Nirvana
255 subscribers
416 photos
168 videos
2 files
55 links
Shaxsiy blog !
@nirvanavamoy

Guruhimiz manzili:
https://t.me/+aVe-azoY6_Q4MTZi
Download Telegram
Birmuncha vaqt oldin "Kambag`allikni qisqartirish vazirligi hodimlari oyligimizni ololmayabmiz😢" degan post izohlarida ko`pchilik "battar bo`llaring", "o`zi shu vazirlik tarqatilsa kambag`allarga ko`proq foyda tegardi" kabi izohlar qoldirgandi. Jamiyatimizda shunaqa behurmat kasblar ro`yxati ancha kengaymoqda. Ehtiyot bo`ling, kasb tanlashda qo`g`irchoqlikni emas haqiqiy kasbni tanlang🙂
🔥4😁3👎2🗿1
Kahl (kal) - nemis tilida kal (taqir) ma'nosini bildirar ekan. Ya'ni sochi yo'q odam Germaniya borsa ham kal deyilarkan. Xullas bu xo'rliklardan Germaniya ketib qutulaman deb yurgan taqirbosh og'aynilarga yuboramiz😁

@nirvanavamoy
🤣11
Assalomu aleykum rahmatullohu va barokatuh.. Ramazon oyi va bahorning ilk kuni muborak boʻlsin qadrdonlar...🍀🍀🍀🍀
👍42
2025-yil 23-fevral kuni Samarqand shahrida bo`lib o`tgan marafonda GOOGLE jamoasi navbatchiligi savollari👇
1. Tarqatma.
Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" asari bosh qaxramoni Dehqonqul qishloq xo'jaligida ishlatiladigan "длина базовой гридёр нож" nomli texnikani otini ayta olmagani sabab, uni shunchaki X (iks) deb ataydi. Tarqatmada siz boshqa bir X (iks) ni ko'rib turibsiz. Diqqat savol: X (iks) ni yozib bering.

@nirvanavamoy
👍1
2. Tarqatma!.
Ushbu lotincha so'z "kamayish, kuchsizlanish" degan ma'noni anglatib, tibbiyotda surunkali kasalliklarning simptomlari kamaygan, yoki yo'qolgan davrni anglatadi. Qo'lingizdagi tarqatmadan bir nechta xarflarni o`chirgan holda, ushbu so'zni yozib bering.

@nirvanavamoy
3. Savolda 1 so'zdan xarflar tushirib qoldirilgan.
Moskva Iqtisodiyotni rivojlantirish akademiyasi talabasi o'z Youtube blogida, so'nggi yillarda brend uchun millionlab dollar sarflayotgan Coca-Cola va Pepsi o'rtasidagi raqobatni ringdagi "Titanlar janggi" deb nomlaydi.
Diqqat savol: Savolda xarflari tushgan so'zni to'liq yozib bering.

@nirvanavamoy
4. Savolda X (iks) so`zi boshqa so`z bilan almashgan.
Sadulla Siyoyevning "Mavlono X (iks)" nomli hajviyasida adabiyotdan yiroq odamni gazetaga muharrir qilib ta`yinlashadi. Muharrir qo`l ostidagi hodimga Navoiy haqida maqola yozishni buyuradi. Maqolani o`qib ko`rar ekan "men sizga Navoiy haqida yozing degandim, oraga allaqanday X (iks) ni tiqishtirish shartmidi?" deb aytadi. Hodim o`zini oqlab, X (iks) Navoiyning og`aynisi bo`lganini, Navoiy uylanganda sovchilikka borganini aytadi.
Diqqat savol: X (iks) bilan almashgan arabcha so`zni yozib bering.

@nirvanavamoy
🔥2👍1
5. Savol matnida bir so`zdan xarflar tushib qoldirilgan.
Rus rok guruhi Nautilus Pompiliusning "Крылья" ya`ni "Qanotlar" nomli qo`shig`ida qanotlarini yo`qotgan ayol haqida kuylanadi. Guruhning shu nomli albomi muqovasida ARPA ni ko`rish mumkin. Savol: xarflari tushirilgan so`zni to`liq yozib bering.

@nirvanavamoy
6. Tarqatma.
Savolda "Bu ishni qilish" jumlasi boshqa so"zlar bilan almashgan. Instagramdagi Kapitalbank reklamasini ko'rib turibsiz. Rasmdagi o'chirilgan joyda "Bu ishni qiling" degan yozuv bor edi. Diqqat savol: bir daqiqadan so'ng biz ham jamoalardan iloji boricha aniq va chiroyli tarzda bu ishni qilishlarini so'raymiz.

@nirvanavamoy
👍3
7. Savolda bir so’z boshqa bir so’zga almashtirilgan.
Ahmad Yusupov 2013-yil yanvar oyida yaratilgan “Yadro” loyihasi haqida gapirar ekan, "Asosiysi soddalik, tushunarlilik va tezkorlikning ustuvorligi" deb ta’kidlab o’tadi.
Diqqat savol: yuqoridagi gapda almashgan so’zni yozib bering.

@nirvanavamoy
1
8. 1784-yilda yozilgan ushbu asarda oddiy xalq vakilining aql, zakovati ulug‘lanib, aslzodaning nodonligi ustidan kulinadi. Ushbu asar uchun kompozitsiyalarini yaratishda bir joyda o‘tira olmaydigan Motsart ham tilga olinadi.
Diqqat savol: Ushbu asar nomini bir xil harfdan boshlanmaydigan 2 so‘zda yozib bering.

@nirvanavamoy
9. Savol matnida X (iks) boshqa so`z bilan almashgan.
Bu so`z yunoncha bo`lib, "bir kunlik, qisqa muddatli" degan ma`noni anglatadi. Asosan uzoq muddat saqlash uchun mo`ljallanmagan qog`oz buyumlar: gazeta, buklet, plakat, xat, qog`oz paket kabilarni ifodalash uchun ishlatiladi. 1943-yilda nashr qilingan asarda esa X (iks) larni shu so`z bilan ta`riflanganini ko`rishimiz mumkin. Diqqat savol: X (iks) o`rnidagi so`zni toping.

@nirvanavamoy
👍3
10. Rus general-polkovnigi Boris Gromov Moskva viloyatiga gubernatorlik qilgan vaqtda shaharda uylar soni ko`paymagan, yo`llarning holati ham yaxshilanmagan. Tanqidchilar bu haqida gapirar ekan, Gromov bu muammolarni hal qilish uchun faqatgina shu ikkita so`zdan foydalanganini aytishadi. Diqqat savol: shu ikkita so`zni yozib bering.

@nirvanavamoy
3×4 rasmingni alishmasman Mona Lizaga,
Dastxatingni alishmasman grin karta vizaga...
🤣5😁3🔥1
Rus yozuvchisi Ivan Goncharov o'zining "Обыкновенная история", "Обломов" va "Обрыв" romanlari bilan mashxur.
Savol: Goncharov portretini chizgan rus rassomi Ivan Kramskoy qaysi shaharda tug'ilgan?

Javob: Ostrogojsk
Izoh: Goncharov 3 ta "O" xarfi bilan boshlanadigan roman yozgani va uning rassomi Kramskoy 3 ta "O"xarfi qatnashgan shaharda tug'ilgani mutlaqo tasodif.


Savolni jirkanchligini qara, Karl!
Ba'zi navbatchiliklarni qarab chiqib men ham yemagan savol tuzgim kelib qoldi. Lekin ayrim mazoxistlar uchun haqiqiy san'at asari yaratgan bo'lishim ham mumkin🙃

@nirvanavamoy
🤣6