbuk sotib oldingiz va shu noutbuk ish qurolingizga aylanib, daromad topishingizda muhim instrumentga aylanadi. (o'sadigan qarz - ribo/bank kreditlari hech qanday holatda yaxshilikka olib kelmasligini ham eslatib o'taman)
Manguberdi Lapasov | blog
Qarz - 1/2 Ehtiyoji bor odamga qarz berish juda xayrli ish, va insonlar o'rtasida bir-biriga ko'mak berishning muhim bir yo'li. Shubhasiz, qarz yordam beradigan ko'plab holatlar bor. Lekin, chindan ham qarz olish mumkin deb hisoblaydigan holatlarim 2 ta:…
Qarz - 2/2

Bu holatlardan tashqarida qarz olish to'g'ri bo'ladi deb o'ylamayman. Ayniqsa, jismoniy yuzi yo'q tashkilotlardan (bank, lombard va nasiya tashkilotlaridan).

Sababi - qarz bu faqatgina imkoniyat emas, balki qo'shimcha majburiyat ham. Bu imkoniyat yo'qdan paydo bo'lmaydi, hozir uni yopishga imkoning yo'q ekan, demak u kelajagingdan olinadi. Bir muddatga shu qarz asosiy maqsadingga aylanadi, undan tashqarini o'ylashga imkoning yopiladi.

Insonda tabiiy chegaralar mavjud bo'ladi, hammada har xil bo'lishi mumkin. Menda, masalan, hozir mashina olishga ortiqcha mablag'im yo'q - bu mening tabiiy chegaram - demak, hozircha mashina olmasligim kerak. Qachonki, o'zimda shunga yetarli mablag' paydo bo'lsa, men mashinani bemalol olishim mumkin bo'ladi.

Qarz - mana shu chegaralarni sezdirmay buzishga yordam beradigan vosita, lekin bu romantik "chegaralarni buz" degan qolip emas, uning oqibatlari hech qayerga ketmaydi. (Agar u senga foyda keltirmagan bo'lsa) Faqatgina ortiqcha iste'mol qilganing qoladi xolos.
Sam Altman (ChatGPT direktori) ning sun'iy intellekt bilan so'nggi 5 yilda bosib o'tilgan yo'l va keyingi 5 yillik haqidagi fikrlari.

AI rivojlanishi va kengayishiga kattaroq masshtabda qarash va chuqurroq tushunish mumkin.

Sam keyingi 5 yilda, o'zi va jamoasi uchun eng muhim muammo AI (superintellekt) ni arzon va hech kimga bog'liq qilib qo'ymaslik deb aytib o'tgan.
Bu yilgi ta'tilda qishlog'imga keldim. "Qishloq maazza, sookin" deydi-ku).

Yo'llar ancha tekislanibdi, ayniqsa Jomboydan kelishda sezildi. Bir hafta davomida svet deyarli o'chmadi, internet yaxshi ishladi, suvni kachalkadan olish ham shart emas endi. Moshinada 10 minutlik yo'lda Registon o'quv markazi ochilibdi, mahalliy taksi xizmatlari juda tez va avvalgidan arzonroq narxlarda yo'llarni yaqinlashtiryapti.

Muhitni almashtirish ishdan chiqib olishga yaxshi ta'sir qilar ekan, 1 hafta emas, 1 oylar o'tganday tuyulyapti.

Zarafshon mahallasi (eski "Lenin" qishlog'i), Bulung'ur tumani