1🕊29
1🕊29
Dedilar: “Bitganing nechun dard, firoq?
Nechun bo‘lolmaysan azobdan yiroq?”
Dedim: “Ahvolimdan o‘zim ham hayron,
Borlig‘im kuymoqda, shuldir jarayon”.
Dedilar: “Bu holdan qachon, qaysi payt,
Xalos bo‘lgaydirsan, rost gapingni ayt!”
Dedim: “Kuymoqdadir og‘riqu faryod,
Kul bo‘lgach, chiqmagay zarra ohu dod”.
©Akrom Malik
Nechun bo‘lolmaysan azobdan yiroq?”
Dedim: “Ahvolimdan o‘zim ham hayron,
Borlig‘im kuymoqda, shuldir jarayon”.
Dedilar: “Bu holdan qachon, qaysi payt,
Xalos bo‘lgaydirsan, rost gapingni ayt!”
Dedim: “Kuymoqdadir og‘riqu faryod,
Kul bo‘lgach, chiqmagay zarra ohu dod”.
©Akrom Malik
🕊
1🕊28
1🕊26
TAVBA
Uyum uyum tushganda ustimga tuproq.
Tavba eshigi yopilsa ko‘rarman o‘zim.
O‘shanda bo‘lar ekan holim ham qandoq.
Bir kuni yumilsa abadiy ko‘zim.
Dunyo deb yugurdim, topmadim rohat,
Qalbimni qiynadi ne-ne malomat.
Bugun sajdalarda toparman huzur,
Ko‘nglimga yog‘iladi rahmatli bir nur.
Gunohim ko‘p edi, bilaman o‘zim,
Yosh bilan namlandi necha bor ko‘zim.
Rabbim kechirgay deb ochaman qo‘lim,
Tavba bilan yorishar qorong‘u yo‘lim)
Uyum uyum tushganda ustimga tuproq.
Tavba eshigi yopilsa ko‘rarman o‘zim.
O‘shanda bo‘lar ekan holim ham qandoq.
Bir kuni yumilsa abadiy ko‘zim.
Dunyo deb yugurdim, topmadim rohat,
Qalbimni qiynadi ne-ne malomat.
Bugun sajdalarda toparman huzur,
Ko‘nglimga yog‘iladi rahmatli bir nur.
Gunohim ko‘p edi, bilaman o‘zim,
Yosh bilan namlandi necha bor ko‘zim.
Rabbim kechirgay deb ochaman qo‘lim,
Tavba bilan yorishar qorong‘u yo‘lim)
🕊
1🕊24
Insonlarga rahmingiz kelsin ! dunyoga qo'shilib, siz ham ularga yuk bo'lmang! undan ko'ra qo'lingizdan kelsa ularga taskin bo'ling..
🕊
2🕊25
Butun a'zolaring bilan gunoh qilasan, ammo, qalbing bilan qilgan tavbang hammasini o'chirib yuboradi.
Islom naqadar go'zal..)
Islom naqadar go'zal..)
🕊
1🕊26
Inson zoti qayerdan ham bilsin — unga qachon o‘lim yetishini...
Soniyalardan keyin nima bo‘lishini bilmay turib, go‘yo bu dunyoda abadiy qoladigandek yashaydigan ham o‘zimiz. Ertangi tongga yetishimizga hech qanday kafolat yo‘q, ammo bugungi kunni o‘zimizniki deb bilamiz. Balki Alloh taolo taqdirimizga aynan bugun omonat qilib berilgan jonimizni O‘ziga qaytarishni yozgandir... Biz esa bundan bexabar, rejalar tuzamiz, orzular qilamiz, dunyo tashvishlari bilan ovora bo‘lamiz. Gunohlarimiz ko‘payadi, qalbimiz qorayadi, vaqtimiz qo‘ldan sirg‘alib ketadi, ammo biz hamon xotirjammiz. O‘zimizni isloh qilishga kelganda “hali vaqt bor” deymiz, Robbimizga qaytishga kelganda “keyinroq” deymiz, tavbani esa go‘yo qarilikka qoldirilgan ishdek ko‘ramiz. Holbuki, “keyin” degan so‘zning biz uchun bor-yo‘qligini ham bilmaymiz. O‘lim esa hech qachon “tayyormisan?” deb kelmaydi. U kelganida insonning barcha rejalari tugaydi, barcha bahonalari sukutga cho‘madi, dunyoga bog‘langan qo‘llari bo‘shaydi va omonat bo‘lgan jon o‘zining Haqiqiy Egasiga qaytariladi. Eng achinarlisi esa biz tirikligimizda ham o‘lganlarning ortidan tilimizni tiyolmaymiz. G‘iybat qilamiz, gunohlarini sanaymiz, qilgan xatolarini muhokama qilamiz, go‘yo u hali ham javob berishga qodirdagidek... Holbuki, u endi bu dunyodan rihlat qilgan. Uning amali tugagan, imkoniyati tugagan, dunyoga qaytib birgina yaxshi amal qilish imkoniyati ham qolmagan. Ammo uning Robbisi tirik. Biz esa tirikmiz demak, hali imkonimiz bor. Agar uning xatosi sizga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, tirikligida o‘ziga ayting; balki bir og‘iz nasihatingiz uning hayotini o‘zgartirar edi. Ammo u ketganidan keyin uning aybini tilga olish sizga nima beradi? O‘zingizga esa gunohdan boshqa nima qoldiradi? O‘lgan insonning ortidan gapirish oson, chunki u javob qaytara olmaydi. Ammo unutmaylik: uning Robbisi javob berishga qodir va bizning har bir so‘zimiz Uning huzurida hisobli. Biz shunchalik ojizmizki, bir lahzada yuragimiz urishdan to‘xtashi bilan kecha “meniki” deb yurgan hamma narsamiz bizsiz qoladi. Uyimiz qoladi, kiyimlarimiz qoladi, telefonimiz qoladi, molimiz qoladi, ismimiz qoladi... faqat biz qolmaymiz. Mulk esa hech qachon bizniki bo‘lmagan. Bizga vaqtincha berilgan edi, xolos. Hatto hozir olayotgan nafasingiz ham sizning mulkingiz emas bir nafasni o‘zingizga bir lahza ham ushlab qolishga qodir bo‘lmagan holda, uni har soniyada Robbingizdan olayapsiz. Va vaqti kelganda, o‘sha nafasni ham qaytarib berasiz. Eng qimmat mashinani minsangiz ham, u sizni oxirgi manzilga olib bormaydi. Bir kun kelib, siz mashinadan tushasiz-u, tobutga yotqizilasiz. Qasrdek uy qurdingizmi bir kun uning eshigidan chiqasiz va qaytib kirmaysiz. Yumshoq to‘shaklarda uxlaganingiz bilan oxir-oqibat sizni yer bag‘riga topshiradilar. Dunyo sizniki emas edi, siz dunyoniki ham emassiz. Siz Robbingizning bandasiz. Shunday ekan, nega kibr qilamiz? Nega ne’mat bergan Zotni unutamiz? Nega U Zotni eslashga vaqt topolmay, bizga hech qanday foyda bermaydigan narsalarga soatlab vaqt ajratamiz? Nega odamlarning hayotini kuzatib, muhokama qilib, o‘zimizning oxiratimizni unutamiz? Axir bir kun kelib, odamlarning hayoti emas, o‘zimizning amallarimiz oldimizga qo‘yiladi. O‘sha kuni kimning kiyimi chiroyli bo‘lgani emas, kimning qalbi pokroq bo‘lgani ahamiyatli bo‘ladi. Kim qancha mol yig‘gani emas, nimani oldindan yuborgani so‘raladi. Kimlar seni olqishlagani emas, amallaringda ixlos bo‘lganmi-yo‘qmi mana shu qo‘rqinchli savol beriladi. Shuning uchun hali nafas olayotgan ekanmiz, o‘zimiz bilan mashg‘ul bo‘laylik. Qalbimizni isloh qilaylik. Tavbani ertaga qoldirmaylik. Yaxshilikni kichik sanamaylik. Riyodan qo‘rqaylik, kibrdan qochaylik, g‘iybatdan tilimizni asraylik, odamlarning aybini titkilashdan oldin o‘zimizning ayblarimizga nazar solaylik. Chunki biz boshqalarning hayotini muhokama qilish uchun emas, o‘zimizning oxiratimizni tayyorlash uchun bu dunyodamiz. Bugun qo‘limizda bo‘lgan imkoniyat ertaga armon bo‘lishi mumkin..!?
© Bintu Bexzod
🕊
1🕊25
Juma muborak ^^
Juma kuning xayr-u barokoti sizga boʻlsin.
Allohning rahmati ustingizga yogʻilsin)
Allohumma solli ala sayyidina Muhammadﷺ
Juma kuning xayr-u barokoti sizga boʻlsin.
Allohning rahmati ustingizga yogʻilsin)
Allohumma solli ala sayyidina Muhammadﷺ
🕊
1🕊26
Yoʻlingni mashaqqatidan noumid boʻlma, Sirot koʻprigi ham jahannam ustidadir. Lekin olib boradigan yoʻli Jannatdir..)
🕊
1🕊26
Dunyo Allohning zikri bilan shirin.
Oxirat esa uning afvi bilan.
Jannat esa uning jamolini koʻrish bilan...
Oxirat esa uning afvi bilan.
Jannat esa uning jamolini koʻrish bilan...
🕊
1🕊20
Qayg'u qalbni zaiflashtiradi, irodani susaytiradi, azmni bo'shashtiradi. Shayton uchun mo'min kishining qayg'uga botishidan sevimliroq narsa yo'q. Bas, yaxshlikka yo'ying uni topasiz!
Ibn Qoyyim rahimaxulloh|🕊
1🕊24
.
Men seni hech qachon yolg‘iz qoldirmadim..!?
Har safar gunoh qilganingda, seni chetdan kuzatib, “hech narsa bo‘lmadi” deb ovutgan ham menman.!
Qo‘lingga Qur’on tushganida, “keyinroq o‘qiysan” deb ko‘zlaringga uyqu solgan ham menman.!
Foydali kitob ochganingda, bir necha sahifadan so‘ng uni yopishga bahona topdirgan ham menman.!
Tunda boshingni yostiqqa qo‘yganingda, kun davomida qilgan xatolaringni eslatayotgan vijdoningni sukutga cho‘mdirgan ham menman.!
Ko‘zlaringdan tavba yoshlari oqishi kerak bo‘lgan paytda, seni kuldirib chalg‘itgan ham menman.!
Seni xayrli ishga bir qadam yaqinlashtiradigan yo‘l turganida, “ertaga qilarsan” deb ortga tortgan ham menman.!
Gunohni gunohligicha ko‘rsatmay, uni arzimasdek his qildirgan ham menman.!
Meni izlama... Men doim sen bilanman.
Men — sening NAFSINGMAN.!!!
🕊
1🕊22
🕊14
🕊22
Inson yo yaxshi ko’rgan narsasi bilan band bo’ladi, yo uni band qilgan narsani yaxshi ko’radi. Agar biz vaqtni to’g’ri narsa bilan mashg’ul qilmasak, u bizni to’g’ri kelgan narsa bilan mashgʻul qiladi..!
🕊
🕊23
Ey Allohim! agar doʻzaxingdan qo'rqib senga ibodat qilayotgan bo'lsam meni doʻzaxga tashla.! Agar jannating umidida senga ibodat qilayotgan bo'lsam menga jannatni xarom qil.! Lekin faqatgina sen sengina ibodatga loyiq zot boʻlganing uchungina, senga oshiq boʻlganim uchun ibodat qilayotgan bo'lsam mendek bandanga visolingni nasib et.!)
Tazkirat ul Avliyo|🕊
🕊19
Biz mukammal emasmiz. Lekin Yaratuvchi bergan imkoniyat bilan harakat qilamiz . Xato qilsak ham o‘rganamiz. Natijani esa Unga topshiramiz.!
🕊
🕊19