Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
387 subscribers
203 photos
29 videos
11 files
91 links
💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar
📚 Kitob tahlili
🎬 Kino taqriz

Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov
Download Telegram
#tahlil #18+

🔞 Ogohlantırış. Matnda sökınış sözları bor, voyaga yetmagan yoki öta manavıyatçı bölsangız öqımang.

Maqol:

SSSRnı böqı dorı.

Kattalarımızdan "SSSRda zör edı" ga öxşaş gaplarnı köp eşıtgan bölsangız kerak. Bıroq yuqorıdagı maqolnı xamma xam eşıtmagan bölışı mumkın. Bu maqol mustaqıllikdan keyın şakllanganlıgını sezgan bölsangız kerak albatta. Manosı esa, Sovet davrıda çıqqan maxslotlar juda sıfatlı edı, xox ozıq ovqat bölsın, xox boşqa maxsulot. Sıfat nazoratı bölgan va bu maxsulotlar xozırga qadar ışlatılınmoqda. Öşa davrda yaşaganlar limonad va muzqaymoqnı aloxıda eslaşadı. Yanikım u davrda lımonad va muzqaymoq xozırgıdan şırınroq bölgan deyışadı. Aslıda bu şunchakı romantızatsıya bölıb, xozırgı muzqaymoq yokı içımlıklar u davrdagıdan ança sıfatlı va ança mazalı bölışı mumkın.

Ammo bazı bır jıxatlarını xolısona baxolab körış mumkın. Sıfat borasıda SSSR davrıda köp narsa rostdan yaxşı bölgan (Mırşakarning "lom" xaqıdagı xazılını eslang). Bazı narsalar sıfatı xozırgıdan yaxşı bölgan xatto. Manga eng maqul kelgan cıxatı narx navo standart bölganlıgı (deyarlı xar bır maxsulot narxı bılan çıqqan). Öylab köring bıror narsa xarıdı uçun dökonma dökon qayerda arzon ekan deb qıdırıb yurılmaydı. Sotsıalızmnı kapıtalizmdan farqlarıdan bırı şundakı, sıfatsız maxsulot çıqarıb unı qayta va qayta sotışnı keragı bölmaydı.

Eskı yokı oldıngı narsalarning xamması yaxşı edı degan qaraşdan yıroqman, lekın SSSRda, öz davrıga nısbatan, ışlab çıqarış ança sıfatlı bölgan deb xısoblayman.

Mantiqşunos
E'LON

Ba'zi kanal kuzatuvchilarining xabari bor - bizda Literature Club, ya'ni Adabiyot klubi faoliyat olib boradi.

Har Seshanba kunlari biz guruh a'zolari bilan hikoyalar tahlil qilamiz, 1 oyda 1-2 martta katta badiiy asar muhokama qilamiz.

Qiziquvchilar bo'lsa, biz yangi a'zolarni qabul qilyapmiz.

Hozirda Knut Hamsunning "Ochlik" asarini o'qiyapmiz. Kitobning muhokamasi 24-iyun kuni bo'lib o'tadi. Kim qiziqsa, bemalol izohlarda yozishingiz mumkin.
Forwarded from Ishonch.uz
"Футбол йиғлай олмаган халқнинг йиғисидир"

Футбол орқали халқ ўзини қандай ифодалайди? Социолог билан суҳбат

Шу кунлар “Футболдан халққа нима фойда?”, “У одамларни чалғитади”, каби қарашлар ҳам йўқ эмас. Чиндан, шундайми? Ёки футбол жамиятда бирор чуқур ижтимоий функцияни ҳам бажарадими? Саволга ойдинлик киритиш учун социолог Бахтиёрхон Ахмадхонов билан суҳбатлашдик.

Батафсил:
 http://ishonch.uz/news/3985

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu joyi bo’lmagan gap.

Bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil yo‘q. Marksning asosiy ilhom manbalari Gegel va Feyerbax kabi nemis faylasuflari, Adam Smit va Devid Rikardo kabi klassik iqtisodchilar hamda Sen-Simon va Furye kabi sotsialistik mutafakkirlar bo‘lgan. Uning sinfiy kurash va iqtisodiy ishlab chiqarish usullariga asoslangan materialistik tarix qarashi Yevropa intellektual muhitida shakllangan.

Garchi ikkala mutafakkirning ijtimoiy-iqtisodiy dinamikaga e’tibor qaratganligi tufayli ba’zi mavzular o‘xshash bo‘lsa-da, Marks o‘z asarlarida Xaldunga ishora qilmagan va Marks davrida Xaldunning asarlari Yevropada keng tarqalmagan edi. “Muqaddima” faqat XIX asr o‘rtalarida fransuz tiliga tarjima qilingan, bu esa Marksning faoliyatining so‘nggi davrlariga to‘g‘ri keladi va uning bu asar bilan tanishganligiga oid hech qanday yozma dalil yo‘q.

O’xshashliklar, ehtimol, tasodifiy bo‘lib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy dinamikaga umumiy e’tiborlaridan kelib chiqqan, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir sifatida emas.
Nikoh va oila masalasiga Kapitalizm linzasi orqali qarash


Qisqa eslatma:
Kapitalizm – bu jamiyatda boylik va ishlab chiqarish vositalari (masalan, fabrikalar, zavodlar, yer) bir guruh odamlarning – ya’ni boylarning qo‘lida bo‘ladigan tizim. Odamlar pul topish uchun mehnat qiladi, lekin ularning qilgan mehnatidan katta foydani ish beruvchilar – kapitalistlar – oladi.

Endi aslida nikoh va oila nima uchun kerak degan savolga to'xtalib o'taylik. Oddiy holatda nikoh — bu ikki odamning sevgisi va birga yashash istagidir. Ammo Karl Marksning fikricha, kapitalistik jamiyatda bu narsa faqat shaxsiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq emas, balki iqtisodiy manfaatlar bilan ham bog‘liq.

Marks aytadi: kapitalizm tufayli odamlar orasidagi haqiqiy sevgi va samimiy munosabatlar ham “sotib olinadigan” narsaga aylanib qoladi. Misol uchun:

Boylar boylar bilan turmush quradi, chunki boylikni saqlab qolish yoki ko‘paytirish muhim.

Kambag‘allar o‘zining ijtimoiy holatidan chiqish uchun “foydali” nikoh qilishga harakat qiladi.

Ya’ni, sevgi emas, pul va ijtimoiy mavqe ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.

Oddiy (klassik) misol: (xuddi ko'plab o'zbek filmlaridagi kabi)

Tasavvur qiling, bir yigit bor – u kambag‘al, lekin aqlli va mehribon. U bir boy oilaning qizini yaxshi ko‘rib qoladi. Lekin qizning oilasi: “Uning puli yo‘q, u bizga mos emas,” deb nikohga qarshi chiqadi. Bu yerda pul sevgidan ustun qo‘yilmoqda – Marks aynan shuni tanqid qiladi.

Bundan tashqari, Marks va uning hamfikri Engels aytadiki, kapitalistik tizimda ayollar ko‘pincha erkaklarga “qaram” bo‘lib qoladi, chunki erkaklar ishga chiqib pul topadi, ayollar esa uyda qoladi. Bu esa ayollarni iqtisodiy jihatdan zaif holatga olib keladi. Qachonlardir Burkina-Faso davlatida sotsializm qurishni amalga oshirgan Tomas Sankaraning ushbu kitobida, ayollar ikki tomonlama qaram: (1) eriga (2) ekspluatativ tizimga. Bu naqadar ayanchli.

Umuman olib aytganda, Karl Marksning nazarida nikoh — kapitalistik jamiyatda faqatgina sevgi asosida emas, balki iqtisodiy manfaatlar asosida quriladi. Kapitalizm sevgini ham bir “bozor mahsuloti”ga aylantiradi. Shuning uchun Marks kapitalizmni tanqid qiladi va insonlar o‘zaro munosabatda erkin va teng bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov pinned «Nikoh va oila masalasiga Kapitalizm linzasi orqali qarash Qisqa eslatma: Kapitalizm – bu jamiyatda boylik va ishlab chiqarish vositalari (masalan, fabrikalar, zavodlar, yer) bir guruh odamlarning – ya’ni boylarning qo‘lida bo‘ladigan tizim. Odamlar pul topish…»
Forwarded from Dostoyevskiydan qaydlar
Kimga haqiqatda kerak bo‘lsang, o‘shalar uchun yasha.
Faqat o‘zing ishonganlar bilan do‘stlash.
Yoqimli odamlar bilan muloqot qil.
Va seni qadrlaydiganlardan minnatdor bo‘l.

@dostoyevskiydan_qaydlar
Forwarded from Kutubxona
Aql-hush borligini ahmoqlar va tentaklarga bildirib qo‘yishning faqat bir yo‘li bor, bu - unaqalar bilan gaplashmaslikdir.

@KutubxonaaN1
Forwarded from Tolstoydan qaydlar
Odamlar shu bahor tongini, butun tirik jonning baxt-saodati uchun Xudo tomonidan yaratilgan shu dunyo goʻzalligini, yaʼni tinchlik, totuvlik bilan yashashga chorlovchi nafosatni emas, bir-birlari ustidan hukmron boʻlish uchun oʻzlari oʻylab topgan narsani muqaddas va muhim deb biladilar...

"Tirilish"

@tolstoydan_qaydlar
Forwarded from Dunyoi Digar | Samandar Erkinjonov (ReelFay)
Biz odamzod — yashash uchun yaratilganmiz. Yashash degani faqat nafas olish emas, balki o‘zimizdan bir narsa qoldirish. Yozuvchi kitob yozadi, bastakor simfoniya bastalaydi, rassom rasm chizadi. Har birimiz: “Meni eslab qolishsin,” degan umidda yashaymiz. Ammo shu niyatlar orqasida nimadir yashiringan: yo‘q bo‘lish qo‘rquvi.

"A Ghost Story" (2017) #movies
Ingliz tilida “cinephile” degan so’z bor: oddiyroq qilib tushuntirsa, kinosevar degani.

Kino ko’rishga jiddiy kirishganlarda bir narsani sezaman - ular ko’plab klassika, ya’ni mumtoz sanalgan filmlarni tomosha qilib, yoki tushunishmaydi, yoki tushunsa-da, unchalik maqtashga arzimaydi, degan fikrga kelib to’xtashadi.

Aynan shunday “yosh” kinosevarlaning bu yo’ldagi ilk to‘siqlaridan biri o’z-o‘zini yengib o‘tishdir.

“O’zini kino juda yoqqandek ko’rsatish” ehtiyojidan qochish kerak. Ba’zida keng e’tirof etilgan filmlar sizga yoqmasligi mumkin va bu mutlaqo normal holat.

Ba’zida hozir tushunolmagan filmlarni keyinroq, ko‘proq tajriba va kengroq dunyoqarashga ega bo‘lganingizda sevib qolishingiz mumkin – bu juda ajoyib tuyg‘u.

Klassik asarlarni ko‘rib chiqish jarayonida “tushunmaslik” holati qayta-qayta takrorlanadi, lekin ba’zi filmlar sizni to‘liq hayratda qoldiradi. Agar siz ochiq fikrda bo‘lsangiz va kino san’ati bilan chin dildan shug‘ullansangiz, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz…
Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Ingliz tilida “cinephile” degan so’z bor: oddiyroq qilib tushuntirsa, kinosevar degani. Kino ko’rishga jiddiy kirishganlarda bir narsani sezaman - ular ko’plab klassika, ya’ni mumtoz sanalgan filmlarni tomosha qilib, yoki tushunishmaydi, yoki tushunsa-da…
#kinotavsiya

Bugun Stenli Kubrikning eng mumtoz asarlaridan birini - 2001: Fazo Odisseyasini - qaytadan tomosha qildim.

Birinchi marta poyezdda ko’rgandim; sal charchoq tufayli to’liq e’tibor bermay ko’rgan ekanman, degan xulosaga keldim.

Ikkinchi ko’rishim kinokartinani jozibaliroq bo’lgan elementlariga ko’proq e’tibor berishga undadi. Ko’tarilgan falsafiy mavzular yaqqolroq ko’rina boshladi.

Ushbu filmning 1968-yilda yaratilgani aql bovar qilmaydigan fakt.

Filmni yaxshiroq tushunish uchun Artur Klarkning xuddi shu nomli romanini ham o’qishga qaror qildim
Bugun twitter bir akaning videosini ko’rib qoldim: bir 1xbetda katta pul tikib qo’yib, yutqazgan bola haqida gap ketgan u yerda.

7,000$ qarzga olib, to’lay olmagan va natijada o’zini osib o’ldirgan.

Videoda aka 1xbetni qonuniylashtirgan va uni reklama qilganlarni qat’iy tanqid ostiga olgan.

Shunda siz nima deb o’ylaysiz - bu yerda eng asosiy ayb kimda:

(1) totalizatorni qonuniylashtirgan hukumat?

(2) uni reklama qilayotganlar?

(3) iqtisodiy tizim?

(4) insonlarning o’zi?


Siz fikringizni bildiring, men esa o’zimniki birozdan so’ng post ko’rinishida taqdim etaman.
Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Bugun twitter bir akaning videosini ko’rib qoldim: bir 1xbetda katta pul tikib qo’yib, yutqazgan bola haqida gap ketgan u yerda. 7,000$ qarzga olib, to’lay olmagan va natijada o’zini osib o’ldirgan. Videoda aka 1xbetni qonuniylashtirgan va uni reklama qilganlarni…
Qimor o‘yinlarini, masalan, 1xBet faoliyatini qonuniylashtirish ko‘pincha hukumatlarning soliqlar yoki iqtisodiy faollik orqali daromad olish istagidan kelib chiqadi. O‘zbekistonda qimor o‘yinlari tarixan cheklangan bo‘lsa-da, qora iqtisodiyotda sportga pul tikish keng tarqaldi, bu qisman qat’iy tartibga solish yoki nazoratning yetishmasligi bilan bog‘liq. Agar siyosatchilar kam daromadli jamiyatda xavf-xatarlarni bilgan holda – masalan, reklama qoidalarini qat’iy joriy qilmaslik, pul tikish chegaralarini belgilamaslik yoki qimor o‘yinlariga qaramlikka uchraganlarga yordam ko‘rsatmaslik kabi ijtimoiy himoya choralarini ko‘rmasa, javbogarlikning bir qismi ularning yelkasiga tushishi mantiqan to'g'ri. Zaif nazorat, ayniqsa, davlat ijtimoiy farovonlik o‘rniga daromadni birinchi o‘ringa qo‘yganida, zararni kuchaytiradi.

Reklama qilayotganlar, shu jumladan hozirgi zamonaviy inflyuenserlar va ommaviy axborot vositalari, pul tikishni boylikka tez yo‘l sifatida ulug‘lashgani hisobiga o‘z rollariga ega. Iqtisodiy qiyinchiliklar gurkuragan mamlakatda bunday totalizator tashkilotlari kambag‘allarning iqtisodiy umidsizligidan foydalanadi. Agar reklama ana shunday moliyaviy va ijtimoiy zaif guruhlarni nishonga olsa, bu "axloqsiz" xatti-harakatdir. Ammo, shuni unutmaslik lozimki, reklama beruvchilar tizim qoidalari doirasida ishlaydi – agar hukumat nazoratsiz reklamaga yo‘l qo‘ysa, faqat reklama qilayotganlarni ayblash qiyin.

Kapitalizm, ayniqsa, uning monopollashgan yoki tartibga solinmagan shaklida, ijtimoiy manfaatlar o‘rniga foydani birinchi o‘ringa qo‘yadi. O‘zbekistonda iqtisodiy tengsizlik keskin (Xalqaro Gini koeffitsienti taxminan 0,35 bo‘lib, o‘rtacha tengsizlikni ko‘rsatadi), past ish haqi, cheklangan ish imkoniyatlari va zaif ijtimoiy himoya tarmoqlari kabi tizimli muammolar odamlarni qimor kabi umidsiz choralar ko‘rishga undaydi. Tizim ishchi sinf uchun barqarorlikka yo‘l ochmasa, 1xBet kabi global platformalar rivojlanayotgan mamlakatlarda hech qanday javogarliksiz foyda ko‘rishlari uchun qulay zamin yaratadi.

Ko'pchilik e'tibor qaratmasa-da, qimor o‘ynagan shaxslar o‘z tanlovlari uchun ma’lum darajada mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishadi. Ammo kambag‘allik, umidsizlik va "jirkanch" marketing sharoitida faqat shaxslarni ayblash tizimli omillarni e’tiborsiz qoldirish bo'lgan bo'lardi. Oson kirish imkoniyati va yolg‘on umidlar tufayli qimor o‘yinlariga qaramlik shaxsiy mas’uliyat chegaralarini yanada xiralashtiradi.

Eng katta aybdor kim? Menimcha, O‘zbekistondagi hozirgi kapitalistik tizim bu muammoning ildiziga zamin yaratadi. U tengsizlik va umidsizlikni keltirib chiqaradi, bu esa qimor o‘yinlarini "kambag'allikdan qutilish strategiyasi" sifatida ko‘rishga majbur qiladi. Pul tikishni himoyasiz qonuniylashtirish va agressiv reklamaga yo‘l qo‘yish – bu tizimdan foyda ko‘radigan siyosatchilar va iqtisodiy elitaning uzoq muddatli ijtimoiy zarar o‘rniga qisqa muddatli daromadni afzal ko‘rishining alomatidir. Reklama qilayotganlar va shaxslar ham rol o‘ynasa-da, asosiy ayb tizimni shakllantiruvchilarga – siyosatchilar va undan foyda ko‘ruvchi iqtisodiy elitalarga yuklanishi kerak.