Turtma hayot, makringni yaxshi bilaman,
Yigʻlatasan, ertaga yana kulaman.
Gʻiybatim qilganlarga gʻazab qilmasdan,
Haqga havola etib, sabr qilaman.
Dunyoni sevganlarni nochor koʻraman,
Izzatim yoʻq joydan nari turaman.
Koʻksimdagi boyligim Allohning uyi,
Qalbimni qadrimdan asrab yuraman.
Umr yetmas tavbaga, Yo Rab netaman?
Nafsim oʻchogʻida zardob yutaman.
“Charchadingmi ey bandam, avf etdim seni,
Sogʻindim, yur!” -desang, hozir ketaman!
✍🏻 Gulnoz Sharif
@notes_pg

Shahar xuddi sarobdek. Hamma narsa manfaat ustida bunyod bo'lgan. Odamlarning soxtakor muomala va xatti-harakatlari meni ulardan uzoqlashtirmoqda. Bundaylarni ko'rsam, yuragim zirillaydi. Ayt-chi, chin huzur qayerda, manzili zarur menga! Nasriddin Afandidan "Dunyoni qanday topdingiz?" deb so'rashganida, "So'ray-so'ray", topdim", deb javob bergan ekan. Biz so'rayapmiz, javoblar olyapmiz, ammo bu javoblar bilan hech qayerga borib bo'lmaydi. So'ng tinchimiz buziladi. Ha, so'rash, izlanish kerak, ammo hammasidan ham avval dardlasha oladigan sherik topish darkor.
Ko'ngilga yaqin bir inson topilsa, so'zga hojat qolmaydi, ko'z ko'zga tushganda qalblar suhbat boshlaydi. Dunyoga dil bog'lagan ikki kishi duch kelib qolsa o'rta buziladi. Ahli dunyo bilan ahli muhabbat bir joyga jam bo'lsa, jiddiyroq sovuqchilik chiqmas, biroq shirin suhbat ham qurib bo'lmaydi. Ikki nafar ishq tutquni to'qnash kelib qolsa, eng yaqin yo'ldoshlarga aylanadi. Dardga darmon bo'lmas, ammo dardkash bo'ladi. Zero, izlaganimiz darddan forig' bo'lish emas, hamdarddir.
✍🏻 Hikmat Anil O’ztekin "Eyvalloh"

Ba'zan yomg'ir bo'lgim keladi. Bulutdan ayrilganimdan so'ng tuproqdan ko'tariladigan o'sha ajib hidni insonlarga armug'on etishni istayman. Modomiki nasibimiz mahzunlik ekan, hech bo'lmasa uch-to'rt kishining yuragidagi hovurini bosaylik, deyman. Yog'aylik osmonlardan. Havolar tozalansin kirlardan, zehnlar yomonliklardan poklansin...
"Eyvalloh, Sayyoh"
@notes_pg
"Eyvalloh, Sayyoh"
@notes_pg