Notes_pg📖
50 subscribers
225 photos
75 videos
4 files
61 links
Ketma - ket hamma narsani o'qish shart emas, qalbdagi savollarga javob bo'ladiganlarini o'qisang kifoya!

✍️🏻 Biz shundaylarini ulashamiz...

Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/notes.pg
Download Telegram
Shunday katta voqealar bor - tezda unutiladi. Shunday mitti voqealar bor - hech qachon yodingdan o'chmaydi...

✍🏻 Shuhrat Orif

@notes_pg
Kun suzadi oy suzadi koʻk bahrida,
Koʻz qadagan manzili bor yer bagʻrida.

Yetmoq uchun oshiqarlar shom-u sahar,
Oyga sahar, quyoshga shom bitgay safar.

Oy ustidan kulib-kulib tonglar otar,
Dardi ichga toʻlib-toʻlib quyosh botar.

Yana ul shams muhabbat der tong otarda,
Yana ul moh muhabbat der kun botarda...

Muhabbat deb quyosh boʻlay, oftob boʻlay,
Badr boʻlay, hilol boʻlay, mohtob boʻlay.

Senga borsam boraversam, oromijon,
Kundek kulib oydek toʻlib Madinajon.

Koʻk toqida havaslansa oy-u quyosh,
Koʻzlarimda yiltirasa juft tomchi yosh.

✍🏻 Oʻtkirbek Muhammad Sobir

@notes_pg
Davomli zikr davomiy muhabbatga sabab bo'ladi. Zikrning qalbga foydasi, suvning ekinga foydasi kabidir. Yo'q, balki baliqqa zarurati kabidir. Zero baliqqa suvsiz hayot yo'qdir.

Ibn Qayyim rahimahulloh

@notes_pg
Yigʻlama, goʻzal inson! Darrov gʻamga botma. Qara, umid bor. Alloh bor...

✍🏻 Mehmet Yildiz "Izlash"

@notes_pg
Huzayfa roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida kishi bir so'zni aytib qo'yib munofiqqa aylanardi. Hozir esa sizlardan bunday so'zni bir kunda yo bir o'tirishda o'n martalab eshityapman!"

Mubashshir Ahmad

@notes_pg
Turtma hayot, makringni yaxshi bilaman,
Yigʻlatasan, ertaga yana kulaman.
Gʻiybatim qilganlarga gʻazab qilmasdan,
Haqga havola etib, sabr qilaman.

Dunyoni sevganlarni nochor koʻraman,
Izzatim yoʻq joydan nari turaman.
Koʻksimdagi boyligim Allohning uyi,
Qalbimni qadrimdan asrab yuraman.

Umr yetmas tavbaga, Yo Rab netaman?
Nafsim oʻchogʻida zardob yutaman.
“Charchadingmi ey bandam, avf etdim seni,
Sogʻindim, yur!” -desang, hozir ketaman!

✍🏻 Gulnoz Sharif

@notes_pg
Chorasizlik nima, bilasanmi?
Qalbing qanot qoqib uchgan joyga, tanangning bora olmasligi!

✍🏻 Shams Tabriziy

@notes_pg
Umidsizlik aro umidvordekman,
O'zingdan o'zgaga aytar dardim yo'q!

✍🏻 Behzod Fazliddin

@notes_pg
Alloh tomon yurishing sharti, farishtalar pokligida emas. Tiynating yuki va og'irligi ila yur oldinga! U emaklab bo'lsa-da O'ziga kelishingni sevadi.

✍🏻 Jaloliddin Rumiy

@notes_pg
Shahar xuddi sarobdek. Hamma narsa manfaat ustida bunyod bo'lgan. Odamlarning soxtakor muomala va xatti-harakatlari meni ulardan uzoqlashtirmoqda. Bundaylarni ko'rsam, yuragim zirillaydi. Ayt-chi, chin huzur qayerda, manzili zarur menga! Nasriddin Afandidan "Dunyoni qanday topdingiz?" deb so'rashganida, "So'ray-so'ray", topdim", deb javob bergan ekan. Biz so'rayapmiz, javoblar olyapmiz, ammo bu javoblar bilan hech qayerga borib bo'lmaydi. So'ng tinchimiz buziladi. Ha, so'rash, izlanish kerak, ammo hammasidan ham avval dardlasha oladigan sherik topish darkor.
Ko'ngilga yaqin bir inson topilsa, so'zga hojat qolmaydi, ko'z ko'zga tushganda qalblar suhbat boshlaydi. Dunyoga dil bog'lagan ikki kishi duch kelib qolsa o'rta buziladi. Ahli dunyo bilan ahli muhabbat bir joyga jam bo'lsa, jiddiyroq sovuqchilik chiqmas, biroq shirin suhbat ham qurib bo'lmaydi. Ikki nafar ishq tutquni to'qnash kelib qolsa, eng yaqin yo'ldoshlarga aylanadi. Dardga darmon bo'lmas, ammo dardkash bo'ladi. Zero, izlaganimiz darddan forig' bo'lish emas, hamdarddir.

✍🏻 Hikmat Anil O’ztekin "Eyvalloh"

@notes_pg
Ko'nikib ketmadim chorasizlikka,
Oyning nurlarida yo'llar izladim...

✍🏻 Behzod Fazliddin

@notes_pg
Dunyoning ishlari tugamas desam,
Ko'ngilning tashvishi bitmas ekan hech..

✍🏻 Gulnoz Sharif

@notes_pg
Eng ta'sirli kitobni istasangiz, bir insonni tinglang, uning o'tmishiga boqing, uning ko'zlaridagi mahzunliklarini o'qing, qalbidagi qayg'ularini his qiling, ruhidagi kechmishlariga sherik bo'ling.

✍🏻Taimaa Sattar

@notes_pg
Bir kichik uying bo'lsa. Quyosh nuri tushib turadigan va gullar bilan o'ralgan. Unga yo'lni faqat sevganlaring bilsa.

✍🏻 Ayman Yog'iy

@notes_pg
#umid

Jonimni ogʻritib koʻzimni yoshlar,
Darz ketgan koʻnglimning siniq shishasi.
Qalbimni yupatib umidga boshlar,
Robbimning sabrimga Jannat vaʼdasi!

✍🏻 Gulnoz Sharif

@notes_pg
Nusrat onlarini kutib vaqtingizni o'tkazmang! Chunki u boshingizda - Allohning "Bo'l, bas bo'ladi" kalimasini kutib turibdi. Balki siz o'zingizning haq bilan botil o'rtasidagi joyingiz qayerda ekani bilan mashg'ul bo'ling!

✍🏻 Shayx Muhammad G'azzoliy

@notes_pg
​Yoshingni koʼzingda ushlaysan mahkam -
Yiqilsa, bu dunyo koʼtarolmaydi.

✍🏻 Usmon Аzim

@notes_pg
Ayrimlarning butun vujudi qalbdan iborat bo'ladi. Oyoqdan sochining uchigacha. Ularning hayoti juda qiyin kechadi.

✍🏻 Mubashshir Ahmad

@notes_pg
Choy bir umrlik yo'ldosh bizga, ko'pi bilan tilimizni kuydiradi xo'plaganimizda. Yomg‘ir esa dunyodagi eng go'zal ne'matlardan biri, uning isi betakror, rohatbaxsh...

"Eyvalloh, Sayyoh"

@notes_pg