Nodirxon C# Darslari
1.46K subscribers
291 photos
28 videos
10 files
468 links
Kanal muallifi .NET Texnologiyalari Eksperti hisoblanadi.
Download Telegram
🇫🇷 Fransiyada yirik ma'lumot sizib chiqdi!

Fransiyaning suv osti kemalari va va jangovor kemalari ishlab chiqaradigan Naval Group degan yirik kompaniyasidan 13 GB maxfiy ma’lumot internetga sizib chiqdi. Xaker o‘zini "Neferpitou" deb tanishtiribdi. Aytishicha, aslida 1 TB ma’lumotni qo‘lga kiritgan, bu esa Frantsiya tarixidagi eng katta sizib chiqish bo‘lishi mumkin!

Nimalar ketgan?

– Harbiy tizimlar uchun dasturiy kodlar
– Yadro suv osti kemalariga tegishli dasturlar
– Rafale-M samolyotiga oid hujjatlar
– Ichki maktublar, foydalanuvchi malumotlari, simulyatorlar...
– Yana bir dunyo maxfiy narsalar

Eng qizig‘i — xaker hech narsa talab qilmagan. "Bu ogohlantirish", deb qo‘yibdi. Hech qanday to‘lov yo‘q, shunchaki oshkoralik.

Thales, Dassault va Safran degan boshqa fransuz kompaniyalari ham bilvosita zararlangan deyishmoqda.

Qiziq tomoni — bu voqea Fransiya Prezidenti Makron Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlashini bildirganidan bir necha kun o‘tib ro‘y berdi. Tasodifmi? Kim bilsin...
😁8👍3
Nodirxon C# Darslari
Video message
Softclubda iyun oyida boshlangan darsimiz 2 oydan keyin o'z yakunini topadi.(Kurs vaqti 4 oy + 1 oy soft skills)

Hozir talabalar bilan Asp.net Coreda project qilishni boshlaganmiz.
Talabalarimizning bazilar interviewga ham yozilib qo'yilibdi:).
Mana shu munosabati bilan kanalda 1 oy davomida har kuni c# ga aloqador, dolzarb interview savollari va javoblarini sizlar bilan ulashib boraman. Zero bu savollar yangi ishga kiruvchilar yoki c# ni o'rganayotganlar uchun ham manfaatli bo'lsin.

Shunday qilib bir oylik challenge ga start beramiz:)
👍3🔥1
📦 C# da Boxing va Unboxing nima?

C# da boxing va unboxing — bu value type va reference type lar o‘rtasidagi aylantirishlar.

🔹 Boxing — bu int, double, bool kabi value type qiymatni object tipiga aylantirish.
🔹 Unboxing — bu object tipidagi qiymatni yana value type ga qaytarish.

🎯 Real hayotiy misol:
int age = 25;

// 🔄 Boxing — int dan object ga
object boxedAge = age;

// 🔄 Unboxing — object dan yana int ga
int unboxedAge = (int)boxedAge;

Console.WriteLine(unboxedAge); // ➡️ 25


🧠 Nimaga kerak bo‘ladi?
Tasavvur qiling, sizda faqat object qabul qiladigan metod bor. Ammo siz unga int, double yoki bool yubormoqchisiz.

void Log(object data)
{
Console.WriteLine($"Data: {data}");
}

int score = 90;
Log(score); // ⚠️ Bu yerda avtomatik boxing bo'ladi


⚠️ Nima muhim?
- Boxing/unboxing sekin ishlaydi: chunki bu operatsiyalar qo‘shimcha xotira ishlatadi.

- Tez ishlaydigan kod yozmoqchi bo‘lsangiz, boxing dan qochganingiz yaxshi.

Yaxshi amaliy yechim:
Agar siz object ishlatishga majbur bo‘lsangiz, genericlardan foydalaning:
void Print<T>(T value)
{
Console.WriteLine(value);
}

Print(100); // 🚀 No boxing
Print("Hi!"); // 🚀 No boxing


🎓 Xulosa:
Boxing/unboxing — C# ning kuchli, lekin ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak bo‘lgan xususiyatlaridan biri. Ularni tushunsangiz, siz optimallashtirilgan va samarali kod yozishingiz mumkin!

@NodirxonCSharpDarslari

📌 #CSharp #DotNet #Boxing #Unboxing #Backend #OOP
🔥8👍3🤩1
🧠 Statik klass vs Singleton – Qanday farqi bor?

Ko‘p dasturchilar bu ikkitani bir-biriga o‘xshatadi. Aslida ular boshqacha ishlaydi. Quyidagicha tushunsak, aniq bo‘ladi:


🔹 Statik klass:

- new qilib obyekt yaratib bo‘lmaydi.

- Ichida faqat static metod va property bo‘ladi.

- Obyekt holatini saqlamaydi.

Masalan: Math, Console, File.


Qachon ishlatish kerak?
Foydali yordamchi metodlar uchun. Misol: matematik hisob, matn o‘zgartirish va h.k.


🔹 Singleton:

- Faqat bitta obyekt yaratiladi.

- Obyekt holatini saqlasa bo‘ladi.

- OOP bilan yaxshi ishlaydi, DI (Dependency Injection) bilan birga ishlatish mumkin.


Qachon ishlatish kerak?
Masalan, log yozish, konfiguratsiya o‘qish, caching – yagona instansiya kerak bo‘lgan joylarda.

🔚 Xulosa:
Agar faqat funksiyalar kerak bo‘lsa – statik klass.
Agar holat saqlaydigan va boshqariladigan obyekt kerak bo‘lsa – singleton.
👍11
AMC Bridge 1- texnik interview topshirayotganimda mendan bir nechta algoritmik misollar so'rashdi.
Quyida sizlar bilan o'rtoqlashaman.

Berilgan BinaryTree stukturasi orqali uning ichidagi har bir elementni console ga chiqaradigan funksiya yozing.

public class TreeNode
{
public int Value;
public TreeNode Left;
public TreeNode Right;

public TreeNode(int value)
{
this.Value = value;
this.Left = null;
this.Right = null;
}
}


Buni 2 xil usulda ishlash kerak edi.
1. Recursive function orqali
2. For Loop orqali

Qani kimda qanday yechim bor?
👍3🕊1
GPT- 5 ni kutib oling🥳

Murakkab mavzuni sodda tushuntiradi

Rasm, matn, hatto video bilan ishlaydi

Javoblar ancha chaqqon

Kontekstni uzoq eslab qoladi

Kod va mantiqiy masalalarda kuchli

Har qanday uslubda ijod qiladi
👍5🔥2
Nodirxon C# Darslari
GPT- 5 ni kutib oling🥳 Murakkab mavzuni sodda tushuntiradi Rasm, matn, hatto video bilan ishlaydi Javoblar ancha chaqqon Kontekstni uzoq eslab qoladi Kod va mantiqiy masalalarda kuchli Har qanday uslubda ijod qiladi
Dastrurlashni oʻrganayotganimda hali gpt, ai degan atamalar ishlatilmas edi. Bitta muammo ustida ishlash bir necha soatlardan bir necha kungacha vaqt olar edi. Communitydan javob kutish, internetdagi hamma tutoriallarni oʻqib chiqish ixtiyoriy-majburiy edi. Shu damlarni eslasam dinozavrlar davriga guvoh boʻlgandek his etaman. Lekin bu texnologiyalar chiqishni boshlaganiga bir necha yillar boʻldi xolos.
🔥7👍5
🎉Softclub Academy’ning birinchi qaldirg‘ochi — O‘zbekiston Milliy Bankida ish boshladi!
Jaloliddin Makhkamov — Softclub Academy’ning birinchi o‘quvchisi, kursni hali yakunlamasdan turib, O‘zbekiston Milliy Bankida Backend dasturchi bo‘lib ishga qabul qilindi!
Eng asosiysi — u bunga tanish-bilishsiz, ya’ni networkingsiz, faqat o‘z kuchi, bilimi va mehnati bilan erishdi!
Jaloliddin C# Backend kursimizda qatnashdi. Har haftalik imtihonlar, qat’iy intizom, mentorlik tizimi va real loyihalar asosidagi mashg‘ulotlar — uning IT olamiga mustahkam kirib borishiga zamin yaratdi.

Bizning bu muvaffaqiyatimiz shuni isbotlaydi ki, agar sen chindan ham o‘z ustingda ishlasang — nima bo‘lishidan qat’i nazar, tanish-bilishsiz ham orzularingdagi ishga erishish mumkin!
Endi navbat senda!


🪄 Softclub Academy seni ham kuchli mutaxassisga aylantirishga tayyor!
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun izohlarda " + " belgisini qoldiring va siz ham oʻz orzuyingiz sari mustahkam qadamni bosing!
📨 Savollar uchun: @softclubuzsupport
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍153🕊2
📌 Interview Savol va Javob: IDisposable va Dispose 📱

Savol:

.NET’da IDisposable interfeysi nima va Dispose metodi nima uchun ishlatiladi?


✔️ Javob:

1. IDisposable nima?
IDisposable — bu .NET’da resurslarni (fayllar, tarmoqlar, database ulanishlari va boshqalar) to‘g‘ri va o‘z vaqtida tozalash uchun ishlatiladigan interfeys.
U faqat bitta metodga ega:
public interface IDisposable
{
void Dispose();
}

2. Dispose metodi nima uchun kerak?
.NET’da garbage collector (GC) xotirani avtomatik tozalaydi, ammo u unmanaged resources (masalan, fayl handle’lari, tarmoq soketlari, database connection’lar) bilan ishlashni bilmaydi.
Shuning uchun Dispose metodini chaqirib, bu resurslarni qo‘l bilan bo‘shatishimiz kerak.


3. Qanday ishlaydi?
Agar class IDisposable’ni implements qilsa, unda siz resurslarni Dispose() ichida tozalashingiz kerak bo‘ladi.
Bu odatda quyidagicha ishlatiladi:
using (var connection = new SqlConnection("connectionString"))
{
connection.Open();
// Database bilan ishlash
} // Bu yerda avtomatik Dispose chaqiriladi

using bloki chiqib ketganda, Dispose() avtomatik chaqiriladi.


4. Mana bu yerda esa namuna

public class FileManager : IDisposable
{
private FileStream _fileStream;
private bool _disposed = false;

public FileManager(string path)
{
_fileStream = new FileStream(path, FileMode.OpenOrCreate);
}

public void WriteData(string data)
{
if (_disposed)
throw new ObjectDisposedException(nameof(FileManager));

byte[] bytes = System.Text.Encoding.UTF8.GetBytes(data);
_fileStream.Write(bytes, 0, bytes.Length);
}

public void Dispose()
{
if (!_disposed)
{
_fileStream?.Dispose(); // FileStream ham IDisposable
_disposed = true;
}
}
}


💬Endi esa sizlarga savol- Dispose methodi va finalizer (~ClassName) ning qanday farqi bor?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Aeroport gʻalati joy.
Agar siz joʼnab ketuvchi boʻlsangiz, bu yerda asosiy qahramonsiz. Kuzatib qoʻyuvchi boʻlsangiz epizodda. Qahramon sizning farzandingiz, ukangiz yoki doʻstingiz boʻlishi mumkin. U ketaveradi. Siz esa bir qancha hissiyotlar bilan birga qolasiz. Gʻalati hissiyotlar. Ota ona boʻlsangiz tashvish, qaygʻu, hali boshlanmagan sogʻinch bilan qolasiz. Doʻstingiz ketsachi, u bilan birga sizning yoshligingizning bir qismi ham ketadi. Musofirdalik davrida yozilishi mumkin boʻlgan xotiralar ketadi.

Gʻalati joy, gʻalati fikr, gʻalati hissiyot
👍12🔥32
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft Developers Community va Alif Tech hamkorligida DevTalks meetup o’tkazyapmiz.

Barcha backend va AI ga qiziquvchilarni taklif qilaman. Asosan, .NET va Github Copilot bo’yicha yangicha bilimlar haqida gaplashamiz. Boshqa stack da bo’lsangiz, kamida networking bo’ladi :) Spikerlar esa bomba.

Hoziroq ro’yxatdan o’ting:
https://mdcuzbekistan.com/register

Batafsil ma’lumot:
https://t.me/mdcuzbekistan/960

@mukhammadkarim_tukhtaboev
🔥4👍2
2🤣29😁3🤨2
⚠️Github haqida so'ngi yangiliklarni eshitdingizmi?

7 yildan beri mustaqil ishlab kelgan Github endi 📱Microsoftning CoreAI bo'limiga qo'shildi.
CEO Tomas Dohmke lavozidan ketmoqda va endi yangi rahbar tayinlanmas ekan.

Github Copilot Githubning 40% daromadini berayapti va 20 mln foydalanuvchiga ega.
Fortune 100 kompaniyalarning 90% Github Copilot da foydalanadi.
Github $2 mlrdlik daromadni urdi 💰.

Bundan tashqari Cursor $100 mln yillik daromadga chiqdi.

Aytichlaricha bu shunchaki "ichki tuzilmani o'zgartirish " emas balki Microsoft butun AI dasturlash infratuzilmasini egallamoqchi.

Menimcha bu qaror Microsoft o'rta muddatda foydali, lekin uzoq muddat uchun bizning ishonchimizni va ochiqlilik masalasini buzadi.

Microsoft Github Copilot hujjatida hech qanday yopiq repositoriyalar kodini o'qimaslikka va oshkor qilmasligi keltirilgan. Dasturchilar orasida "Oltin kalit" nomini olish uchun endi u Copilotni yanada aqlliroq qilishi kerak. Lekin eng zo'r kodlar Open-Source ham emas.

Siz bu haqida nima deysiz. Balki Gitlabga o'tarmiz 🦊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3🤔2🔥1
Mandat chiqibdi!

Talaba boʻlganlarni tabriklayman! Endi siz rasmiy ravishda kitob bilan rollton o‘rtasida, uyqu bilan dars o‘rtasida yashashni boshlaysiz. Orzularingiz amalga oshsin, kontraktingiz emas.

Talaba boʻla olmaganlar uchun -
qayg‘urmang, ba’zan talabalik — bu diplom olishdan ko‘ra ko‘proq navbat kutish davri bo‘ladi. Siz esa darhol hayot universitetiga kirib, amaliyotdan boshladingiz.
👍105❤‍🔥1
💡 C# — Intervyu savoli

Savol:
Biror class yoki type’ga, uning asl kodini o‘zgartirmasdan, yangi method qo‘shish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday?

Javob:
Ha, mumkin — Extension Method orqali.
Extension method — mavjud class yoki type’ni kengaytirishning usuli bo‘lib, u static class ichida yoziladi va kengaytirilayotgan type birinchi parametrlarda this kalit so‘zi bilan belgilanadi.

public static class IntExtensions
{
public static bool IsEven(this int number)
{
return number % 2 == 0;
}
}

// Foydalanish
int x = 4;
bool result = x.IsEven(); // true


Izoh:
Bu usul yordamida .NET’ning o‘z classlariga ham, siz yozgan classlarga ham method qo‘shish mumkin, lekin ular aslida “syntactic sugar” bo‘lib, kompilyatsiya vaqtida static method sifatida chaqiriladi.
👍142
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2022-yil 27-aprelda Universitetda 2-kurs boʻlganimda ham video darslik olgan ekanman kursdoshlarim uchun.

Fan nomi Materiallar qarshilgi (Sapramat).
Tayanchlarga tushadigan kuch va momentlarni hisoblash edi adashmasam. Anchagina muammoli fan edi. Buni mexanik muhandislar yaxshi tushunishadi. Lekin hozir esimdan chiqib ketgan muammo ham, yechim ham:)

Kimdir Transport universitetida oʻqisa toʻliq qoʻllanmani tashlab yuboraman
64👍2
MJ
Ancha vaqt oldin "Ideal rezyume yozish formulasi" nomli qo'llanma yozilgandi. https://t.me/mohirdev/1935 Rezyume yozish qoidalari bilan batafsil tanishmoqchi bo'lganlar uchun.
Juda yaxshi manba ekan.

Ishga topshirayotganlar uchun eng yaxshi qo'llanmalardan biri, Agar hali ham rezyume ni qanday sifatli va tezda ko'zga tashlanadigan qilib tayyorlamoqchi bo'lsangiz albatta bu bilan tanishib chiqing
👍7
Yangi stack paydo bo'libdimi😅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8
Nodirxon C# Darslari
Yangi stack paydo bo'libdimi😅
Vibe Codingni ozgina o'rganib resume va linkedin profilga yana yangi skillni qo'shib qo'yish esdan chiqmasin
👍1