Notes_pg📖
47 subscribers
225 photos
75 videos
4 files
61 links
Ketma - ket hamma narsani o'qish shart emas, qalbdagi savollarga javob bo'ladiganlarini o'qisang kifoya!

✍️🏻 Biz shundaylarini ulashamiz...

Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/notes.pg
Download Telegram
Duo qil ammo shoshilma. Vaqtning sohibi Allohdir. Nimani qachon boʻlishi kerakligini eng yaxshi U biladi.

✍🏻 Mehmet Yildiz

@notes_pg
#piece_of_book

Mahzun yuzlarga hazin intiholar taqiqlangan.

✍🏻 Hikmat Anil O'ztekin ''Fesleen''

@notes_pg
#reminder

Gʻam-gʻussalar seni qurshab olib,
dunyo keng boʻlishiga qaramasdan
senga tor tuyulib boshlasa,
mahzun boʻlma!

Alloh taolo sen duo qilganingdagi
ovozingni eshitmoqchidir!

✍🏻 Shayx Muhammad Mutavalliy Shaʼroviy rohimahulloh

@notes_pg
Qalbingda yechilmay qolgan barcha narsa xususida sabrli boʻl. Darhol javob kutma. Javoblar senga darrov berilmaydi, chunki sen hozir ular bilan yashay olmaysan. Bu hamma narsani oʻsha onda boshdan kechirish masalasidir. Ayni damda savollar bilan yashashing kerak. Kelajakda, balki oʻzing ham bilmagan holda, kunlarning birida, oʻzingni javoblar ichida topasan.

"Huzurbaxsh tasallilar"

@notes_pg
“Qizlarni yomon ko‘rmang. Chunki ular qimmatli do‘stdirlar”.

Uqba ibn Omir

@notes_pg
Atrofimizda bo'la turib, suhbatlasha olmaydigan insonlardan ko'ra uzoq-uzoqlardagi kishiga ehtiyojimiz bor bizning. Hali beri tanimasak-da, bizga ma'qul keladigan insonlarga muhtojmiz.

✍🏻 Hikmat Anil O’ztekin "Eyvalloh"

@notes_pg
Qanday bo'lar ekan ishonch mevasi?
Ekkan-tikkanlarim pushmon bermasmi?
Og'ir botmasmikan qalbim shevasi?
Qattiqroq yo'talim isyon emasmi?!

✍🏻 Behzod Fazliddin

@notes_pg
Dilingga yashirgan sara qayg'uni
Ko'zlaring so'zlashga tushdi chiroyli...

✍🏻 Xayrulla Hamidov

@notes_pg
​Tigʻ yarasi tuzaladi, biroq dil yarasi tuzalmaydi. Ya’ni tuzalmaydigan yaraga sababchi boʻlib qolishdan tiyilmoq darkor.

✍🏻 Hadicha Kubro Ipak

@notes_pg
"Yusuf buni ko'ngliga tugib qo'ydi. Ularga oshkor qilmadi!"

Yusuf surasi 77-oyat

@notes_pg
... Shunda angladimki, duo qilish seni eshituvchi, himoya qiluvchi borligiga ishonish ekan. Qayg’uga, shubhaga, qo’rquvga tushmaslik ekan. Duoda umid yo’q, amin bo’lish, ishonish bor. Umid bir ehtimol, xolos, chunki ichingda shubha bo’lishi ham bor gap.Amin bo’lishning ichida esa ishonch mavjud. Bu ikkisi bir narsa emas.

✍🏻 Hikmat Anil O’ztekin “Fesleen”

@satrlarda_hislarim
🌙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eid

Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin azizlar🌙

@notes_pg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shunday katta voqealar bor - tezda unutiladi. Shunday mitti voqealar bor - hech qachon yodingdan o'chmaydi...

✍🏻 Shuhrat Orif

@notes_pg
Kun suzadi oy suzadi koʻk bahrida,
Koʻz qadagan manzili bor yer bagʻrida.

Yetmoq uchun oshiqarlar shom-u sahar,
Oyga sahar, quyoshga shom bitgay safar.

Oy ustidan kulib-kulib tonglar otar,
Dardi ichga toʻlib-toʻlib quyosh botar.

Yana ul shams muhabbat der tong otarda,
Yana ul moh muhabbat der kun botarda...

Muhabbat deb quyosh boʻlay, oftob boʻlay,
Badr boʻlay, hilol boʻlay, mohtob boʻlay.

Senga borsam boraversam, oromijon,
Kundek kulib oydek toʻlib Madinajon.

Koʻk toqida havaslansa oy-u quyosh,
Koʻzlarimda yiltirasa juft tomchi yosh.

✍🏻 Oʻtkirbek Muhammad Sobir

@notes_pg
Davomli zikr davomiy muhabbatga sabab bo'ladi. Zikrning qalbga foydasi, suvning ekinga foydasi kabidir. Yo'q, balki baliqqa zarurati kabidir. Zero baliqqa suvsiz hayot yo'qdir.

Ibn Qayyim rahimahulloh

@notes_pg
Yigʻlama, goʻzal inson! Darrov gʻamga botma. Qara, umid bor. Alloh bor...

✍🏻 Mehmet Yildiz "Izlash"

@notes_pg
Huzayfa roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida kishi bir so'zni aytib qo'yib munofiqqa aylanardi. Hozir esa sizlardan bunday so'zni bir kunda yo bir o'tirishda o'n martalab eshityapman!"

Mubashshir Ahmad

@notes_pg
Turtma hayot, makringni yaxshi bilaman,
Yigʻlatasan, ertaga yana kulaman.
Gʻiybatim qilganlarga gʻazab qilmasdan,
Haqga havola etib, sabr qilaman.

Dunyoni sevganlarni nochor koʻraman,
Izzatim yoʻq joydan nari turaman.
Koʻksimdagi boyligim Allohning uyi,
Qalbimni qadrimdan asrab yuraman.

Umr yetmas tavbaga, Yo Rab netaman?
Nafsim oʻchogʻida zardob yutaman.
“Charchadingmi ey bandam, avf etdim seni,
Sogʻindim, yur!” -desang, hozir ketaman!

✍🏻 Gulnoz Sharif

@notes_pg
Chorasizlik nima, bilasanmi?
Qalbing qanot qoqib uchgan joyga, tanangning bora olmasligi!

✍🏻 Shams Tabriziy

@notes_pg