Nordic International University
50.1K subscribers
4.58K photos
504 videos
55 files
2.36K links
🏛 Xalqaro Nordik universitetining rasmiy axborot kanali

Murojaat uchun: +998555084400 | @nordikedu

Rasmiy sayt: https://nordicuniversity.org/

Batafsil:https://linktr.ee/nordic_edu
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chma dars tajribasi

🎯 Liderlik darslari real muhitda: Nordik magistrantlari Respublika ilmiy markazida!

📅 Xalqaro Nordik universiteti Magistratura bosqichi 2-MPA guruhi talabalari uchun ko‘chma amaliy dars tashkil etildi. Dars “Ta’lim tashkilotida liderlikni rivojlantirish strategiyalari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi S. Haytbayeva rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida o‘tkazildi.

🧠 Dars davomida talabalar:
• Innovatsion boshqaruv yondashuvlari bilan yaqindan tanishdi;
• Strategik fikrlash ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlar orqali rivojlantirdi;
• Haqiqiy ta’lim muhitida liderlik
salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

🌱 Ushbu tashabbus talabalarga nazariy bilimlarni real hayotdagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha ilg‘or strategiyalarni chuqur o‘zlashtirish imkonini berdi.

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich - Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

"Xalqaro reyting va indekslar — bu davlat boshqaruvi samaradorligining global mezonlardagi ko‘rinishidir. O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkichlarda o‘z o‘rnini mustahkamlash orqali nafaqat xalqaro maydondagi ishonchni oshirmoqda, balki ichki islohotlarga ham turtki bermoqda. Reytinglar asosidagi tahliliy yondashuv islohotlarni aniq maqsadlarga yo‘naltirish, ochiqlik va samaradorlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda."

1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣1️⃣

🕊Telegram |📱Instagram |📺YouTube | 🌐LinkedIn | 🌐 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Yosh olimlar O‘sh shahrida jamlandi

📅 24–25-aprel kunlari, Qirgʻiziston Respublikasining O‘sh shahrida joylashgan O‘sh texnologiya universitetida yirik miqyosdagi “Fan, texnologiya, innovatsiya” nomli Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

🌐 Mazkur nufuzli anjumanda MDH davlatlari hamda rivojlangan mamlakatlardan kelgan yosh olimlar ishtirok etib, ilmiy g‘oyalar, texnologik yangiliklar va innovatsion yondashuvlar yuzasidan fikr almashishdi.

🧪 Konferensiya doirasida:
• Amaliy o‘quv mashg‘ulotlari;
Sport musobaqalari;
• O‘sh shahrining tarixiy obidalariga, jumladan, Sulaymon tog‘iga madaniy sayohat tashkil etildi.

🎓 Ushbu xalqaro anjumanda Xalqaro Nordik universiteti Magistratura yo‘nalishi dekan o‘rinbosari Xurshid Tolibjonov ham faol ishtirok etdi. U ilg‘or g‘oyalari va ilmiy maqolalari bilan qatnashib, do‘stlik aloqalarini mustahkamladi.

🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Xalqaro Nordik universiteti Delegatsiyasi Yevropada malaka oshirmoqda!

📚 Xalqaro Nordik universitetining bir guruh delegatsiyasi Finlandiyaning Yuvaskula universiteti hamda Shvetsiyaning Lund universitetida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” yo‘nalishida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

🎓 Mazkur xalqaro kurs doirasida delegatsiya a’zolari:
Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullari,
Nufuzli xalqaro jurnallarda maqola yozish metodikasi,
Ilmiy izlanishlarni rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganmoqda.

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Student Exchange: AQSHda Nordik iqtidorli talabalari

AQSHning nufuzli Lawrence Technological Universityda ta’lim olayotgan Xalqaro Nordik universiteti talabalari — Muzammilxon Muradullayev, Doniyor Murodullayev va Sardorbek Sirojiddinov “Student Exchange” dasturi doirasida Data Science va Iqtisodiyot yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli tahsil olib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlandilar.

🌍 Ushbu tajriba nafaqat akademik bilimlarini, balki global fikrlash, innovatsion yondashuv va texnologik ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga xizmat qildi. Tahsil olish davomida talabalar qiziqarli va xotiralarga boy sayohatlar ham qilishdi.


👏 Talabalarimizga o‘qishlarida yanada ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

🏢 Nordik — bilim, imkoniyat va kelajak sari ishonchli qadam!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Nordik Universitetida Pro Univer jamoasi!

🎞 Pro Univer YouTube kanali jamoasi universitetimizga tashrif buyurib, talabalar va ustozlar bilan jonli intervyular o‘tkazdi.

⚡️ Talabalar o‘z orzulari, ta’limdagi tajribalari va kelajak rejalari haqida samimiy fikr bildirdi. Ustozlar esa ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlar haqida o‘z qarashlarini baham ko‘rdi.

📺 Videoni ko‘rish

🤫 Universitet hayotining eng yorqin lahzalari va ilhomlantiruvchi hikoyalarini ko‘rishga tayyormisiz?

🎁 Videoni tomosha qiling, izohda fikr bildiring va mukofot yutib olish imkoniyatidan foydalaning!

👉 https://www.youtube.com/watch?v=PenMXUOVEm8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM