Notes_pg📖
51 subscribers
225 photos
75 videos
4 files
61 links
Ketma - ket hamma narsani o'qish shart emas, qalbdagi savollarga javob bo'ladiganlarini o'qisang kifoya!

✍️🏻 Biz shundaylarini ulashamiz...

Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/notes.pg
Download Telegram
Ayrimlarning butun vujudi qalbdan iborat bo'ladi. Oyoqdan sochining uchigacha. Ularning hayoti juda qiyin kechadi.

✍🏻 Mubashshir Ahmad

@notes_pg
Choy bir umrlik yo'ldosh bizga, ko'pi bilan tilimizni kuydiradi xo'plaganimizda. Yomg‘ir esa dunyodagi eng go'zal ne'matlardan biri, uning isi betakror, rohatbaxsh...

"Eyvalloh, Sayyoh"

@notes_pg
Va bir oz yolg'izlik bilan qalbingizdagi yaxshilikdan yordam so'rang, chunki qalb olomon bilan buziladi.

✍🏻 Doktor Mustafo Mahmud

@notes_pg
Ba'zan yomg'ir bo'lgim keladi. Bulutdan ayrilganimdan so'ng tuproqdan ko'tariladigan o'sha ajib hidni insonlarga armug'on etishni istayman. Modomiki nasibimiz mahzunlik ekan, hech bo'lmasa uch-to'rt kishining yuragidagi hovurini bosaylik, deyman. Yog'aylik osmonlardan. Havolar tozalansin kirlardan, zehnlar yomonliklardan poklansin...

"Eyvalloh, Sayyoh"

@notes_pg
Niyat tilsim edi, tuyg'ularning "Basmalasi" edi. Tuproqdan olmos qilgan jilo edi. Inson amalining kimyosi edi. Amalning javhari edi.

"Qalb iffati"

@notes_pg
Sukut so'zga chiqmagan tuyg'ularning qalb tovushidir.

"Qalb iffati"

@notes_pg
Ўлим тўшагида ётган аёл эрига:
— Мендан кейин уйланманг, фарзандларимиз қаровсиз қолишади, — деди.

Фарзандлар оила қуришди, ота эса қаровсиз қолди...


Интернетдан

@IkromSharif
Bugun u ota… Ertaga sen ota bo‘lasan

Ota-onaga yaxshilik qilish - shunday qissaki, uni sen yozasan, bolalaring senga hikoya qilib beradi!

Hech kim otalarning fazlini inkor qila olmagay, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
“Robning roziligi otaning roziligidadir, Robning g‘azabi otaning g‘azabidadir”.

Boshqa bir hadisda: “Robning roziligi ota-onaning roziligidadir, Robning g‘azabi ota-onaning g‘azabidadir”, deyilgan.

Ota go‘yo chodirning tirgagiga o‘xshaydi, u qulasa, chodir butunlay qulab tushadi!

✍🏻 Doktor Hasson Shamsiy

@notes_pg
Hammasini bilishingni bilaman, Robbim.
Ammo shunda ham ichimdagilarni
Senga to‘kmoq qanchalar go‘zal.

Mehmet Yildiz


@notes_pg
Anor donasidek sochildi bir yil...
Istehzo aralash jilmayar taqvim.
Umr bu - orzular yoqqan olovda,
Charsillab yonmoqlik va turmoqlik jim...

✍🏻 Shuhrat Orif

@notes_pg
Dard - xushxabardir. Men shunday deb bilaman. Har bir quvonchdan oldin bir qayg'u xabarchisi keladi. Har bir xushxabar kishini avval dard bilan uyg'otadi.

✍🏻 Nuriya Chelen
“Har bir ayol Hojardir”


@notes_pg
Yolg'izlikda hislarning tili kalimaga keladi. Ularni obdon tinglash kerak. Tinglanmasa, kishini behuzur qiladi. His-tuyg'ular juda hassos bo'ladi, ularning bizga aytadigan ko'p gaplari bo'ladi. Aslida bir tuyg'u - Robbimiz bilan roz aytishga olib boradigan yo'ldir. U Zotdan kelgan narsaning kalomi ham albatta sokin bo'ladi.

✍🏻 Nuriya Chelen

@notes_pg
Tin olganing sayin horg’insan, valloh,
Yo’l ochilib borar yo’l yurgan sari…

✍🏻 Behzod Fazliddin

@notes_pg
Yo'qligingda sen haqingda
nima deganlarini bilganingda
edi faqat hayvonlargagina
tabassum qiladigan bo'lib
qolar eding!
Demak bilmasliging ham
ilohiy rahmatdir!

✍🏻 Abdulqodir Polvonov

@notes_pg
Na sevgi, na nafrat, na shodlik, na g’am…
Tobora baridan mosivo yurak.
Hech narsaga to’lib bormoqda olam,
Bu qanday ishora, bu nedan darak?

Na ishonch, na isyon va na itoat…
Go’yo butun borliq bo’shliq bilan band.
Tabiat Tangridan kutmas inoyat,
Dunyo borgan sari kofirga monand.

Na ilhom, na ijod, na amal, na so’z…
Barimiz zolim-u, barimiz mazlum.
Pushmonlar to’zoni ochirmaydi ko’z,
Hozircha umrimiz hechlikka mahkum.

✍🏻 Behzod Fazliddin

@notes_pg
Samolab bormoqda samoviy Sevgim -
Sen qulfi dilimni ochganing sari…

✍🏻 Behzod Fazliddin

@notes_pg
Rahmatiga ixlos aylab zahmat cheksang,
Og’riqlaring halovatga aylansalar.
Dil bog’iga alvon-alvon gullar eksang,
Xushbo’ylari salovatga aylansalar.

Marvaridday lahzalarni yiqqaningda,
Ufqlar sari manzur-manzur boqqaningda,
Kamtarlikning cho’qqisiga chiqqaningda,
Ta’zimlaring salobatga aylansalar.

Yolg’iz Uning yodi birla o’yga cho’msang,
Yolg’onlari qaytib chiqmas joyga ko’msang,
Orom chog’i ko’zni qo’rqmay, qo’rqmay yumsang -
Uyqularing ibodatga aylansalar.

Tomiringda oqar hayot nashidasi,
Har qadaming - tiriklikning qasidasi,
Bir o’zgarib g’amnok dunyo xaritasi,
Anduhlari saodatga aylansalar.

Tafakkurdan qanot bog’lab ko’kka uchsang,
So’ng yurakning suhanida gavhar sochsang,
Jumla jahon baxtin so’rab kafting ochsang -
Duolaring ijobatga aylansalar…


✍🏻 Behzod Fazliddin

@notes_pg
Ramazon hayiti muborak bo’lsin, azizlar