Manguberdi Lapasov | blog
https://www.thenorthstar.com/p/how-we-must-end-this-genocide-after
2 yil oldin tanishlarim marafonda 21 km yugurganini ko'rib hayroq qolgandim. 21 kilometr a?
O'zimni bunday masofalarni bosib o'ta oladiganlar safida hech ko'rolmasdim, amalga oshirish juda qiyin maqsad edi men uchun.
O'tgan yili avgustdan yugurishga jiddiyroq e'tibor berdim, o'zim uchun ajoyib sportni topdim. Bugun yarim marafon (21 km) yugurdim. Alhamdulillah!
----------------
Kattaroq niyatlarimiz bilan ham shunday bo'ladi degan umidda, bu ular yo'lida kichik bir qadam bo'lib qolishini juda xohlayman.

LinkedIn profilingiz bo’lsa, sizda kodsiz dasturlash asosidagi startuplar aro bo’layotgan tanlovda O’zbekistonlik yagona ishtirokchini qo’llab quvvatlash imkoniyati bor.
Tanlovni faqat Like'lar hal qilar ekan.
Akamiz va do’stimiz Islombek Karimovni qo’llab quvvatlash uchun ushbu postdagi loyiha bilan tanishing, yoqsa, 👍 bosib bersangiz yetarli.
Mukofot jamg’armasi $5000, shunga o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz!
LINK
Maksimal LinkedIn profili bor tanishlaringizga yuborib, loyihani qo'llab quvvatlang.

Forwarded from Product Community | Uzbekistan
Встречаемся на долгожданном Product Meetup уже совсем скоро!
📌 Сохраните дату и время:
📅 10 мая
⏰ 14:00 - 18:00
📍 Impact.t (4 этаж) -локация
Спикеры:
Мангуберди Лапасов – Product Manager в Alif
Тема: Как обратная связь клиентов формирует продукт
Маргарита Беляева – Head of Product в YouDo
Тема: Как найти свою North Star metric и выстроить работающую иерархию метрик в продукте
Алишер Алимов – основатель Azma Finance & Muna Media, соучредитель KSP Consulting
Тема: 7 ошибок при запуске Azma Finance и как их избежать
Алексей Иванов – основатель и руководитель Customer Experience Laboratory и Академии CX
Тема: Почему обратная связь от клиентов может навредить при создании продукта и как этого избежать
☕️ После выступлений вас ждёт уютный кофе-брейк, где можно лично задать вопросы, обсудить горячие темы и поделиться собственным опытом в дружеской атмосфере.
Благодарим партнеров Alif Academy и Impact.t за поддержку сообщества!
🔗 Регистрация (БЕСПЛАТНО) по ссылке.
‼️ Места на митапе ограничены.

Product Community | Uzbekistan
Встречаемся на долгожданном Product Meetup уже совсем скоро! 📌 Сохраните дату и время: 📅 10 мая ⏰ 14:00 - 18:00 📍 Impact.t (4 этаж) -локация Спикеры: Мангуберди Лапасов – Product Manager в Alif Тема: Как обратная связь клиентов формирует продукт Маргарита…
Ertaga mijozlar bilan gaplashish mahsulotni shakllantirishda qanday rol o'ynashi haqida gapiraman.
Ma'ruzamning asosiy qismi mijozlar gapiga, izohlariga quloq solish muhimliligi haqida bo'ladi. To'g'risi, ishimda biror muammoni hal qilishda, yoki manfaatli loyihalarni boshlashda men uchun suhbatdoshlarimni eshitishdan foydaliroq ko'nikma juda kam bo'lgan.
Suhbatdoshlarni to'liq eshitish kamida 2 ta katta foyda beradi:
1. Suhbatdoshingiz o'zini to'liq bayon qilib oladi (bu nimaga muhim ekanligini bilish uchun sizni eshitishmaganda o'zingizni qanday his qilganingizni eslashingiz yetarli)
2. Ko'proq ma'lumot va fikrlarni eshitasiz, qabul qilasiz va ular asosida aniqroq qaror qabul qila olasiz.
"Mening aytganim bo'lishi kerak, meni eshitishlari kerak" ni to'xtatish, hatto kamaytirish ham qiyin, tushunaman sizni, lekin agar haqiqat siz uchun muhimroq bo'lsa, buni o'rganish kerak bo'ladi barbir.

1 ga 1
Ba'zan, har xil kompaniyalardagi ichki muhit haqida yoqimsiz gaplar eshitib qolaman - hamkasblar bir-biridan alamzada, bir-birini ko'rolmagan, yoki bir-biriga qarshi ishlar qilib yurgan bo'ladi. To'xtang, bunday muhitda ishlab, o'sib bo'ladimi axir?
Bu yil bir necha tadbirkor jamoalariga Alif da ekskursiya qildik. E'tiborimni bir narsa tortdi, har birlariga bizning "feedback room" larimiz juda qiziq edi.
"Feedback room" ikki inson bir-biriga nisbatan fikrlarini ochiq ayta olishi uchun mo'ljallangan xonachalar. Lekin "feedback room" bu qo'shimcha qulaylik xolos, asl qadriyat bu "feedback"madaniyati deb o'ylayman.
Agar hamkasbing nimanidir noto'g'ri qilayotganini ko'rsang, yoki nimadir ichingda unga nisbatan yomon hissiyotlarga sabab bo'layotgan bo'lsa, uni feedback room ga chaqirasan va to'g'ri feedback berasan. Senga kimdir feedback bersa, uni qabul qilib, harakatlaringga qaytadan baho berib ko'rasan. Va feedback madaniyati absolyut hammada ishlashi kerak, u yangi kelgan yosh o'rganuvchi bo'ladimi yoki CEO, farqi yo'q. Boshqachasiga u ishlamaydi.
Lekin ishlata olsang:
- jamoangda yashirin adovatlar bo'lmaydi;
- bir-birini yaxshilik va o'sish taraf tortadigan muhit yaratasan;
- jamoangda ishidan mamnun bo'lish ortadi;
- jamoang gaplari bekor ketmasligini tushunadi;
----------
Feedback qilingan yaxshi ishlar haqida ham beriladi, va bu ham juda muhim.
"Feedback" - "maslahat", balki shu to'g'ri tarjimadir.

Inklyuziv va ekstraktiv tizimlar Inklyuziv tizimlar - (inclusive - ichiga oluvchi) - hammaning manfaatini hisobga oluvchi tizimlar. Ekstraktiv tizimlar - (extract - siqib olish) - bir guruh foydasiga ko'pchilikning manfaatlariga zid ravishda ishlaydigan…
Mamlakatlar tanazzuli sabablari
Davlatlar iqtisodiy tanazzulga ekstraktiv tizimlar sababli yuz tutadi. Bu tizimlar qashshoq mamlakatlarni qashshoqlikda ushlab turadi va ularning iqtisodiy taraqqiyot yo'liga chiqib olishlariga halaqit beradi.
Ekstraktiv tizimlar - (extract - siqib olish) - bir guruh foydasiga ko'pchilikning manfaatlariga zid ravishda ishlaydigan tizimlar.
E'tiborimni Zimbabvedagi yolg'on saylovlar va 1990-yillardan boshlangan Misrdagi adolatsiz xususiylashtirish tizimlari tortdi. Zimbabve rahbari Mugabe 100% lik ovozlar yig'ar, Misrda esa biror davlat korxonasi xususiy sektorga sotilganda yaxshiroq taklif emas, yaqinroq odamlardan takliflar yutib ketardi.
Oqibatda, saylovlarni moliyaviy qo'llab quvvatlash uchun tinmay pechat qilingan Zimbabvening mashxur dollari paydo bo'ldi, Misrda esa bir guruh boyligini ko'paytirib olgani holda, aholining 40%i qashshoqlikka mahkum bo'ldi.

Farovonlik yo'li qanday?
Kitobdan olgan xulosalarim bir nechta:
1. Farovonlik uchun markazlashish va inklyuziv tizimlar bo'lishi o'ta muhim -
a. Qisqa rivojlanishga ekstraktiv tizimlar bilan ham erishsa bo'ladi (Sobiq Sovet Ittifoqi), lekin markazlashmagan tizimlarda buning imkoni yo'q (Kongo, Somali, Afg'oniston). Ya'ni, tarqoqlik faqat zararga ishlaydi; Markazlashish - bir yoqadan bosh chiqaramiz degani.
b. Farovonlik inklyuziv tizimlar bilan boshlanadi va barqaror davom etadi. Inklyuziv tizimlar ishlaganda - faqat bir guruh emas, hammaning manfaatlari hisobga olinadi. Imkoniyatlar teng va adolatli taqsimlanadi.
2. Eng katta chaqiriq esa inklyuziv tizimlarni barpo etilishi va ularning o'rnini muhim jabhalarda mustahkamlashda -
a. Farovonlik yo'li bir kunlik yoki 1 oylik emas. Bu bir necha yil davom etadigan va kerakli tizimlar qurilganidan so'ng doimiy sergaklik talab qilinadigan yo'l. Hech bir katta o'zgarish kichik muddatlarda amalga oshmagan, jumladan, eng muvaffaqiyatli misolga ham 23 yil kerak bo'lgan.
b. Ko'pchilik haqqi va talablarini muvofiqlashtirishga qodir vatandoshlik jamiyati tizimlari qurilishi kerak. Ular ham yana bir oligarxiyaga aylanib ketmasligi yoki mavjud ekstraktiv tizimlar tomonidan yutib yuborilmasligi uchun kuchli va o'z-o'zini nazorat qiladigan bo'lishi lozim. Braziliyada bu Ishchilar Partiyasi qurilishi bilan bo'lgan, masalan.
с. Mana shu tizimlarni va inklyuzivlikni himoya qilish uchun har bir kishidan harakat/e'tibor talab qilinadi. Biror misolni ko'rmadim-ki, o'z-o'zidan inklyuzivlikka erishilgan bo'lsa. Angliyada ham (baronlar qiroldan huquqlarini so'rab olgan, masalan), AQShda ham, Botsvanada ham, va eng muvaffaqiyatli misolda ham shunday harakat kerak bo'lgan.
d. Inklyuziv tizimlar atrofida uyushganlik bo'lishi zarur. Angliya, Fransiya, Yaponiya, AQSh, Botsvana va Braziliya misollarining barida uyushmalar muhim rol o'ynagan. Angliyada bu baronlar koalitsiyasi bilan, Braziliyada esa ishchilar uyushmasi bilan boshlangan.
e. Boshboshdoqlik va qonunsizlikka aylanib ketmasligi uchun bu uyushmalar/tizimlar markazlashgan hokimiyatning biror darajasiga chiqishi kerak.
f. Va bu harakatlar jamiyatda to'g'ri aks-sado topib borishi uchun OAV ning harakatlari benazirdir. Angliya va Fransiya muvaffaqiyatida pamflet va kitoblar o'ta muhim rol o'ynagan.

Yoshlik - umid, osmon orzular va yangi-yangi chaqiriqlar vaqti
Yaqinda 26 ga kiraman, lekin ba'zan o'zimda yoshlarga xos bo'lmagan yopiqlikni, orzularimni esa juda kichiklashib ketganini his qilaman. Huddiki, endi hayot faqat tirikchilikdan iborat bo'ladiganday, "kunimizni ko'rib turish uchun ishlab tursak bo'ldi-da" deganday. Yaqin do'stlarim orasida ham shuni sezaman. Do'stlar, dunyoni o'zgartirish, katta ishlar qilish haqidagi orzular qani?!
Balki bu tengdoshlardan iborat muhitdan uzilganlik, yoki endi haqiqiy mas'uliyat yelkaga tushganligi bilan bog'liqdir. Endi har kuni ertalab ishga borish kerak, kechqurun uyga uhlashga kelish uchun ham zo'rg'a kuch topayotgandirmiz. Ehtimol katta orzularimiz, o'zimizga bo'lgan kuchli ishonch kundalik bir xillikka, katta muammolarga urilib sinib ketgandir. Reels, storieslar ko'rib esa ichimizdagi tabiiy chaqiriqqa intilishni yutib yuborayotgandirmiz.
Bu post o'zim va o'zim qatori yoshlarga ataladi - uyg'oning, biz hali ham potensialga to'lamiz. Hayotimizning katta mazmunli qismi hali oldinda. Imkoniyatlarning eng zo'rlari hali ham bizga ochiq. Va to'g'risini aytganda, kim hayotini qo'liga olsa, bugun juda oson yutadi. Hayotimizni passivlik bilan to'ldirmasak bo'lgani.
-------------
To'g'risi, tirik har kim bu hayotda besabab tirik emas. Har kimni o'zining rizqidagi benazir imkoniyatlari poylab turibdi.

Hal qiluvchi nuqta
Qiziqarli g'oya chiqadi, uning kerakliligi, foydasi haqida hisob kitob qilamiz, maslahatlar olamiz. Ishni boshlash uchun deyarli hamma narsa tayyor bo'ladi. Tartibli rejalar-u, "zo'r bo'p ketishi haqida" yaqin odamlar bilan bo'lishib, mazza qilamiz. Keyin ...
Keyin shu muhim nuqtada g'oya hayotga kelmay turib, to'xtaydi... Qizig'i, tashqi dunyo bunda kamdan-kam sababchi bo'ladi. Ko'pincha, shu ish uchun javobgarning o'zi uni tashlab qo'yadi, tamom. Haqiqatdan urinib ham ko'rmaydi.
Avval e'tibor bermasdim, yaqin 2-3 yilda bunga boshqa-boshqa holatlarda qayta-qayta guvoh bo'lyapman. O'zimda, yaqinlarim va atrofimdagilarda, hattoki katta kompaniyada ham.
- "Zero to one" ni belgilab berish nuqtasi balki shudir.
- "Amalga oshirish, hayotga keltirish" - qanday ajoyib ifodalar.
- "One", amalga oshirish.

Mahsulot boshqaruvi - ekran ortidan
Katta kompaniya bo'ladimi yoki yakka tadbirkor bozorda o'rnini topgan ekan, demak bir nechta faktorlarga e'tibor bergan. Mana shu faktorlar nimalar ekanligi, tadbirkorlik qarorlari, kerakli "nisha" topilishi, narxlar qanday belgilanishi - men uchun juda qiziq va sirli tuyulardi.
2022 yilda Alifda shunga eng yaqin pozitsiyaga o'tkazishlarini so'radim va menga "Product Management" (Mahsulot boshqaruvi) dunyosiga eshiklar ochildi. Ochig'i, ayni menga kerakli soha edi. Bu komandaga o'tganimda 8 ming aktiv foydalanuvchimiz bor, ishlar endi qizishni boshlayotgandi. Tez o'rganishim kerak edi, shunday qilib:
- klientlar bilan gaplashish,
- ularga nima kerakligini tushunib yetish,
- shu kerakli tovarni tayyorlash va
- marketing orqali sotish qanday amalga oshirilishini o'rgandim.
Bugunga kelib, 1,7 mln aktiv foydalanuvchilar bilan ishlayapmiz va 3 yildan keyin ham savollarim kamaygani yo'q, lekin endi sirlar qolmadi.
Ekran orti juda qiziq olam bo'lib chiqdi, endi tovarlar va reklamalarga hech avvalgi ko'z bilan qarolmayman). Bu dunyo sizga ham qiziq bo'lsa, tovarlar qanday "o'ylab topilishi" va sotilishini o'rganmoqchi bo'lsangiz, ikki juda kuchli ustozim bilan Alif Academy da kurs boshlayapmiz, ro'yxatdan o'ting.
----------
To'liq tadbirkorlikka bir qadam qoldi - risk olish.
#product #mahsulotboshqaruvi

Forwarded from АйPulatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sem Altman aytgan fikrga to‘liq qo‘shilaman: hammasi sizning yondashuvingizga bog‘liq.
Vahimaga tushib qolish mumkin:
"Sun’iy intellekt men ilgari bajargan barcha ishlarni qilyapti. Endi mening keragim yo‘qmi?" deb.
Yoki. Bunga boshqacha qarash ham mumkin:
"Mana, yangi vosita paydo bo‘ldi. U bilan men ko‘proq, tezroq va yaxshiroq ishlay olaman. Uning yordamida nimalar qilishni xohlardim? Nimalar qila olaman"
Masalan, men ushbu videoni o‘zbek tiliga - to‘liq sun’iy intellekt yordamida ovozlashtirdim.
Studiyasiz. Budjetsiz.
Bugungi kunda sun’iy intellekt sizga o‘z o‘rningizni egallash imkoniyatini bermoqda - masalan, xorijiy podkastlarni o‘zbek tiliga ovozlashtirish.
Qiziqarli mavzular, sifatli podcastlar, juda ham ko’p.
Shunchaki sizda xohish, ozgina bilim va qiziqish bo’lsa bo’ldi.
@pulatov_kh

Product test
Yaqin do'stim kitob ulashish va ijaraga olish uchun platforma ustida ishlayotgandi. Birinchi versiyasi tayyor bo'libdi.
Sinab ko'ring, ilm manbalari bilan bo'lishing va sizni qiziqtirgan kitobni topsangiz, ijaraga oling.
Birinchi foydalanuvchilar uchun 2 ta qiziqarli kitob qo'shdim.
Yaqin do'stim kitob ulashish va ijaraga olish uchun platforma ustida ishlayotgandi. Birinchi versiyasi tayyor bo'libdi.
Sinab ko'ring, ilm manbalari bilan bo'lishing va sizni qiziqtirgan kitobni topsangiz, ijaraga oling.
Challenge - Chaqiruv
Marafonlarning eng foydali jihatlaridan biri avval yetib bo'lmasdek tuyulgan marralarga ma'lum muddatda kichik qadamlar va intizom bilan yetishni o'rgatishda deb topdim. 3km ni ba'zan-ba'zan zo'rg'a yugurgan vaqtlarimda, avval 10km juda uzoq tuyulardi, 21km ni jinnilik deb bilardim, lekin marafonda yuguraman deb maqsad qo'yib ikkisini ham qilish mumkinligini tajribamda ko'rdim. Buning ustiga yugurish eng sevimli mashg'ulotlarimdan biriga aylanib qoldi.
Keyingi marra triatlon sprinti - Samarqand challenge. Inshaalloh, shu yil avgustda do'stim Bobur bilan bu marrani zabt etishni reja qilganmiz. 750m suzish, 20km velikda, 5km yugurish va hammasini 2 soat 15 minutda tugatish kerak.
Bunda men uchun asosiy chaqiruv - suzishda - bungacha to'xtamay 80m suza olardim, endi buni 750m ga chiqarish kerak.

Alloh kamchiliklarimizni avf etib, ikki olamda ham bizga rahmatini nasib qilsin.
Qurbon hayiti muborak bòlsin!
Qurbon hayiti muborak bòlsin!
Manguberdi Lapasov | blog
Mahsulot boshqaruvi - ekran ortidan Katta kompaniya bo'ladimi yoki yakka tadbirkor bozorda o'rnini topgan ekan, demak bir nechta faktorlarga e'tibor bergan. Mana shu faktorlar nimalar ekanligi, tadbirkorlik qarorlari, kerakli "nisha" topilishi, narxlar qanday…
Product manager o'zi nima ish qiladi? degan savolga javob
1. Izlanishlar - savollarga javob qidirish - ishimning katta qismini tashkil qiladi - bu qismni "discovery" deb ataymiz va unda har xil usullar bilan ma'lumotlar to'playmiz va tahlil qilamiz. Masalan:
- Odamlar nima uchun kartalar tarixini ko'rishadi? Analitikadan foydalangan bo'lisharmidi? Nima qilsak foydalangan bo'lishardi?
- Paymeda foydalanuvchilarni nima ushlab turadi-yu, Alifga nima sababdan o'tishdi? (Ha, hozircha biz "yetib olish" holatidamiz).
2. Ikkinchi katta qismi - delivery:
- qiymat beradigan mahsulotni ishlab chiqarish, bunda men ko'proq raqamli mahsulotlar bilan ishlayman. Ularni kod yozib tayyorlaymiz, jamoamizdagi injinerlar bilan.
- va foydalanuvchilarga yetkazish - bunda mahsulotni foydalanuvchilarga har xil marketing kanallari orqali yetkazamiz.
3. Va bu orada biz ko'plab ma'lumotlar, grafalar, fikrlarni kuzatib boramiz - ulardan xulosa qilib, yaxshiroq natija uchun yana nimadirlarni o'zgartiramiz.
Ha, ishimiz hafta boshlanishida bir vazifa berib qo'yishdan iborat emas😅 (IT komandalar-da shunday hazilomuz fikrlar yuradi).

Qaysi davlatda o'qish kerak? GPT bilan birga izladim
Ikki yildan keyin chet elda yashab, tajriba orttirishni reja qilyapman. Davlatni hali aniq qilmadim, lekin o'qish niyatim bor. Yaponiya haqidagi ko'rsatuvni ko'rib, Yaponiyaga qiziqib qoldim va undagi imkoniyatlarni o'rganish uchun ChatGPT ni ochdim.
Ishim va boshqa maqsadlarim uchun undan ko'p foydalanganimga - soham va qiziqishlarimni bilardi. O'qish va oilam uchun sharoitlar haqida ozgina ma'lumot qo'shib Yaponiya variantini talablarimga qanchalik mosligini tekshirib ko'rishini so'radim. Anchagina mazmunli ma'lumotlar bilan bo'lishdi va Yaponiyada o‘qish vizasi asosida ishlash imkoniyati cheklanganini, yashash xarajatlari yuqori ekanini aytdi.
Boshqa variantlarni ham ko'rdim, Arab davlatlarida ham o'qish vizasi bilan borganda ishlashga cheklovlar bor ekan, Turkiya va Malayziyada u qadar yuqori darajada o'qish imkoniyatlari halicha topilmadi. Bir necha faktorlar bo'yicha solishtirganda Buyuk Britaniya eng yaxshi variant sifatida qoldi. Qisqa "suhbat" bilan bu ma'lumotlarni olish meni hayratlantirdi va rejalarimni tartiblashda katta yordam berdi.
Lekin bir nechta muhim nuqtalarni ham qo'shib ketishim kerak:
- GPT – boshlanish nuqtasi, yakuniysi emas. Bu yo‘llarni bosib o‘tgan odamlar bilan ham maslahatlashmoqchiman;
- Qo‘shimcha manbalarni ham ko'rish kerak. Masalan, ChatGPT bu safar “El-yurt umidi” fondi haqida umuman ma’lumot bermadi yoki "Alif"da topishim mumkin bo'lgan imkoniyatlarni bilmaydi;
- O'ta muhim va shaxsiy ma'lumotlarga ehtiyot bo'lish kerak deb o'ylayman.
Siz ham chet elda o‘qish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, GPT'ni tahlil vositasi sifatida ishlatib ko‘ring.
----------
Prompt bu yerda:
Prompt bilan bo'lishmayman), postni yana bir o'qib chiqsangiz muhim savollar tabiatini ko'rib olasiz shundog'am. Sun'iy intelllekt bilan ishlash o'zi odamlarni dangasa qilayotgan paytda, hech bo'lmaganda savollar berish qobiliyatini tajriba qilishimiz kerak.
Ikki yildan keyin chet elda yashab, tajriba orttirishni reja qilyapman. Davlatni hali aniq qilmadim, lekin o'qish niyatim bor. Yaponiya haqidagi ko'rsatuvni ko'rib, Yaponiyaga qiziqib qoldim va undagi imkoniyatlarni o'rganish uchun ChatGPT ni ochdim.
Ishim va boshqa maqsadlarim uchun undan ko'p foydalanganimga - soham va qiziqishlarimni bilardi. O'qish va oilam uchun sharoitlar haqida ozgina ma'lumot qo'shib Yaponiya variantini talablarimga qanchalik mosligini tekshirib ko'rishini so'radim. Anchagina mazmunli ma'lumotlar bilan bo'lishdi va Yaponiyada o‘qish vizasi asosida ishlash imkoniyati cheklanganini, yashash xarajatlari yuqori ekanini aytdi.
Boshqa variantlarni ham ko'rdim, Arab davlatlarida ham o'qish vizasi bilan borganda ishlashga cheklovlar bor ekan, Turkiya va Malayziyada u qadar yuqori darajada o'qish imkoniyatlari halicha topilmadi. Bir necha faktorlar bo'yicha solishtirganda Buyuk Britaniya eng yaxshi variant sifatida qoldi. Qisqa "suhbat" bilan bu ma'lumotlarni olish meni hayratlantirdi va rejalarimni tartiblashda katta yordam berdi.
Lekin bir nechta muhim nuqtalarni ham qo'shib ketishim kerak:
- GPT – boshlanish nuqtasi, yakuniysi emas. Bu yo‘llarni bosib o‘tgan odamlar bilan ham maslahatlashmoqchiman;
- Qo‘shimcha manbalarni ham ko'rish kerak. Masalan, ChatGPT bu safar “El-yurt umidi” fondi haqida umuman ma’lumot bermadi yoki "Alif"da topishim mumkin bo'lgan imkoniyatlarni bilmaydi;
- O'ta muhim va shaxsiy ma'lumotlarga ehtiyot bo'lish kerak deb o'ylayman.
Siz ham chet elda o‘qish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, GPT'ni tahlil vositasi sifatida ishlatib ko‘ring.
----------
Prompt bu yerda:
Falastin - tarixdan o'chirilish.
"Falastin savoli" (Edward Said) kitobini o'qishni boshladim - bu uzun, lekin juda muhim post kitobning birinchi bo'limidan olgan xulosalarim haqida bo'ladi. Akademik E. Said Falastin haqidagi tasavvur qanchalar buzilganligi haqida qiziq fikrlar va tahlil bilan bo'lishgan.
1. Falastin mavzusi ko'tarilganda bugun uning yonida doim sionizm harakati esga olinadi. Sionizm bu shunchaki yahudiylar uchun milliy harakat emas, balki Britaniyaga o'xshash imperial kuchlar bosqinchilik harakatining g'oyaviy davomi hamdir. Buning dalillaridan biri - 1917 yildagi Balfor deklaratsiyasi mahalliy aholisi mavjud yerni (Falastin hududlarini) yahudiylarga "milliy uy" qilib berishida ko'rinadi.
2. Sharqshunoslik (orientalism) bilan tasavvurlari shakllangan g'arb jamiyatlari ancha vaqtgacha Falastin hududlarini "yersiz odamlar uchun odamlardan holi yer" sifatida ko'rib kelishgan. Huddiki falastinlik arablar odatdagi "sharq vakili" kabi qoloq, passiv, madaniyatsiz - odam nomiga yetarlicha mos emasday.
3. Oqibatda, "Falastin savoli"ga falastinliklarning o'zlari qanday fikrda ekanligi hech kimni qiziqtirmagan. Balfor singari siyosatchilar matbuotda Falastin haqida muntazam "yahudiylar uchun vatan" sifatida gapirib kelgan - asl tub aholi - falastinliklarning huquqlari va o'zligini butunlay pisand qilmagan holda.
4. "Davlat" qurilishida huquqlar yoki demokratiya hisobga olinmagan. 1917 yil, Balfor deklaratsiyasi qabul qilinganda hududdagi 90% aholi yahudiy bo'lmagan arablardan iborat edi. 1947 yilda ham yahudiy bo'lmaganlar aholining 2/3 qismini tashkil qilgan - lekin ko'pchilik ovozi e'tiborga olinmagan.
5. So'ngra, 1948 yil "Naqba" (katta fojia) si sodir bo'ldi. 750 000 dan ortiq mahalliy yahudiy bo'lmagan arablar yerlaridan haydaldi, 400 dan ortiq hayotga to'la qishloqlar buzib tashlandi. BMT ning 194 chi rezolyutsiyasi qochqinlar o'z uylariga qaytish huquqiga egaligini ta'kidlasa-da, falastinliklarga bunga hech qachon qo'l qo'yilmadi.
O'zimga juda qiziq tuyulgan jihati - Said muammo faqat yerda emasligini tushuntiryapti. Haqiqiy muammo kimning ovozi eshitilishi va kimlarning haqiqati e'tirof etilishida.
Shu prizma bilan bugun Falastindagi holatga qaraganimizda nima o'zgarganini ham tushunganday bo'laman - endi Falastin haqida falastinliklar ovozi ko'proq eshitilyapti, haqiqat faqat antisemit bòlmasligi ma'lum bo'lyapti. Natijada, "Falastin savoli"ga nisbatan jamiyatlar munosabatlari ham o'zgarib boryapti. Afsuski, bu anchagina qurbonliklar talab qildi...

Challenge - Chaqiruv Marafonlarning eng foydali jihatlaridan biri avval yetib bo'lmasdek tuyulgan marralarga ma'lum muddatda kichik qadamlar va intizom bilan yetishni o'rgatishda deb topdim. 3km ni ba'zan-ba'zan zo'rg'a yugurgan vaqtlarimda, avval 10km juda…
Mubolaģa haqida eshitganmisiz?
Menimcha, jismoniy mashqlarning kayfiyatga ijobiy ta'siri haqida mubolaģa qilib bòlmasa kerak.
Sportni kanda qilmang!