Qaysarhonim
1 subscriber
19 photos
147 videos
12 links
Allohim uzingdan uzgaga muhtoj qilma
Download Telegram
O‘ksinma yurak

Qancha alam, qancha g‘amlarni,
Zaxrin yutib o‘lmay yashaysan.
Yuki og‘ir dardning ichida,
Hayot shu deb ko‘nib yashaysan.

Yurak senga rahmim keldi,
Kezi kelsa bo‘lmadim tayanch.
Qon bag‘ringa sanchidilar o‘q,
Baxt go‘shangdan ayirib quvonch.

Qo‘y o‘ksinma bechora yurak,
Sen keraksan xali men uchun.
Ko‘p siqilma azobni tortib,
Seni qadring g‘animdan ustun.

Joning qurbon qilma arzimas,
Ular qalbin qoplagan qaxr.
Rabbim senga bergan bir sehr,
Xech kimda yo‘q sendayin mehr.

Qo‘y o‘ksinma bechora yurak...


@ASRORBEK9797AA
Ёнимга келишган эди тунов кун,
Қарасам, иккиси анча ҳорибди.
Маҳзун кўзларидан сезиб қолдим мен,
Отам ҳам, онам ҳам бирдек қарибди.

Дардларим кўп эди сероб, тўкинли,
Дардларки, юракка қадар борибди.
Ўртадан бўлишиб олган, шекилли,
Отам ҳам, онам ҳам бирдек қарибди.

Кўзда ёш йилтиллар ногоҳ куларкан,
Анордек юзларни ажин ёрибди.
Ёлғиз ўғил дарди оғир бўларкан -
Отам ҳам, онам ҳам бирдек қарибди.

Қарилик дардини беркитолмас зеб,
Атрофдан сержило ёшлик арибди.
Тавба, бир-биридан қолишмайин деб,
Отам ҳам, онам ҳам бирдек қарибди.

Йилларни ямлайди биттагина ғам,
Битта дард сочларга қорлар қорибди.
Беш кунлик экан-да дунё ростан ҳам -
Отам ҳам, онам ҳам бирдек қарибди.

... Ёнимга келишган эди тунов кун,
Боқсам, бус-бутунлай соч оқарибди.
Ногоҳ бир қўрқинчдан чўчиб кетдим мен -
Отам ҳам, онам ҳам бирдек қарибди!

©️


@ASRORBEK9797AA
Keldi bahor
Sherali Jo'rayev
🌸 Кириб келган Баҳор фасли муборак бўлсин!🌹🌺

Қишдан эсон-омон чиқиб олганларга баҳорий кайфият тилаймиз.

Бахор ойи барчага хайрли ва барокатли келсин.💐


@ASRORBEK9797AA
Forwarded from Deleted Account
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қиз ўстирмоқ, чўғ устидан юрмоқ дерлар
Қиз бир гулки, тенг келолмас гавҳар-дурлар...

Qo'qonliklar 👇👇

https://t.me/+R89vMImwuCmgSktT
https://t.me/+R89vMImwuCmgSktT
Qaysarhonim
@ASRORBEK9797AA
Севаман 🤣🤣🤣
Жим-жит группаларга!

Сен нимага ёзмайсан,
Сен нега жимсан гапир.
Смс кутавериб,
Тугаб битдику сабр.

Ўқийсану ёзмайсан,
Бир чеккада бўйлама.
Онлайн турибсанку,
Билмайди деб ўйлама.

Гоҳ- гоҳ очиб қўясан,
Кўнгил эшигин қия.
Гоҳ картинка ташлайсан,
"Жума муборак!" - дея.

А мундоқ соғинтириб,
Кўриниб ҳам юринглар.
Думалоқ видеолардан,
Ташлаб - ташлаб туринглар!

Бу группа шундай группа,
Номи бору, ўзи йўқ.
Падписчики бир талай,
Ёзадиган сўзи йўқ.

Тўққиз бўлмасдан ҳамманг,
Кирволасан кўрпага.🥱😴
Ёзмасанг ёпиб ташла,
Бало борми группага.👏


@ASRORBEK9797AA
Forwarded from ﷽꧁🌸 SOG'INDIM ONAJONIM ꧂🌸 (꧁❁͜͡➢͜͡🦋𝐀꯭𝐋꯭𝐇꯭𝐀꯭𝐌꯭𝐃꯭𝗨꯭𝐋꯭꯭𝐈꯭𝐋꯭𝐋꯭𝐀꯭𝐇꯭͜͠🦋❃➢͚͚)
NEGA AYOL SABRLI?!

Zaminni yaratgan qudratli ul zot,
Zo‘r ishlov berganmish Odam Atoga.
Bir juftlik yaratay deb yana bod-bod,
Sal kechroq jon berdi Momo Havoga!

Allohning oldiga kelib Farishta,
Dedi:
-Ayolga nechuk ko‘p vaqt sarf etding.
Allohim sababin aytibdi asta,
Farishtam o‘rinli savolni berding.

Aslida ayolni yaratish uchun,
E'tibor bergayman ko‘p jihatiga.
Ayolga bag‘sh etib ming erkak kuchin,
Yarasin deymanda er xizmatiga.

U oson yuvilar oxori ketmas,
Yelimday yopishqoq bo‘lishi lozim.
Ikki yuz harakat bil unga yetmas,
Mukammal bo‘lishin xohlayman o‘zim!

Jozibador bo‘lsin, qaddi-qomati,
O‘n sakkiz soatlab ishlasa ham kam.
Ayolga muhimdir erning xizmati,
Sindirib qo‘ymasin boshga tushgan g‘am...

Imkoniyat berdim Ona bo‘lishga,
Jajji farzandlarin bossin bag‘riga.
U majburdir qismatga asta ko‘nishga,
Sabr kuchli davo uning dardiga.

Oyoq qo‘llarini og‘ritib sinay,
Shukr qilarmikan sinovlarimga.
Metinday matonat bag‘shida etay,
Istig‘for aytsin deb gunohlariga.

Farishta ajablanib xayratda qoldi,
Bir kunlik sinoving ko‘p-ku ayolga?
Allohdan yetarli javob ham oldi,
Ayol ham berilgay shirin hayolga.

Yakunlamay uni bugun yo erta,
U mening suyukli bandam bo‘ladi.
Farzandlar tug‘sa ham kami uch,to‘rtta,
Ko‘rasan hali ko‘p umr ko‘radi.

Farishta ayolga borib yaqinroq,
Teginib ko‘rib so‘ng, dedi Allohga.
Yo Robbim bunchalar etmasang yumshoq,
Nahotki bardoshi yetar hayotga...

Ha, u juda yumshoq shu bilan birga,
Men uni shunchalar yaratdim kuchli.
Keltira olmassang sen hayolingga,
Ayolning yuragi muz emas o‘tli.

U nozik ko‘rinar niholdan nozik,
Yaprog‘i g‘unchaday to‘kilmas aslo.
Lek uning zehni ham burgutday tiniq,
O‘ylashni biladi yo‘latmas balo...

Ayolning boldayin totli zaboni,
Uqadi, uqtira oladi hali.
Bekorga bermadim qirq bitta jonni,
Turmush go‘zal bo‘lgay ayol tufayli.

Farishta yanog‘in ko‘rib demoqda,
Yo Robbim sen uni yaratding nosoz.
Ayoling negadir oqib tushmoqda,
Mukammal qilginda yana ham bir oz.

Allohim Farishta so‘zin to‘g‘irlab,
Ko‘rganing shunchaki ko‘zdagi yoshi.
Yosh deysanmi?- dedi hayratta qarab,
Yosh ayol quvonchi, hamda bardoshi.

Sevsa ham yig‘laydi, kulsa ham yig‘lar,
Yolg‘izlik yemirsa g‘ururi sinmas.
Dard, alam bariga albatta ko‘nar,
Ayoldan o‘tganing yori ham sezmas.

Ayolda shundayin ilohiy kuch bor,
Yig‘lashni xohlab ham, kula oladi.
Ko‘ziga ko‘rinsa ham dunyolar tor,
O‘zgalar dardiga malham bo‘ladi.

Birgina nigohla noz ila boqsa,
Shohni ham poyiga cho‘ktiradi tiz.
Kamonday qoshiga surmalar surtsa,
Jannatim xurlari turadi ojiz.

Farishta so‘z demay so‘ng ajablandi,
Nahotki ayolga shuncha e‘tibor.
Alloh yana chuqur tin olib dedi,
Lek uning birgina ojiz joyi bor.

Mutlaqo boshqadir bor muammosi,
Farishta so‘radi: Qandayin xato.
Qadrini bilmaydi uning xatosi,
Shu uchun hayoti buzular, xatto...

Ey Alloh bizlarni yaratib kechroq,
Shunchalar mukammal, shunchalar ojiz.
Qadrimiz bilmay ho‘p, dil kuysa biroq,
Insof va hidoyat so‘rab o‘tgaymiz.

Berguvchi o‘zingsan, ming shukur Alloh,
Xidoyat aylagin har bir qalblarga.
Afu et bilaman, bizda ko‘p gunoh.
Ehtiyoj qolmasin nokasd, nomardga!


@ASRORBEK9797AA