No Poisk🚫
1.41K subscribers
540 photos
10 videos
4 files
309 links
Kanal yaratildi : 13.10.2022
21:50

NoPoisk - qisqa va foydali ma‘lumotlar kanali.

Logolar haqida bilmoqchi bo'lsangiz :

T.me/LogoFacts
Download Telegram
Forwarded from Asilbek Muhammadiyev
👍NEWS

🎁Ramazon sovg'asini kutib oling🎁

🔋 Zakovatga doir YANGİ 45 ta kanal🤔

✈️Darajangiz qanday bo'lishidan qattiy nazar o'zingizga mos kanal topishingiz aniq💯

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILASIZMI?

🟢 "Туалетная вода" (Eau de Toilette, EDT) atamasi fransuzchadan kelib chiqqan boʻlib, "toilette" soʻzi ilgari oʻzini parvarish qilish (yuvinish, soch taroqlash, atir surtish) maʼnosini anglatgan. Bu soʻz "toile" (mato) soʻzidan kelib chiqqan, chunki oʻsha davrlarda ayollar atir singdirilgan matolardan foydalanib, oʻzlariga xushboʻy hid berganlar.

🟠 Vaqt oʻtishi bilan "Eau de Toilette" iflorlarning yengilroq shakli sifatida shakllanib qolgan. Unda parfyumeriya moylarining konsentratsiyasi 5-15% boʻlib, parfyum suvi (Eau de Parfum, EDP) yoki duxilar (Parfum, Extrait de Parfum) bilan solishtirganda ancha yengilroq boʻladi.

🟣 Shuning uchun "Toilette" soʻzi bu yerda hozirgi maʼnodagi "WC" soʻziga tegishli emas, balki oʻzini parvarish qilish madaniyati bilan bogʻliq tarixiy anʼanaga asoslangan.

PS: Koʻpchilikni qiziqtirgan savolga javob topildi)

✈️@NavoBank - music & quiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#termin #terminologiya

➡️ Stereotip – bu muayyan guruh, odamlar yoki hodisalar haqida shakllangan umumiy va soddalashtirilgan qarash yoki tushuncha. Bu fikrlar ko‘pincha haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi yoki haddan tashqari umumlashtirilgan bo‘ladi.

↪️ Stereotiplar ba'zan odamlarning noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishiga yoki kamsitishga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, har bir inson yoki holatga individual yondashish muhim.

🟢 Milliy stereotiplar:
Nemislar – har doim intizomli va aniq rejaga amal qiladi.
Fransuzlar – faqat romantik va gastronomiyani yaxshi ko‘radigan xalq.
Amerikaliklar – semiz va faqat fastfud yeydi.
O‘zbeklar – mehmondoʻst va saxiy boʻladi.

🟢 Jinsiy stereotiplar:
Erkaklar – faqat mantiqiy fikrlaydi, hissiyotlarini kam namoyon qiladi.
Ayollar – texnikaga qiziqmaydi va avtomobil haydashni bilmaydi.

🟢 Kasbiy stereotiplar:
Advokatlar – har doim yolg‘on gapiradi.
O‘qituvchilar – juda qattiqqo‘l va hayotdan zavqlanmaydigan odamlar.
San’atkorlar – dangasa va beparvo bo‘ladi.

🟢 Yoshga oid stereotiplar:
Qariyalar – zamonaviy texnologiyalarni tushunmaydi.
Yoshlar – dangasa va faqat telefon o‘ynaydi.

✈️@NavoBank -reklama.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pablo Escobar – dunyodagi eng mashhur narkobaronlardan biri bo‘lib, uning hayoti va faoliyati ko‘pchilikni qiziqtiradi.

8 ta qiziqarli faktlar:

1. Eng boy jinoyatchilardan biri bo‘lgan.
1980-yillarda Pablo Escobar dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatiga kiritilgan. Forbes jurnaliga ko‘ra, uning boyligi $30 milliard atrofida bo‘lgan.

2. Pulni yo‘q qilishga majbur bo‘lgan.
Escobar juda ko‘p pul ishlab topganligi sababli, ularni saqlashning imkoni bo‘lmagan. Natijada, katta miqdordagi pullar yer ostiga ko‘milgan yoki yoqib yuborilgan. Hatto qochqinlikda bo‘lganida, qizini sovuqdan saqlash uchun $2 millionni yoqib yuborgan degan gaplar bor.

3. Pullarni sichqonlar yeb qo‘ygan.
Escobar karteli shunchalik ko‘p pul ishlaganidan, ularni bankka sig‘dira olmagan. Har oy taxminan $2 milliard naqd pul topgan. U pullarni omborlarda saqlagan va hisob-kitobchilarning aytishicha, yiliga 10% pul sichqonlar yoki namlik sababli yo‘qolgan.

4. U Kolumbiyani sotib olishni xohlagan.
U Kolumbiyaning tashqi qarzini ($10 milliard) to‘lash evaziga o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlashni taklif qilgan.

5. Hayvonot bog‘i qurgan va bugungi kunda u muammo bo‘lib qolgan.
Escobar shaxsiy hayvonot bog‘ini tashkil qilgan. U yerda fil, jirafa, zebra va hattoki gippopotamlar ham bo‘lgan. Bugungi kunda uning gippopotamlari Kolumbiya ekotizimiga moslashib, nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘payib ketgan.

6. Eng mashhur qamoqxonani qurgan.
Kolumbiya hukumati bilan kelishib, Escobar o‘z qamoqxonasini La Catedral nomi bilan qurgan. Bu oddiy qamoqxona emas, unda kazino, diskoteka, sauna va hattoki futbol maydoni ham bo‘lgan. U yerda bo‘lib turib ham biznesini davom ettirgan.

7. Qochish uchun plastika operatsiyasini rejalashtirgan.
U politsiyadan qochish uchun yuziga plastik operatsiya qilib, yangi shaxs sifatida yashashni rejalashtirgan, ammo rejasini amalga oshirishga ulgurmagan.

8. O‘limi sirli hisoblanadi.
1993-yil 2-dekabr kuni politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan deb hisoblanadi, ammo oilasining aytishicha, u o‘zini o‘zi otib o‘ldirgan.

Escobar shaxsiyati ham, hayoti ham juda qiziqarli va sirli bo‘lib, bugungi kungacha ko‘plab filmlar va seriallarga ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.

✈️@NavoBank - music & quiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⛓️ Qarz tuzog‘i diplomatiyasi – bu iqtisodiy va geosiyosiy strategiya bo‘lib, bir davlat boshqa davlatga katta miqdorda kreditlar ajratadi, lekin qarzdor davlat bu qarzlarni o‘z vaqtida qaytara olmaganda, kredit beruvchi davlat undan siyosiy yoki iqtisodiy imtiyozlar talab qiladi.

Qarz tuzog‘i qanday ishlaydi?

1. Davlat kredit oladi – Katta infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun boshqa davlatdan yoki xalqaro tashkilotlardan qarz oladi.

2. Qarzni to‘lash qiyinlashadi – Agar investitsiya yetarlicha daromad keltirmasa yoki iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga kelsa, qarzdor davlat kreditni qaytara olmaydi.

3. Qarz evaziga imtiyoz berish majburiyati – Kredit beruvchi davlat qarzdor mamlakatdan siyosiy, iqtisodiy yoki harbiy sohalarda muayyan imtiyozlar talab qilishi mumkin.

Misollar:
🟢 Shri-Lanka va Hambantota porti: Xitoy Shri-Lankaga port qurish uchun katta miqdorda kredit berdi. Shri-Lanka qarzni to‘lay olmaganidan keyin 2017 yilda port 99 yilga Xitoy kompaniyasiga ijaraga berildi.
🟢 Afrikadagi Xitoy kreditlari: Ba’zi Afrika davlatlari Xitoydan katta miqdorda kredit olgan, lekin ularni qaytarish qiyinlashgach, Xitoy ularning tabiiy resurslari yoki infratuzilma obyektlarini nazorat qilishga harakat qilmoqda.

🟣Xulosa:
Qarz tuzog‘i diplomatiyasi mustamlakachilikning zamonaviy shakli deb ham qaralishi mumkin, chunki u orqali iqtisodiy qaramlik va siyosiy ta’sir kuchayadi. Lekin Xitoy bu strategiyani qo‘llayotganini inkor etib, investitsiyalari savdo va taraqqiyotga xizmat qilishini ta’kidlaydi.

Coming soon: Neomustamlakachilik nima?🔗

@NavoBank – nafaqat musiqa.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#termin #terminologiya

🟢Neomustamlakachilik – bu zamonaviy dunyoda iqtisodiy, siyosiy yoki madaniy usullar orqali boshqa davlatlarni nazorat qilish va ularga ta’sir ko‘rsatish siyosati. Bu an’anaviy mustamlakachilikdan farqli o‘laroq, bevosita hududiy bosib olish yoki harbiy kuch ishlatish orqali emas, balki iqtisodiy qaramlik, siyosiy bosim va madaniy ta’sir orqali amalga oshiriladi.

🟢 Neomustamlakachilikning asosiy belgilari:
1. Iqtisodiy qaramlik.
Katta davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga katta miqdorda investitsiya yoki kreditlar berib, ularni iqtisodiy jihatdan o‘ziga bog‘lab qo‘yadi.
🟣 Mahalliy iqtisodiyot rivojlanish o‘rniga xorijiy kompaniyalar foydasiga ishlaydi.

2. Siyosiy ta’sir.
Qarz yoki investitsiyalar evaziga kuchli davlatlar boshqa mamlakatlarning ichki siyosatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
🟣 Bu davlatlarning hukumatlari mustaqil qaror qabul qilishdan cheklanadi.

3. Resurslarni ekspluatatsiya qilish.
Neomustamlakachi davlatlar tabiiy boyliklarga ega hududlarda katta konlar yoki qishloq xo‘jaligi loyihalarini nazorat qiladi, lekin mahalliy aholiga foyda yetarli darajada tegmaydi.

4. Madaniy va axborot nazorati.
Katta davlatlar ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi va madaniyat orqali o‘z qadriyatlarini yoyadi va mustamlakachilik merosini mustahkamlaydi.
🟣 Natijada, mahalliy madaniyat va tillar o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.

Misollar:
➡️ Afrikadagi Fransiya va G‘arb davlatlari
➡️ Ba’zi sobiq mustamlakachi davlatlar (masalan, Fransiya) Afrikadagi sobiq mustamlakalarining iqtisodiy va siyosiy hayotiga ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.
➡️ Ko‘plab Afrika davlatlari mustaqillikka erishgan bo‘lsa-da, ularning iqtisodiy tizimlari va pul birligi (masalan, CFA franki) hali ham Fransiya ta’sirida qolmoqda.

➡️ Xitoyning "Bir makon, bir yo‘l" loyihasi.
Xitoy ko‘plab mamlakatlarga infratuzilma qurish uchun katta kreditlar bermoqda. Ba’zi davlatlar qarzni qaytara olmaganda, Xitoy ularning portlari yoki strategik infratuzilmasini o‘z nazoratiga olishi mumkin (masalan, Shri-Lanka).

Xulosa:
Neomustamlakachilik bevosita harbiy bosib olishsiz ham davlatlarning o‘z mustaqilligini cheklashi mumkin. Bu jarayon asosan iqtisodiy va siyosiy usullar orqali amalga oshadi, natijada kichik davlatlar yirik davlatlarga qaram bo‘lib qoladi.

Mavzu:
1. Qarz tuzogʻi diplomatiyasi.

@NavoBank – neokanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
No Poisk🚫
🌙 Bugun 23 sentyabr "Equinox" kun! Yerda «kuzgi tengkunlik»​ o‘tib bormoqda. 📅 23-sentabr, 2023-yil, Yerning shimoliy yarim sharida astronomik kuz, janubda esa bahor keldi. Bu kunni astronomlar «kuzgi tengkunlik», deya atashadi. Bugun ekliptika bo‘ylab…
🌙 Bugun 21 mart "Equinox" kun!

Yerda «bahorgi tengkunlik»​ o‘tib bormoqda. 📅

21-mart bahorgi tengkunlik (ekvinoks) kunidir. Bu kunda kecha va kunduz deyarli teng bo‘ladi. Shimoliy yarimsharda bu bahorning boshlanishi hisoblanadi, janubiy yarimsharda esa kuz fasli boshlanadi.

Bu sana O‘zbekistonda va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida Navro‘z bayrami sifatida nishonlanadi.

📍 @NoPoisk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILASIZMI?!

🟣 Inson qoʻlyozma xati — bu inson tomonidan qoʻlda yozilgan matn boʻlib, u shaxsiy xususiyatlarga ega. Qoʻlyozma xati har bir insonda oʻziga xos boʻladi va uning yozish uslubi, harflarning shakli, satrlarning tekisligi va yozish tezligi orqali farqlanadi.

🟢 Huquqiy sohada qoʻlyozma xatlar va hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash bilan sud pocherkshunosligi (qoʻlyozma ekspertizasi) va sud-texnik hujjatshunoslik shugʻullanadi.

1. Sud pocherkshunoslik ekspertizasi.
• Bu ekspertiza qoʻlyozma xat, imzo va yozuvlar haqiqiyligini aniqlash uchun qoʻllaniladi. U quyidagi holatlarda ishlatiladi:
• Hujjatlardagi yozuvlar va imzolar qalbakilashtirilganmi yoki yoʻqligini aniqlash.
• Yozuvni aynan qaysi shaxs yozganini tekshirish.
• Yozuv holati (masalan, zoʻrlik bilan yozilgan yoki tahdid ostida) tahlil qilish.

2. Sud-texnik hujjatshunoslik ekspertizasi.
• Bu usul hujjatlarning texnik jihatdan haqiqiyligini tekshiradi:
• Qogʻoz va siyohning yoshini aniqlash.
• Oʻchirilgan yozuvlarni tiklash.
• Hujjatning tahrirlangan yoki soxtalashtirilgan qismlarini aniqlash.

Soxta hujjatlarni aniqlash usullari:
• Mikroskop tahlili – hujjatdagi yozuvlarning tekisligi va harflarning oʻzgarishiga qaraladi.
• Infraqizil va ultrabinafsha nur tahlili – oʻchirilgan yozuvlar yoki qoʻshimchalarni topish uchun ishlatiladi.
• Ximik tahlil – qogʻoz va siyoh tarkibini aniqlash uchun qoʻllaniladi.

PS: Maktab davrida kundalikka ota-onangiz nomidan qoʻl qoʻyganingiz esingizdami?

👑 @NavoBank – music & quiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#termin #terminologiya

BILASIZMI?
NIMA UCHUN KUN ISIGANI SARI QORAYIB BORAMIZ?

🟢 Melanin – bu tananing pigment moddasi bo‘lib, teri, soch va ko‘z rangini belgilaydi. U maxsus melanosit hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi va quyosh nurlaridan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Melanin terini ultrabinafsha (UV) nurlardan himoya qiladi. Ko‘proq melanin bo‘lsa, teri kamroq kuyadi.

🟢 Soch va ko‘z rangi – Qorachadan tortib sariq sochlargacha va jigarrangdan moviy ko‘zlargacha – barchasi melaninga bog‘liq. Kam melanin – och rang, ko‘p melanin – to‘q rang. Qora ko‘zli odamlar deyarli 100% eumelaninli bo‘ladi, moviy ko‘zlilarda esa melanin juda kam.

➡️ Melaninning asosiy turlari:

1. Eumelanin – To‘q jigarrang va qora pigment. Ko‘proq bo‘lsa, teri va soch qoraroq bo‘ladi.

2. Feomelanin – Qizg‘ish-sariq pigment. Ko‘pincha oqish yoki sariq sochli odamlarda ko‘proq bo‘ladi.

3. Nevromelanin – Miya va asab tizimida uchraydigan pigment.

➡️ Melanin ko‘payishi yoki kamayishi nimaga bog‘liq?

• Ko‘payishi: Quyosh nuri, gormonal o‘zgarishlar, genetika, homiladorlik.
• Kamayishi: Yosh o‘tishi, genetik kasalliklar (vitiligo, albinizm), stress, vitamin yetishmovchiligi.

😵‍💫 @NavoBank - music & quiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
51-hudud – Maxfiy AQSh Harbiy Bazasi

🟢 Joylashuvi: Groom Lake, Nevada, Las-Vegasdan taxminan 135 km shimolda.
🟢 Maqsadi: Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Area 51 AQSh Harbiy-havo kuchlarining maxfiy bazasi bo‘lib, eksperimental samolyotlar va ilg‘or harbiy texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi.

➡️ Muhim Faktlar va Tarixi
🟠 Tashkil topgan yili: 1955, Nevada Test va Trening Poligoni tarkibida.
Sovuq urushdagi roli: U-2, A-12 OXCART va SR-71 Blackbird kabi josus samolyotlari sinovdan o‘tkazilgan.
🟠 Maxfiylik: AQSh hukumati Area 51 mavjudligini faqat 2013-yilda rasmiy tan oldi.
🟠 Xavfsizlik: Hudud qurollangan soqchilar, dronlar va harakat sensorlari bilan qo‘riqlanadi. Bu hududga ruxsatsiz kirish qat’iyan man qilingan.

➡️ Konspiratsiya nazariyalari
🟢 UFO va Begonalar: Ayrimlar bu yerda begona sayyoraliklarning kema va jasadlari saqlanadi deb hisoblashadi (1947-yildagi Rozuell hodisasi bilan bog‘liq).
🟢 Begona Texnologiyalar: Stealth kabi maxfiy samolyotlar begona texnologiyalar asosida yaratilgan degan fikrlar bor.
🟢 Vaqt Sayohati va Yashirin Qurollar: Ayrimlar bu yerda teleportatsiya, iqlim nazorati yoki vaqt sayohati kabi loyihalar amalga oshirilayotganini taxmin qilishadi.

↪️ Yaqin hududdagi qiziqarli joylar
🟠 Extraterrestrial Highway: UFO ishqibozlari orasida mashhur yo‘l.
🟠 Rachel, Nevada: UFO mavzusidagi mashhur Little A’Le’Inn mehmonxonasi joylashgan.
🟠 Black Mailbox: Bazaga yaqin, UFO kuzatuvchilari to‘planadigan joy.


🎬 Ayrim filmlar:
1. Area 51 (2015)
2. Independence Day (1996)
3. Hangar 18 (1980)
4. The Lazar Tape (2021)
5. Close Encounters of the Third Kind (1977)
6. The X-Files: Fight the Future (1998)
7. Paul (2011)
8. Roswell (1994)

✈️ @NavoBank - music & quiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ibroxim Xodjiyev
#кун_ҳикмати

Расмдаги бу йигит бундан 29 йил олдин АҚШнинг Стэнфорд университетида ўқиш учун грант ютади. Бироқ Ҳиндистондан у ерга учиб боришга маблағи бўлмайди.
Шунда отаси... ўзининг қарийб бир йиллик маошига тенг пулга унга чипта олиб беради. Йигит умрида биринчи марта самолётга чиқиб, АҚШга учиб кетади.

Ўша йигит - Сундар Пичаи - 2015 йилда жаҳоннинг энг бой компанияларидан бири ҳисобланган Google ширкатининг бош директори этиб тайинланади. 2022 йилда унинг йиллик маоши 226 млн долларга тенг бўлган.

Отанинг бир пайтлар қилган катта жасорати кун келиб ўз мевасини берди.

Энг мақбул сармоя - бу фарзанд келажагига сарфланган сармоядир!

Дўстлар, фарзандингизни билим олиши, ўқиши учун маблағингизни  қизғонманг.

@ibroxim_xodjiyev
BILASIZMI?

Yog‘ingarchilik miqdori millimetr (mm) da o‘lchanadi, bu kvadrat metr maydonga tushgan suvning millimetr bilan ifodalangan balandligini anglatadi.

Qanday ishlaydi?
Agar 1 kvadrat metr maydonga 10 mm yog‘ingarchilik tushsa, demak, u yerda 10 litr suv yig‘ilgan bo‘ladi.

Umuman olganda:
1 mm yog‘ingarchilik = 1 litr suv/m²

Misol:
5 mm – Yengil yomg‘ir
20 mm – Kuchli yomg‘ir
50 mm+ – Juda kuchli jala yoki bo‘ron
Qor yog‘ganda esa 10 mm qorga taxminan 1 mm suv to‘g‘ri keladi (qor zichligiga qarab farqlanadi).

Dunyo mamlakatlarida yillik o'rtacha yog'ingarchilik miqdori geografik joylashuv, relyef va iqlim omillariga bog'liq holda sezilarli darajada farq qiladi. Quyida turli mintaqalardagi yillik o'rtacha yog'ingarchilik miqdorlariga misollar keltirilgan:

Hindiston – 2 000–6 700 mm

Chili (janubiy qismi) – 3 000–5 000 mm

Chili (Patagoniya) – 150–250 mm

O‘zbekiston (umumiy) – 80–1 000 mm

Yevropa – 500–1 000 mm

Sharqiy Sibir (Rossiya) – 250–500 mm

✈️ @NavoBank - music & quiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#termin #terminologiya

➡️ Byudjet taqchilligi – bu hukumatning xarajatlari uning tushumlaridan oshib ketgan holat bo‘lib, odatda, bir moliya yili davomida yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, davlat tushumlariga qaraganda ko‘proq mablag‘ sarflaydi.

➡️ Byudjet taqchilligining sabablari:
1. Davlat xarajatlarining oshishi – infratuzilma, ijtimoiy dasturlar, mudofaa va boshqalar uchun.
2. Soliq tushumlarining kamayishi – iqtisodiy inqiroz, soliq imtiyozlari yoki soliq yig‘imining samarali emasligi tufayli.
3. Kutilmagan holatlar – urushlar, tabiiy ofatlar, pandemiyalar va boshqalar.
4. Qarz foizlarini to‘lash – mavjud qarz yuqori bo‘lsa, foiz to‘lovlari ham oshadi.

➡️ Byudjet taqchilligining oqibatlari:
Davlat qarzining oshishi – hukumat kamomadni qoplash uchun qarz oladi.
Inflyatsiya xavfi – haddan tashqari qarz olish narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.
Milliy valyutaning qadrsizlanishi – agar investorlar iqtisodiyotga ishonchini yo‘qotsa.
Foiz stavkalarining oshishi – investorlarni jalb qilish uchun, bu esa iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirishi mumkin.

➡️ Hukumat byudjet taqchilligini qanday bartaraf etadi?
Soliqlarni oshirish – daromadni ko‘paytiradi, lekin iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Xarajatlarni qisqartirish – hukumat tomonidan byudjet xarajatlarini qisqartirish.

✈️@NavoBank — music & quiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#termin #terminologiya

🟢 Topiariy (lot. topiarius – bog‘bon, daraxt kesuvchi) — bu daraxt va butalarni ma’lum bir shaklga keltirib kesish san’ati. Topiariy san’ati bilan shug‘ullanuvchi shaxs topiarist deb ataladi. U landshaft dizaynida keng qo‘llanilib, turli geometrik shakllar, hayvonlar yoki boshqa bezakli figuralarni yaratishda ishlatiladi.

🟢 Topiariy san’ati qadimiy bo‘lib, Rim imperiyasi davridan boshlangan. Bugungi kunda u bog‘ va parklarni bezashda, shuningdek, uy oldi hovlilarida ham qo‘llaniladi. Bu jarayon uchun ignabargli butalar, chiroyli shaklga kiruvchi manzarali o‘simliklar, masalan, buksus, yew yoki ligustrum ko‘proq tanlanadi.

✈️@NoPoisk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#termin #terminologiya

Ekspansiya (lot.) — davlatning hududi, ta’siri yoki qudratini oshirish jarayonini anglatadi. Bu turli usullar orqali amalga oshirilishi mumkin:

1. Hududiy kengayish – Bosib olish, mustamlakachilik yoki shartnomalar orqali yangi yerlarni qo‘shib olish (masalan, Rim imperiyasining kengayishi yoki AQShning G‘arbga qarab kengayishi).

2. Iqtisodiy kengayish – Savdo, investitsiyalar yoki iqtisodiy siyosatlar orqali boshqa hududlarga ta’sir doirasini kengaytirish (masalan, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi).

3. Harbiy kengayish – Muhim hududlarda harbiy bazalar yoki ittifoqlar orqali harbiy ta’sirni oshirish (masalan, NATOning kengayishi).

4. G‘oyaviy kengayish – Demokratiya, kommunizm yoki millatchilik kabi siyosiy mafkuralarning tarqalishi (masalan, Sovuq urush davrida AQSh va SSSRning ta’siri).

5. Institutsional kengayish – Siyosiy tashkilotlar, ittifoqlar yoki bloklarning o‘sishi (masalan, Yevropa Ittifoqining yangi davlatlarni qabul qilishi).

✈️@NoPoisk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARQI NIMADA?
MATERIK vs QITʼA


Materik va qitʼa tushunchalari ko‘pincha bir-biriga yaqin maʼnoda ishlatilsa-da, ular o‘rtasida muhim farqlar bor:

➡️ Materik (kontinent)
Bu yerning yirik quruqlik massasi bo‘lib, atrofini dengiz yoki okeanlar o‘rab turadi.

🟢 Hozirgi vaqtda yer yuzida 6 ta materik bor:
1. Yevrosiyo
2. Afrika
3. Shimoliy Amerika
4. Janubiy Amerika
5. Antarktida
6. Avstraliya

➡️ Qitʼa (geopolitik tushuncha)
Qitʼa odatda geografik, madaniy, siyosiy yoki tarixiy jihatdan ajratilgan yirik quruqlik hududi hisoblanadi.

Masalan, Yevropa va Osiyo yagona materik — Yevrosiyo tarkibiga kiradi, lekin ular ikki alohida qitʼa sifatida ajratiladi.

🟢 Dunyo 7 ta qitʼaga bo‘linadi:
1. Osiyo
2. Afrika
3. Shimoliy Amerika
4. Janubiy Amerika
5. Antarktida
6. Yevropa
7. Avstraliya

Xulosa
Materik – faqat tabiiy-geografik tushuncha, u quruqlik massasi sifatida qaraladi.

Qitʼa – tarixiy, madaniy va siyosiy jihatlarni ham qamrab oluvchi tushuncha, baʼzan bitta materikdan bir nechta qitʼalar ajralishi mumkin.

Misol: Yevropa va Osiyo bitta materik (Yevrosiyo), lekin alohida qitʼalar sifatida qaraladi.

📱@NoPoisk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILASIZMI?

AVTOBUS bekatlari oʻrtasidagi masofa yo‘lovchilar oqimi, jamoat transporti tizimining samaradorligi va shahar infratuzilmasiga bogʻliq ravishda turlicha boʻladi.

Quyida ayrim mamlakatlar va shaharlarning tajribasini koʻrib chiqamiz:

1. Yevropa
- London, Buyuk Britaniya: 300–400 metr
- Berlin, Germaniya: 400–600 metr
- Parij, Fransiya: 300–500 metr
- Moskva, Rossiya: 400–600 metr

Yevropada piyodalar uchun qulaylik va transport samaradorligini muvozanatlash maqsadida bekatlar orasidagi masofa nisbatan qisqa bo‘lib, odatda 400 metr atrofida bo‘ladi.

2. AQSh va Kanada
- Nyu-York: 250–400 metr
- Los-Anjeles: 400–800 metr
- Toronto: 300–500 metr

AQShning yirik shaharlarida masofa avtomobillarga qulaylik yaratish maqsadida ba’zan 800 metrgacha uzaytirilgan.

3. Osiyo
- Tokio, Yaponiya: 300–500 metr
- Pekin, Xitoy: 500–800 metr
- Seul, Janubiy Koreya: 300–600 metr

Osiyo shaharlarida yuqori yo‘lovchi zichligi sababli bekatlar orasidagi masofa qisqa bo‘lib, jamoat transporti tarmog‘i yaxshi rivojlangan.

4. Markaziy Osiyo
- Toshkent, O‘zbekiston: 300–600 metr
- Ostona, Qozog‘iston: 400–700 metr

Bekatlar orasidagi masofa yo‘lovchilar oqimi va yo‘llar kengligiga qarab farq qiladi. Toshkent shahrida masofa odatda 500 metr atrofida bo‘ladi. Boshqa hududlarda esa bir necha kilometrni tashkil etadi)

Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda jamoat transportining samaradorligi va piyodalar qulayligini ta’minlash uchun bekatlar orasidagi masofa 400–600 metr atrofida saqlanadi. Katta yo‘lovchi oqimi bo‘lgan joylarda esa 300–400 metr oralig‘ida bo‘lishi tavsiya etiladi.

PS: Sizning hududingizda qanday vaziyat?

✈️@NavoBank
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILASIZMI?

Bankni soxta pullar bilan aldab boʻladimi?

Kassalarda ishlatiladigan dollar tekshiruvchi apparatlar odatda yuqori ishonchlilik darajasiga ega.


Ular turli xil tekshiruv usullari bilan jihozlangan:
Ultrabinafsha (UV) nurlari – banknotadagi maxsus belgilarning UV himoyasini tekshiradi.
Infraqizil (IR) spektr – haqiqiy kupyuralarda bo‘ladigan yashirin belgilarni ko‘radi.
Magnit himoyasi (MG) – banknotadagi maxsus magnit bo‘yoqlar mavjudligini aniqlaydi.
Hajm va qalinlik (Size & Thickness) – har bir nominalning standart o‘lchamiga mosligini tekshiradi.
Spektral analiz – muayyan to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik orqali qog‘oz va bo‘yoq tarkibini tekshiradi.
Seriya raqamini o‘qish va solishtirish – ayrim ilg‘or modellar banknotaning seriya raqamini ham tekshiradi.
Ishonchlilik darajasi
Banklar ishlatadigan professional skanerlar odatda yuqori aniqlikka ega va hatto yaxshi tayyorlangan qalbaki pullarni ham aniqlay oladi. Ammo 100% kafolat uchun apparatni muntazam yangilab borish va dasturiy ta’minotini modernizatsiya qilish lozim.
Agar yuqori ishonchlilik kerak bo‘lsa, CBCT (Central Bank Certified Technology) yoki xalqaro standartlarga mos keluvchi (masalan, ECB yoki FED sertifikati bor) modellardan foydalanish tavsiya etiladi.

✈️@NavoBank - no money, no honey)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILASIZMI?

🟢Hayotning har bir qismida arifmetika.

"A" formatdagi qog‘ozlar — bu ISO 216 xalqaro standarti asosida belgilangan qog‘oz o‘lchamlari bo‘lib, ular A0 dan A10 gacha bo‘ladi. Ularning orasidagi asosiy farq — hajm (o‘lcham) va foydalanish maqsadida.

Har bir keyingi format (masalan, A1 → A2, A2 → A3) ilgari formatning yarmiga teng (uzunlik bo‘yicha yarmiga qisqartirilgan).

Masalan:
A4 — A3 ning yarmi.
A5 — A4 ning yarmi.

Geometrik nisbat — kvadrat ildiz 2 (√2):
A seriyasi qog‘ozlarining tomonlari nisbati 1:√2 (ya’ni 1:1.414...) ga teng.

A0 — asosiy format bo‘lib, uning maydoni 1 kvadrat metr (ya'ni 841 mm × 1189 mm).

"A" — asosiy qog‘oz formatlari.

"B" va "C" seriyalari ham bor:
B seriyasi: A va C o‘rtasidagi oraliq o‘lchamlar.
C seriyasi: asosan konvertlar uchun ishlatiladi (masalan, A4 hujjatni C4 konvertga solish mumkin).

✈️@NavoBank - reklama.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM