... Shunda angladimki, duo qilish seni eshituvchi, himoya qiluvchi borligiga ishonish ekan. Qayg’uga, shubhaga, qo’rquvga tushmaslik ekan. Duoda umid yo’q, amin bo’lish, ishonish bor. Umid bir ehtimol, xolos, chunki ichingda shubha bo’lishi ham bor gap.Amin bo’lishning ichida esa ishonch mavjud. Bu ikkisi bir narsa emas.
✍🏻 Hikmat Anil O’ztekin “Fesleen”
@satrlarda_hislarim
✍🏻 Hikmat Anil O’ztekin “Fesleen”
@satrlarda_hislarim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kun suzadi oy suzadi koʻk bahrida,
Koʻz qadagan manzili bor yer bagʻrida.
Yetmoq uchun oshiqarlar shom-u sahar,
Oyga sahar, quyoshga shom bitgay safar.
Oy ustidan kulib-kulib tonglar otar,
Dardi ichga toʻlib-toʻlib quyosh botar.
Yana ul shams muhabbat der tong otarda,
Yana ul moh muhabbat der kun botarda...
Muhabbat deb quyosh boʻlay, oftob boʻlay,
Badr boʻlay, hilol boʻlay, mohtob boʻlay.
Senga borsam boraversam, oromijon,
Kundek kulib oydek toʻlib Madinajon.
Koʻk toqida havaslansa oy-u quyosh,
Koʻzlarimda yiltirasa juft tomchi yosh.
✍🏻 Oʻtkirbek Muhammad Sobir
@notes_pg

Turtma hayot, makringni yaxshi bilaman,
Yigʻlatasan, ertaga yana kulaman.
Gʻiybatim qilganlarga gʻazab qilmasdan,
Haqga havola etib, sabr qilaman.
Dunyoni sevganlarni nochor koʻraman,
Izzatim yoʻq joydan nari turaman.
Koʻksimdagi boyligim Allohning uyi,
Qalbimni qadrimdan asrab yuraman.
Umr yetmas tavbaga, Yo Rab netaman?
Nafsim oʻchogʻida zardob yutaman.
“Charchadingmi ey bandam, avf etdim seni,
Sogʻindim, yur!” -desang, hozir ketaman!
✍🏻 Gulnoz Sharif

Shahar xuddi sarobdek. Hamma narsa manfaat ustida bunyod bo'lgan. Odamlarning soxtakor muomala va xatti-harakatlari meni ulardan uzoqlashtirmoqda. Bundaylarni ko'rsam, yuragim zirillaydi. Ayt-chi, chin huzur qayerda, manzili zarur menga! Nasriddin Afandidan "Dunyoni qanday topdingiz?" deb so'rashganida, "So'ray-so'ray", topdim", deb javob bergan ekan. Biz so'rayapmiz, javoblar olyapmiz, ammo bu javoblar bilan hech qayerga borib bo'lmaydi. So'ng tinchimiz buziladi. Ha, so'rash, izlanish kerak, ammo hammasidan ham avval dardlasha oladigan sherik topish darkor.
Ko'ngilga yaqin bir inson topilsa, so'zga hojat qolmaydi, ko'z ko'zga tushganda qalblar suhbat boshlaydi. Dunyoga dil bog'lagan ikki kishi duch kelib qolsa o'rta buziladi. Ahli dunyo bilan ahli muhabbat bir joyga jam bo'lsa, jiddiyroq sovuqchilik chiqmas, biroq shirin suhbat ham qurib bo'lmaydi. Ikki nafar ishq tutquni to'qnash kelib qolsa, eng yaqin yo'ldoshlarga aylanadi. Dardga darmon bo'lmas, ammo dardkash bo'ladi. Zero, izlaganimiz darddan forig' bo'lish emas, hamdarddir.
✍🏻 Hikmat Anil O’ztekin "Eyvalloh"